OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI MOLIYA VAZIRINING
buyrugʻi
PAXTA TOLASINING IChKI VA HAQIQATDA SOTILGAN NARXLARI OʻRTASIDAGI IJOBIY FARQ MABLAGʻLARINI “PAXTASANOAT” HUDUDIY AKSIYADORLIK BIRLAShMASINING MAXSUS HISOB RAQAMIGA TOʻPLASh VA UNI IShLATILIShI TARTIBI TOʻGʻRISIDAGI NIZOMNI TASDIQLASh HAQIDA
[Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 2009-yil 18-martda roʻyxatdan oʻtkazildi, roʻyxat raqami 1922]
Mazkur buyruq Oʻzbekiston Respublikasi moliya vazirining 2018-yil 8-maydagi 91-sonli “Paxta tolasining ichki va haqiqatda sotilgan narxlari oʻrtasidagi ijobiy farq mablagʻlarini “Paxtasanoat” hududiy aksiyadorlik birlashmasining maxsus hisob raqamiga toʻplash va uni ishlatilishi tartibi toʻgʻrisidagi nizomni tasdiqlash haqida”gi buyruqni, shuningdek unga oʻzgartirishlarni oʻz kuchini yoʻqotgan deb topish toʻgʻrisida”gi buyrugʻiga (roʻyxat raqami 3011, 12.05.2018-y.) asosan oʻz kuchini yoʻqotgan.
Oʻzbekiston Respublikasining 2008-yil 29-dekabrdagi OʻRQ-196-son “Oʻzbekiston Respublikasining Soliq kodeksiga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish toʻgʻrisida” (Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2008-y., 52-son, 512-modda)gi Qonuniga va Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2008-yil 29-dekabrdagi PQ-1024-son “Oʻzbekiston Respublikasining 2009-yilgi asosiy makroiqtisodiy koʻrsatkichlari va davlat budjeti parametrlari toʻgʻrisida” (Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2008-y., 52-son, 515-modda)gi qaroriga muvofiq buyuraman:
1. Ilova qilinayotgan Paxta tolasining ichki va haqiqatda sotilgan narxlari oʻrtasidagi ijobiy farq mablagʻlarini “Paxtasanoat” hududiy aksiyadorlik birlashmasining maxsus hisob raqamiga toʻplash va uni ishlatilishi tartibi toʻgʻrisidagi nizom tasdiqlansin.
2. Mazkur buyruq Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligida davlat roʻyxatidan oʻtkazilganidan soʻng oʻn kundan keyin kuchga kiradi.
Moliya vaziri R. AZIMOV
Toshkent sh.,
2009-yil 23-fevral,
8-son
Moliya vazirining 2009-yil 23-fevraldagi 8-son buyrugʻi bilan
TASDIQLANGAN
TASDIQLANGAN
Paxta tolasining ichki va haqiqatda sotilgan narxlari oʻrtasidagi ijobiy farq mablagʻlarini “Paxtasanoat” hududiy aksiyadorlik birlashmasining maxsus hisob raqamiga toʻplash va uni ishlatilishi tartibi toʻgʻrisidagi
NIZOM
Mazkur Nizom Oʻzbekiston Respublikasining 2008-yil 29-dekabrdagi OʻRQ-196-son “Oʻzbekiston Respublikasining Soliq kodeksiga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish toʻgʻrisida” (Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2008-y., 52-son, 512-modda)gi Qonuniga va Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2008-yil 29-dekabrdagi PQ-1024-son “Oʻzbekiston Respublikasining 2009-yilgi asosiy makroiqtisodiy koʻrsatgichlari va davlat budjeti parametrlari toʻgʻrisida” (Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2008-y., 52-son, 515-modda)gi qaroriga muvofiq paxta tolasini ichki va haqiqatda sotilgan narxlari oʻrtasidagi ijobiy farq mablagʻlarini “Paxtasanoat” hududiy aksiyadorlik birlashmasi (keyingi oʻrinlarda — “Paxtasanoat” HAB)ning maxsus hisob raqamiga toʻplash va uni ishlatilishi tartibini belgilaydi.
