OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI MOLIYA VAZIRINING
buyrugʻi
PAXTA TOLASINING IChKI VA HAQIQATDA SOTILGAN NARXLARI OʻRTASIDAGI IJOBIY FARQ MABLAGʻLARINI “PAXTASANOAT” HUDUDIY AKSIYADORLIK BIRLAShMASINING MAXSUS HISOB RAQAMIGA TOʻPLASh VA UNI IShLATILIShI TARTIBI TOʻGʻRISIDAGI NIZOMNI TASDIQLASh HAQIDA
[Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 2009-yil 18-martda roʻyxatdan oʻtkazildi, roʻyxat raqami 1922]
Mazkur buyruq Oʻzbekiston Respublikasi moliya vazirining 2018-yil 8-maydagi 91-sonli “Paxta tolasining ichki va haqiqatda sotilgan narxlari oʻrtasidagi ijobiy farq mablagʻlarini “Paxtasanoat” hududiy aksiyadorlik birlashmasining maxsus hisob raqamiga toʻplash va uni ishlatilishi tartibi toʻgʻrisidagi nizomni tasdiqlash haqida”gi buyruqni, shuningdek unga oʻzgartirishlarni oʻz kuchini yoʻqotgan deb topish toʻgʻrisida”gi buyrugʻiga (roʻyxat raqami 3011, 12.05.2018-y.) asosan oʻz kuchini yoʻqotgan.
Oʻzbekiston Respublikasining 2008-yil 29-dekabrdagi OʻRQ-196-son “Oʻzbekiston Respublikasining Soliq kodeksiga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish toʻgʻrisida” (Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2008-y., 52-son, 512-modda)gi Qonuniga va Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2008-yil 29-dekabrdagi PQ-1024-son “Oʻzbekiston Respublikasining 2009-yilgi asosiy makroiqtisodiy koʻrsatkichlari va davlat budjeti parametrlari toʻgʻrisida” (Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2008-y., 52-son, 515-modda)gi qaroriga muvofiq buyuraman:
1. Ilova qilinayotgan Paxta tolasining ichki va haqiqatda sotilgan narxlari oʻrtasidagi ijobiy farq mablagʻlarini “Paxtasanoat” hududiy aksiyadorlik birlashmasining maxsus hisob raqamiga toʻplash va uni ishlatilishi tartibi toʻgʻrisidagi nizom tasdiqlansin.
2. Mazkur buyruq Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligida davlat roʻyxatidan oʻtkazilganidan soʻng oʻn kundan keyin kuchga kiradi.
Moliya vaziri R. AZIMOV
Toshkent sh.,
2009-yil 23-fevral,
8-son
Moliya vazirining 2009-yil 23-fevraldagi 8-son buyrugʻi bilan
TASDIQLANGAN
TASDIQLANGAN
Paxta tolasining ichki va haqiqatda sotilgan narxlari oʻrtasidagi ijobiy farq mablagʻlarini “Paxtasanoat” hududiy aksiyadorlik birlashmasining maxsus hisob raqamiga toʻplash va uni ishlatilishi tartibi toʻgʻrisidagi
NIZOM
Mazkur Nizom Oʻzbekiston Respublikasining 2008-yil 29-dekabrdagi OʻRQ-196-son “Oʻzbekiston Respublikasining Soliq kodeksiga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish toʻgʻrisida” (Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2008-y., 52-son, 512-modda)gi Qonuniga va Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2008-yil 29-dekabrdagi PQ-1024-son “Oʻzbekiston Respublikasining 2009-yilgi asosiy makroiqtisodiy koʻrsatgichlari va davlat budjeti parametrlari toʻgʻrisida” (Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2008-y., 52-son, 515-modda)gi qaroriga muvofiq paxta tolasini ichki va haqiqatda sotilgan narxlari oʻrtasidagi ijobiy farq mablagʻlarini “Paxtasanoat” hududiy aksiyadorlik birlashmasi (keyingi oʻrinlarda — “Paxtasanoat” HAB)ning maxsus hisob raqamiga toʻplash va uni ishlatilishi tartibini belgilaydi.
