14.03.2009 yilda ro‘yxatdan o‘tgan, ro‘yxat raqami 1920
ONLINE TRANSLATE
Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirining buyrugʻi, 14.03.2009 yilda ro‘yxatdan o‘tgan, ro‘yxat raqami 1920
Kuchga kirish sanasi
24.03.2009
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirining
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
buyrugʻi
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI ADVOKATLAR PALATASI HUZURIDAGI OLIY MALAKA KOMISSIYASI TOʻGʻRISIDAGI NIZOMNI TASDIQLASH HAQIDA
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
[Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 2009-yil 14-martda roʻyxatdan oʻtkazildi, roʻyxat raqami 1920]
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi “Advokatura toʻgʻrisida”gi Qonunining 13-moddasiga (Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Axborotnomasi 1997-y., 2-son, 48-modda) muvofiq buyuraman:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1. Oʻzbekiston Respublikasi Advokatlar palatasi huzuridagi Oliy malaka komissiyasi toʻgʻrisidagi nizom ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2. Mazkur buyruq davlat roʻyxatidan oʻtkazilsin va bu haqda Oʻzbekiston Respublikasi vazirliklari, davlat qoʻmitalari va idoralari normativ-huquqiy hujjatlarining Davlat reyestriga tegishli yozuv kiritilsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3. Qonun hujjatlarini turkumlash va huquqiy axborot boshqarmasi (A. Inanbabayev) hamda Notariat, FHDY va advokatura boshqarmasi (D. Yakubova) ushbu normativ-huquqiy hujjatni oʻn kun muddat ichida barcha manfaatdor shaxslarga yetkazilishini va “Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami” — “Sobraniye zakonodatelstva Respubliki Uzbekistan”da nashr etilishini taʼminlasin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
4. Ushbu buyruq davlat roʻyxatidan oʻtkazilgan kundan boshlab oʻn kun oʻtgandan keyin kuchga kiradi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
5. Mazkur buyruq ijrosini nazorat qilish vazir oʻrinbosari E. Kanyazov zimmasiga yuklatilsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Adliya vaziri R. MUHITDINOV
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Toshkent sh.,

2009-yil 14-mart,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
68-mh-son

Adliya vazirining 2009-yil 14-martdagi 68-mh-son buyrugʻiga
ILOVA
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Advokatlar palatasi huzuridagi Oliy malaka komissiyasi toʻgʻrisida
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
NIZOM

Mazkur Nizom Oʻzbekiston Respublikasining “Advokatura toʻgʻrisida”gi Qonuniga (Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 1997-yil, 2-son, 48-modda) muvofiq Oʻzbekiston Respublikasi Advokatlar palatasi huzuridagi Oliy malaka komissiyasi (bundan keyingi oʻrinlarda Oliy malaka komissiyasi deb yuritiladi) vakolatlarini va uning faoliyatini tashkil etish tartibini belgilaydi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
I. Umumiy qoidalar
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1. Oliy malaka komissiyasi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Advokatlar palatasining hududiy boshqarmalari huzuridagi malaka komissiyalarining qarorlari ustidan keltirilgan shikoyatlarni (bundan keyingi oʻrinlarda shikoyatlar deb yuritiladi) koʻrib chiqish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Advokatlar palatasining hududiy boshqarmalari huzuridagi malaka komissiyalarining (bundan keyingi oʻrinlarda malaka komissiyalari deb yuritiladi) ish amaliyotini umumlashtirish va tahlil qilish uchun tuziladi.
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2. Oliy malaka komissiyasi Oʻzbekiston Respublikasi Advokatlar palatasi (bundan keyingi oʻrinlarda Advokatlar palatasi deb yuritiladi) va Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligining (bundan keyingi oʻrinlarda Adliya vazirligi deb yuritiladi) qoʻshma qarorlari bilan hamkasblari orasida hurmatga sazovor advokatlar, shuningdek huquq sohasidagi tajribali mutaxassislar orasidan toq miqdorda tuziladi.
