12.11.2008 yildagi 911-I-son
ONLINE TRANSLATE
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining Qarori, 12.11.2008 yildagi 911-I-son
Kuchga kirish sanasi
12.11.2008
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Qarori
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI OLIY MAJLISI QONUNChILIK PALATASI BUDJET VA IQTISODIY ISLOHOTLAR QOʻMITASINING 2005 — 2007 YILLAR VA 2008 YILNING YaNVAR — OKTYaBR OYLARIDAGI FAOLIYATI TOʻGʻRISIDA
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi Budjet va iqtisodiy islohotlar qoʻmitasining 2005 — 2007-yillar va 2008-yilning dastlabki oʻn oyi davomidagi faoliyati toʻgʻrisidagi hisobotni eshitib va muhokama qilib, Qonunchilik palatasi shuni taʼkidlaydiki, Qoʻmitaning hisobot davridagi faoliyati Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti I.A. Karimovning Oliy Majlis Qonunchilik palatasi va Senatining 2005-yil 28-yanvardagi qoʻshma majlisida hamda Hukumat aʼzolarining yangi tarkibi ishtirokida 2005-yil 7-fevralda oʻtkazilgan yigʻilishda qilgan maʼruzalaridan kelib chiqadigan vazifalar asosida iqtisodiy islohotlarni chuqurlashtirish va iqtisodiyot tarmoqlarini erkinlashtirishning huquqiy asoslarini yaratishga qaratildi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Mazkur ustuvor vazifalar bozor islohotlarini chuqurlashtirish va iqtisodiyotni yanada erkinlashtirish, xususiy sektor jadal rivojlanishini, uning mamlakat iqtisodiyotidagi ulushi koʻpayishini taʼminlash, kichik biznes va fermerlikni rivojlantirish, bank va moliya tizimidagi islohotlarni chuqurlashtirish, uy-joy-kommunal xoʻjaligini isloh qilish, soliq siyosatini yanada takomillashtirish maqsadini koʻzlaydi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hisobot davrida Budjet va iqtisodiy islohotlar qoʻmitasiga 56 ta (8 ta yangi, 48 ta amaldagi qonunlarga oʻzgartish va qoʻshimchalar kiritish toʻgʻrisidagi) qonun loyihasi kelib tushdi. Shundan 48 tasini Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Qonunchilik palatasi qabul qildi va Oliy Majlis Senati maʼqulladi, 44 ta qonun Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan imzolandi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Qabul qilingan yangi qonunlar elektron toʻlovlar sohasi ishtirokchilari oʻrtasidagi munosabatlarni tartibga solish, banklarning axborot xavfsizligini taʼminlash, soliqqa tortish sohasida soliq toʻlovchining manfaatlarini himoya qilish, aholiga isteʼmol krediti berish, mikromoliyaviy xizmatlar bozorini rivojlantirish, qimmatli qogʻozlar bozorida investorlar va qimmatli qogʻozlar egalarining huquqlarini himoya qilishni taʼminlash kabi masalalar yechimini qamrab olgan.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan kiritilgan yangi Soliq kodeksida soliq yukining kamayishiga, soliq tizimining takomillashuvi va soliqlarning ragʻbatlantiruvchi roli oshishiga qaratilgan normalar nazarda tutilgan. Shuni taʼkidlash zarurki, Soliq kodeksining loyihasini tayyorlash va muhokama qilish vaqtida deputatlar, qoʻmitalar, Qonunchilik palatasidagi siyosiy partiyalar fraksiyalari tomonidan bildirilgan 1000 dan ortiq taklif hamda fikr-mulohazalar koʻrib chiqildi, ularning aksariyati inobatga olindi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Qoʻmita tomonidan Oʻzbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga oʻzgartish va qoʻshimchalar kiritish yuzasidan takliflar kiritildi, shuningdek qonunchilik tashabbusi subyektlari tomonidan kiritilgan 49 ta qonun loyihasining 40 tasida amaldagi qonunlarning 448 ta moddasiga oʻzgartish va qoʻshimchalar kiritishga doir takliflar berildi. Ushbu takliflar Qoʻmita tomonidan tahlil etilishi natijasida 34 ta moddaning normalari qayta ishlandi, 312 ta moddaga esa tahririy tuzatishlar va aniqliklar kiritildi. Shuni taʼkidlash joizki, 2005-yilda “Auditorlik faoliyati toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonunining ijrosini nazorat-tahlil qilish jarayonida unga oʻzgartish va qoʻshimchalar kiritish zaruriyati mavjudligi aniqlandi. Qoʻmita mazkur fikrni belgilangan tartibda koʻrib chiqish uchun Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga tavsiya qildi. Pirovard natijada “Auditorlik faoliyati toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonuniga oʻzgartish va qoʻshimchalar kiritish haqida”gi Qonun