24.09.1999 yildagi 16-son
ONLINE TRANSLATE
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi plenumining
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Qarori
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
FUQAROLIK KODEKSINI TATBIQ QILISHDA SUD AMALIYOTIDA VUJUDGA KELADIGAN AYRIM MASALALAR TO‘G‘RISIDA
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
O‘zbekiston Respublikasi Fuqarolik kodeksining kuchga kiritilishi munosabati bilan, shuningdek sudlarda hal qilinishi lozim bo‘lgan muammolar kelib chiqqanligini hisobga olib, O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumi qaror qiladi:
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1. Fuqarolik kodeksini tatbiq qilish bilan bog‘liq ishlarni to‘g‘ri hal qilish qonunchilikka qat’iy rioya qilishni ta’minlashda, qonun bilan himoyalangan davlat manfaatlari va fuqarolar huquqlarini himoya qilishda muhim ahamiyatga ega.
(1-band O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining 2015-yil 26-iyundagi 11-sonli qarori tahririda)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2. Sudlar fuqarolik ishlarini hal qilishda fuqarolik qonun hujjatlarining asosiy negizlaridan, ya’ni ular tomonidan tartibga solinadigan munosabatlar ishtirokchilarining tengligini e’tirof etishga, mulkning daxlsizligiga, shartnomaning erkinligiga, xususiy ishlarga biron-bir kishining o‘zboshimchalik bilan aralashishiga yo‘l qo‘yilmasligiga, fuqarolik huquqlari to‘sqinliksiz amalga oshirilishini, buzilgan huquqlar tiklanishini ularning sud orqali himoya qilinishini ta’minlash zarurligiga asoslanishidan kelib chiqishlari lozim.
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3. FKning 110-moddasi bitimlarni notarial tasdiqlash majburiy sanalgan holatlarni nazarda tutadi. Qonun talablariga yoxud boshqa huquqiy hujjatlarga muvofiq bo‘lmagan bitimlar, shuningdek fuqarolar tomonidan amaldagi qoidalarga rioya qilinmay tuzilgan bitimlar o‘z-o‘zidan haqiqiy emas deb hisoblanadi va ularni sud orqali haqiqiy emas deb topishning zaruriyati yo‘q.
(3-band O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining 2015-yil 26-iyundagi 11-sonli qarori tahririda)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
4. FKning 112-moddasi 2-qismiga muvofiq esa shartnomaning notarial shakli sudlar inobatga olishi lozim bo‘lgan qat’iy belgilangan shartlar mavjud bo‘lganda, jumladan, agar bir taraf notarial rasmiylashtirishdan bosh tortganda, sudning qarori bilan to‘ldirilishi mumkin. Bunda amalga oshirilgan bitimning qonuniyligi asosiy shart bo‘lib hisoblanadi.
(4-bandning birinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining 2015-yil 26-iyundagi 11-sonli qarori tahririda)
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Bunday ishlar bo‘yicha turar-joy organlari, mahalliy davlat hokimiyati organlari, qonun bilan himoyalangan huquq va manfaatlariga ta’sir qiladigan yoki bunday huquqlari buzilayotgan shaxslar, bitimning biror ishtirokchisi vafot etgan hollarda esa uning merosxo‘rlari jalb qilinishlari lozim.
(4-bandning ikkinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining 2015-yil 26-iyundagi 11-sonli qarori tahririda)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
5. Sudlar shuni nazarda tutishlari kerakki, taraflardan biri tomonidan bitimning to‘la yoki qisman bajarilishi yozma dalillar mavjud bo‘lganda e’tiborga olinishi mumkin. Oldi-sotdi bitimining haqiqiyligi sotuvchiga kvartira yoki uy qiymatini to‘la yoki qisman berish qismini amalga oshirilganligi guvohlar ko‘rsatmasi bilan tasdiqlanishi mumkin emas. FPK 74-moddasiga binoan qonun bo‘yicha ishning muayyan isbotlash vositalari bilan tasdiqlanishi lozim bo‘lgan holatlarni boshqa hech qanday isbotlash vositalari bilan tasdiqlash mumkin emas.
(5-band O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining 2018-yil 30-noyabrdagi 34-sonli qarori tahririda)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Sud nizoni hal etishda bitimning haqiqiyligini tasdiqlash uchun manfaatdor tomonlar taqdim etgan yozma dalillar (tasdiqlanmagan shartnoma, tilxat)ning haqiqiyligiga ishonch hosil qilishi lozim.