(2-band Oʻzbekiston Respublikasi adliya vazirining 2019-yil 9-yanvardagi 10-mh-sonli boʻyrugʻi (roʻyxat raqami 1920-1, 09.01.2018-y.) tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 09.01.2019-y., 10/19/1920-1/2446-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3. Oliy malaka komissiyasi oʻz faoliyatida Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi va qonunlariga, Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining qarorlariga, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining farmonlari, qarorlari va farmoyishlariga, Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarorlari va farmoyishlariga hamda boshqa qonunchilik hujjatlariga, shuningdek, Oʻzbekiston Respublikasi Advokatlar palatasining hududiy boshqarmalari huzuridagi malaka komissiyalari toʻgʻrisidagi nizomga (roʻyxat raqami 1921, 2009-yil 14-mart), Advokatlarning kasb etikasi qoidalariga, Oʻzbekiston Respublikasi Advokatlar palatasi qarorlariga va mazkur Nizomga amal qiladi.
(3-band Oʻzbekiston Respublikasi adliya vazirining 2021-yil 30-noyabrdagi 20-mh-sonli buyrugʻi (roʻyxat raqami 3338, 30.11.2021-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 30.11.2021-y., 10/21/3338/1117-son)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
4. Oliy malaka komissiyasi masalalarni koʻrib chiqish va ular boʻyicha qarorlar qabul qilishda Advokatlar palatasi va Adliya vazirligi, boshqa tashkilotlar, shuningdek, mansabdor shaxslar hamda fuqarolardan mustaqildir.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
5. Oliy malaka komissiyasining moddiy-texnika va moliyaviy taʼminoti Advokatlar palatasi tomonidan amalga oshiriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
II. Oliy malaka komissiyasining vakolatlari
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
6. Oliy malaka komissiyasi oʻz zimmasiga yuklatilgan vazifalarni bajarish uchun:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
talabgorlar, advokatlar va boshqa manfaatdor shaxslarning shikoyatlarini koʻrib chiqadi va ular boʻyicha tegishli qarorlar qabul qiladi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
zarur boʻlganda, manfaatdor shaxslar va tegishli tashkilotlardan qoʻshimcha hujjatlarni soʻrab oladi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
shikoyatlarni koʻrib chiqish vaqtida tegishli malaka komissiyalaridan zarur hujjatlarni talab qilib oladi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
mazkur Nizomda nazarda tutilgan hollarda, talabgorlardan malaka imtihonlari qabul qiladi va ularni topshirish natijalari boʻyicha qarorlar qabul qiladi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
qaror qabul qilish uchun ahamiyatga ega boʻlgan yangi ochilgan holatlarni oʻrganadi;
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
litsenziyaning amal qilishini tugatish masalasini koʻrib chiqish toʻgʻrisida malaka komissiyalarining murojaatlari boʻyicha xulosalar beradi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
advokatlarga malaka darajalari berish toʻgʻrisida malaka komissiyalari qarorlari boʻyicha xulosalar beradi;
(6-band Oʻzbekiston Respublikasi adliya vazirining 2019-yil 9-yanvardagi 10-mh-sonli boʻyrugʻiga (roʻyxat raqami 1920-1, 09.01.2018-y.) asosan yettinchi va sakkizinchi xatboshilar bilan toʻldirilgan — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 09.01.2019-y., 10/19/1920-1/2446-son)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Advokatlar palatasiga malaka komissiyalari ish amaliyotini umumlashtirish va tahlil etish bilan ularning faoliyatini oʻrganish toʻgʻrisida murojaat qiladi hamda umumlashtirish va tahlil natijalari boʻyicha qarorlar qabul qiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oliy malaka komissiyasining mazkur Nizomga muvofiq qabul qilgan qarorlari malaka komissiyalari tomonidan ijro etilishi majburiydir.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
7. Oliy malaka komissiyasi oʻz zimmasiga yuklatilgan vazifalarni bajarishda:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oliy malaka komissiyasiga koʻrib chiqishi uchun kiritilgan masalalarni har tomonlama va xolisona koʻrib chiqishga;
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
qonunchilik hujjatlariga, advokatlik faoliyatining asosiy prinsiplariga qatʼiy rioya etishga;
