Hujjat kuchini yo‘qotgan 22.02.2021 28.03.2009 yildagi 87-son
ONLINE TRANSLATE
Hujjat kuchini yo‘qotgan 22.02.2021
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
qarori
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
TURAR JOY VA KIChIK BIZNES OBYEKTLARI UChUN QURILISh MATERIALLARI SOTISh BO‘YIChA FIRMA DO‘KONLARI TARMOG‘INI TAShKIL ETISh TO‘G‘RISIDA
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
 LexUZ sharhi
Mazkur qaror O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 22-fevraldagi 87-sonli “O‘zbekiston Respublikasi Hukumatining o‘z ahamiyatini yo‘qotgan ayrim qarorlarini o‘z kuchini yo‘qotgan deb hisoblash to‘g‘risida (O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “O‘z ahamiyatini yo‘qotgan qonunchilik hujjatlarini qayta ko‘rib chiqish tizimini joriy etish orqali mamlakatda ishbilarmonlik muhitini yaxshilash chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2020-yil 27-sentabrdagi PF-6075-son Farmoni)”gi qaroriga asosan o‘z kuchini yo‘qotgan.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2008-yil 28-noyabrdagi PF-4058-son Farmoni bilan tasdiqlangan Iqtisodiyotning real sektori bazaviy tarmoqlari korxonalarini qo‘llab-quvvatlash, ularning barqaror ishlashini ta’minlash va eksport salohiyatini oshirish chora-tadbirlari dasturini, shuningdek O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Uy-joy fondini foydalanishga tayyor holda topshirish shartlarida rekonstruksiya qilish va ta’mirlash bo‘yicha pudrat ishlarini kengaytirishni rag‘batlantirishga doir qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida” 2009-yil 29-yanvardagi PQ-1051-son qarorini bajarish yuzasidan, aholiga hamda foydalanishga tayyor holda topshirish shartlarida uy-joy fondi obyektlarini rekonstruksiya qilish, qurish va ta’mirlash ishlarini amalga oshirayotgan ixtisoslashtirilgan ta’mirlash-qurilish tashkilotlariga qulay shart-sharoitlar yaratish, bozorni yanada kengaytirish hisobiga arzon narxlardagi qurilish materiallariga bo‘lgan talabni qondirish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1. Qoraqalpog‘iston Respublikasida hamda viloyatlar va Toshkent shahrida “O‘zmetkombinat” aksiyadorlik ishlab chiqarish birlashmasi va “O‘zqurilishmateriallari” aksiyadorlik kompaniyasi mahsulotlarini sotadigan 1-ilovaga* muvofiq ro‘yxat bo‘yicha ixtisoslashtirilgan do‘konlar tarmog‘i faoliyat ko‘rsatayotganligi ma’lumot uchun qabul qilinsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
* 1-ilova rus tilidagi matnda berilgan.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2. “O‘zqurilishmateriallari” aksiyadorlik kompaniyasi Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari, qurilish materiallari ishlab chiqaruvchilar bilan birgalikda 2009-yil 1-iyulgacha respublika tumanlari va shaharlarida aholi talabiga hamda uy-joy fondi obyektlari bo‘yicha ta’mirlash-qurilish ishlari hajmlariga qarab qurilish materiallari (metall prokati, sement, pishiq g‘isht, shifer, qurilish oynasi va boshqalar) sotish bo‘yicha, ularni 2-ilovaga* muvofiq joylashtirgan holda, ishlab chiqaruvchilarning firma do‘konlari (keyingi o‘rinlarda firma do‘konlari deb ataladi) tashkil etish yuzasidan tashkiliy-texnik tadbirlar kompleksining qo‘shimcha ravishda bajarilishini ta’minlasin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
* 2-ilova rus tilidagi matnda berilgan.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3. Belgilab qo‘yilsinki:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
firma do‘konlari qurilish materiallarini aholiga naqd pulga, majburiy tartibda nazorat-kassa apparatlarini qo‘llagan va pul tushumlarini bankka topshirish uchun har kuni inkasso qilgan, shuningdek to‘lovni jismoniy shaxslarning plastik kartochkalaridan qabul qilgan holda sotadilar;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
firma do‘konlari orqali “O‘zmetkombinat” aksiyadorlik ishlab chiqarish birlashmasida ishlab chiqarilgan metall prokati va sement ushbu materiallarga joriy birja kotirovkalaridan ortiq bo‘lmagan narxlar bo‘yicha sotiladi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