I. Umumiy qoidalar
1. Ushbu Nizomda quyidagi asosiy tushunchalardan foydalaniladi:
ichki narx — paxta tolasining preyskurant ulgurji narxini, sotish xarajatlarini va “Paxtasanoat” HABning komissiya xarajatlarini oʻz ichiga oladigan narx;
Oldingi tahrirga qarang.
sotish narxi (sotiladigan narx) — paxta tolasini Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2006-yil 29-avgustdagi PQ-456-sonli qarori bilan tasdiqlangan Paxta tolasini Oʻzbekiston respublika tovar-xomashyo birjasining (keyingi oʻrinlarda — OʻzRTXAB) valyuta maydonchasi orqali ochiq birja savdolarida paxta tolasini qayta ishlaydigan respublika korxonalariga va eksportga sotish tartibi toʻgʻrisidagi nizomga (“Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami”, 2006-y., 36-son, 359-modda) asosan aniqlangan narxi;
(1-bandning uchinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi moliya vazirining 2011-yil 1-martdagi 19-sonli buyrugʻi (roʻyxat raqami 1922-1, 18.04.2011-y.) tahririda — OʻR QHT, 2011-y., 12-13-son, 122-modda)
ijobiy farq — sotilgan narxning ichki narxdan oshgan miqdori;
Oldingi tahrirga qarang.
salbiy farq — paxta tolasi OʻzRTXABda va toʻgʻridan toʻgʻri tuzilgan shartnoma orqali sotilgan narxidan ichki narxining oshgan miqdori.
(1-bandning beshinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi moliya vazirining 2011-yil 1-martdagi 19-sonli buyrugʻi (roʻyxat raqami 1922-1, 18.04.2011-y.) tahririda — OʻR QHT, 2011-y., 12-13-son, 122-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
2. Paxta tolasini chet el valyutasiga eksport qilishda nol darajali stavka boʻyicha qoʻshilgan qiymat soligʻi (keyingi oʻrinlarda QQS deb yuritiladi) solinadi. Paxta tolasini respublika ichki korxonalariga sotishda 20 foizli stavka boʻyicha QQS solinadi.
(2-band Oʻzbekiston Respublikasi moliya vazirining 2012-yil 28-maydagi 43-sonli buyrugʻi (roʻyxat raqami 1922-2, 16.06.2012-y.) tahririda — OʻR QHT, 2012-y., 25-son, 277-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
3. Paxta tolasining ichki narxi quyidagicha aniqlanadi:
eksportga sotish uchun moʻljallangani — QQSni nol darajali stavkasini hisobga olgan holda;
respublika korxonalariga sotish uchun moʻljallangani — QQSni hisobga olgan holda 20 foizli stavka boʻyicha.
(3-band Oʻzbekiston Respublikasi moliya vazirining 2012-yil 28-maydagi 43-sonli buyrugʻi (roʻyxat raqami 1922-2, 16.06.2012-y.) tahririda — OʻR QHT, 2012-y., 25-son, 277-modda)
4. Paxta tolasining ichki va sotilgan narxlari oʻrtasidagi farqni aniqlashda tolaning narxi va hajmi konditsion ogʻirlikda hisobga olinadi.
II. Paxta tolasining ichki va sotish narxlari oʻrtasidagi ijobiy farqni aniqlash tartibi
Oldingi tahrirga qarang.
5. Paxta tolasining ichki va sotilgan narxlari oʻrtasidagi farq har oyda “Paxtasanoat” HAB tomonidan quyidagicha aniqlanadi:
eksportga sotishda — ushbu Nizomning 1-ilovasiga muvofiq shaklda paxta tolasining ichki va eksportga sotilgan narxlari oʻrtasidagi ijobiy farqning hisob-kitobi boʻyicha;
respublika ichki korxonalariga sotishda — ushbu Nizomning 2-ilovasiga muvofiq shaklda respublika korxonalariga paxta tolasini ichki va sotilgan narxlari oʻrtasidagi ijobiy (salbiy) farqning hisob-kitobi boʻyicha.
(5-band Oʻzbekiston Respublikasi moliya vazirining 2012-yil 28-maydagi 43-sonli buyrugʻi (roʻyxat raqami 1922-2, 16.06.2012-y.) tahririda — OʻR QHT, 2012-y., 25-son, 277-modda)
6. Respublika korxonalariga sotilgan paxta tolasini hajmi boʻyicha salbiy farq hosil boʻlgan holatda, salbiy farq summasi eksportga sotilgan hajm boʻyicha hosil boʻlgan ijobiy farq summasi hisobidan qoplanadi.