(7-bandning uchinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi adliya vazirining 2021-yil 30-noyabrdagi 20-mh-sonli buyrugʻi (roʻyxat raqami 3338, 30.11.2021-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 30.11.2021-y., 10/21/3338/1117-son)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
advokatlik faoliyatining kafolatlari va himoyasini, advokatning daxlsizligini, advokatning faoliyatiga aralashmaslikni taʼminlashga majburdir.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
III. Oliy malaka komissiyasining faoliyatini tashkil etish
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
8. Oliy malaka komissiyasining tarkibi Advokatlar palatasi va Adliya vazirligining qoʻshma qarorlari bilan advokatlar hamda huquq sohasidagi tajribali mutaxassislar orasidan 9 kishidan iborat tarkibda ikki yil muddatga tasdiqlanadi. Bunda komissiya aʼzolarining kamida 5 nafari advokat boʻlishi lozim. Oliy malaka komissiyasi tarkibiga kelishuv asosida sud, adliya organlari hamda boshqa tashkilotlarning huquq sohasidagi tajribali xodimlari jalb etiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oliy malaka komissiyasi raisi va oʻrinbosari komissiyaning birinchi yigʻilishida toʻliq tarkibda ishtirok etgan aʼzolar umumiy sonining oddiy koʻpchilik ochiq ovoz berishi orqali malaka komissiyasi aʼzolari orasidan saylanadi. Oliy malaka komissiyasi raisligi va oʻrinbosarligiga nomzodlar ovoz berishda qatnashmaydilar.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oliy malaka komissiyasi raisining oʻrinbosari Oliy malaka komissiyasining majlisida rais hozir boʻlmagan hollarda raislik qiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oliy malaka komissiyasi aʼzoligiga advokatlarning nomzodlari advokatlik faoliyati boʻyicha kamida besh yillik ish stajiga ega boʻlgan advokatlar orasidan taqdim etiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Advokatlar palatasi va uning hududiy boshqarmalari xodimlari, ularning yaqin qarindoshlari Oliy malaka komissiyasining aʼzosi boʻlishi mumkin emas.
(8-band Oʻzbekiston Respublikasi adliya vazirining 2019-yil 9-yanvardagi 10-mh-sonli boʻyrugʻi (roʻyxat raqami 1920-1, 09.01.2018-y.) tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 09.01.2019-y., 10/19/1920-1/2446-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
81. Quyidagi holatlarda Oliy malaka komissiyasi aʼzosi komissiya tarkibidan chiqariladi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
oʻz arizasiga binoan;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
advokat maqomi toʻxtatilgan yoki tugatilganda;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
komissiya aʼzosi boʻlgan sud, adliya organlari va boshqa tashkilotlar xodimining ish joyi oʻzgarganda yoki xodim ishdan boʻshatilganda;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
komissiya aʼzosi tomonidan mazkur Nizom talablari qoʻpol ravishda buzilganda;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
komissiya aʼzosi sogʻligʻining holatiga koʻra vazifalarini bajarish imkoni boʻlmaganda;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
komissiya aʼzosi komissiya yigʻilishlarida surunkali 3-marta uzrli sabablarsiz ishtirok etmagan taqdirda.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Ushbu bandning beshinchi — yettinchi xatboshilarida nazarda tutilgan asoslar boʻyicha Oliy malaka komissiyasi aʼzosini komissiya tarkibidan chiqarish masalasi komissiya raisi tomonidan kiritiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Komissiya aʼzosini komissiya tarkibidan chiqarish toʻgʻrisidagi qaror komissiya aʼzolarining uchdan ikki qismi ovozlari bilan qabul qilinadi. Qabul qilingan qaror haqida komissiya tarkibidan chiqarilgan komissiya aʼzosiga yozma ravishda maʼlum qilinadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Komissiya aʼzosini komissiya tarkibidan chiqarish toʻgʻrisidagi qaror ustidan sudga shikoyat keltirilishi mumkin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Malaka komissiyasi aʼzosini ushbu bandda nazarda tutilmagan asoslar boʻyicha komissiya tarkibidan chiqarilishiga yoʻl qoʻyilmaydi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Komissiya tarkibidan chiqarilgan aʼzo oʻrniga mazkur Nizomda nazarda tutilgan tartibda komissiya tasdiqlangan muddat doirasida yangi komissiya aʼzosi kiritiladi.
