28.04.2000 yildagi 8-son
ONLINE TRANSLATE
Hujjat 29.07.2016 00 sanasi holatiga
Amaldagi versiyaga o‘tish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi plenumining
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Qarori
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Valyuta qimmatliklarini qonunga xilof ravishda olish yoki oʻtkazishga doir ishlar yuzasidan sud amaliyoti toʻgʻrisida
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Valyuta qimmatliklarini qonunga xilof ravishda olish va oʻtkazish Oʻzbekiston Respublikasining valyuta yakka hukmronligiga putur yetkazadi, ular koʻpincha talon-toroj qilish, poraxoʻrlik, bojxona qonunchiligini buzish kabi jinoyatlar bilan bogʻliq boʻladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Sud amaliyotini oʻrganish sudlar mazkur toifadagi ishlarni asosan toʻgʻri hal etilishini taʼminlayotganliklarini koʻrsatdi. Shuning bilan birgalikda, valyuta qimmatliklari tushunchalarini turlicha talqin qilish, jinoyatlarni notoʻgʻri tavsiflash kabi xatoliklarga ham yoʻl qoʻyilmoqda.
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Jazo tayinlashda alohida yondashuv qoidasiga rioya etilmayapti, ayrim hollarda jinoiy yoʻl bilan orttirilgan pul va boshqa qimmatliklar davlat tasarrufiga oʻtkazilmayapti, valyuta qimmatliklarining qonunga xilof qanday yoʻllar bilan va qaysi manbalardan qoʻlga kiritilayotganligi, jinoyatlarning sabablari va ularning sodir etilishiga imkon bergan shart-sharoitlarni aniqlash masalalariga lozim darajada eʼtibor qaratilmayapti.
(muqaddimaning uchinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining 2015-yil 13-noyabrdagi 18-sonli qarori tahririda)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Shu munosabat bilan hamda valyuta qimmatliklarini qonunga xilof ravishda olish yoki oʻtkazishga doir ishlar yuzasidan sud amaliyotida vujudga kelayotgan masalalarni tushuntirish zaruriyatidan kelib chiqib, Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudining Plenumi qaror qiladi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1. Valyuta qimmatliklarini qonunga xilof ravishda olish yoki oʻtkazishga doir ishlar boʻyicha isbotlanishi lozim boʻlgan barcha holatlar sinchkovlik bilan, har tomonlama, toʻla va xolisona tekshirib chiqilishi, valyuta qimmatliklarini qonunga xilof ravishda qoʻlga kiritish manbalari, oʻtkazish yoʻllari, usullari, jinoyatlarning barcha ishtirokchilari aniqlanishi va javobgarlikka tortilishiga alohida eʼtibor qaratilishi, jinoyatlarning sodir etilishiga imkon bergan shart-sharoitlarni bartaraf etish uchun barcha choralar koʻrilishi lozim.
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2. Eʼtibor qaratilsinki, valyuta qimmatliklarining roʻyxati Oʻzbekiston Respublikasining “Valyutani tartibga solish toʻgʻrisida”gi 2003-yil 11-dekabrdagi Qonunining (bundan buyon matnda — Qonun) 3-moddasida belgilangan boʻlib, uni kengaytirilgan holda talqin etish mumkin emas. Bunday qimmatliklarga quyidagilar kiradi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
a) chet el valyutasi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
b) chet el valyutasidagi qimmatli qogʻozlar — Oʻzbekiston Respublikasining “Qimmatli qogʻozlar bozori toʻgʻrisida”gi Qonuni yoki xorijiy davlatlarning qonun hujjatlariga muvofiq qimmatli qogʻozlar jumlasiga kiritilgan, qiymati chet el valyutasida ifodalangan pul hujjatlari;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
v) chet el valyutasidagi toʻlov hujjatlari (cheklar, veksellar, akkreditivlar va boshqalar);
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
g) sof quyma oltin.
(2-band Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining 2015-yil 13-noyabrdagi 18-sonli qarori tahririda)
Keyingi tahrirga qarang.
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3. Qonunning 3-moddasi ikkinchi qismiga koʻra “chet el valyutasi” jumlasiga:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
xorijiy davlatda muomalada boʻlgan hamda qonuniy toʻlov vositasi hisoblangan banknotlar, xazina biletlari va tangalar koʻrinishidagi chet el pul belgilari, xuddi shu xorijiy davlatning pul belgilariga almashtirilishi lozim boʻlgan muomaladan chiqarilgan yoki chiqarilayotgan chet el pul belgilari;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
hisob raqamlarda va omonatlarda boʻlgan xorijiy davlatlarning pul birliklaridagi va xalqaro hisob-kitob birliklaridagi mablagʻlar kiradi.
