Hujjat kuchini yo‘qotgan 22.02.2021 24.02.2009 yildagi 52-son
ONLINE TRANSLATE
Hujjat kuchini yo‘qotgan 22.02.2021
Hujjat 24.02.2009 00 sanasi holatiga
Amaldagi versiyaga o‘tish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
qarori
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
OʻZBEKISTON RESPUBLIKASINING USTYuRT MINTAQASIDA GEOLOGIYA-QIDIRUV IShLARINI BOSQIChMA-BOSQICh OLIB BORISh DASTURINI FAOLLAShTIRIShGA YOʻNALTIRILGAN QOʻShIMChA ChORA-TADBIRLAR TOʻGʻRISIDA
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
 LexUZ sharhi
Mazkur qaror Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 22-fevraldagi 87-sonli “Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining oʻz ahamiyatini yoʻqotgan ayrim qarorlarini oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblash toʻgʻrisida (Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Oʻz ahamiyatini yoʻqotgan qonunchilik hujjatlarini qayta koʻrib chiqish tizimini joriy etish orqali mamlakatda ishbilarmonlik muhitini yaxshilash chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2020-yil 27-sentabrdagi PF-6075-son Farmoni)”gi qaroriga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2008-yil 5-martdagi F-2945-son Farmoyishini bajarish yuzasidan hamda koʻrsatib oʻtilgan Farmoyish bilan tasdiqlangan Komissiya tomonidan oʻtkazilgan xorijiy investorlar faoliyatini tekshirish natijalarini hisobga olib, shuningdek Oʻzbekiston Respublikasining Ustyurt mintaqasida uglevodorod xomashyosi zaxiralari ildam oʻsishini taʼminlashga yoʻnaltirilgan geologiya-qidiruv ishlarini jadal va keng koʻlamda olib borish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1. “Gazsanoat” ochiq aksiyadorlik jamiyati tomonidan Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2006-yil 6-dekabrdagi 254-son qarori bilan tasdiqlangan Oʻzbekiston Respublikasining Ustyurt mintaqasida geologiya-qidiruv ishlarini bosqichma-bosqich olib borish dasturini amalga oshirish doirasida Oʻzbekiston Respublikasi Ustyurt mintaqasining investitsiya bloklarida I bosqich boʻyicha geologiya-qidiruv ishlari hajmi 1-ilovaga muvofiq bajarilganligi maʼlumot uchun qabul qilinsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2. Oʻzbekiston Respublikasi Davlat geologiya va mineral resurslar qoʻmitasi “Oʻzbekneftgaz” milliy xolding kompaniyasi bilan birgalikda “Gazsanoat” ochiq aksiyadorlik jamiyatiga Akchalak, Kuanish, Gʻarbiy Urgin investitsiya bloklari boʻyicha uglevodorodlar konlarini qidirish maqsadida geologik oʻrganish uchun yer osti boyliklari uchastkalaridan foydalanish huquqiga berilgan litsenziyalar qaytarilishini belgilangan tartibda taʼminlasin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3. “Oʻzbekneftgaz” milliy xolding kompaniyasi tomonidan “Gazsanoat” ochiq aksiyadorlik jamiyati bilan birgalikda ishlab chiqilgan 2-ilovaga muvofiq Oʻzbekiston Respublikasining Ustyurt mintaqasida geologiya-qidiruv ishlarini bosqichma-bosqich olib borish dasturi asosiy parametrlari bilan birga maʼqullansin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
4. Vazirlar Mahkamasining “Oʻzbekiston Respublikasi Ustyurt mintaqasining investitsiya bloklari yer osti boyliklarini geologik oʻrganish toʻgʻrisida” 2006-yil 6-dekabrdagi 254-son qarorining 2-bandi va qarorga 1-ilova oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblansin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
5. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosari E.R. Shoismatov zimmasiga yuklansin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri Sh. MIRZIYOYEV
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Toshkent sh.,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2009-yil 24-fevral,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
52-son
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Vazirlar Mahkamasining 2009-yil 24-fevraldagi 52-son qaroriga
1-ILOVA
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Ustyurt mintaqasining investitsiya bloklarida “Gazsanoat” OAJ tomonidan bajarilgan geologiya-qidiruv ishlari hajmlari
(I bosqich)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
T/R‎ Ishlarning nomi‎ Ishlarning hajmi‎
2006-yil dekabr — 2008-yil dekabr
‎(Agiin, Akchalak, Aktumsuk, Nasambek, Shaxpaxtin, Kuanish, Gʻarbiy Urgin investitsiya bloklari)
1.‎ Geologiya-qidiruv ishlarining bosh yoʻnalishlarida obyektlarni jadal aniqlash va tayyorlash uchun seysmoprofil qidiruv tarmoqlarini maqbullashtirish.‎ 1625 pogon km hajmdagi fond saqlash 2D seysmik qidiruvni qayta ishlash va qayta interpretatsiya qilish (Aktumsuk, Agiin, Nasambek, Shaxpaxtin va Akchalak bloklari). ‎
2.‎ Kulbay (Aktumsuk, Agiin bloklari) va Atorbay (Nasambek bloki) depressiyalari tuzilishini oʻrganish.‎ 768 pogon km hajmdagi mintaqaviy profil boʻyicha 2D seysmik qidiruv (Aktumsuk, Agiin, Nasambek va Kuanish bloklari).‎
3.‎ Assakeaudan egilmasining geologik tuzilishini aniqlash (Shaxpaxtin bloki).‎ 232 pogon km hajmdagi mintaqaviy profil boʻyicha 2D seysmik qidirish (Shaxpaxtin bloki).‎
4.‎ Barsakelmes bukilmasida geologik tuzilishni oʻrganish va tarkiblarni aniqlash (Nasambek, Akchalak va Agiin bloklari).‎ 3000 kv.km hajmda gravimagnit qidiruv ishlari (Nasambek, Akchalak va Agiin bloklari).