(81-band Oʻzbekiston Respublikasi adliya vazirining 2019-yil 9-yanvardagi 10-mh-sonli boʻyrugʻiga (roʻyxat raqami 1920-1, 09.01.2018-y.) asosan kiritilgan — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 09.01.2019-y., 10/19/1920-1/2446-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
9. Oliy malaka komissiyasining aʼzosi boʻlgan advokatga nisbatan intizomiy ish yuritish koʻrib chiqilishi yoki Oliy malaka komissiyasi aʼzosining malaka imtihonini topshirishi natijalari boʻyicha shikoyat koʻrib chiqilgan hollarda, ular Oliy malaka komissiyasi majlisida qatnashishga haqli emas.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Komissiya aʼzosi, agar u:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
komissiya majlisi koʻrilayotgan masalalar boʻyicha talabgor, advokat va boshqa manfaatdor shaxs malaka komissiyasi aʼzosining yaqin qarindoshi boʻlsa;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
komissiya majlisining natijasidan va unda qabul qilinadigan qarordan bevosita yoki bilvosita manfaatdor boʻlsa yoxud uning begʻarazligiga shubha tugʻdiradigan boshqa holatlar mavjud boʻlsa, komissiya majlisida ishtirok etishi mumkin emas va u rad etilishi kerak.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Mazkur bandda koʻrsatilgan holatlar mavjud boʻlgan taqdirda, komissiya aʼzosi oʻzini oʻzi rad etishi shart. Agar u bunday qilmasa, ayni shu asoslar boʻyicha komissiyaning boshqa aʼzolari tomonidan, shuningdek masalasi koʻrilayotgan talabgorlar, advokatlar va boshqa manfaatdor shaxslar tomonidan rad etilishi mumkin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Rad etish haqidagi bayonot asoslantirilgan boʻlishi kerak.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Rad etish bildirilgan komissiya aʼzosi rad etish toʻgʻrisidagi masala koʻrilishidan oldin oʻz tushuntirishlarini berishga haqli.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Rad etish toʻgʻrisidagi masala rad qilinayotgan shaxsning yoʻqligida komissiyaning qolgan aʼzolari tomonidan oddiy koʻpchilik ovoz bilan hal etiladi. Ovozlar teng boʻlib qolgan taqdirda, komissiya aʼzosi rad etilgan hisoblanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oliy malaka komissiyasining majlisi, agar unda Oliy malaka komissiyasi aʼzolarining kamida uchdan ikki qismi qatnashsa, komissiya vakolatli (kvorumga ega) hisoblanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Kvorum boʻlmagan holda, Oliy malaka komissiyasining majlisiga hozir boʻlgan aʼzolari tomonidan majlisni keyinga qoldirish toʻgʻrisida qaror qabul qilinadi, majlis oʻtkaziladigan sana, vaqt va joy haqida qoʻshimcha ravishda xabar qilinadi.
(9-band Oʻzbekiston Respublikasi adliya vazirining 2019-yil 9-yanvardagi 10-mh-sonli boʻyrugʻi (roʻyxat raqami 1920-1, 09.01.2018-y.) tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 09.01.2019-y., 10/19/1920-1/2446-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
10. Oliy malaka komissiyasining majlislari zaruratga qarab, lekin ikki oyda kamida bir marta oʻtkaziladi. Oliy malaka komissiyasi raisi Oliy malaka komissiyasi majlisi oʻtkazilishidan kamida oʻn kun oldin majlisning kun tartibi, sanasi, vaqti va joyini belgilaydi.