(3-band Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining 2015-yil 13-noyabrdagi 18-sonli qarori tahririda)
Keyingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
4. Valyuta qimmatliklarini qonunga xilof ravishda olish yoki oʻtkazish deb, Oʻzbekiston Respublikasi hududida ushbu harakatlar sodir etilgan vaqtda valyuta qimmatliklarini oʻrnatilgan tartiblarni buzgan holda sotib olish, sotish yoki almashtirish tushuniladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
5. Valyuta qimmatliklarini saqlash va tashish holatlari oʻzicha valyuta qimmatliklarini noqonuniy olish yoki oʻtkazishni tashkil etmaydi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Valyuta qimmatliklariga nisbatan boʻlgan egalik huquqi boshqa shaxsga qonunga xilof ravishda oʻtgan vaqtdan boshlab jinoyat tamom boʻlgan deb hisoblanadi.
Oldingi tahrirga qarang.
(6-band Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining 2015-yil 13-noyabrdagi 18-sonli qaroriga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
7. Chet el valyutasining ancha, koʻp va juda koʻp miqdorda ekanligini belgilash masalasini hal etish tergov va sud organlari vakolatiga kiradi. Ular bu masalani hal etishda bitimlar amalga oshirilgan kunda Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki tomonidan belgilangan chet el valyutasining Oʻzbekiston Respublikasining pul birligiga nisbatan kursidan kelib chiqishlari lozim.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
8. Birinchi marotaba sodir etilgan ancha miqdordan oshmaydigan miqdordagi valyuta qimmatliklarini qonunga xilof ravishda olish yoki oʻtkazish Oʻzbekiston Respublikasining Maʼmuriy javobgarlik toʻgʻrisidagi kodeksi 170-moddasida belgilangan maʼmuriy javobgarlikka asos boʻluvchi maʼmuriy huquqbuzarlik hisoblanadi.
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Valyuta qimmatliklarini qonunga xilof ravishda ancha miqdorda olish yoki oʻtkazish, basharti qilmish shunday harakatlarni ancha miqdorda sodir etganlik uchun maʼmuriy jazo qoʻllanilgandan keyin bir yil davomida sodir etilsa, JK 177-moddasi birinchi qismi boʻyicha javobgarlikka sabab boʻladi.
(8-bandning ikkinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining 2016-yil 29-iyuldagi 13-sonli qarori tahririda)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Agar shaxs koʻp miqdordagi valyuta qimmatliklarini qonunga xilof ravishda olish yoki oʻtkazish maqsadida harakat qilgan boʻlib, oʻzining bu maqsadini bir necha marotaba oz miqdordan valyuta qimmatliklarini olish yoki oʻtkazish orqali boʻlib-boʻlib amalga oshirsa, u Jinoyat kodeksining 177-moddasi bilan javobgarlikka tortilishi mumkin.
Keyingi tahrirga qarang.
Keyingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
9. Qilmishni Jinoyat kodeksining 177-moddasi ikkinchi va uchinchi qismi bilan tavsiflashda jinoyat ishida ayblanuvchi tariqasida ishtirok etishga jalb qilish toʻgʻrisidagi qarorda, ayblov xulosasi va hukmda aybdorning qilmishi aynan qanday belgisiga koʻra javobgarlikni ogʻirlashtiruvchi holat sifatida qaralayotganligi albatta ifodalangan boʻlishi lozim. Bu oʻrinda shuni inobatga olish kerakki, valyuta qimmatliklarini qonunga xilof ravishda olish yoki oʻtkazishning takroran yoki xavfli retsidivist tomonidan koʻp miqdorda, bir guruh shaxslar tomonidan, oldindan til biriktirib, juda koʻp miqdorda, uyushgan guruh tomonidan yoki uning manfaatlarini koʻzlab sodir etilganligi jinoiy javobgarlikka, yaʼni qilmishni Jinoyat kodeksining 177-moddasi tegishli qismi bilan tavsiflashga asos boʻladi va shunday harakatlar uchun muqaddam maʼmuriy jazo qoʻllanilgan boʻlishi talab etilmaydi.
Keyingi tahrirga qarang.