loyihasi ishlab chiqilib, ushbu Qonun belgilangan tartibda qabul qilindi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“Budjet tizimi toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonunining 28-moddasiga muvofiq Vazirlar Mahkamasi har yili Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Qonunchilik palatasiga Budjetnoma — Oʻzbekiston Respublikasining Davlat budjeti hamda Soliq va budjet siyosatining asosiy yoʻnalishlarini taqdim etadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Davlat budjetining loyihalari Qoʻmitaning kengaytirilgan majlislarida budjet mablagʻlari oluvchilar, Qonunchilik palatasining boshqa qoʻmitalari vakillari ishtirokida koʻrib chiqildi. Budjetnomaning taqdim etilgan materiallari chuqur tahlil qilindi, muhokama chogʻida bildirilgan tanqidiy fikr-mulohazalar va takliflar umumlashtirildi, siyosiy partiyalar fraksiyalarining muhokamasiga qoʻyildi va barcha manfaatdor tomonlar fikrlarini hisobga olgan holda palataning yalpi majlisiga taqdim etildi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Davlat budjetining yillik va yilning har choragidagi ijrosi (4-marta — yillik ijroga, 10-marta — yil choragi boʻyicha ijroga doir hisobotlar) Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi belgilab bergan parametrlarda, yaʼni mamlakatimizni rivojlantirish strategiyasidan, islohotlarni chuqurlashtirish va jamiyatni demokratlashtirish borasidagi ustuvor yoʻnalishlardan kelib chiqqan holda amalga oshirildi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Qoʻmita aʼzolari Davlat budjetining ijrosiga doir masalalarni muhokama qilishdan oldin joylarga chiqib, budjet tashkilotlarida mablagʻlardan qay darajada samarali va oqilona foydalanilayotganligini oʻrganib bordilar. Xususan, “Davlat budjetining gʻazna ijrosi toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonunining ijrosi samaradorligini oshirish haqidagi fikr-mulohazalar umumlashtirilib, Moliya vazirligining gʻaznachiligi bilan birgalikda tegishli chora-tadbirlar koʻrildi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hisobot davrida 11 ta qonunning ijrosi boʻyicha nazorat-tahlil ishlari oʻtkazildi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Qonunlarning samaradorligini taʼminlash, ulardagi mavjud nuqsonlarni aniqlash maqsadida ishchi guruhlari tomonidan amaldagi qonunlarning ijrosi oʻrganilib, olingan natijalar xoʻjalik yurituvchi subyektlar hamda mahalliy davlat hokimiyati organlarining rahbarlari ishtirokida Qoʻmita majlislarida muhokama etildi. Aniqlangan kamchiliklarni bartaraf etish boʻyicha qarorlar qabul qilinib, tegishli xoʻjalik yurituvchi subyektlarga yuborildi va ularning joylarda bajarilishi monitoringi oʻtkazildi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Qoʻmita oʻz faoliyati davomida qonun loyihalari yuzasidan 20 dan ortiq seminar va davra suhbati oʻtkazdi. Ushbu tadbirlarda deputatlar, siyosiy partiyalar fraksiyalarining aʼzolari, tegishli vazirliklar va idoralarning vakillari, ishchi guruhlarining aʼzolari qatnashdilar. Mutaxassislar, ekspertlar va ishchi guruhlarining aʼzolari qonun loyihalarining moddalari yuzasidan zarur tushuntirishlar berdilar. Chunonchi, Soliq kodeksining amalda qoʻllanishiga bagʻishlanib, 6 ta viloyatda oʻtkazilgan seminarlarda Qoʻmita aʼzolari bevosita ishtirok etdilar. “OʻzEKSPO” markazida vazirliklar va idoralar vakillari, Toshkent shahrining barcha tumanlaridagi xoʻjalik yurituvchi subyektlar vakillari hamda soliq agentlari ishtirokida barcha sohalarga daxldor materiallar tarqatilgan holda oʻtkazilgan toʻrt kunlik koʻrgazmali seminar alohida diqqatga loyiqdir. Seminar ishida Oʻzbekiston Respublikasi Davlat soliq qoʻmitasi masʼul xodimlari bilan birgalikda Qonunchilik palatasi deputatlari ham ishtirok etdilar.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Qoʻmita aʼzolari mamlakatimizda amalga oshirilayotgan siyosiy, ijtimoiy-iqtisodiy islohotlarning borishi, shuningdek Qonunchilik palatasidagi oʻz faoliyatlari toʻgʻrisidagi masalalarni ommaviy axborot vositalarida yoritib bordilar. Jumladan, televideniye orqali 294-marta, radio orqali 264-marta chiqish qilindi, gazetalarda 202 ta, jurnallarda 41 ta material eʼlon qilindi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hisobot davrida Qoʻmita aʼzolari jami 317 ta konferensiyada, 47 ta xalqaro hamda 15 ta parlamentlararo uchrashuvda ishtirok etib, ularning aksariyatida maʼruzalar bilan qatnashdilar, oʻz fikr-mulohazalarini bildirdilar.