Hujjat kuchini yo‘qotgan 14.05.2018 18.03.2009 yilda ro‘yxatdan o‘tgan, ro‘yxat raqami 1922
ONLINE TRANSLATE
Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirining buyrugʻi, 18.03.2009 yilda ro‘yxatdan o‘tgan, ro‘yxat raqami 1922
Kuchga kirish sanasi
28.03.2009
Hujjat kuchini yo‘qotgan 14.05.2018
Hujjat 26.06.2012 00 sanasi holatiga
Amaldagi versiyaga o‘tish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI MOLIYA VAZIRINING
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
buyrugʻi
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
PAXTA TOLASINING IChKI VA HAQIQATDA SOTILGAN NARXLARI OʻRTASIDAGI IJOBIY FARQ MABLAGʻLARINI “PAXTASANOAT” HUDUDIY AKSIYADORLIK BIRLAShMASINING MAXSUS HISOB RAQAMIGA TOʻPLASh VA UNI IShLATILIShI TARTIBI TOʻGʻRISIDAGI NIZOMNI TASDIQLASh HAQIDA
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
[Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 2009-yil 18-martda roʻyxatdan oʻtkazildi, roʻyxat raqami 1922]
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
 LexUZ sharhi
Mazkur buyruq Oʻzbekiston Respublikasi moliya vazirining 2018-yil 8-maydagi 91-sonli “Paxta tolasining ichki va haqiqatda sotilgan narxlari oʻrtasidagi ijobiy farq mablagʻlarini “Paxtasanoat” hududiy aksiyadorlik birlashmasining maxsus hisob raqamiga toʻplash va uni ishlatilishi tartibi toʻgʻrisidagi nizomni tasdiqlash haqida”gi buyruqni, shuningdek unga oʻzgartirishlarni oʻz kuchini yoʻqotgan deb topish toʻgʻrisida”gi buyrugʻiga (roʻyxat raqami 3011, 12.05.2018-y.) asosan oʻz kuchini yoʻqotgan.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasining 2008-yil 29-dekabrdagi OʻRQ-196-son “Oʻzbekiston Respublikasining Soliq kodeksiga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish toʻgʻrisida” (Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2008-y., 52-son, 512-modda)gi Qonuniga va Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2008-yil 29-dekabrdagi PQ-1024-son “Oʻzbekiston Respublikasining 2009-yilgi asosiy makroiqtisodiy koʻrsatkichlari va davlat budjeti parametrlari toʻgʻrisida” (Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2008-y., 52-son, 515-modda)gi qaroriga muvofiq buyuraman:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1. Ilova qilinayotgan Paxta tolasining ichki va haqiqatda sotilgan narxlari oʻrtasidagi ijobiy farq mablagʻlarini “Paxtasanoat” hududiy aksiyadorlik birlashmasining maxsus hisob raqamiga toʻplash va uni ishlatilishi tartibi toʻgʻrisidagi nizom tasdiqlansin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2. Mazkur buyruq Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligida davlat roʻyxatidan oʻtkazilganidan soʻng oʻn kundan keyin kuchga kiradi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Moliya vaziri R. AZIMOV
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Toshkent sh.,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2009-yil 23-fevral,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
8-son
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Moliya vazirining 2009-yil 23-fevraldagi 8-son buyrugʻi bilan
TASDIQLANGAN
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Paxta tolasining ichki va haqiqatda sotilgan narxlari oʻrtasidagi ijobiy farq mablagʻlarini “Paxtasanoat” hududiy aksiyadorlik birlashmasining maxsus hisob raqamiga toʻplash va uni ishlatilishi tartibi toʻgʻrisidagi
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
NIZOM
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Mazkur Nizom Oʻzbekiston Respublikasining 2008-yil 29-dekabrdagi OʻRQ-196-son “Oʻzbekiston Respublikasining Soliq kodeksiga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish toʻgʻrisida” (Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2008-y., 52-son, 512-modda)gi Qonuniga va Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2008-yil 29-dekabrdagi PQ-1024-son “Oʻzbekiston Respublikasining 2009-yilgi asosiy makroiqtisodiy koʻrsatgichlari va davlat budjeti parametrlari toʻgʻrisida” (Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2008-y., 52-son, 515-modda)gi qaroriga muvofiq paxta tolasini ichki va haqiqatda sotilgan narxlari oʻrtasidagi ijobiy farq mablagʻlarini “Paxtasanoat” hududiy aksiyadorlik birlashmasi (keyingi oʻrinlarda — “Paxtasanoat” HAB)ning maxsus hisob raqamiga toʻplash va uni ishlatilishi tartibini belgilaydi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
