O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining
Qarori
O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASINING MUSTAQIL DAVLATLAR HAMDO‘STLIGI USTAVLI VA BOSHQA ORGANLARI HUZURIDAGI DOIMIY MUXTOR VAKILI TO‘G‘RISIDA
O‘zbekiston Respublikasining Mustaqil Davlatlar Hamdo‘stligi ustavli va boshqa organlari huzuridagi Doimiy muxtor vakili faoliyatini tartibga solish maqsadida:
1. Quyidagilar:
O‘zbekiston Respublikasining Mustaqil Davlatlar Hamdo‘stligi ustavli va boshqa organlari huzuridagi Doimiy muxtor vakili to‘g‘risidagi nizom 1-ilovaga muvofiq;
Oldingi tahrirga qarang.
(1-bandning uchinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 16-iyuldagi PQ-3860-sonli qaroriga asosan chiqarilgan)
2. Belgilansinki, O‘zbekiston Respublikasining Mustaqil Davlatlar Hamdo‘stligi ustavli va boshqa organlari huzuridagi Doimiy muxtor vakili (keyingi o‘rinlarda — Doimiy vakil) O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi tizimiga kiradi va maqom jihatidan O‘zbekiston Respublikasi Elchisiga tenglashtiriladi.
3. O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi (V.I. Norov) O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi bilan kelishgan holda 2009-yildan boshlab Doimiy vakil ta’minotining xarajatlar smetasi har yili tasdiqlanishini ta’minlasin.
4. O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi (R.S. Azimov) navbatdagi moliya yili uchun belgilangan tartibda tasdiqlanadigan Tashqi ishlar vazirligining xorijiy muassasalarini moliyalashtirishga ajratilgan budjet mablag‘lari hajmi doirasida Doimiy vakil ta’minotiga va faoliyatini amalga oshirish uchun zarur mablag‘larni xarajatlar smetasiga muvofiq ajratsin.
5. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “O‘zbekiston Respublikasining Yevrosiyo iqtisodiy hamkorlik organlari huzuridagi Doimiy vakili to‘g‘risida” 2006-yil 12-oktabrdagi PQ-488-son qarori o‘z kuchini yo‘qotgan deb hisoblansin.
6. Mazkur qarorning ijrosini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining birinchi o‘rinbosari R.S. Azimov va O‘zbekiston Respublikasi tashqi ishlar vaziri V.I. Norov zimmasiga yuklansin.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti I. KARIMOV
Toshkent sh.,
2009-yil 10-mart,
PQ-1069-son
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2009-yil 10-martdagi PQ-1069-son qaroriga
1-ILOVA
1-ILOVA
O‘zbekiston Respublikasining Mustaqil Davlatlar Hamdo‘stligi ustavli va boshqa organlari huzuridagi Doimiy muxtor vakili to‘g‘risidagi
NIZOM
I. Umumiy qoidalar
1. O‘zbekiston Respublikasining Mustaqil Davlatlar Hamdo‘stligi ustavli va boshqa organlari huzuridagi Doimiy muxtor vakili (keyingi o‘rinlarda — Doimiy vakil) O‘zbekiston Respublikasining Elchi maqomidagi diplomatik vakili hisoblanadi va O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi tizimiga kiradi.
2. Doimiy vakil o‘z faoliyatida O‘zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasi, O‘zbekiston Respublikasining qonunlari, O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalari qarorlari, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining farmonlari, qarorlari va farmoyishlari, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarorlari va farmoyishlari, O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi to‘g‘risidagi nizom, mazkur Nizom va O‘zbekiston Respublikasining boshqa normativ-huquqiy hujjatlari, shuningdek, 1961-yilda qabul qilingan Diplomatik munosabatlar to‘g‘risidagi Vena konvensiyasi va xalqaro huquqning boshqa normalariga rioya qiladi.
Doimiy vakilning turgan joyi Minsk shahridir (Belarus Respublikasi).