(10-band Oʻzbekiston Respublikasi adliya vazirining 2019-yil 9-yanvardagi 10-mh-sonli boʻyrugʻi (roʻyxat raqami 1920-1, 09.01.2018-y.) tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 09.01.2019-y., 10/19/1920-1/2446-son)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
11. Oliy malaka komissiyasi qarorlari uning majlisida qatnashayotgan Oliy malaka komissiyasi aʼzolarining oddiy koʻpchilik ovozi bilan qabul qilinadi. Ovozlar teng boʻlganda, raislik qiluvchining ovozi hal qiluvchi hisoblanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oliy malaka komissiyasining qarorlari ular qaysi majlisda qabul qilingan boʻlsa, oʻsha majlisda raislik qiluvchi tomonidan eʼlon qilinadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
12. Oliy malaka komissiyasining ishini yuritish Advokatlar palatasi raisi tomonidan tayinlanadigan Oliy malaka komissiyasining masʼul kotibi (bundan keyingi oʻrinlarda masʼul kotib deb yuritiladi) zimmasiga yuklatiladi. Masʼul kotib Oliy malaka komissiyasining va malaka komissiyalarining aʼzosi boʻlishi mumkin emas.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Masʼul kotib:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
shikoyatlarni qabul qiladi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oliy malaka komissiyasining majlisida koʻrib chiqish uchun materiallarni tayyorlashni amalga oshiradi va ularning saqlanishini taʼminlaydi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oliy malaka komissiyasi aʼzolarini, shuningdek, shikoyat bergan shaxslarni va boshqa manfaatdor shaxslarni Oliy malaka komissiyasining majlisi oʻtkaziladigan sana, vaqt va joy toʻgʻrisida xabardor qiladi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oliy malaka komissiyasi aʼzolari va manfaatdor shaxslarning majlisda hozir boʻlganligini tekshiradi, hozir boʻlmaganlik sabablarini aniqlaydi va bu haqda Oliy malaka komissiyasiga axborot beradi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oliy malaka komissiyasi majlislarining bayonnomalarini yuritadi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
raislik qiluvchining Oliy malaka komissiyasi majlisiga tayyorgarlik koʻrish va uni oʻtkazish bilan bogʻliq boshqa topshiriqlarini bajaradi, shuningdek, mazkur Nizomga muvofiq boshqa vazifalarni ham bajaradi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
13. Advokatlar palatasiga shikoyatni bevosita yuborish yoʻli bilan Oliy malaka komissiyasiga berilgan shikoyat kelib tushgan kundan boshlab uch kun mobaynida, Advokatlar palatasi Advokatlar palatasining tegishli hududiy boshqarmasidan shikoyat bilan bogʻliq barcha hujjatlar va materiallarni talab qiladi.
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
14. Oliy malaka komissiyasining majlislarida bayonnoma yuritiladi, u majlisda qatnashgan Oliy malaka komissiyasining raislik etuvchi va masʼul kotib tomonidan imzolanadi. Oliy malaka komissiyasining qaroridan rozi boʻlmagan Oliy malaka komissiyasining aʼzosi komissiya majlisining bayonnomasiga kiritiladigan oʻzining nuqtai nazarini yozma shaklda bayon etishga haqli.