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Sud zarur hollarda (masalan, sobiq mulkdorning vafot etganligi yoki uning manzilini aniqlash imkoni bo‘lmagan hollarda) sud-xatshunoslik ekspertizasi tayinlash masalasining maqsadga muvofiqligini hal etishi lozim.
(5-bandning uchinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining 2015-yil 26-iyundagi 11-sonli qarori tahririda)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Qisman bajarilgan bitimni haqiqiy deb topishda sud bitimning qolgan qismini bajarish va pul summasini, shuningdek, davlat foydasiga tegishli miqdordagi davlat bojini undirish masalasini hal qilishi zarur.
(6 — 8-bandlar O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining 2003-yil 19-dekabrdagi 20-sonli qaroriga asosan o‘z kuchini yo‘qotgan)
(9-10-bandlar O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining 2004-yil 24-sentabrdagi 14-sonli qaroriga asosan o‘z kuchini yo‘qotgan)
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
11. FKning 187-moddasiga ko‘ra egalik huquqini olish haqidagi nizolarni hal etishda sudlar shuni nazarda tutishlari lozimki, egalik qilish huquqini vujudga keltiruvchi muddat o‘zganing mulkiga amalda asossiz egalik qilib kelish hollariga ham tatbiq etiladi. Egalik qiluvchida biron-bir egalik qilish huquqiy asosi mavjudligi, masalan, uzoq muddatli ijara shartnomasi borligi egalik qilish huquqini vujudga keltiruvchi muddatni amalda bo‘lishini inkor qiladi.
(11-band O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining 2015-yil 26-iyundagi 11-sonli qarori tahririda)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
12. Amalda egalik qilish muddati asosida ashyoga egalik huquqini olish uchun u halol yo‘l bilan egallangan bo‘lishi lozimligi (ya’ni amalda egalik qiluvchi o‘zganing mulkini mulkdorning erk-xohishiga zid ravishda qasddan egallab olgan o‘g‘irlagan va shu kabi shaxs bo‘lmasligi kerak) sudlarga tushuntirilsin. Bunday egalik qilish boshqa shaxslar uchun oshkora va aniq ko‘rinadigan bo‘lishi, shuningdek egalik qiluvchi tegishli mulkka o‘ziniki kabi munosabatda bo‘lishi (faqatgina undan foydalanibgina qolmay, balki uni lozim darajada saqlash choralarini ko‘rganini ham nazarda tutish) zarur. Egalik qilish qonunda belgilangan muddatlarda uzluksiz davom etgan bo‘lishi ham zarur (FKning 187-moddasi 4-qismi talablariga asosan mulkka amalda egalik qilish muddatini vaj qilib keltirayotgan shaxsning o‘zi huquqiy vorisi bo‘lgan shaxs tomonidan bu mulkka amalda egalik qilib kelgan barcha vaqtini qo‘shishi mumkin, masalan, meros qoldiruvchi yoki yuridik shaxs tarkibidan keyinchalik alohida ajralib chiqqan yuridik shaxs-mulkdor).
(12-bandning birinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining 2015-yil 26-iyundagi 11-sonli qarori tahririda)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Faqatgina ko‘rsatilgan uchchala shartlarga rioya qilingan taqdirda, egalik huquqini vujudga keltiruvchi muddat amalda egalik qiluvchining mulk huquqiga asos bo‘lishi mumkin. (FKning 187-moddasi 1-qismi).
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
13. FK 259-moddasiga binoan majburiyatning bajarilishi neustoyka, garov, qarzdorning mol-mulkini ushlab qolish, kafillik, kafolat, zakalat hamda qonun hujjatlari yoki shartnomada nazarda tutilgan boshqacha usullar bilan ta’minlanishi mumkinligini sudlar nazarda tutishlari lozim.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
14. FK 264-moddasiga ko‘ra garov asosiy bosh majburiyatga to‘lig‘icha bog‘liq bo‘lgan qo‘shimcha majburiyatdir va asosiy majburiyat tugashi bilan u ham tugaydi. Lekin garov shartnomasini sud tartibida haqiqiy emas deb topilishi asosiy majburiyatni tugatilishiga asos bo‘lib hisoblanmaydi.
