O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
qarori
O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASINING USTYuRT MINTAQASIDA GEOLOGIYA-QIDIRUV IShLARINI BOSQIChMA-BOSQICh OLIB BORISh DASTURINI FAOLLAShTIRIShGA YO‘NALTIRILGAN QO‘ShIMChA ChORA-TADBIRLAR TO‘G‘RISIDA
Mazkur qaror O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 22-fevraldagi 87-sonli “O‘zbekiston Respublikasi Hukumatining o‘z ahamiyatini yo‘qotgan ayrim qarorlarini o‘z kuchini yo‘qotgan deb hisoblash to‘g‘risida (O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “O‘z ahamiyatini yo‘qotgan qonunchilik hujjatlarini qayta ko‘rib chiqish tizimini joriy etish orqali mamlakatda ishbilarmonlik muhitini yaxshilash chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2020-yil 27-sentabrdagi PF-6075-son Farmoni)”gi qaroriga asosan o‘z kuchini yo‘qotgan.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2008-yil 5-martdagi F-2945-son Farmoyishini bajarish yuzasidan hamda ko‘rsatib o‘tilgan Farmoyish bilan tasdiqlangan Komissiya tomonidan o‘tkazilgan xorijiy investorlar faoliyatini tekshirish natijalarini hisobga olib, shuningdek O‘zbekiston Respublikasining Ustyurt mintaqasida uglevodorod xomashyosi zaxiralari ildam o‘sishini ta’minlashga yo‘naltirilgan geologiya-qidiruv ishlarini jadal va keng ko‘lamda olib borish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
1. “Gazsanoat” ochiq aksiyadorlik jamiyati tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2006-yil 6-dekabrdagi 254-son qarori bilan tasdiqlangan O‘zbekiston Respublikasining Ustyurt mintaqasida geologiya-qidiruv ishlarini bosqichma-bosqich olib borish dasturini amalga oshirish doirasida O‘zbekiston Respublikasi Ustyurt mintaqasining investitsiya bloklarida I bosqich bo‘yicha geologiya-qidiruv ishlari hajmi 1-ilovaga muvofiq bajarilganligi ma’lumot uchun qabul qilinsin.
2. O‘zbekiston Respublikasi Davlat geologiya va mineral resurslar qo‘mitasi “O‘zbekneftgaz” milliy xolding kompaniyasi bilan birgalikda “Gazsanoat” ochiq aksiyadorlik jamiyatiga Akchalak, Kuanish, G‘arbiy Urgin investitsiya bloklari bo‘yicha uglevodorodlar konlarini qidirish maqsadida geologik o‘rganish uchun yer osti boyliklari uchastkalaridan foydalanish huquqiga berilgan litsenziyalar qaytarilishini belgilangan tartibda ta’minlasin.
3. “O‘zbekneftgaz” milliy xolding kompaniyasi tomonidan “Gazsanoat” ochiq aksiyadorlik jamiyati bilan birgalikda ishlab chiqilgan 2-ilovaga muvofiq O‘zbekiston Respublikasining Ustyurt mintaqasida geologiya-qidiruv ishlarini bosqichma-bosqich olib borish dasturi asosiy parametrlari bilan birga ma’qullansin.
5. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining o‘rinbosari E.R. Shoismatov zimmasiga yuklansin.
