Hujjat kuchini yo‘qotgan 22.02.2021 24.03.2009 yildagi 85-son
ONLINE TRANSLATE
Hujjat kuchini yo‘qotgan 22.02.2021
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
qarori
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“TARAQQIYOT YO‘LIDA OZIQ-OVQATLAR BILAN TA’MINLASh” DASTURI DOIRASIDA QIShLOQ XO‘JALIGI VA SOG‘LIQNI SAQLASh SOHASIDAGI USTUVOR LOYIHALARNI MOLIYALAShTIRISh TO‘G‘RISIDA
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
 LexUZ sharhi
Mazkur qaror O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 22-fevraldagi 87-sonli “O‘zbekiston Respublikasi Hukumatining o‘z ahamiyatini yo‘qotgan ayrim qarorlarini o‘z kuchini yo‘qotgan deb hisoblash to‘g‘risida (O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “O‘z ahamiyatini yo‘qotgan qonunchilik hujjatlarini qayta ko‘rib chiqish tizimini joriy etish orqali mamlakatda ishbilarmonlik muhitini yaxshilash chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2020-yil 27-sentabrdagi PF-6075-son Farmoni)”gi qaroriga asosan o‘z kuchini yo‘qotgan.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Amerika Qo‘shma Shtatlari Hukumati bilan O‘zbekiston Respublikasi Hukumati o‘rtasidagi “Taraqqiyot yo‘lida oziq-ovqatlar bilan ta’minlash” dasturi bo‘yicha qishloq xo‘jaligi mahsulotlari berish to‘g‘risidagi Bitim doirasida O‘zbekiston Respublikasiga berilgan grantdan samarali foydalanilishini ta’minlash maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining hamda Vazirlar Mahkamasining qarorlari bilan “Taraqqiyot yo‘lida oziq-ovqatlar bilan ta’minlash” dasturi doirasida 2005 — 2008-yillar davrida:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“Namangan viloyatida Rezaksoy suv ombori qurilishi”;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“Aviatsiya va koinot orqali qishloq xo‘jaligi monitoringi olib borilishini tashkil etish”;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“Farg‘ona viloyati Furqat tumani “Surpa” posyolkasini suv bilan ta’minlash”;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“Sirdaryo viloyati Sardoba tumani suv ta’minoti tizimini rekonstruksiya qilish”;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“Shovot” kanalida suv sathini barqarorlashtirish bo‘yicha himoya-tartibga solish ishlari”;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“Chorvachilik mahsulotlari yetishtirish bo‘yicha oilaviy tadbirkorlikni mikrokreditlash”;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“Oziq-ovqat mahsulotlari xavfsizligi, oziq-ovqat mahsulotlari sifati ustidan nazoratni kuchaytirish, hayvonlarning alohida xavfli yuqumli kasalliklarining o‘z vaqtida diagnostikasini takomillashtirish sohasidagi siyosatni amalga oshirish”;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“2-son Bolalar uyini ta’mirlash va jihozlarini almashtirish”;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“Qoraqalpog‘iston Respublikasida Bo‘ston kanalini qurish” loyihalari amalga oshirilganligi ma’lumot uchun qabul qilinsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Yuqorida ko‘rsatilgan loyihalarni amalga oshirish uchun 6991,7 mln. so‘m mablag‘ moliyalashtirilgan.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2. Hukumatlararo bitimga muvofiq tashkil etilgan O‘zbekiston-Amerika qo‘shma ishchi guruhining “Taraqqiyot yo‘lida oziq-ovqatlar bilan ta’minlash” dasturi doirasida grant mablag‘lari hisobiga ilovaga muvofiq qishloq xo‘jaligi va sog‘liqni saqlash sohasidagi ustuvor loyihalarni moliyalashtirish to‘g‘risidagi taklifiga rozilik berilsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3. O‘zbekiston Respublikasi Qishloq va suv xo‘jaligi vazirligi, Sog‘liqni saqlash vazirligi hamda boshqa mas’ul bajaruvchilar:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
bir oy muddatda budjet tarkiblari bo‘yicha iqtisodiy asoslash hisob-kitoblarini ishlab chiqsinlar hamda loyihalarni moliyalashtirishning yil va choraklarga bo‘lingan jadvallarini O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi bilan kelishib olsinlar;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