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
15. Garov to‘g‘risidagi shartnomaning muhim shartlari bo‘lib garov narsasi va uning bahosi, mohiyati, miqdori va garov bilan ta’minlanadigan majburiyatning bajarilish muddati, shuningdek, garovga qo‘yilgan mulk taraflar (garovga qo‘yuvchi yoki garovga oluvchi)ning qaysi birida ekanligi ham ko‘rsatilishi hisoblanadi (FK 271-moddasi 1-qism). Agar ko‘rsatib o‘tilgan shartlardan hech bo‘lmaganda bittasi bo‘yicha taraflar o‘zaro kelisha olmagan bo‘lsalar, yoxud tegishli shartlar shartnomada qayd etilmagan bo‘lsa, garov to‘g‘risidagi shartnoma tuzilgan deb hisoblanishi mumkin emas.
(15-band O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining 2015-yil 26-iyundagi 11-sonli qarori tahririda)
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
16. Ipoteka to‘g‘risidagi shartnoma, shuningdek notarial tartibda tasdiqlanishi kerak bo‘lgan shartnoma bo‘yicha majburiyatlarni ta’minlash yuzasidan ko‘char mol-mulkni yoki mol-mulkka bo‘lgan huquqlarni garovga qo‘yish to‘g‘risidagi shartnoma notarial tartibda tasdiqlanishi lozim, bundan birlamchi bozordan ko‘chmas mulk va transport vositalarini olish chog‘idagi ipoteka va garov to‘g‘risidagi shartnomalar mustasno (FK 271-moddasining 5-qismi).
(16-band O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining 2024-yil 16-dekabrdagi 39-sonli qarori tahririda)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
17. FK 272-moddasining 4-qismiga binoan bino yoki inshoot ipotekasiga ayni bir vaqtning o‘zida o‘sha shartnoma bo‘yicha shu bino yoki inshoot joylashgan yer uchastkasini yoxud bu uchastkaning garovga qo‘yilayotgan obyekt ishlashini ta’minlaydigan qismini yoki garovga qo‘yuvchiga qarashli bo‘lgan ushbu uchastkani yoxud uning tegishli qismini ijaraga olish huquqini bir vaqtda ipotekaga qo‘ygan taqdirdagina yo‘l qo‘yiladi. Bunda bino yoki inshootni garovga beruvchi shaxs tegishli yer uchastkasining egasi yoki ijaraga oluvchi bo‘lishi shart.
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Bunday shaxs ipoteka shartnomasi bo‘yicha faqat bino yoki inshootni garovga berayotgan bo‘lsa, yer uchastkasi yoxud ijara huquqi garov predmeti bo‘lib hisoblanmasa, bunday shartnoma o‘z-o‘zidan haqiqiy bo‘lmagan bitim hisoblanadi (FK 116-modda).
(17-bandning ikkinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining 2015-yil 26-iyundagi 11-sonli qarori tahririda)
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Boshqa holatlarda agar bino yoki inshootni garovga beruvchi yer uchastkasining egasi yoki ijarachisi hisoblanmasa, ipoteka shartnomasi FK 272-moddasining 4-qismiga asosan qonunchilikka muvofiq emas deb hisoblanmaydi. Garovga qo‘yuvchining huquqi, undiruv garovga qaratilgan bino yoki inshootga qaratilgan hollarda sotib oluvchining yer uchastkasiga nisbatan huquqi O‘zbekiston Respublikasi Yer kodeksining 22-moddasiga asosan belgilanadi, unga ko‘ra korxona, bino, inshoot yoki boshqa ko‘chmas mol-mulkka nisbatan mulk huquqi, xo‘jalik yuritish huquqi yoki ularni operativ boshqarish huquqi boshqa shaxsga o‘tgan taqdirda, ana shu obyektlar bilan birgalikda mazkur obyektlar joylashgan hamda ulardan foydalanish uchun zarur bo‘lgan yer uchastkasiga egalik qilish va undan doimiy foydalanish huquqi ham o‘tadi.
(17-bandning uchinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining 2015-yil 26-iyundagi 11-sonli qarori tahririda)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
18. Bunday nizolarni hal qilishda qarzdor garov bilan ta’minlangan majburiyatini bajarmagan hollarda garovga oluvchi boshqa kreditorlarga nisbatan garovga qo‘yilgan mol-mulk qiymatidan o‘z talabini qondirishda ustun huquqqa ega ekanligi hisobga olinishi lozim (FK 264, 280-moddalari).