(14-band Oʻzbekiston Respublikasi adliya vazirining 2019-yil 9-yanvardagi 10-mh-sonli boʻyrugʻi (roʻyxat raqami 1920-1, 09.01.2018-y.) tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 09.01.2019-y., 10/19/1920-1/2446-son)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
15. Oliy malaka komissiyasi majlisining kun tartibiga kiritilgan masalalarga qarab, bayonnomada:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oliy malaka komissiyasi majlisi oʻtkaziladigan sana va joy;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oliy malaka komissiyasining majlisida qatnashgan Oliy malaka komissiyasi aʼzolarining roʻyxati;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oliy malaka komissiyasi majlisining kun tartibi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
malaka komissiyasining qarori ustidan keltirilgan shikoyat;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
talabgorlar toʻgʻrisidagi axborot;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
mazkur Nizomda nazarda tutilgan holatlarda, Oliy malaka komissiyasi tomonidan talabgordan qabul qilingan malaka imtihoni toʻgʻrisidagi zarur maʼlumotlar;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
shikoyatda bayon etilgan vajlar, Oliy malaka komissiyasi aʼzolarining, manfaatdor shaxslarning soʻzga chiqishlari hamda tegishli tashkilotlar tomonidan taqdim etilgan hujjatlarning asosiy mazmuni;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oliy malaka komissiyasi aʼzolari tomonidan bildirilgan fikr-mulohazalar;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
shikoyatni koʻrib chiqish natijalari boʻyicha ovoz berish yakunlari;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oliy malaka komissiyasi majlisining kun tartibiga kiritilgan har bir masala boʻyicha qarorlar;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oliy malaka komissiyasi qarorlari ustidan shikoyat qilish tartibi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
qaror qabul qilish uchun zarur boʻlgan boshqa maʼlumotlar aks ettiriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
16. Oliy malaka komissiyasi majlisi bayonnomasining nusxalari bir haftalik muddatda Adliya vazirligi va Advokatlar palatasining tegishli hududiy boshqarmalariga yuboriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
17. Oliy malaka komissiyasi majlisining bayonnomasidan koʻchirma qaror qabul qilingan kundan eʼtiboran uch kundan kechiktirmay masʼul kotib imzosi bilan manfaatdor shaxslarga yuboriladi yoki tilxat olingan holda topshiriladi. Oliy malaka komissiyasi majlisining bayonnomasidan koʻchirmalar Advokatlar palatasining muhri bilan tasdiqlanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oliy malaka komissiyasi majlisi bayonnomasidan koʻchirmalarda Oliy malaka komissiyasining majlisi oʻtkazilgan sana va joy toʻgʻrisidagi maʼlumotlar, Oliy malaka komissiyasi majlisining kun tartibiga kiritilgan qismidagi, tegishli manfaatdor shaxslarga taalluqli boʻlgan masala boʻyicha qaror va ushbu qaror ustidan shikoyat qilish tartibi bayon etiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
IV. Shikoyatlarni koʻrib chiqish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
18. Malaka komissiyalari qarorlarining ustidan keltirilgan shikoyatlar manfaatdor shaxslar tomonidan komissiya majlisining bayonnomasidan koʻchirma olingan kundan eʼtiboran Oliy malaka komissiyasiga bir oy ichida berilishi mumkin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Koʻrsatilgan muddatning oʻtkazib yuborilganligi shikoyatni qabul qilish va koʻrib chiqishni rad etish uchun asos boʻlmaydi. Oliy malaka komissiyasi muddat oʻtkazib yuborilganligi sabablarini uzrli deb topib, ana shu muddatni tiklashi va shikoyatni mazmunan koʻrib chiqishi mumkin.
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Shikoyatlarni koʻrib chiqish Oʻzbekiston Respublikasi Advokatlar palatasining hududiy boshqarmalari huzuridagi malaka komissiyalari toʻgʻrisidagi nizomga muvofiq amalga oshiriladi.
(18-band Oʻzbekiston Respublikasi adliya vazirining 2019-yil 9-yanvardagi 10-mh-sonli boʻyrugʻiga (roʻyxat raqami 1920-1, 09.01.2018-y.) asosan xatboshi bilan toʻldirilgan — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 09.01.2019-y., 10/19/1920-1/2446-son)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
19. Shikoyat oʻz ichiga shikoyat bergan manfaatdor shaxsning vajlari, uning fikricha, malaka komissiyasi qarorining notoʻgʻriligi nimadan iborat ekanligi va uning iltimosi mazmunini olishi kerak.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
20. Shikoyat Oliy malaka komissiyasi tomonidan u Advokatlar palatasiga kelib tushgan kundan eʼtiboran koʻpi bilan bir oy ichida koʻrib chiqilishi kerak.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
21. Oliy malaka komissiyasining aʼzolari, shuningdek, shikoyat keltirgan shaxslar va boshqa manfaatdor shaxslar komissiya majlisi oʻtkaziladigan sanadan kamida oʻn kun oldin majlis oʻtkaziladigan sana, vaqt va joy haqida xabardor qilinadi.
