13.11.1992 yildagi 5а-son
ONLINE TRANSLATE
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi plenumining
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Qarori
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Fuqarolik holati dalolatnomalari yozuvlaridagi xatoliklarni belgilashni tartibga soluvchi qonunchilikni sudlar tomonidan qoʻllanishi haqida
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasining protsessual qonunlariga oʻzgartirishlar kiritilganligi, shuningdek, sudlarda tushuntirish berilishi lozim boʻlgan masalalar kelib chiqayotganligi munosabati bilan, Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumi qaror qiladi:
(muqaddima Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining 2021-yil 20-apreldagi 19-sonli qarori tahririda)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1. Tushuntirilsinki, sudlar fuqarolik holati dalolatnomalari yozuvlaridagi xatoliklarni belgilash toʻgʻrisidagi arizalarni, agar dastlabki yozuvlar saqlangan yoki tiklangan boʻlsa, shuningdek, ularga farzandlikka olish, otalikni belgilash, familiyasi, ismi, otasining ismini oʻzgartirish, voyaga yetmagan bolaning familiyasini oʻzgartirish munosabati bilan ushbu yozuvlarga fuqarolik holati dalolatnomalarini yozish organlari tomonidan oʻzgartirishlar kiritilgan yoxud fuqarolik holati dalolatnomalari yozuvlarida jiddiy tafovutlar boʻlsa, Oʻzbekiston Respublikasi Fuqarolik kodeksining 38-moddasi, Oʻzbekiston Respublikasi Oila kodeksining 228-moddasiga muvofiq, shuningdek, Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2023-yil 20-oktabrdagi 550-sonli qarori bilan tasdiqlangan Fuqarolik holati dalolatnomalarini qayd etish qoidalariga binoan koʻradi.
(1-bandning birinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining 2024-yil 16-dekabrdagi 39-sonli qarori tahririda)
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Manfaatdor shaxslar oʻrtasida huquq toʻgʻrisida nizo boʻlsa, ariza daʼvo ishini yuritish tartibida koʻriladi.
(1-bandning ikkinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining 2015-yil 13-noyabrdagi 18-sonli qarori tahririda)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2. Oʻzbekiston Respublikasi hududidan tashqarida tuzilgan fuqarolik holati dalolatnomalari yozuvlariga tuzatishlar kiritish haqidagi arizalar ariza beruvchining yashash joyidagi fuqarolik holati dalolatnomalarini yozish organida koʻrib chiqiladi.
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Chet elda yashovchi Oʻzbekiston Respublikasi fuqarolarining fuqarolik holati dalolatnoma yozuvlariga oʻzgartirishlar, tuzatishlar va qoʻshimchalar kiritish toʻgʻrisidagi arizalari Oila kodeksining 203-moddasi va fuqarolik holati dalolatnomalarini qayd etish Qoidalarining 7, 8, 164-bandlarida belgilangan tartibda konsullik muassasalari tomonidan koʻrib chiqiladi.
(2-bandning ikkinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining 2024-yil 16-dekabrdagi 39-sonli qarori tahririda)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3. Oʻn olti yoshga toʻlmagan shaxslarning tugʻilish haqidagi yozuv daftariga oʻzgartirishlar kiritish ularning ota-onasi arizasiga binoan amalga oshiriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻn olti yoshga toʻlgan shaxslarning tugʻilish, nikoh tuzish, nikohdan ajralishni qayd etish daftarlariga oʻzgartirishlar kiritish ularning arizalariga binoan amalga oshiriladi.
Oldingi tahrirga qarang.
(4-band Oʻzbekiston Respublikasi sudi Plenumining 2021-yil 20-apreldagi 19-sonli qaroriga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan)
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
5. Bunday toifadagi ishlar boʻyicha nafaqat fuqarolik holati dalolatnomalarini yozish organining xato va noaniqliklari boʻlgan hujjatlari oʻzlariga tegishli boʻlgan fuqarolar, balki meros qoldiruvchining vafoti munosabati bilan maʼlum huquq va majburiyatlari vujudga keladigan merosxoʻrlar ham manfaatdor shaxslar boʻlishlari mumkin.