(18-bandning birinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining 2015-yil 26-iyundagi 11-sonli qarori tahririda)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Amaldagi qonunlar garov narsasi hisoblangan mol-mulkni garovga oluvchining egaligiga berish mumkinligini nazarda tutmaydi. Bunday egalikka olib berishni nazarda tutgan har qanday kelishuv o‘z-o‘zidan haqiqiy hisoblanmaydi, garov bilan ta’minlangan majburiyatdan voz kechish haqi yoki majburiyatni yangilash munosabati bilan bekor bo‘lishi bundan mustasnodir (FK 342, 347-moddalari).
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
FKning 279-moddasiga ko‘ra garovga oluvchi (kreditor) garov bilan ta’minlangan majburiyatini qarzdor bajarmagan taqdirda undiruvni garovga qo‘yilgan mol-mulkka qaratishga haqli. Garovga qo‘yilgan mol-mulkni sotish imkoniyati bo‘lmagan taqdirdagina garovga oluvchi (kreditor) bu mol-mulkni FKning 281-moddasida belgilangan tartibda o‘z egaligiga olishi mumkin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
19. Garovga oluvchining talabi bo‘yicha undiruvni garovga qo‘yilgan ko‘chmas mulkka qaratish sudning qarori asosida amalga oshiriladi va notariusning ijro yozuviga asosan amalga oshirilishi mumkin emas (FK 280-moddasi 1-qism).
(19-bandning birinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining 2015-yil 26-iyundagi 11-sonli qarori tahririda)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Garovga oluvchining talabini garovga qo‘yilgan ko‘chmas mol-mulk hisobidan sudga murojaat qilmasdan qondirishga undiruvni garov narsasiga qaratish uchun asoslar vujudga kelganidan keyin garovga oluvchining garovga qo‘yuvchi bilan notarial tasdiqlangan kelishuvi asosida yo‘l qo‘yiladi.
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Garov shartnomasida garovga oluvchining undiruvni garovdagi mol-mulkka sudga da’vo qo‘zg‘atmasdan qaratish huquqi ko‘rsatilganligi haqiqiy emas deb topilishi lozim.
(19-bandning uchinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining 2015-yil 26-iyundagi 11-sonli qarori tahririda)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
20. Agar qonunda boshqacha tartib belgilab qo‘yilgan bo‘lmasa, undiruv garovga oluvchiga topshirilgan garov narsasiga garov to‘g‘risidagi shartnomada belgilangan tartibda qaratilishi mumkin. Shu bilan birga bunday shartnomaning narsasi faqat ko‘char mol-mulk bo‘lishi mumkinligini hisobga olgan holda, shartnoma garov narsasiga undiruvni qaratish tartibi haqidagi shartlar ko‘rsatilmagan bo‘lsa, bunday holda undiruv garovga olingan ko‘char mol-mulkka qaratilishi haqidagi qoida tatbiq qilinishidan kelib chiqish lozim (FK 280-modasi 3-qismi).
(20-bandning birinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining 2023-yil 20-noyabrdagi 32-sonli qarori tahririda)
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Nazarda tutmoq lozimki, garovga qo‘yuvchi tomonidan majburiyat bartaraf qilib bo‘lmaydigan kuch ta’siri bilan bog‘liq holda bajarilmagan bo‘lsa, undiruvni garovga qo‘yilgan mulkka qaratish mumkin emas.
(20-bandning ikkinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining 2015-yil 26-iyundagi 11-sonli qarori tahririda)
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Sudlarning e’tibori shunga qaratilsinki, majburiyatning tarafi harakatlariga bog‘liq bo‘lgan holatlar (masalan, qarzdorda zarur bo‘lgan pul mablag‘larining yo‘qligi, uning vakillarining g‘ayriqonuniy harakatlari) bartaraf qilib bo‘lmaydigan kuch deb tan olinishi mumkin emas.
(20-band O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining 2018-yil 30-noyabrdagi 34-sonli qaroriga asosan uchinchi xatboshi bilan to‘ldirilgan)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
21. FKning 733-moddasi 1-qismiga binoan qarz beruvchi yuridik shaxs bo‘lganida yoki fuqarolar o‘rtasida tuzilgan qarz shartnomasining summasi bazaviy hisoblash miqdorining o‘n baravaridan ortiq bo‘lgan hollarda qarz shartnomasini oddiy yozma shaklda tuzilishi talab qilinadi. Sudlar qarz shartnomasining oddiy yozma shakliga rioya qilmaslik uning haqiqiy emasligiga olib kelmasligini nazarda tutishlari lozim.