Ijobiy farq summasi bilan qoplanmagan salbiy farq summasi “Paxta tolasining jahon va ichki narxlari oʻrtasida vujudga kelgan manfiy farqni qoplash tartibi toʻgʻrisidagi nizom” (2005-yil 6-iyul, roʻyxat raqami 1486)da belgilangan tartibda qoplanadi.
7. Paxta tolasining ichki va haqiqatda sotilgan narxlari oʻrtasidagi farqni hisob-kitob qilish uchun:
OʻzRTXAB orqali paxta tolasini sotishda boshlangʻich narxini aniqlashda qoʻllaniladigan va tashqi savdo kompaniyalariga belgilangan chegirmalarni jahon bozoridagi narxlardan chegirib konditsion ogʻirlikdagi vaznga aniqlangan haqiqatdagi sotish narxi;
Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligining paxta tolasining konditsion ogʻirligiga tasdiqlagan preyskurant narxi;
paxta tolasini Tashqi savdo kompaniyalari va OʻzRTXAB orqali sotib olgunga qadar hududiy ixtisoslagan paxta terminallariga yetkazib berish, yuklash-tushirish va saqlash boʻyicha haqiqiy xarajatlari;
Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi bilan kelishilgan “Paxtasanoat” HAB ning komissiya xarajatlari qoʻllaniladi.
Oldingi tahrirga qarang.
8. “Paxtasanoat” HAB Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi huzuridagi Davlat ehtiyojlari uchun qishloq xoʻjaligi mahsulotlari sotib olish hisob-kitobi jamgʻarmasi (keyingi oʻrinlarda — Jamgʻarma)ning unga biriktirilgan bosh inspektori (keyingi oʻrinlarda — Jamgʻarmaning bosh inspektori)ga mablagʻlar tushishidan kelib chiqib, narxlar oʻrtasidagi farqning hisob-kitobini tekshirish uchun topshiradi.
(8-band Oʻzbekiston Respublikasi moliya vazirining 2011-yil 1-martdagi 19-sonli buyrugʻi (roʻyxat raqami 1922-1, 18.04.2011-y.) tahririda — OʻR QHT, 2011-y., 12-13-son, 122-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
9. Jamgʻarmaning bosh inspektori oʻsha kun ichida hisob-kitoblarning toʻgʻriligini tekshiradi va “tekshirildi” yozuvini qayd qilib, imzo qoʻyadi va ularni “Paxtasanoat” HABning paxta va paxta mahsulotlari kontraktatsiyasi va hisob-kitobi markaziga qaytaradi.
(9-band Oʻzbekiston Respublikasi moliya vazirining 2011-yil 1-martdagi 19-sonli buyrugʻi (roʻyxat raqami 1922-1, 18.04.2011-y.) tahririda — OʻR QHT, 2011-y., 12-13-son, 122-modda)
10. Maʼlum yil hosilining paxta tolasini sotish tugallangandan soʻng mahsulotlarni oluvchilar bilan tuzilgan taqqoslama dalolatnomalarga asosan mahsulotlarning ichki va sotilgan narxlari boʻyicha haqiqiy sotilgan qiymatidan hamda ijobiy farqni toʻplash maxsus hisob raqamiga oʻtkazilgan summalardan kelib chiqib, yakuniy hisob-kitoblar amalga oshiriladi.
III. Ijobiy farq summasini toʻplash va ishlatilishi tartibi
11. “Paxtasanoat” HAB ijobiy farq summalarini toʻplash uchun xizmat koʻrsatuvchi bankda “Ijobiy farq hisob raqami” maxsus hisob raqamini ochadi va mablagʻlarni mahsulot oluvchilardan kelib tushishiga qarab Jamgʻarmaning bosh inspektori tekshirgan hisob-kitoblarga muvofiq ushbu hisob raqamga oʻtkaziladi
Oldingi tahrirga qarang.