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
22. Agar Oliy malaka komissiyasi intizomiy ish yuritish boʻyicha shikoyatni koʻrib chiqish vaqtida intizomiy ish yuritish bilan bogʻliq alohida masalalarni oʻrganish talab etiladi, degan xulosaga kelsa, bunday oʻrganishni oʻtkazish vazifasi Oliy malaka komissiyasining qarori bilan oʻz aʼzolaridan birining yoki tegishli hududiy boshqarmaning zimmasiga yuklatilishi mumkin.
(22-band Oʻzbekiston Respublikasi adliya vazirining 2019-yil 9-yanvardagi 10-mh-sonli boʻyrugʻi (roʻyxat raqami 1920-1, 09.01.2018-y.) tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 09.01.2019-y., 10/19/1920-1/2446-son)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
23. Oliy malaka komissiyasi faqat istisno holatlarda, shu jumladan tegishli malaka komissiyasining xolisligi va begʻarazligiga asosli shubhalar mavjud boʻlgan hollarda malaka imtihoni qabul qiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Malaka imtihoni Oʻzbekiston Respublikasi Advokatlar palatasining hududiy boshqarmalari huzuridagi malaka komissiyalari toʻgʻrisidagi nizomga muvofiq, Oliy malaka komissiyasi tomonidan qabul qilinadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
24. Oliy malaka komissiyasi shikoyatni koʻrib chiqib, oʻz qarori bilan:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
malaka komissiyasining qarorini oʻzgarishsiz qoldirish va shikoyatni qanoatlantirishni rad qilish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
malaka komissiyasining qarorini oʻzgartirish va yangi qaror qabul qilish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
talabgor malaka imtihoni topshirishi natijalari boʻyicha malaka komissiyasining qarorini bekor qilish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
malaka komissiyasi qarorini bekor qilish va advokatga nisbatan intizomiy ish yuritishni tugatish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
shikoyatni koʻrmasdan qoldirishga haqli.
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
25. Oliy malaka komissiyasining advokatlik faoliyati bilan shugʻullanish huquqini beruvchi litsenziyaning amal qilishini tugatish toʻgʻrisida malaka komissiyasining murojaati boʻyicha xulosasi u tuzilgan kundan eʼtiboran uch kundan kechiktirmay yozma shaklda Adliya vazirligiga yetkaziladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Adliya vazirligi mazkur xulosa kelib tushgan kundan yetti kun ichida litsenziyaning amal qilishini tugatish toʻgʻrisida tegishli maʼmuriy sudga murojaat qiladi.
(25-band Oʻzbekiston Respublikasi adliya vazirining 2019-yil 9-yanvardagi 10-mh-sonli boʻyrugʻi (roʻyxat raqami 1920-1, 09.01.2018-y.) tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 09.01.2019-y., 10/19/1920-1/2446-son)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
26. Oliy malaka komissiyasi tomonidan malaka komissiyasining qarorini oʻzgarishsiz qoldirish va shikoyatni qanoatlantirishni rad qilish toʻgʻrisidagi qaror:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
shikoyat mazkur Nizom talablariga muvofiq boʻlmagan;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
shikoyatda bayon etilgan vajlar tasdiqlanmagan hollarda qabul qilinadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
27. Oliy malaka komissiyasi tomonidan malaka komissiyasining qarorini oʻzgartirish toʻgʻrisidagi qaror va yangi qaror:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Advokatlar palatasining hududiy boshqarmalari huzuridagi malaka komissiyalari toʻgʻrisidagi nizom talablari buzilgan holda, agar bunday qoidabuzarlik malaka komissiyasining qaror qabul qilishiga taʼsir koʻrsatgan boʻlsa;

malaka komissiyasi tomonidan asoslantirilmagan qaror qabul qilingan hollarda qabul qilinadi.