I. Umumiy qoidalar
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1. Ushbu Nizomda quyidagi asosiy tushunchalardan foydalaniladi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
ichki narx — paxta tolasining preyskurant ulgurji narxini, sotish xarajatlarini va “Paxtasanoat” HABning komissiya xarajatlarini oʻz ichiga oladigan narx;
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
sotish narxi (sotiladigan narx) — paxta tolasini Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2006-yil 29-avgustdagi PQ-456-sonli qarori bilan tasdiqlangan Paxta tolasini Oʻzbekiston respublika tovar-xomashyo birjasining (keyingi oʻrinlarda — OʻzRTXAB) valyuta maydonchasi orqali ochiq birja savdolarida paxta tolasini qayta ishlaydigan respublika korxonalariga va eksportga sotish tartibi toʻgʻrisidagi nizomga (“Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami”, 2006-y., 36-son, 359-modda) asosan aniqlangan narxi;
(1-bandning uchinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi moliya vazirining 2011-yil 1-martdagi 19-sonli buyrugʻi (roʻyxat raqami 1922-1, 18.04.2011-y.) tahririda — OʻR QHT, 2011-y., 12-13-son, 122-modda)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
ijobiy farq — sotilgan narxning ichki narxdan oshgan miqdori;
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
salbiy farq — paxta tolasi OʻzRTXABda va toʻgʻridan toʻgʻri tuzilgan shartnoma orqali sotilgan narxidan ichki narxining oshgan miqdori.
(1-bandning beshinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi moliya vazirining 2011-yil 1-martdagi 19-sonli buyrugʻi (roʻyxat raqami 1922-1, 18.04.2011-y.) tahririda — OʻR QHT, 2011-y., 12-13-son, 122-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2. Paxta tolasini chet el valyutasiga eksport qilishda nol darajali stavka boʻyicha qoʻshilgan qiymat soligʻi (keyingi oʻrinlarda QQS deb yuritiladi) solinadi. Paxta tolasini respublika ichki korxonalariga sotishda 20 foizli stavka boʻyicha QQS solinadi.
(2-band Oʻzbekiston Respublikasi moliya vazirining 2012-yil 28-maydagi 43-sonli buyrugʻi (roʻyxat raqami 1922-2, 16.06.2012-y.) tahririda — OʻR QHT, 2012-y., 25-son, 277-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3. Paxta tolasining ichki narxi quyidagicha aniqlanadi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
eksportga sotish uchun moʻljallangani — QQSni nol darajali stavkasini hisobga olgan holda;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
respublika korxonalariga sotish uchun moʻljallangani — QQSni hisobga olgan holda 20 foizli stavka boʻyicha.
(3-band Oʻzbekiston Respublikasi moliya vazirining 2012-yil 28-maydagi 43-sonli buyrugʻi (roʻyxat raqami 1922-2, 16.06.2012-y.) tahririda — OʻR QHT, 2012-y., 25-son, 277-modda)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
4. Paxta tolasining ichki va sotilgan narxlari oʻrtasidagi farqni aniqlashda tolaning narxi va hajmi konditsion ogʻirlikda hisobga olinadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
II. Paxta tolasining ichki va sotish narxlari oʻrtasidagi ijobiy farqni aniqlash tartibi
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
5. Paxta tolasining ichki va sotilgan narxlari oʻrtasidagi farq har oyda “Paxtasanoat” HAB tomonidan quyidagicha aniqlanadi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
eksportga sotishda — ushbu Nizomning 1-ilovasiga muvofiq shaklda paxta tolasining ichki va eksportga sotilgan narxlari oʻrtasidagi ijobiy farqning hisob-kitobi boʻyicha;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
respublika ichki korxonalariga sotishda — ushbu Nizomning 2-ilovasiga muvofiq shaklda respublika korxonalariga paxta tolasini ichki va sotilgan narxlari oʻrtasidagi ijobiy (salbiy) farqning hisob-kitobi boʻyicha.