12. Ijobiy farq summasi soliq solish obyekti hisoblanmaydi va 50 foiz miqdorida — paxtachilik fermer xoʻjaliklariga ularning Oʻzbekiston Respublikasi Davlat budjeti va davlat maqsadli jamgʻarmalari yoxud xizmat koʻrsatish korxonalari oldidagi kreditorlik qarzini keyinchalik xizmat koʻrsatish korxonalarining Oʻzbekiston Respublikasi Davlat budjeti va davlat maqsadli jamgʻarmalari oldidagi qarzini soʻndirish uchun yoʻnaltiriladi.
Paxtachilik fermer xoʻjaliklarining Oʻzbekiston Respublikasi Davlat budjeti va davlat maqsadli jamgʻarmalari, shuningdek xizmat koʻrsatish korxonalari oldida qarzdorligi mavjud boʻlmagan taqdirda, ijobiy farq mablagʻlaridan “Oʻzkimyosanoat” DAK, “Oʻzbekenergo” DAK, “Oʻzneftmahsulot” AK, “Oʻzagromashservis” uyushmasi, “Agrotexservis MTP” MChJ, “Oʻzqishloqxoʻjalikmash-lizing” ALK, “Oʻzmashlizing” ShK korxonalarining moddiy-texnik resurslariga va xizmatlariga oldindan haq toʻlash uchun foydalaniladi.
(12-band Oʻzbekiston Respublikasi moliya vazirining 2014-yil 30-oktabrdagi 71-sonli buyrugʻi (roʻyxat raqami 1922-3, 17.11.2014-y.) tahririda — OʻR QHT, 2014-y., 47-son, 560-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
13. “Paxtasanoat” HAB ijobiy farq mablagʻlari tushishiga koʻra, 1 ish kuni davomida ularni maxsus hisob raqamdan Jamgʻarmaning tegishli hisob raqamlariga quyidagicha oʻtkazadi:
25 foizi “Oʻzpaxtasanoat” uyushmasi korxonalarining Jamgʻarma kreditlari boʻyicha qarzini soʻndirish uchun yoʻnaltiriladi;
qolgan qismi Jamgʻarmaning aylanma mablagʻlarini toʻldirish uchun yoʻnaltiriladi.
(13-band Oʻzbekiston Respublikasi moliya vazirining 2014-yil 30-oktabrdagi 71-sonli buyrugʻi (roʻyxat raqami 1922-3, 17.11.2014-y.) tahririda — OʻR QHT, 2014-y., 47-son, 560-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
(14-band Oʻzbekiston Respublikasi moliya vazirining 2014-yil 30-oktabrdagi 71-sonli buyrugʻiga (roʻyxat raqami 1922-3, 17.11.2014-y.) asosan oʻz kuchini yoʻqotgan — OʻR QHT, 2014-y., 47-son, 560-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
15. “Paxtasanoat” HAB chorak yakuni boʻyicha oyning 5-sanasidan kechiktirmasdan Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligiga paxta tolasining ichki va sotilgan narxlari oʻrtasidagi farq boʻyicha hisob-kitobni va maxsus hisob raqamga toʻplangan hamda Jamgʻarmaning tegishli hisob-raqamlariga oʻtkazilgan mablagʻlar toʻgʻrisida maʼlumotni taqdim qiladi.
Maʼlumotlarni oʻz vaqtida va toʻgʻri taqdim etilishi boʻyicha javobgarlik “Paxtasanoat” HAB zimmasiga yuklatiladi.
(15-band Oʻzbekiston Respublikasi moliya vazirining 2011-yil 1-martdagi 19-sonli buyrugʻi (roʻyxat raqami 1922-1, 18.04.2011-y.) tahririda — OʻR QHT, 2011-y., 12-13-son, 122-modda)
IV. Yakuniy qoida
16. Ushbu Nizom “Oʻzpaxtasanoat” uyushmasi bilan kelishilgan.
“Oʻzpaxtasanoat” uyushmasi boshqaruvi raisi F. OMONOV
Toshkent sh.,
2009-yil 23-fevral
Oldingi tahrirga qarang.