mablag‘lardan samarali foydalanilishini ta’minlasinlar va loyihalarni amalga oshirishning borishi to‘g‘risida O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligiga hamda Tashqi iqtisodiy aloqalar, investitsiyalar va savdo vazirligiga har chorakda axborot bersinlar.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
4. O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiyot vazirligi, Moliya vazirligi mas’ul bajaruvchilar bilan birgalikda ilovaga kiritilgan kapital qurilish obyektlarini belgilangan tartibda 2009-yilning manzilli ro‘yxatiga kiritsinlar.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
5. O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
ilovaga kiritilgan loyihalarning “Taraqqiyot yo‘lida oziq-ovqatlar bilan ta’minlash” dasturi bo‘yicha tushadigan mablag‘larni jamlash uchun ochilgan Moliya vazirligining maxsus hisob raqamidan o‘z vaqtida moliyalashtirilishini ta’minlasin;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
mablag‘lardan maqsadli foydalanilishi ustidan monitoring olib borsin, ulardan boshqa maqsadlarda foydalanish hollari aniqlangan taqdirda esa — loyihalarni moliyalashtirishni to‘xtatib qo‘ysin va moliyalashtirishni tiklash to‘g‘risidagi masalani O‘zbekiston-Amerika qo‘shma ishchi guruhi majlisiga kiritsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
6. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining birinchi o‘rinbosari R.S. Azimov zimmasiga yuklansin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
O‘zbekiston Respublikasining Bosh vaziri Sh. MIRZIYOYEV
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Toshkent sh.,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2009-yil 24-mart,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
85-son
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Vazirlar Mahkamasining 2009-yil 24-martdagi 85-son qaroriga
ILOVA
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“Taraqqiyot yo‘lida oziq-ovqatlar bilan ta’minlash” dasturi doirasida moliyalashtirilayotgan loyihalar
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
RO‘YXATI
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
T/r‎ Loyihaning nomi‎ Loyihaning maqsadi‎ Moliyalashtirish summasi (mln. so‘m) Mablag‘larni o‘zlashtirish muddatlari‎ Mas’ul bajaruvchilar‎
I. Ilmiy loyihalar
1.‎ Mamlakatimiz ishlab chiqaruvchilari tomonidan tender asosida “brakon” ishlab chiqarish bo‘yicha 3 ta liniya tayyorlash.‎ Paxta hosilini saqlash hamda pestitsidlar qo‘llanishini kamaytirish maqsadida respublikaning turlicha iqlimli mintaqalarida mexanizatsiyalashtirilgan liniyada “brakon” ishlab chiqarishning zamonaviy texnologiyalarini joriy etish.‎ 300,0‎ 2009-yil‎ Qishloq va suv xo‘jaligi vazirligi, O‘simliklarni himoya qilish va agrokimyo respublika markazi‎
2.‎ G‘o‘zani turlararo va uzoq gibridlarga qayta chatishtirish usuli bilan uning serhosil viltga chidamli navlarini yaratish.‎ O‘zbekiston Respublikasining turlicha tuproq-iqlimli mintaqalaridan olingan g‘o‘zaning kolleksiyalangan nav namunalari, navlari, har xil tup tizimli liniya va shakllarining viltga chidamliligiga vertitsilum zamburug‘ining har xil virulentli turlarining ta’sirini, shuningdek tabiiy yuqumli sharoitda g‘o‘zaning mahsuldorligi, tola chiqishi va sifati hamda boshqa morfoxo‘jalik belgilarini o‘rganish.‎ 25,0‎ 2009-2010-yillar‎ Qishloq va suv xo‘jaligi vazirligi, O‘zbekiston seleksiya va urug‘chilik ilmiy-tekshirish instituti‎
II. Sog‘liqni saqlash tizimini qo‘llab-quvvatlash loyihalari
3.‎ O‘zbekiston Respublikasida shoshilinch tibbiy yordam ko‘rsatish samaradorligini oshirish.‎ Baxtsiz hodisalar, yo‘l-transport hodisalari va halokatlari natijasida jabrlanganlarga kasalxonaga borgunga qadar bosqichda shoshilinch tibbiy yordam ko‘rsatish bo‘yicha paramediklar va birinchi respondentlar tayyorlash tizimini yaxshilashda ko‘maklashish. Tez yordam mashinalari sotib olish va ularni zarur asbob-uskunalar bilan jihozlash.‎ 450,0‎ 2009-2010-yillar‎ Sog‘liqni saqlash vazirligi, Vrachlar xalqaro ligasi, O‘zbekiston anesteziologlar va reanimatologlar uyushmasi‎

JAMI‎

775,0‎
(O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari to‘plami, 2009-y., 13-son, 146-modda)