(5-band Oʻzbekiston Respublikasi moliya vazirining 2012-yil 28-maydagi 43-sonli buyrugʻi (roʻyxat raqami 1922-2, 16.06.2012-y.) tahririda — OʻR QHT, 2012-y., 25-son, 277-modda)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
6. Respublika korxonalariga sotilgan paxta tolasini hajmi boʻyicha salbiy farq hosil boʻlgan holatda, salbiy farq summasi eksportga sotilgan hajm boʻyicha hosil boʻlgan ijobiy farq summasi hisobidan qoplanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Ijobiy farq summasi bilan qoplanmagan salbiy farq summasi “Paxta tolasining jahon va ichki narxlari oʻrtasida vujudga kelgan manfiy farqni qoplash tartibi toʻgʻrisidagi nizom” (2005-yil 6-iyul, roʻyxat raqami 1486)da belgilangan tartibda qoplanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
7. Paxta tolasining ichki va haqiqatda sotilgan narxlari oʻrtasidagi farqni hisob-kitob qilish uchun:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
OʻzRTXAB orqali paxta tolasini sotishda boshlangʻich narxini aniqlashda qoʻllaniladigan va tashqi savdo kompaniyalariga belgilangan chegirmalarni jahon bozoridagi narxlardan chegirib konditsion ogʻirlikdagi vaznga aniqlangan haqiqatdagi sotish narxi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligining paxta tolasining konditsion ogʻirligiga tasdiqlagan preyskurant narxi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
paxta tolasini Tashqi savdo kompaniyalari va OʻzRTXAB orqali sotib olgunga qadar hududiy ixtisoslagan paxta terminallariga yetkazib berish, yuklash-tushirish va saqlash boʻyicha haqiqiy xarajatlari;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi bilan kelishilgan “Paxtasanoat” HAB ning komissiya xarajatlari qoʻllaniladi.
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
8. “Paxtasanoat” HAB Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi huzuridagi Davlat ehtiyojlari uchun qishloq xoʻjaligi mahsulotlari sotib olish hisob-kitobi jamgʻarmasi (keyingi oʻrinlarda — Jamgʻarma)ning unga biriktirilgan bosh inspektori (keyingi oʻrinlarda — Jamgʻarmaning bosh inspektori)ga mablagʻlar tushishidan kelib chiqib, narxlar oʻrtasidagi farqning hisob-kitobini tekshirish uchun topshiradi.
(8-band Oʻzbekiston Respublikasi moliya vazirining 2011-yil 1-martdagi 19-sonli buyrugʻi (roʻyxat raqami 1922-1, 18.04.2011-y.) tahririda — OʻR QHT, 2011-y., 12-13-son, 122-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
9. Jamgʻarmaning bosh inspektori oʻsha kun ichida hisob-kitoblarning toʻgʻriligini tekshiradi va “tekshirildi” yozuvini qayd qilib, imzo qoʻyadi va ularni “Paxtasanoat” HABning paxta va paxta mahsulotlari kontraktatsiyasi va hisob-kitobi markaziga qaytaradi.
(9-band Oʻzbekiston Respublikasi moliya vazirining 2011-yil 1-martdagi 19-sonli buyrugʻi (roʻyxat raqami 1922-1, 18.04.2011-y.) tahririda — OʻR QHT, 2011-y., 12-13-son, 122-modda)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
10. Maʼlum yil hosilining paxta tolasini sotish tugallangandan soʻng mahsulotlarni oluvchilar bilan tuzilgan taqqoslama dalolatnomalarga asosan mahsulotlarning ichki va sotilgan narxlari boʻyicha haqiqiy sotilgan qiymatidan hamda ijobiy farqni toʻplash maxsus hisob raqamiga oʻtkazilgan summalardan kelib chiqib, yakuniy hisob-kitoblar amalga oshiriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
III. Ijobiy farq summasini toʻplash va ishlatilishi tartibi
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
11. “Paxtasanoat” HAB ijobiy farq summalarini toʻplash uchun xizmat koʻrsatuvchi bankda “Ijobiy farq hisob raqami” maxsus hisob raqamini ochadi va mablagʻlarni mahsulot oluvchilardan kelib tushishiga qarab Jamgʻarmaning bosh inspektori tekshirgan hisob-kitoblarga muvofiq ushbu hisob raqamga oʻtkaziladi
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
12. Ijobiy farq summasi soliq solish obyekti hisoblanmaydi va 50 foizgacha boʻlgan miqdorda — paxtachilik fermer xoʻjaliklariga keyinchalik budjetga va budjetdan tashqari jamgʻarmalarga yoʻnaltirilgan holda kreditorlik qarzini soʻndirish uchun, qolgan qismi — “Oʻzpaxtasanoat” uyushmasi korxonalarining budjet va budjetdan tashqari jamgʻarmalar oldidagi qarzini soʻndirishga yoʻnaltiriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Fermer xoʻjaliklarida Davlat budjeti va budjetdan tashqari jamgʻarmalar oldida, shuningdek xizmat koʻrsatuvchi tarmoqlarning tashkilotlaridan qarzdorlik mavjud boʻlmagan taqdirda mablagʻlardan “Oʻzkimyosanoat” DAK, “Oʻzbekenergo” DAK, “Oʻzneftmahsulot” AK, “Oʻzagromashservis” uyushmasi, “Agrotexservis” MChJ, “Oʻzqishloqxoʻjalikmashlizing” ALK, “Oʻzmashlizing” ShK tashkilotlariga oldindan haq toʻlash uchun foydalaniladi.