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
10. Valyuta qimmatliklarini bosqinchilik, tovlamachilik, talonchilik, oʻzlashtirish yoki rastrata qilish, firibgarlik, oʻgʻrilik yoʻli bilan talon-toroj qilish, shuningdek, valyuta qimmatliklarida pora olish, pora berish, pora olish-berishda vositachilik qilish, xizmatchini pora evaziga ogʻdirish, tijoratda pora evaziga ogʻdirib olish, xizmatchining qonunga xilof ravishda moddiy yoki mulkiy foyda olishi Jinoyat kodeksining faqat ana shunday jinoyatlar uchun javobgarlikni koʻzda tutuvchi moddasi bilan tavsiflanishi lozim va Jinoyat kodeksining 177-moddasi bilan qoʻshimcha tavsiflash talab qilinmaydi.
(10-band Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining 2015-yil 13-noyabrdagi 18-sonli qarori tahririda)
Oldingi tahrirga qarang.
(11-band Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining 2016-yil 29-iyuldagi 13-sonli qaroriga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
12. Agar qalbakiligi aybdorga ayon boʻlgan valyuta qimmatliklari koʻrinishidagi, pul muomalasida qoʻllanishini istisno qiladigan darajada haqiqiysiga roʻy-rost oʻxshamaydigan kupyuralar oʻtkazilgan boʻlsa, shuningdek, aybdorda jabrlanuvchini qoʻpol ravishda aldash niyati boʻlganligidan guvohlik beruvchi boshqa holatlar mavjud boʻlsa, bunday qilmish Jinoyat kodeksi 176-moddasining tegishli qismi boʻyicha tavsiflanib, Jinoyat kodeksining 168-moddasi (firibgarlik) bilan qoʻshimcha tavsiflash talab qilinmaydi. Qalbaki pul yoki qimmatli qogʻozlarni olgan shaxsning qilmishi esa valyuta qimmatliklarini qonunga xilof ravishda olishga suiqasd sifatida tavsiflanishi lozim.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Qalbakiligini bilmagani holda qalbaki valyuta qimmatliklarini olgan va keyinchalik ularni oʻtkazgan shaxsning qilmishi valyuta qimmatliklarini qonunga xilof ravishda oʻtkazish sifatida tavsiflanishi lozim.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
13. Gumon qilinuvchiga, ayblanuvchiga, sudlanuvchiga qarashli boʻlgan jinoyat narsalari deb topilgan valyuta qimmatliklarining davlat egaligiga oʻtkazilishi masalasi Jinoyat-protsessual kodeksining 211, 284, 285-moddalari tartibida hal qilinishi lozim.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
14. Oʻzbekiston Respublikasi Jinoyat-protsessual kodeksining 401, 471-moddalariga muvofiq hukm chiqarilganda va jinoyat ishini harakatdan tugatish haqida ajrim (qaror) qabul qilinganida ishga qoʻshilgan ashyoviy dalillar masalasi toʻgʻri hal etilishi kerak. Bundan shuni nazarda tutish kerakki, egasining yoki foydalanuvchining tasarrufidan gʻayriqonuniy ravishda begonalashtirilgan valyuta qimmatliklari, qonunda nazarda tutilgan holatlardan tashqari tegishliligi boʻyicha qaytarilishi lozim.
Keyingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Egasining xohishi bilan jinoiy bitimning obyekti boʻlgan valyuta qimmatliklari, ularning egasi qaysidir asoslarga koʻra jinoiy javobgarlikka tortilmagan taqdirda ham davlat daromadlari hisobiga oʻtkazilishi kerak.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Valyuta qimmatliklarini qonunga xilof ravishda olish yoki oʻtkazish orqali orttirilgan pul va boshqa qimmatliklar davlat daromadlari hisobiga oʻtkaziladi. Agar jinoiy yoʻl bilan orttirilgan pul yoki boshqa qimmatliklar topilmasa, olingan summa yoxud qimmatliklarning qiymati davlat foydasiga undiriladi.
Oldingi tahrirga qarang.
(15-band Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining 2015-yil 13-noyabrdagi 18-sonli qaroriga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
16. Qoraqalpogʻiston Respublikasi jinoyat ishlari boʻyicha Oliy sudi, jinoyat ishlari boʻyicha viloyat, Toshkent shahar sudlari va Oʻzbekiston Respublikasi Harbiy sudi valyuta qimmatliklarini qonunga xilof ravishda olish yoki oʻtkazish bilan bogʻliq jinoyat ishlarining sudlarda toʻgʻri koʻrib chiqilishi ustidan nazoratni taʼminlasinlar.
Keyingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2000-yil 28-aprel,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
8-son