(5-band Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining 2015-yil 26-iyundagi 11-sonli qarori tahririda)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
6. Sudga berilayotgan arizada qaysi fuqarolik holati dalolatnomalari yozuvlariga va qanday oʻzgartirish yoki tuzatish yoxud qoʻshimchalar kiritish lozimligi, yozuvlardagi xatolar qanday dalillar bilan tasdiqlanishi koʻrsatilishi lozim. Arizaga tegishli guvohnoma nusxasi, fuqarolik holati dalolatnomalarini yozish organining hujjatlardagi xatolarni tuzatish yoki ularga oʻzgartirish yoxud qoʻshimchalar kiritishni rad etish haqidagi xulosasi va shu masalaga oid boshqa hujjatlar ilova etilishi kerak.
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
7. Fuqarolik ishini sudda koʻrishga tayyorlash vaqtida sud, agar ariza beruvchi taqdim qilish imkoniyatiga ega boʻlmagan taqdirda, arizachiga zarur dalillarni, shu jumladan fuqarolik holati dalolatnomalarini yozish organlaridan, talab qilib olishda yordam koʻrsatishi lozim. Sud majlisida sharhlash uchun yozuvni tiklash yoki yozuvni oʻzgartirish yoki tuzatish yoxud toʻldirishni rad etishga asos boʻlgan hujjatlar talab qilinishi mumkin. Bir vaqtning oʻzida sud fuqarolik holati dalolatnomalarini yozish organi, boshqa manfaatdor tashkilot va fuqarolarni ishga jalb qilish masalasini hal etadi.
(7-band Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining 2015-yil 26-iyundagi 11-sonli qarori tahririda)
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
8. Arizani sudning ish yurituviga qabul qilish yoki fuqarolik holati dalolatnomalarini qayd etishdagi notoʻgʻriliklarni belgilash haqidagi ishni alohida ish yuritish tartibida koʻrish vaqtida sudga taalluqli boʻlgan huquq toʻgʻrisida nizo mavjudligi aniqlanadigan boʻlsa (meros, mulk huquqi va boshqalar), sudya arizani qabul qilishni rad etadi yoki arizani koʻrmasdan qoldiradi va manfaatdor shaxslarga umumiy asoslarda daʼvo taqdim etishga haqli ekanliklarini tushuntiradi.
(8-band Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining 2015-yil 26-iyundagi 11-sonli qarori tahririda)
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
9. Tugʻilganlik haqidagi tiklangan akt yozuvida koʻrsatilgan yosh haqidagi maʼlumotlarning notoʻgʻriligini aniq tasdiqlovchi yozma yoki boshqa dalillar mavjud boʻlganda, sud tiklangan fuqarolik holati dalolatnomalari yozuvlarini bekor qiladi.
(9-band Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining 2015-yil 26-iyundagi 11-sonli qarori tahririda)
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
10. Sud, shuningdek arizachining tugʻilganligi haqidagi dalolatnoma yozuviga, agar unda ota-onasining millati haqidagi maʼlumotlar yozilmay qolgan yoki bu haqda notoʻgʻri maʼlumot yozilgan boʻlsa, tuzatishlar kiritish masalani ham koʻrishi mumkin.
(10-band Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining 2015-yil 26-iyundagi 11-sonli qarori tahririda)
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
11. Bedarak yoʻqolgan deb topilgan er yoki xotin qaytib kelgan holda nikohni bekor qilish haqidagi dalolatnoma yozuvini bekor qilishdan tashqari fuqarolik holati dalolatnomalarini bekor qilish masalasi sud tomonidan hal etiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Tiklangan yoki qayta tuzilgan yozuvlar, birinchi yozuvlar aniqlangan taqdirda, sud yoki fuqarolik holati dalolatnomalarini yozish organi tomonidan amaldagi qonunda belgilangan tartibda bekor qilinadi. Agar yozuvlarni bekor etish huquq toʻgʻrisidagi nizo bilan bogʻliq boʻlsa, ish daʼvo ishini yuritish tartibida sud tomonidan koʻriladi.
(11-band Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining 2015-yil 26-iyundagi 11-sonli qarori tahririda)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
12. Fuqarolik holati dalolatnomalari yozuvlaridagi xatolarni tuzatish va ularga oʻzgartirish hamda qoʻshimchalar kiritish fuqarolik holati dalolatnomalarini yozish organi tomonidan sud qaroriga asosan amalga oshirilishini hisobga olib, sud qarorini xulosa qismida qaysi yozuv xatoligi (qaysi fuqarolik holati dalolatnomalarini yozish organi tomonidan qaysi shaxs nomiga tuzilganligi, yozuvning soni va vaqti), unga qanday tuzatish va oʻzgartirishlar yoki qoʻshimchalar kiritilishi lozimligi koʻrsatilishi shart.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1992-yil 13-noyabr,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
5a-son