28. Oliy malaka komissiyasi tomonidan talabgor malaka imtihoni topshirishi natijalari boʻyicha malaka komissiyasining qarorini bekor qilish toʻgʻrisidagi qaror:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Advokatlar palatasining hududiy boshqarmalari huzuridagi malaka komissiyalari toʻgʻrisidagi nizom talablari buzilgan holda, agar bunday qoidabuzarlik malaka komissiyasining qaror qabul qilishiga taʼsir koʻrsatgan boʻlsa;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
talabgor tomonidan malaka imtihonida berilgan javoblarni baholashda malaka komissiyasi tomonidan xolislik va begʻarazlik taʼminlanmagan hollarda qabul qilinadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oliy malaka komissiyasi malaka komissiyasining talabgor tomonidan malaka imtihonini topshirishi natijalari boʻyicha qarorini bekor qilish bilan bir vaqtda oʻz qarori bilan talabgorni malaka imtihonini takroriy topshirish uchun tegishli malaka komissiyasiga yuboradi yoki mazkur Nizomda nazarda tutilgan hollarda talabgordan malaka imtihonini qabul qiladi va uning malaka imtihonini takroriy topshirishi natijalari boʻyicha tegishli qaror chiqaradi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
29. Oliy malaka komissiyasi tomonidan malaka komissiyasining qarorini bekor qilish va advokatga nisbatan intizomiy ish yuritishni tugatish toʻgʻrisidagi qaror:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Advokatlar palatasining hududiy boshqarmalari huzuridagi malaka komissiyalari toʻgʻrisidagi nizom talablari buzilgan holda, agar bunday qoidabuzarlik malaka komissiyasining qaror qabul qilishiga taʼsir koʻrsatgan boʻlsa;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
malaka komissiyasi tomonidan asoslantirilmagan qaror qabul qilingan hollarda qabul qilinadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
30. Oliy malaka komissiyasi tomonidan shikoyatni koʻrmasdan qoldirish toʻgʻrisidagi qaror:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oliy malaka komissiyasiga shikoyat bergan shaxsning shikoyatni koʻrmasdan qoldirish toʻgʻrisidagi arizasi kelib tushsa;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
sudda xuddi shu masala boʻyicha fuqarolik ishi qoʻzgʻatilgan yoki ish boʻyicha sudning tegishli qarori qabul qilingan boʻlsa;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
advokat intizomiy ish qoʻzgʻatilishiga sabab boʻlgan shikoyatni bergan shaxs bilan yarashuvga erishgan hollarda qabul qilinadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
V. Malaka komissiyalarining ish amaliyotini umumlashtirish va tahlil qilish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
31. Advokatlar palatasi malaka komissiyalarining ish amaliyotini umumlashtirish va tahlil qilish maqsadida ularning faoliyatini oʻrganadi. Bunday oʻrganishga Oliy malaka komissiyasining aʼzolari ham jalb qilinishi mumkin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
32. Malaka komissiyalarining faoliyatini oʻrganish yakunlari boʻyicha malaka komissiyalarining ish amaliyoti umumlashtirish va tahlil qilish natijalari, shuningdek, xulosalar va tavsiyalarni oʻz ichiga olgan tafsilotnoma tuziladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
33. Malaka komissiyalarining faoliyatiga doir tafsilotnoma Oliy malaka komissiyasining majlisida koʻrib chiqiladi va uning qarori bilan tasdiqlanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
34. Oliy malaka komissiyasining qaroriga binoan tafsilotnoma rahbarlik va ijro qilish uchun malaka komissiyalariga yuboriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
VI. Yakuniy qoidalar
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
35. Oliy malaka komissiyasining qarorlari ustidan sudga shikoyat qilinishi mumkin.
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
36. Mazkur Nizomni buzilishida aybdor boʻlgan shaxslar qonunchilik hujjatlariga muvofiq javobgarlikka tortiladilar.
(36-band Oʻzbekiston Respublikasi adliya vazirining 2021-yil 30-noyabrdagi 20-mh-sonli buyrugʻi (roʻyxat raqami 3338, 30.11.2021-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 30.11.2021-y., 10/21/3338/1117-son)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
37. Mazkur Nizom Oʻzbekiston Respublikasi Advokatlar palatasi bilan kelishilgan.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Advokatlar palatasining raisi T. SAYIDOV
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Toshkent sh.,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2009-yil 14-mart
(Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2009-y., 12-son, 133-modda; Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 09.01.2019-y., 10/19/1920-1/2446-son; Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 30.11.2021-y., 10/21/3338/1117-son)