II. Doimiy vakilning asosiy funksiyalari
3. Quyidagilar Doimiy vakilning asosiy funksiyalari hisoblanadi:
Mustaqil Davlatlar Hamdo‘stligi (keyingi o‘rinlarda — MDH) organlarida O‘zbekiston Respublikasining manfaatlarini ilgari surish va himoya qilish;
MDH ishtirokchi — davlatlarining siyosiy, iqtisodiy, ilmiy-texnikaviy va boshqa yo‘nalishlardagi hamkorligi holatini va asosiy tendensiyalarini tizimli tahlil qilish;
MDH doirasida amalga oshiriladigan ko‘p tomonlama xalqaro shartnomalar, loyihalar va dasturlarda O‘zbekiston Respublikasi ishtirokining samaradorligini oshirish bo‘yicha takliflar ishlab chiqish;
MDH organlari yig‘ilishlarining kun tartibidagi masalalar bo‘yicha takliflar tayyorlash va pozitsiyalarni kelishish;
MDH, uning ustavli organlari faoliyatiga oid masalalar, ushbu organlar tomonidan qabul qilinayotgan qarorlar bo‘yicha axborot-tahliliy materiallar tayyorlash va bu haqda O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti, O‘zbekiston Respublikasi Hukumati, O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligini belgilangan tartibda o‘z vaqtida xabardor qilib borish;
MDH organlarining O‘zbekiston Respublikasidagi tegishli vazirlik va idoralar bilan hamkorligini ta’minlash, MDH doirasida o‘tkazilgan va o‘tkazilishi rejalashtirilayotgan yig‘ilishlar, majlislar va boshqa tadbirlar materiallarini ularga o‘z vaqtida yetkazish;
MDH Ijroiya qo‘mitasi, MDH ishtirokchi — davlatlarining doimiy muxtor vakillari, o‘zi bo‘lib turgan mamlakatning davlat va xo‘jalik boshqaruvi organlari, jamoat birlashmalari, ishbilarmon, madaniy va ilmiy doiralar, ommaviy axborot vositalari bilan Doimiy vakil vakolatiga kiruvchi masalalar yuzasidan samarali hamkorlikni amalga oshirish;
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi va Tashqi ishlar vazirligining topshiriqlarini bajarish;
O‘zbekiston Respublikasi mansabdor shaxslari va rasmiy delegatsiyalarining MDH doirasidagi tadbirlarni o‘tkazish bilan bog‘liq tashriflariga tayyorgarlik ko‘rish va o‘tkazishda qatnashish;
MDH doirasida xalqaro shartnomalar loyihalarini, shuningdek, MDH organlarining qarorlari loyihalarini ishlab chiqishda ishtirok etish va muzokaralar olib borish;
MDH doirasida tuzilgan xalqaro shartnomalar va qabul qilingan qarorlarni amalga oshirishga ko‘maklashish;
xalqaro huquq normalari va O‘zbekiston Respublikasi qonunchiligiga muvofiq boshqa funksiyalarni bajarish.
III. Doimiy vakil faoliyatini tashkil etish
4. Doimiy vakil qonunchilikda belgilangan tartibda lavozimga tayinlanadi va lavozimidan ozod etiladi.
5. Doimiy vakilga O‘zbekiston Respublikasi qonunchiligiga muvofiq o‘rindoshlik asosida O‘zbekiston Respublikasining boshqa xalqaro tashkilotlardagi vakili lavozimi yuklatilishi mumkin. Bunday hollarda Doimiy vakilning xarajatlar smetasida o‘rindoshlik asosida ishlagani uchun uning oylik maoshiga tegishli ustama nazarda tutiladi.
6. Doimiy vakil faoliyatini moliyalashtirish tasdiqlangan smeta asosida O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi orqali belgilangan tartibda amalga oshiriladi. Doimiy vakil faoliyatini moliyalashtirish bilan bog‘liq buxgalterlik hisobi va hisobotini yuritish O‘zbekiston Respublikasining qonunchiligiga muvofiq amalga oshiriladi.
7. Doimiy vakil o‘z vakolatlari doirasida buyruqlar va farmoyishlar chiqaradi, o‘ziga xizmat qiluvchi ma’muriy-texnik xodimlarni ishga qabul qiladi va ishdan bo‘shatadi, o‘zining ta’minoti uchun ajratiladigan mablag‘larni O‘zbekiston Respublikasi qonunchiligida belgilangan tartibda tasarruf etadi.
8. Doimiy vakil davlat va qonun bilan qo‘riqlanadigan boshqa sirlarning saqlanishini, o‘z xavfsizligini lozim darajada ta’minlash bo‘yicha tegishli choralarni ko‘radi.
IV. Yakunlovchi qoidalar
9. Doimiy vakil O‘zbekiston Respublikasi Davlat gerbi tasviri tushirilgan muhrga, tegishli muhr va shtamplarga ega bo‘lib, bank muassasalarida istalgan valyutada hisob raqami ochishi mumkin.
10. Doimiy vakil o‘ziga yuklatilgan funksiyalarning bajarilishi uchun shaxsan javobgardir.
11. Doimiy vakil o‘ziga biriktirilgan mol-mulkka O‘zbekiston Respublikasining va bo‘lib turgan mamlakatning qonunchiligiga muvofiq egalik qiladi, unday foydalanadi va tasarruf etadi.
(O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari to‘plami, 2009-y., 10-11-son, 108-modda)