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Qoʻmita aʼzolari Oliy Majlis Qonunchilik palatasining Reglamentiga muvofiq hisobot davrida, har yili fevral, may, noyabr oylarining oxirgi toʻliq haftasida 25 ta shahar va tumanda boʻlib, 400 ga yaqin uchrashuvda 183500 nafardan ziyod saylovchilar bilan muloqotda boʻldilar hamda oʻz ishlari va Qonunchilik palatasining faoliyati haqida gapirib berdilar.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Qonunchilik palatasi qaror qiladi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1. Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi Budjet va iqtisodiy islohotlar qoʻmitasining 2005 — 2007-yillar va 2008-yilning yanvar — oktyabr oylaridagi faoliyati toʻgʻrisidagi hisoboti maʼlumot uchun qabul qilinsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2. Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining Budjet va iqtisodiy islohotlar qoʻmitasi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
amaldagi qonun hujjatlarini takomillashtirish, qonunlarning ijro etilishi jarayonidagi nuqsonlarni aniqlash, Qoʻmita tomonidan qabul qilingan qarorlarning vazirliklar, idoralar va mahalliy davlat hokimiyati organlari tomonidan ijro etilishi taʼsirchanligini oshirish maqsadida nazorat-tahlil faoliyati samaradorligini yanada oshirish choralarini koʻrsin;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
nazorat-tahlil faoliyati samaradorligini oshirsin, Oʻzbekiston Respublikasining Davlat budjeti ijrosi Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi belgilab bergan parametrlarda, mamlakatimizni rivojlantirish strategiyasidan, islohotlarni chuqurlashtirish va jamiyatni erkinlashtirish borasidagi ustuvor yoʻnalishlardan kelib chiqqan holda bajarilganligi toʻgʻrisidagi yillik va yil choragiga doir hisobotlarni belgilangan muddatlarda koʻrib borsin;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Davlat budjetining daromadlari va xarajatlari davlat maqsadli jamgʻarmalari bilan birgalikda ijro etilishini nazorat qilish, soliqning ragʻbatlantiruvchi rolini oshirish va soddalashtirilgan soliq tizimini joriy etish borasidagi ishlarni davom ettirsin;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
qonun loyihalarini muhokama qilishning barcha bosqichlarida Qoʻmita aʼzolarining hamda Qoʻmita huzuridagi qonun loyihalarini ishlab chiqish va ekspertizadan oʻtkazish masalalari boʻyicha jamoatchilik ekspertlar guruhining faol ishtirok etishini taʼminlasin;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
qonunchilik tashabbusi huquqi subyektlari bilan oʻzaro hamkorlik qilish samaradorligini oshirish hamda qonun loyihalarini oʻz vaqtida tayyorlash va Qonunchilik palatasi muhokamasiga kiritish choralarini koʻrsin;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Qoʻmita qarorlari ijrosi yuzasidan mutasaddi tashkilotlar rahbarlarining axborotlarini eshitish ishlarini takomillashtirish choralarini koʻrsin;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Qoʻmita aʼzolarining saylovchilar bilan uchrashuvlarida Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining faoliyati va mamlakatimizda amalga oshirilayotgan iqtisodiy islohotlarning ahamiyati hamda mohiyatini tushuntirish va targʻib qilish borasidagi ishlarni yanada kuchaytirsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3. Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining Budjet va iqtisodiy islohotlar qoʻmitasi 2008-yil yakunlari boʻyicha mazkur Qarorning ijrosi yuzasidan axborot taqdim etsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
4. Ushbu Qarorning ijrosi ustidan nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi Spikerining oʻrinbosari A.X. Shodmonov zimmasiga yuklatilsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining Spikeri D. TOShMUHAMEDOVA
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Toshkent sh.,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2008-yil 12-noyabr,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
911-I-son
(Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining Axborotnomasi, 2008-y., 12-son, 642-modda)