firma do‘konlari, ishlab chiqaruvchi korxonalar qurilish materiallarini qo‘shimcha haq hisobiga eng so‘nggi iste’molchigacha yetkazib berishlari, shuningdek qonun hujjatlarida belgilangan tartibda boshqa xizmat turlarini ko‘rsatishlari mumkin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
4. “O‘zmetkombinat” aksiyadorlik ishlab chiqarish birlashmasiga va sement korxonalariga, har yili moddiy balanslarda nazarda tutiladigan hajmlardan birja kotirovkalarining o‘rtacha narxlari asosida to‘g‘ridan to‘g‘ri shartnomalar bo‘yicha, shuningdek birja savdolariga qo‘yilgandan keyin sotilmay qolgan metall prokati va sementni foydalanishga tayyor holda topshirish shartlarida uy-joy fondi obyektlarini rekonstruksiya qilish, qurish va ta’mirlash ishlarini amalga oshirayotgan ixtisoslashtirilgan ta’mirlash-qurilish tashkilotlariga sotish tavsiya qilinsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
5. 2009-yilda aholiga va foydalanishga tayyor holda topshirish shartlarida uy-joy fondi obyektlarini rekonstruksiya qilish, qurish va ta’mirlash ishlarini amalga oshirayotgan ixtisoslashtirilgan ta’mirlash-qurilish tashkilotlariga “O‘zmetkombinat” aksiyadorlik ishlab chiqarish birlashmasida ishlab chiqarilgan metall prokati va sementni joriy birja kotirovkalaridan ortiq bo‘lmagan narxlar bo‘yicha sotish hajmlari 3 va 4-ilovalarga* muvofiq ma’qullansin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
* 3 va 4-ilovalar rus tilidagi matnda berilgan.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
6. Quyidagilar 2009-yilda aholiga hamda foydalanishga tayyor holda topshirish shartlarida uy-joy fondi obyektlarini rekonstruksiya qilish, qurish va ta’mirlash ishlarini amalga oshirayotgan ixtisoslashtirilgan ta’mirlash-qurilish tashkilotlariga sotish uchun tasdiqlangan balanslarda nazarda tutilgan metall prokati va sementni yetkazib berish manbalari etib belgilansin:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3120 tonna metall prokati – “birja savdolarida sotish” moddasi bo‘yicha;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
450 ming tonna sement, shu jumladan “sement korxonalari tomonidan aholiga sotish” moddasi bo‘yicha — 170 ming tonna va “birja savdolarida sotish” moddasi bo‘yicha — 280 ming tonna;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
birja savdolariga qo‘yilgandan keyin sotilmay qolgan hajmlar.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
7. Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari O‘zbekiston Respublikasi Davlat mulki qo‘mitasi bilan birgalikda firma do‘konlarini tashkil etish va ularning faoliyatini boshlash maqsadida ikki oy muddatda iste’molchilar uchun qulay joylarda joylashgan foydalanilmayotgan turar joy bo‘lmagan binolarning, zarur infratuzilma va omborxonalarning mavjudligini hisobga olgan holda, ishlab chiqaruvchi korxonalarga ijaraga berilishini ta’minlasinlar.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
8. O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiyot vazirligi har yilgi moddiy balanslarda aholiga hamda foydalanishga tayyor holda topshirish shartlarida uy-joy fondi obyektlarini rekonstruksiya qilish, qurish va ta’mirlash ishlarini amalga oshirayotgan ixtisoslashtirilgan ta’mirlash-qurilish tashkilotlariga firma do‘konlari tarmog‘i orqali sotish uchun “O‘zmetkombinat” aksiyadorlik ishlab chiqarish birlashmasida ishlab chiqarilgan metall prokati hamda sementni to‘g‘ridan to‘g‘ri shartnomalar va birja kotirovkalarining o‘rtacha narxi bo‘yicha yetkazib berish hajmlarini nazarda tutsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
9. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining o‘rinbosari N.M.Xanov zimmasiga yuklansin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
O‘zbekiston Respublikasining Bosh vaziri Sh. MIRZIYOYEV
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Toshkent sh.,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2009-yil 28-mart,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
87-son
(O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari to‘plami, 2009-y., 14-son, 157-modda)