‎500 kv.km hajmda tadqiqotlarning masofali metodlari (aerokosmik zontlash). ‎
5.‎ Kulbay (Aktumsuk, Agiin bloklari) va Atorbay (Nasambek bloki) depressiyalarida, Assakeaudan bukilmasini va Shaxpaxtin pogʻonasida istiqbolli obyektlarni qidirish va tayyorlash.‎ 4687 pogon km hajmda 2D seysmik qidiruv (Aktumsuk, Agiin, Nasambek va Shaxpaxtin bloklari).‎
6.‎ Akchalak blokida geologik oʻrganish va tarkiblarni aniqlash.‎ 413 pogon km hajmda 2D seysmik qidiruv.‎
7.‎ Sharqiy Aytuz Tleukuduk, Jiyes, Tedjenkazgan (Agiin bloki), Kartpay (Nasambek bloki), Kubla Assakeaudan, Djel (Shaxpaxtin bloki), Shimoliy Djangizsu (Aktumsuk bloki), Kassarma (Kuanish bloki), Shimoliy Alambek (Akchalak bloki) maydonlarida gaz va kondensat konlarini qidirish.‎ Umumiy kavlash hajmi 30695 m boʻlgan qidiruv burgʻulash ishlari (10 ta quduq, shu jumladan 6 tasi qurish ishlari bilan II bosqichga oʻtadi).‎
8.‎ Gʻarbiy Urgin blokida geologik tuzilishni oʻrganish va tarkiblarni aniqlash.‎ 400 kv. km hajmda 3D seysmik qidiruv.‎
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Vazirlar Mahkamasining 2009-yil 24-fevraldagi 52-son qaroriga
2-ILOVA
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasining Ustyurt mintaqasida geologiya-qidiruv ishlarini bosqichma-bosqich olib borish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
DASTURI
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
T/R‎ Ishlarning nomi‎ Ishlarning hajmi‎
2008-yil dekabr — 2010-yil dekabr
‎(Agiin, Aktumsuk, Nasambek, Shaxpaxtin investitsiya bloklari)
1.‎ Kulbay (Aktumsuk, Agiin bloklari) va Atorbay (Nasambek bloki) depressiyalarida, Assakeaudan bukilmasida va Shaxpaxtin pogʻonasida istiqbollarni aniqlash.‎ 1600 pogon km hajmda 2D qidiruv- mukammal seysmik-qidiruv, 400 kv. km hajmda 3D seysmik qidiruv, umumiy kavlash hajmi 36655 m boʻlgan (8 ta quduq) qidiruv burgʻulash ishlari.
800 kv.km hajmda tadqiqotlarning masofali metodlari (aerokosmik zondlash). ‎
2.‎ Kulbay (Aktumsuk, Agiin bloklari) va Atorbay (Nasambek bloki) depressiyalarida, Assakeaudan egilmasida va Shaxpaxtin pogʻonasidagi ochilgan konlarda gaz va kondensat zaxiralarini qoʻshimcha ravishda koʻpaytirish.‎ Umumiy hajmi 15000 m (5 ta quduq) boʻlgan qidiruv burgʻulash.‎
2010-yil dekabr — 2011-yil dekabr
‎(Agiin, Aktumsuk, Nasambek, Shaxpaxtin investitsiya bloklari)
1.‎ Uglevodorodlar zaxiralarini hisoblab chiqish va geologiya-qidiruv ishlari yakunlari boʻyicha hisobotlar tayyorlash.‎ —‎
(Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2009-y., 9-son, 91-modda)