Hujjat kuchini yo‘qotgan 28.09.2020 07.08.2008 yildagi PQ-940-son
ONLINE TRANSLATE
Hujjat kuchini yo‘qotgan 28.09.2020
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Qarori
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2008 YILDA GʻOʻZANI DEFOLIATSIYA QILISh ChORA-TADBIRLARI TOʻGʻRISIDA
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
 LexUZ sharhi
Mazkur qaror Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 27-sentabrdagi PF-6075-sonli “Oʻz ahamiyatini yoʻqotgan qonunchilik hujjatlarini qayta koʻrib chiqish tizimini joriy etish orqali mamlakatda ishbilarmonlik muhitini yaxshilash chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi Farmoniga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Gʻoʻzani oʻz vaqtida va sifatli defoliatsiya qilish, dalalarni paxta hosilini erta muddatlarda yigʻishtirib olishga tayyorlash va paxta terish mashinalaridan samarali foydalanish maqsadida:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1. Oʻzbekiston Respublikasi Qishloq va suv xoʻjaligi vazirligining Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi va viloyatlar hokimliklari bilan kelishilgan 2008-yilda gʻoʻza defoliatsiya qilinadigan 1-ilovaga* muvofiq maydonlar va uning maqbul muddatlari toʻgʻrisidagi taklifi qabul qilinsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
* 1-ilova rus tilidagi matnda berilgan.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2. Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va tumanlar hokimliklari gʻoʻzaning yetilish davri, navi va joylardagi ob-havo-iqlim sharoitlarini hisobga olgan holda gʻoʻza ekilgan muddatlari, paxta ochilishi jadalligini hamda tumanlar va fermer xoʻjaliklari boʻyicha gʻoʻzani 1-ilovada belgilangan maydonlar va muddatlarda defoliatsiya qilish yuzasidan tegishli qarorlar qabul qilsinlar.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Gʻoʻza belgilangan muddatlarda sifatli defoliatsiya qilinishi va defoliantlarni ishlatish normalari hamda tavsiyalariga qatʼiy rioya etilishi uchun shaxsiy javobgarlik Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi Raisi, viloyatlar va tumanlar hokimlari, Oʻzbekiston Respublikasi qishloq va suv xoʻjaligi vaziri zimmalariga yuklansin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi defoliatsiya oʻtkazilishi, eng avvalo defoliantlarni ishlatish muddatlari va belgilangan normalariga rioya etilishi ustidan qatʼiy nazorat oʻrnatsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3. Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri (Sh.M. Mirziyoyev):
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
joriy yilning 15-avgustigacha defoliatsiyaga tayyorgarlik koʻrish va olib borish ishlarini muvofiqlashtiruvchi respublika ishchi ekspert komissiyasini, shuningdek Qoraqalpogʻiston Respublikasi, viloyatlar va tumanlarda ekspert ishchi komissiyalarini tashkil qilsin, ularning tarkibiga Oʻzbekiston Respublikasi Qishloq va suv xoʻjaligi vazirligi, Respublika oʻsimliklarni himoya qilish va agrokimyo markazi, “Oʻzpaxtasanoat” uyushmasi, Oʻzbekiston “Sifat” markazi, “Qishloqxoʻjalikkimyo” hududiy aksiyadorlik jamiyatlari mutaxassislarini kiritsin;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
ishchi komissiyalar bilan birgalikda defoliatsiya ishlari oʻtkazilishi ustidan qatʼiy va doimiy nazoratni taʼminlasin hamda agrotexnika tadbirlarini oʻtkazish borasida belgilangan muddatlar va normalarga rioya etishni taʼminlamayotgan mansabdor shaxslarga nisbatan qattiq shaxsiy javobgarlik choralarini koʻrsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
4. Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar hokimliklari, Oʻzbekiston Respublikasi Qishloq va suv xoʻjaligi vazirligi, “Oʻzkimyosanoat” davlat aksiyadorlik kompaniyasi, “Oʻzagromashservis” uyushmasi, “Qishloqxoʻjalikkimyo” hududiy aksiyadorlik jamiyatlari joriy yilning 20-avgustigacha:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
fermer xoʻjaliklari boʻyicha defoliatsiya oʻtkazish maydonlarini aniqlasinlar va har bir tuman boʻyicha defoliantlar bilan taʼminlash hamda ularni alohida ajratilgan joylarda tayyorlash uchun tegishli shart-sharoitlar yaratish, defoliatsiyani maqbul muddatlarda tashkil etish va oʻtkazish tadbirlarini ishlab chiqsinlar. Gʻoʻza defoliatsiya qilinadigan maydonlarni aniqlashda urugʻlik chigit maydonlari hisobga olinmasin;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
defoliatsiyani yerda bajariladigan usullar bilan oʻtkazish uchun texnik vositalar va apparatlar tayyorlanishini tugallasinlar;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
maydonchalarni tayyorlashni taxt qilib qoʻysinlar va ularda defoliantlar eritmasini tayyorlash uchun zarur idishlar va boshqa texnik vositalar mavjud boʻlishini taʼminlasinlar.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
5. “Oʻzbekiston havo yoʻllari” milliy aviakompaniyasi “Oʻzkimyosanoat” DAK buyurtmanomalari boʻyicha gʻoʻza defoliatsiyasini oʻtkazish uchun samolyotlar ajratsin va ular 2-ilovaga* muvofiq taqsimlab berilgan holda mintaqalarga 2008-yil 15-avgustgacha yetib borishini taʼminlasin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
* 2-ilova rus tilidagi matnda berilgan.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Viloyatlar hokimliklari joriy yilning 15-avgustiga qadar maxsus aerodromlar tayyorlanishini, shu jumladan uchuvchilar uchun zarur maishiy sharoitlar yaratilishini tugallasinlar.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
6. “Oʻzneftmahsulot” kompaniyasi yonilgʻi-moylash materiallarining zarur zaxirasini yaratsin hamda purkagichlar va samolyotlar ishini taʼminlash uchun gʻoʻzani defoliatsiya qilish davrida ularning belgilangan tartibda uzluksiz yetkazib berilishini tashkil etsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
7. Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi, Davlat ehtiyojlari uchun xarid qilinadigan qishloq xoʻjaligi mahsulotlarining hisob-kitob jamgʻarmasi bir hafta muddatda, asosli buyurtmanomalarga binoan tijorat banklariga fermer xoʻjaliklari uchun gʻoʻza defoliatsiyasini oʻtkazishga zarur kredit mablagʻlarini, kelgusida ulardan defoliantlar xarid qilish hamda “Qishloqxoʻjalikkimyo” hududiy aksiyadorlik jamiyatlari va “SAR” aviakompaniyasi xizmatlariga haq toʻlash uchun foydalanish maqsadida, belgilangan tartibda ajratib bersin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
8. Mazkur Qarorning ijrosini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vaziri Sh.M. Mirziyoyev zimmasiga yuklansin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasining Prezidenti I. KARIMOV
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Toshkent sh.,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2008-yil 7-avgust,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
PQ-940-son
(Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining Axborotnomasi, 2008-y., 8-son, 462-modda)