(12-band Oʻzbekiston Respublikasi moliya vazirining 2012-yil 28-maydagi 43-sonli buyrugʻi (roʻyxat raqami 1922-2, 16.06.2012-y.) tahririda — OʻR QHT, 2012-y., 25-son, 277-modda)
Keyingi tahrirga qarang.
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
13. “Paxtasanoat” HAB mablagʻlar tushishiga koʻra, 1 ish kuni davomida maxsus hisob raqamidan Jamgʻarmaning tegishli hisob-raqamlariga mablagʻlarni quyidagicha oʻtkazadi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
keyinchalik budjetga va budjetdan tashqari jamgʻarmalarga yoʻnaltirilgan holda kreditorlik qarzini soʻndirish uchun paxtachilik fermer xoʻjaliklariga yoʻnaltirish uchun;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“Oʻzpaxtasanoat” uyushmasi korxonalarining budjet va budjetdan tashqari jamgʻarmalar oldidagi qarzini soʻndirish uchun.
(13-band Oʻzbekiston Respublikasi moliya vazirining 2012-yil 28-maydagi 43-sonli buyrugʻi (roʻyxat raqami 1922-2, 16.06.2012-y.) tahririda — OʻR QHT, 2012-y., 25-son, 277-modda)
Keyingi tahrirga qarang.
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
14. Budjet va budjetdan tashqari jamgʻarmalar oldida qarzdorligi mavjud boʻlmagan “Oʻzpaxtasanoat” uyushmasi korxonalari boʻyicha ijobiy farq summasi “Oʻzpaxtasanoat” uyushmasining maxsus hisob raqamiga yoʻnaltiriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“Oʻzpaxtasanoat” uyushmasining maxsus hisob raqamiga kelib tushgan mablagʻlar qolgan “Paxtasanoat” HABlarning budjet va budjetdan tashqari jamgʻarmalar oldidagi qarzdorligini qoplashga proporsional ravishda yoʻnaltiriladi.
(14-band Oʻzbekiston Respublikasi moliya vazirining 2012-yil 28-maydagi 43-sonli buyrugʻi (roʻyxat raqami 1922-2, 16.06.2012-y.) tahririda — OʻR QHT, 2012-y., 25-son, 277-modda)
Keyingi tahrirga qarang.
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
15. “Paxtasanoat” HAB chorak yakuni boʻyicha oyning 5-sanasidan kechiktirmasdan Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligiga paxta tolasining ichki va sotilgan narxlari oʻrtasidagi farq boʻyicha hisob-kitobni va maxsus hisob raqamga toʻplangan hamda Jamgʻarmaning tegishli hisob-raqamlariga oʻtkazilgan mablagʻlar toʻgʻrisida maʼlumotni taqdim qiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Maʼlumotlarni oʻz vaqtida va toʻgʻri taqdim etilishi boʻyicha javobgarlik “Paxtasanoat” HAB zimmasiga yuklatiladi.