Paxta tolasining ichki va haqiqatda sotilgan narxlari oʻrtasidagi ijobiy farq mablagʻlarini “Paxtasanoat” hududiy aksiyadorlik birlashmasining maxsus hisob raqamiga toʻplash va uning ishlatilishi tartibi toʻgʻrisidagi nizomga 1-ILOVA
Paxta tolasining ichki va eksportga sotilgan narxlari oʻrtasidagi ijobiy farqning
HISOB-KITOBI
|
20__ yil “__” _________ dan 20___ “__” __________ gacha davrda | |||||||
| | | | | | | | |
| № |
|
Hisob-fakturaning raqami va sanasi |
Miqdori |
Sotish narxi |
Ichki narxi* |
Ijobiy farq summasi | |
| 1 tonnaga | jami hajmga | ||||||
| 1 | 2 | 3 | 4 | 5 | 6 | 7 | 8 |
| 1. | “Oʻzinterimpeks” TSK | | | | | | |
| | | | | | | | |
| 2. | “Oʻzmarkazimpeks” TSK | | | | | | |
| | | | | | | | |
| 3. | “Oʻzprommashimpeks” TSK | | | | | | |
| | | | | | | | |
| 4. | OʻzRTXB orqali | | | | | | |
| | | | | | | | |
| | Jami | | | | | | |
| | Oldin hisoblangan ijobiy farq summasi boʻyicha qarzdorlik | | | | | | |
| | Hammasi | | | | | | |
| | Shundan respublika korxonalari boʻyicha hosil boʻlgan salbiy farqni qoplashga yoʻnaltirilayotgan summa | | | | | | |
| | Maxsus hisob raqamiga oʻtkaziladigan summa | | | | | | |
* Ichki narx = Preyskurant narxi (QQS ni nol stavkasida) + Sotish xarajatlari + “Paxtasanoat” HABning komissiya xarajatlari.
(1-ilova Oʻzbekiston Respublikasi moliya vazirining 2012-yil 28-maydagi 43-sonli buyrugʻi (roʻyxat raqami 1922-2, 16.06.2012-y.) tahririda — OʻR QHT, 2012-y., 25-son, 277-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
Paxta tolasining ichki va haqiqatda sotilgan narxlari oʻrtasidagi ijobiy farq mablagʻlarini “Paxtasanoat” hududiy aksiyadorlik birlashmasining maxsus hisob raqamiga toʻplash va uning ishlatilishi tartibi toʻgʻrisidagi nizomga 2-ILOVA
Respublika korxonalariga paxta tolasini ichki va sotilgan narxlari oʻrtasidagi ijobiy (salbiy) farqning
HISOB-KITOBI
|
20__ yil “__” _________ dan 20__ “__” __________ gacha davrda | |||||||||
| | | | | | | | | | |
| № |
|
Hisob-fakturaning raqami va sanasi |
Miqdori |
Sotish narxi |
Ichki narxi* |
Ijobiy farq summasi | Salbiy farq summasi | ||
| 1 tonnaga | jami hajmga | 1 tonnaga | jami hajmga | ||||||
| 1 | 2 | 3 | 4 | 5 | 6 | 7 | 8 | 9 | 10 |
| 1. | “Oʻzinterimpeks” TSK | | | | | | | | |
| | | | | | | | | | |
| 2. | “Oʻzmarkazimpeks” TSK | | | | | | | | |
| | | | | | | | | | |
| 3. | “Oʻzprommashimpeks” TSK | | | | | | | | |
| | | | | | | | | | |
| 4. | OʻzRTXB orqali | | | | | | | | |
| | | | | | | | | | |
| | Jami | | | | | | | | |
| | Oldin hisoblangan ijobiy farq (salbiy) summasi boʻyicha qarzdorlik | | | | | | | | |
| | Hammasi | | | | | | | | |
| | Shundan respublika korxonalari boʻyicha hosil boʻlgan salbiy farqni qoplashga yoʻnaltirilayotgan summa | | | | | | | | |
| | Maxsus hisob raqamiga oʻtkaziladigan summa | | | | | | | | |
* Ichki narx = Preyskurant narxi (QQS ni 20 foiz stavkasida) + Sotish xarajatlari + “Paxtasanoat” HABning komissiya xarajatlari.
(2-ilova Oʻzbekiston Respublikasi moliya vazirining 2012-yil 28-maydagi 43-sonli buyrugʻi (roʻyxat raqami 1922-2, 16.06.2012-y.) tahririda — OʻR QHT, 2012-y., 25-son, 277-modda)
(Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2009-y., 12-son, 135-modda; 2011-y., 12-13-son, 122-modda; 2012-y., 25-son, 277-modda; 2014-y., 47-son, 560-modda)