I. Umumiy qoidalar
1. Ushbu Nizomda quyidagi asosiy tushunchalardan foydalaniladi:
ichki narx — paxta tolasining preyskurant ulgurji narxini, sotish xarajatlarini va “Paxtasanoat” HABning komissiya xarajatlarini oʻz ichiga oladigan narx;
sotilgan narxi — paxta tolasini “Oʻzbekiston Respublikasi tovar-xomashyo birjasi” OAJ (keyingi oʻrinlarda — OʻzRTXAB)da sotilganda hamda jahon bozoridagi narxlardan tashqi savdo kompaniyalari uchun belgilangan chegirmalar chiqarilib aniqlangan narx;
Keyingi tahrirga qarang.
ijobiy farq — sotilgan narxning ichki narxdan oshgan miqdori;
salbiy farq — paxta tolasi ichki narxining OʻzRTXABda sotilgan narxidan oshgan miqdori.
Keyingi tahrirga qarang.
2. Oʻzbekiston Respublikasi Soliq kodeksining 212-moddasiga asosan paxta tolasini chet el valyutasiga eksport qilishda qoʻshilgan qiymat soligʻining (keyingi oʻrinlarda — QQS) nol stavkasi qoʻllaniladi. Paxta tolasini respublika korxonalariga yetkazib berishda QQSning umumiy qoʻllaniladigan 20 foiz stavkasi qoʻllaniladi.
Keyingi tahrirga qarang.
3. Paxta tolasining ichki narxi:
eksportga sotish uchun moʻljallangani — QQSni nol stavkasida hisobga olib;
respublika korxonalariga sotishga moʻljallangani — QQSni 20 foiz stavkasida hisobga olib aniqlanadi.
Keyingi tahrirga qarang.
4. Paxta tolasining ichki va sotilgan narxlari oʻrtasidagi farqni aniqlashda tolaning narxi va hajmi konditsion ogʻirlikda hisobga olinadi.
II. Paxta tolasining ichki va sotish narxlari oʻrtasidagi ijobiy farqni aniqlash tartibi
5. Paxta tolasining ichki va sotilgan narxlari oʻrtasidagi farq har oyda “Paxtasanoat” HAB tomonidan:
eksportga sotishda — ushbu Nizomning 1-ilovasiga muvofiq paxta tolasining ichki va sotilgan narxlari oʻrtasidagi ijobiy farqni hisob-kitobi shaklida;
ichki isteʼmolchilarga sotishda — ushbu Nizomning 2-ilovasiga muvofiq paxta tolasining ichki va respublika korxonalariga sotilgan narxlari oʻrtasidagi ijobiy (salbiy) farqni hisob-kitobi shaklida aniqlanadi.
Keyingi tahrirga qarang.
6. Respublika korxonalariga sotilgan paxta tolasini hajmi boʻyicha salbiy farq hosil boʻlgan holatda, salbiy farq summasi eksportga sotilgan hajm boʻyicha hosil boʻlgan ijobiy farq summasi hisobidan qoplanadi.
Ijobiy farq summasi bilan qoplanmagan salbiy farq summasi “Paxta tolasining jahon va ichki narxlari oʻrtasida vujudga kelgan manfiy farqni qoplash tartibi toʻgʻrisidagi nizom” (2005-yil 6-iyul, roʻyxat raqami 1486)da belgilangan tartibda qoplanadi.
7. Paxta tolasining ichki va haqiqatda sotilgan narxlari oʻrtasidagi farqni hisob-kitob qilish uchun:
OʻzRTXAB orqali paxta tolasini sotishda boshlangʻich narxini aniqlashda qoʻllaniladigan va tashqi savdo kompaniyalariga belgilangan chegirmalarni jahon bozoridagi narxlardan chegirib konditsion ogʻirlikdagi vaznga aniqlangan haqiqatdagi sotish narxi;
Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligining paxta tolasining konditsion ogʻirligiga tasdiqlagan preyskurant narxi;
paxta tolasini Tashqi savdo kompaniyalari va OʻzRTXAB orqali sotib olgunga qadar hududiy ixtisoslagan paxta terminallariga yetkazib berish, yuklash-tushirish va saqlash boʻyicha haqiqiy xarajatlari;
Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi bilan kelishilgan “Paxtasanoat” HAB ning komissiya xarajatlari qoʻllaniladi.
8. “Paxtasanoat” HAB Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi huzuridagi Davlat ehtiyojlari uchun qishloq xoʻjaligi mahsulotlari sotib olish hisob-kitobi jamgʻarmasi (keyingi oʻrinlarda — Jamgʻarma)ning unga biriktirilgan bosh inspektori (keyingi oʻrinlarda — Jamgʻarmaning bosh inspektori)ga har oyda, keyingi oyning 5-kunigacha narxlar oʻrtasidagi farqning hisob-kitobini tekshirish uchun topshiradi.