(15-band Oʻzbekiston Respublikasi moliya vazirining 2011-yil 1-martdagi 19-sonli buyrugʻi (roʻyxat raqami 1922-1, 18.04.2011-y.) tahririda — OʻR QHT, 2011-y., 12-13-son, 122-modda)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
IV. Yakuniy qoida
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
16. Ushbu Nizom “Oʻzpaxtasanoat” uyushmasi bilan kelishilgan.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“Oʻzpaxtasanoat” uyushmasi boshqaruvi raisi F. OMONOV
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Toshkent sh.,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2009-yil 23-fevral
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Paxta tolasining ichki va haqiqatda sotilgan narxlari oʻrtasidagi ijobiy farq mablagʻlarini “Paxtasanoat” hududiy aksiyadorlik birlashmasining maxsus hisob raqamiga toʻplash va uning ishlatilishi tartibi toʻgʻrisidagi nizomga 1-ILOVA
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Paxta tolasining ichki va eksportga sotilgan narxlari oʻrtasidagi ijobiy farqning
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
HISOB-KITOBI
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish

‎‎20__ yil “__” _________ dan 20___ “__” __________ gacha davrda

№‎‏
‎‏
Hisob-fakturaning raqami va sanasi‎‏
Miqdori‎‏
Sotish narxi‎‏
Ichki narxi*‎‏
Ijobiy farq summasi‎‎
1 tonnaga‎ jami hajmga‎
1‎ 2‎ 3‎ 4‎ 5‎ 6‎ 7‎ 8‎
1.‎ “Oʻzinterimpeks” TSK‎
2.‎ “Oʻzmarkazimpeks” TSK‎
3.‎ “Oʻzprommashimpeks” TSK‎
4.‎ OʻzRTXB orqali‎
Jami‎
Oldin hisoblangan ijobiy farq summasi boʻyicha qarzdorlik‎
Hammasi‎
Shundan respublika korxonalari boʻyicha hosil boʻlgan salbiy farqni qoplashga yoʻnaltirilayotgan summa‎
Maxsus hisob raqamiga oʻtkaziladigan summa‎
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
* Ichki narx = Preyskurant narxi (QQS ni nol stavkasida) + Sotish xarajatlari + “Paxtasanoat” HABning komissiya xarajatlari.
(1-ilova Oʻzbekiston Respublikasi moliya vazirining 2012-yil 28-maydagi 43-sonli buyrugʻi (roʻyxat raqami 1922-2, 16.06.2012-y.) tahririda — OʻR QHT, 2012-y., 25-son, 277-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Paxta tolasining ichki va haqiqatda sotilgan narxlari oʻrtasidagi ijobiy farq mablagʻlarini “Paxtasanoat” hududiy aksiyadorlik birlashmasining maxsus hisob raqamiga toʻplash va uning ishlatilishi tartibi toʻgʻrisidagi nizomga 2-ILOVA
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Respublika korxonalariga paxta tolasini ichki va sotilgan narxlari oʻrtasidagi ijobiy (salbiy) farqning
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
HISOB-KITOBI
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish

‎‎20__ yil “__” _________ dan 20__ “__” __________ gacha davrda

№‎‏
‎‏
Hisob-fakturaning raqami va sanasi‎‏
Miqdori‎‏
Sotish narxi‎‏
Ichki narxi*‎‏
Ijobiy farq summasi‎‎ Salbiy farq summasi‎‎
1 tonnaga‎ jami hajmga‎ 1 tonnaga‎ jami hajmga‎
1‎ 2‎ 3‎ 4‎ 5‎ 6‎ 7‎ 8‎ 9‎ 10‎
1.‎ “Oʻzinterimpeks” TSK‎
2.‎ “Oʻzmarkazimpeks” TSK‎
3.‎ “Oʻzprommashimpeks” TSK‎
4.‎ OʻzRTXB orqali‎
Jami‎
Oldin hisoblangan ijobiy farq (salbiy) summasi boʻyicha qarzdorlik‎
Hammasi‎
Shundan respublika korxonalari boʻyicha hosil boʻlgan salbiy farqni qoplashga yoʻnaltirilayotgan summa‎
Maxsus hisob raqamiga oʻtkaziladigan summa‎
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
* Ichki narx = Preyskurant narxi (QQS ni 20 foiz stavkasida) + Sotish xarajatlari + “Paxtasanoat” HABning komissiya xarajatlari.
(2-ilova Oʻzbekiston Respublikasi moliya vazirining 2012-yil 28-maydagi 43-sonli buyrugʻi (roʻyxat raqami 1922-2, 16.06.2012-y.) tahririda — OʻR QHT, 2012-y., 25-son, 277-modda)
(Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2009-y., 12-son, 135-modda; 2011-y., 12-13-son, 122-modda; 2012-y., 25-son, 277-modda; 2014-y., 47-son, 560-modda)