O‘zbekiston Respublikasining Bosh vaziri Sh. MIRZIYOYEV
Toshkent sh.,
2009-yil 24-fevral,
52-son
Vazirlar Mahkamasining 2009-yil 24-fevraldagi 52-son qaroriga
1-ILOVA
1-ILOVA
O‘zbekiston Respublikasi Ustyurt mintaqasining investitsiya bloklarida “Gazsanoat” OAJ tomonidan bajarilgan geologiya-qidiruv ishlari hajmlari
(I bosqich)
(I bosqich)
| T/R | Ishlarning nomi | Ishlarning hajmi |
| 2006-yil dekabr — 2008-yil dekabr (Agiin, Akchalak, Aktumsuk, Nasambek, Shaxpaxtin, Kuanish, G‘arbiy Urgin investitsiya bloklari) | ||
| 1. | Geologiya-qidiruv ishlarining bosh yo‘nalishlarida obyektlarni jadal aniqlash va tayyorlash uchun seysmoprofil qidiruv tarmoqlarini maqbullashtirish. | 1625 pogon km hajmdagi fond saqlash 2D seysmik qidiruvni qayta ishlash va qayta interpretatsiya qilish (Aktumsuk, Agiin, Nasambek, Shaxpaxtin va Akchalak bloklari). |
| 2. | Kulbay (Aktumsuk, Agiin bloklari) va Atorbay (Nasambek bloki) depressiyalari tuzilishini o‘rganish. | 768 pogon km hajmdagi mintaqaviy profil bo‘yicha 2D seysmik qidiruv (Aktumsuk, Agiin, Nasambek va Kuanish bloklari). |
| 3. | Assakeaudan egilmasining geologik tuzilishini aniqlash (Shaxpaxtin bloki). | 232 pogon km hajmdagi mintaqaviy profil bo‘yicha 2D seysmik qidirish (Shaxpaxtin bloki). |
| 4. | Barsakelmes bukilmasida geologik tuzilishni o‘rganish va tarkiblarni aniqlash (Nasambek, Akchalak va Agiin bloklari). | 3000 kv.km hajmda gravimagnit qidiruv ishlari (Nasambek, Akchalak va Agiin bloklari). 500 kv.km hajmda tadqiqotlarning masofali metodlari (aerokosmik zontlash). |
| 5. | Kulbay (Aktumsuk, Agiin bloklari) va Atorbay (Nasambek bloki) depressiyalarida, Assakeaudan bukilmasini va Shaxpaxtin pog‘onasida istiqbolli obyektlarni qidirish va tayyorlash. | 4687 pogon km hajmda 2D seysmik qidiruv (Aktumsuk, Agiin, Nasambek va Shaxpaxtin bloklari). |
| 6. | Akchalak blokida geologik o‘rganish va tarkiblarni aniqlash. | 413 pogon km hajmda 2D seysmik qidiruv. |
| 7. | Sharqiy Aytuz Tleukuduk, Jiyes, Tedjenkazgan (Agiin bloki), Kartpay (Nasambek bloki), Kubla Assakeaudan, Djel (Shaxpaxtin bloki), Shimoliy Djangizsu (Aktumsuk bloki), Kassarma (Kuanish bloki), Shimoliy Alambek (Akchalak bloki) maydonlarida gaz va kondensat konlarini qidirish. | Umumiy kavlash hajmi 30695 m bo‘lgan qidiruv burg‘ulash ishlari (10 ta quduq, shu jumladan 6 tasi qurish ishlari bilan II bosqichga o‘tadi). |
| 8. | G‘arbiy Urgin blokida geologik tuzilishni o‘rganish va tarkiblarni aniqlash. | 400 kv. km hajmda 3D seysmik qidiruv. |
Vazirlar Mahkamasining 2009-yil 24-fevraldagi 52-son qaroriga
2-ILOVA
2-ILOVA
O‘zbekiston Respublikasining Ustyurt mintaqasida geologiya-qidiruv ishlarini bosqichma-bosqich olib borish
DASTURI
| T/R | Ishlarning nomi | Ishlarning hajmi |
| 2008-yil dekabr — 2010-yil dekabr (Agiin, Aktumsuk, Nasambek, Shaxpaxtin investitsiya bloklari) | ||
| 1. | Kulbay (Aktumsuk, Agiin bloklari) va Atorbay (Nasambek bloki) depressiyalarida, Assakeaudan bukilmasida va Shaxpaxtin pog‘onasida istiqbollarni aniqlash. | 1600 pogon km hajmda 2D qidiruv- mukammal seysmik-qidiruv, 400 kv. km hajmda 3D seysmik qidiruv, umumiy kavlash hajmi 36655 m bo‘lgan (8 ta quduq) qidiruv burg‘ulash ishlari. 800 kv.km hajmda tadqiqotlarning masofali metodlari (aerokosmik zondlash). |
| 2. | Kulbay (Aktumsuk, Agiin bloklari) va Atorbay (Nasambek bloki) depressiyalarida, Assakeaudan egilmasida va Shaxpaxtin pog‘onasidagi ochilgan konlarda gaz va kondensat zaxiralarini qo‘shimcha ravishda ko‘paytirish. | Umumiy hajmi 15000 m (5 ta quduq) bo‘lgan qidiruv burg‘ulash. |
| 2010-yil dekabr — 2011-yil dekabr (Agiin, Aktumsuk, Nasambek, Shaxpaxtin investitsiya bloklari) | ||
| 1. | Uglevodorodlar zaxiralarini hisoblab chiqish va geologiya-qidiruv ishlari yakunlari bo‘yicha hisobotlar tayyorlash. | — |
(O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari to‘plami, 2009-y., 9-son, 91-modda)