Keyingi tahrirga qarang.
9. Jamgʻarmaning bosh inspektori ikki kun ichida hisob-kitoblarning toʻgʻriligini tekshiradi va “tekshirildi” yozuvini qayd qilib, imzo qoʻyadi va ularni “Paxtasanoat” HABning paxta va paxta mahsulotlarining kontraktatsiyasi va hisob-kitobi markaziga qaytaradi.
Keyingi tahrirga qarang.
10. Maʼlum yil hosilining paxta tolasini sotish tugallangandan soʻng mahsulotlarni oluvchilar bilan tuzilgan taqqoslama dalolatnomalarga asosan mahsulotlarning ichki va sotilgan narxlari boʻyicha haqiqiy sotilgan qiymatidan hamda ijobiy farqni toʻplash maxsus hisob raqamiga oʻtkazilgan summalardan kelib chiqib, yakuniy hisob-kitoblar amalga oshiriladi.
III. Ijobiy farq summasini toʻplash va ishlatilishi tartibi
11. “Paxtasanoat” HAB ijobiy farq summalarini toʻplash uchun xizmat koʻrsatuvchi bankda “Ijobiy farq hisob raqami” maxsus hisob raqamini ochadi va mablagʻlarni mahsulot oluvchilardan kelib tushishiga qarab Jamgʻarmaning bosh inspektori tekshirgan hisob-kitoblarga muvofiq ushbu hisob raqamga oʻtkaziladi
12. Ijobiy farq summasi soliq solish obyekti hisoblanmaydi va Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi bilan kelishgan holda paxta tozalash korxonalarining 2009-yil 1-yanvar holatiga mavjud boʻlgan soliqlar va budjetga boshqa majburiy toʻlovlar boʻyicha qarzlarini hamda Jamgʻarmaning kreditlarini soʻndirishga ishlatiladi.
Keyingi tahrirga qarang.
13. “Paxtasanoat” HAB maxsus hisob raqamga mablagʻlarni toʻplanishiga qarab chorakni oxirgi oyining 25-kunidan kechiktirmasdan Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligiga paxta tolasining ichki va sotilgan narxlari oʻrtasidagi farq hisob-kitobini va maxsus hisob raqamga toʻplangan mablagʻlar summasi toʻgʻrisida hamda paxta tozalash korxonalarining soliqlar va budjetga boshqa majburiy toʻlovlar hamda Jamgʻarma kreditlari boʻyicha qarzdorligi haqida maʼlumotni taqdim qiladi.
Keyingi tahrirga qarang.
14. Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi uch kun ichida hisob-kitoblarni tekshiradi va toʻplangan ijobiy farq summasini korxonalar boʻyicha ularning soliqlar va budjetga boshqa majburiy toʻlovlar hamda Jamgʻarma kreditlari boʻyicha qarzdorligini hisobga olib taqsimlaydi. Soliqlar va budjetga boshqa majburiy toʻlovlar va Jamgʻarma kreditlari boʻyicha qarzdorligi mavjud boʻlmagan korxonalar boʻyicha ijobiy farq summasi Jamgʻarmaning aylanma mablagʻini toʻldirishga yoʻnaltiriladi.
Keyingi tahrirga qarang.
15. “Paxtasanoat” HAB har bir chorakni oxirgi oyining 30-kunidan kechiktirmasdan Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligining xatiga asosan maxsus hisob raqamdagi mablagʻlarni:
paxta tozalash korxonalarining hisob raqamiga ularning soliqlar va budjetga boshqa majburiy toʻlovlar boʻyicha qarzdorligini soʻndirishi uchun;
Jamgʻarma kreditlari boʻyicha qarzdorligini soʻndirishi uchun Jamgʻarmaga oʻtkazib beradi.
Soliqlar va budjetga boshqa majburiy toʻlovlardan hamda Jamgʻarma kreditlaridan qarzdorligi mavjud boʻlmagan korxonalar boʻyicha mablagʻlar Jamgʻarmaning aylanma mablagʻini toʻldirishga yoʻnaltiriladi.
Keyingi tahrirga qarang.