(21-bandning birinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining 2023-yil 20-noyabrdagi 32-sonli qarori tahririda)
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
FK 109-moddasining birinchi va ikkinchi qismlariga muvofiq taraflar bunday holda guvohlarning ko‘rsatuvlariga asoslanishga haqli emas, lekin bu ularni yozma va boshqa dalillar keltirish imkoniyatidan mahrum qilmaydi.
(21-bandning ikkinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining 2018-yil 30-noyabrdagi 34-sonli qarori tahririda)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Agar pul yoki ashyo olganlik fakti inkor etilmasa, u holda uni yozma dalillar bilan tasdiqlash talab qilinmaydi, har bir taraf o‘z talablarini asoslash uchun keltirayotgan holatlarni isbotlashga majbur.
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Shunga ko‘ra bir taraf pul yoki ashyoni qarz uchun berganini da’vo qilib, ikkinchi taraf uni olganini inkor qilmasdan bu pul yoki ashyo qarzga emas, balki hadya tariqasida bergan deb vaj keltirsa, sud pul yoki ashyoni olgan tarafdan bitim qarz emas, balki hadya bitimi ekanligini tasdiqlovchi dalillarni talab qilishi va shu asosga ko‘ra nizoni hal qilishi lozim.
(21-bandning to‘rtinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining 2025-yil 29-apreldagi 10-sonli qarori tahririda)
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
22. FK 734-moddasiga asosan qarz shartnomasi qarz beruvchining qarz oluvchidan shartnomada belgilangan miqdorda va tartibda foiz olish huquqini nazarda tutadi. FKning 734-moddasiga asosan qarz shartnomasi haq evaziga tuzilgan deb faraz qilinadi va foizlar miqdori shartnoma bilan belgilanadi. Qarz oluvchidan foizlar undirishda sud bir vaqtning o‘zida foiz summasidan davlat foydasiga soliq undirishi lozim. FKning 327-moddasida ko‘rsatilgan pul majburiyatini, shuningdek qarz majburiyatini bajarmaganlik uchun foizlar, qarz shartnomasida belgilangan foizlardan ham ortiq hisoblanishi mumkin.
(22-band O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining 2018-yil 30-noyabrdagi 34-sonli qarori tahririda)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
23. Qarz shartnomasini tuzishda ma’lum summani qarzga olish haqidagi tilxatda bir vaqtning o‘zida qarzni qaytarishni ta’minlash uchun biron-bir ko‘char yoki ko‘chmas mulkni garovga qo‘yish haqida ko‘rsatilgan hollarda sudlar bunday bitim ishtirokchilarining harakatlariga qonun talab qiladigan shaklga rioya qilmaganligiga nuqtai nazaridan baho berishlari lozim (FK 271-moddasi).
(23-bandning birinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining 2018-yil 30-noyabrdagi 34-sonli qarori tahririda)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Agar garov to‘g‘risidagi kelishuvni rasmiylashtirishda qonunda belgilangan tartibga rioya qilinmagan bo‘lsa, majburiyat tuzilmagan hisoblanadi, shunga ko‘ra garovga oluvchi garov narsasini sotish hisobiga o‘z da’volarini qanoatlantirishni talab qilishga haqli emas.
Oldingi tahrirga qarang.
(24-band O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining 2020-yil 21-fevraldagi 05-sonli qaroriga asosan o‘z kuchini yo‘qotgan)
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
25. Agar sud muhokamasi jarayonida taraflar yoki boshqa shaxslar xatti-harakatlarida jinoyat alomatlari aniqlansa, sud bu haqda prokurorga xabar qiladi.
(25-band O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining 2015-yil 26-iyundagi 11-sonli qarori tahririda)
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
26. Qoraqalpog‘iston Respublikasi sudi, viloyatlar va Toshkent shahar sudlariga muntazam ravishda sudlar tomonidan FK normalarini ko‘llash amaliyotini umumlashtirish va natijalari bo‘yicha ularni to‘g‘ri qo‘llashni ta’minlashga qaratilgan choralarni ko‘rish tavsiya etilsin.
(26-band O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining 2021-yil 20-apreldagi 17-sonli qarori tahririda)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1999-yil 24-sentabr,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
16-son