IV. Yakuniy qoida
16. Ushbu Nizom “Oʻzpaxtasanoat” uyushmasi bilan kelishilgan.
“Oʻzpaxtasanoat” uyushmasi boshqaruvi raisi F. OMONOV
Toshkent sh.,
2009-yil 23-fevral
Paxta tolasining ichki va haqiqatda sotilgan narxlari oʻrtasidagi ijobiy farq mablagʻlarini “Paxtasanoat” hududiy aksiyadorlik birlashmasining maxsus hisob raqamiga toʻplash va uni ishlatilishi tartibi toʻgʻrisidagi nizomga
1-ILOVA
1-ILOVA
| | | | | | | | |
|
Paxta tolasining ichki va sotilgan narxlari oʻrtasidagi ijobiy farqning | |||||||
|
HISOB-KITOBI | |||||||
|
| |||||||
| | | | | | |
ming soʻmda | |
| № | | Schyot fakturaning raqam� va sanasi | Miqdori | Sotish narxi | Ichki narx* | Ijobiy farq summasi | |
| 1 tonnaga | jami hajmga | ||||||
| 1 | 2 | 3 | 4 | 5 | 6 | 7 | 8 |
| 1. | “Oʻzinterimpeks” TSK | | | | | | |
| | | | | | | | |
| 2. | “Oʻzmarkazimpeks” TSK | | | | | | |
| | | | | | | | |
| 3. | “Oʻzprommashimpeks” TSK | | | | | | |
| | | | | | | | |
| 4. | OʻzRTXAB orqali | | | | | | |
| | | | | | | | |
| | Jami | | | | | | |
| | Oldin hisoblangan ijobiy farq summasi boʻyicha qarzdorlik | | | | | | |
| | Hammasi | | | | | | |
| | Shundan respublika korxonalari boʻyicha hosil boʻlgan salbiy farqni qoplashga yoʻnaltiriladi | | | | | | |
| | Maxsus hisob raqamiga oʻtkaziladigan summa | | | | | | |
* Ichki narx = Preyskurant narxi (QQSni nol stavkasida hisobga olib) + Sotish xarajatlarini + “Paxtasanoat” HABning komissiya xarajatlari.
Keyingi tahrirga qarang.
Paxta tolasining ichki va haqiqatda sotilgan narxlari oʻrtasidagi ijobiy farq mablagʻlarini “Paxtasanoat” hududiy aksiyadorlik birlashmasining maxsus hisob raqamiga toʻplash va uni ishlatilishi tartibi toʻgʻrisidagi nizomga
2-ILOVA
2-ILOVA
| | | | | | | | | | |
|
Paxta tolasining ichki va respublika korxonalariga haqiqatda sotilgan narxlari oʻrtasidagi ijobiy (salbiy) farqning | |||||||||
|
HISOB-KITOBI | |||||||||
|
200__ yil “___” ___________dan 200__ yil “___” ___________gacha davrda | |||||||||
| | | | | | | | |
ming soʻmda | |
| № | Schyot fakturaning raqami va sanasi | Miqdori | Sotish narxi | Ichki narx* | Ijobiy farq summasi | Salbiy farq summasi | |||
| 1 tonnaga | jami hajmga | 1 tonnaga | jami hajmga | ||||||
| 1 | 2 | 3 | 4 | 5 | 6 | 7 | 8 | 9 | 10 |
| 1. | “Oʻzinterimpeks” TSK | | | | | | | | |
| | | | | | | | | | |
| 2.� | “Oʻzmarkazimpeks” TSK | | | | | | | | |
| | | | | | | | | | |
| 3. | “Oʻzprommashimpeks” TSK | | | | | | | | |
| | | | | | | | | | |
| 4. | OʻzRTXAB orqali | | | | | | | | |
| | | | | | | | | | |
| | Jami | | | | | | | | |
| | Oldin hisoblangan ijobiy (salbiy) farq summasi boʻyicha qarzdorlik | | | | | | | | |
| | Hammasi | | | | | | | | |
| | Ijobiy (salbiy) farq summasi qoldigʻi | | | | | | | | |
* Ichki narx = Preyskurant narxi (QQSni 20 foiz stavkasida hisobga olib) + Sotish xarajatlarini + “Paxtasanoat” HABning komissiya xarajatlari.
Keyingi tahrirga qarang.
(Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2009-y., 12-son, 135-modda; 2011-y., 12-13-son, 122-modda; 2012-y., 25-son, 277-modda; 2014-y., 47-son, 560-modda)