Hujjat kuchini yo‘qotgan 22.02.2021 11.02.2009 yildagi 37-son
ONLINE TRANSLATE
Hujjat kuchini yo‘qotgan 22.02.2021
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
qarori
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2009-2010 YILLARDA NAVOIY VILOYATINI KOMPLEKS IJTIMOIY-IQTISODIY RIVOJLANTIRISh DASTURI TO‘G‘RISIDA
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
 LexUZ sharhi
Mazkur qaror O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 22-fevraldagi 87-sonli “O‘zbekiston Respublikasi Hukumatining o‘z ahamiyatini yo‘qotgan ayrim qarorlarini o‘z kuchini yo‘qotgan deb hisoblash to‘g‘risida (O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “O‘z ahamiyatini yo‘qotgan qonunchilik hujjatlarini qayta ko‘rib chiqish tizimini joriy etish orqali mamlakatda ishbilarmonlik muhitini yaxshilash chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2020-yil 27-sentabrdagi PF-6075-son Farmoni)”gi qaroriga asosan o‘z kuchini yo‘qotgan.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Iqtisodiyotning hududiy tuzilmasini yanada takomillashtirish, mavjud tabiiy resurslardan va iqtisodiy salohiyatdan oqilona foydalanish, zamonaviy bozor va ishlab chiqarish infratuzilmasini shakllantirish, aholining bandligini, turmush darajasini barqaror va izchil oshirishni ta’minlash maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1. 2009-2010-yillarda Navoiy viloyatini kompleks ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish dasturi (keyingi o‘rinlarda Dastur deb ataladi) 1-ilovaga muvofiq ma’qullansin, Dastur quyidagi asosiy yo‘nalishlarni va maqsadli parametrlarni nazarda tutadi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
mavjud tabiiy resurslarni kompleks va samarali o‘zlashtirish, har bir tumanning iqtisodiy salohiyatidan to‘liq foydalanish, shuningdek xorijiy investitsiyalar hajmlarini ko‘paytirish hisobiga yalpi mintaqaviy mahsulotning 2009-yilda 7,7 foizga, 2010-yilda 8 foizga o‘sishini ta’minlaydigan mintaqaviy iqtisodiyotni barqaror yuqori sur’atlarda o‘stirish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
zamonaviy qayta ishlovchi ishlab chiqarishlarni tashkil etish, ishlab chiqarish quvvatlarini modernizatsiya qilish va texnologik jihatdan qayta jihozlashni davom ettirish, birinchi navbatda, aholining bandlik darajasi past va dotatsiyada bo‘lgan tumanlarda raqobatbardoshli mahsulotlar ishlab chiqarishni o‘zlashtirish hisobiga yalpi mintaqaviy mahsulot hajmida sanoat korxonalari ulushini 2,2 baravarga yetkazish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
kichik biznes va xususiy tadbirkorlikni, ayniqsa qishloq joylarda jadal rivojlantirishni har tomonlama qo‘llab-quvvatlash, kichik biznesning yalpi mintaqaviy mahsulotdagi ulushini 29,8 foizgacha yetkazish hamda shu asosda doimiy ish o‘rinlari va barqaror daromad manbalari yaratish hisobiga aholi bandligi muammolarini hal etish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
xizmatlar ko‘rsatish va servis sohasida, ayniqsa qishloq joylarda tadbirkorlik tashabbuslarini yanada kengaytirish uchun qulay shart-sharoitlar yaratish,uning yalpi mintaqaviy mahsulot tarkibidagi ulushini 30,9 foizgacha yetkazish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
qishloq infratuzilmasini yanada rivojlantirish, aholining turmush farovonligini oshirish, ichimlik suv va tabiiy gaz ta’minotini yaxshilash.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2. 2009-2010-yillarda Navoiy viloyatini kompleks ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish dasturini amalga oshirish tadbirlari 2-ilovaga* muvofiq tasdiqlansin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
* 2-ilova rus tilidagi matnda berilgan.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3. Dasturning maqsadli parametrlari so‘zsiz bajarilishini ta’minlash maqsadida 2009-2010-yillarda Navoiy viloyatini kompleks ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish dasturi amalga oshirilishini ta’minlash bo‘yicha 3-ilovaga muvofiq tarkibda Muvofiqlashtiruvchi kengash tashkil etilsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Quyidagilar Muvofiqlashtiruvchi kengashning asosiy vazifalari etib belgilansin:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Dasturning maqsadli parametrlariga erishish yuzasidan monitoring natijalarini ko‘rib chiqish va shu maqsadda vazirliklar va idoralar, xo‘jalik birlashmalari, shuningdek Navoiy viloyati hokimligi faoliyatini muvofiqlashtirish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
vazirliklar va idoralar, xo‘jalik birlashmalari rahbarlarining, shuningdek Navoiy viloyati hokimligining paydo bo‘ladigan muammolarni hal etish uchun chora-tadbirlar ko‘rgan holda hisobotlarini eshitib borish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Dasturda nazarda tutilgan tadbirlar va loyihalarni, shu jumladan to‘g‘ridan to‘g‘ri xorijiy investitsiyalarni keng jalb etish hisobiga amalga oshirish uchun moliyalashtirishning aniq manbalarini belgilashga ko‘maklashish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
mavjud resurslardan va moliyaviy manbalardan, shu jumladan xalqaro grantlar va kreditlardan oqilona foydalanishni hisobga olgan holda Dasturning maqsadli parametrlariga tuzatishlar kiritish va ularni aniqlashtirish bo‘yicha takliflar tayyorlash.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
4. Quyidagilarga:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Navoiy viloyati hokimiga, shaharlar va tumanlar hokimlariga — tasdiqlangan Dasturning prognoz parametrlari to‘liq va sifatli bajarilishi yuzasidan;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
vazirliklar, idoralar va xo‘jalik birlashmalari rahbarlariga — tegishli tadbirlarning va Dasturga kiritilgan tarmoq loyihalarining o‘z vaqtida amalga oshirilishi yuzasidan shaxsan javobgarlik yuklansin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
5. Navoiy viloyati hokimi (E. Turdimov) har bir tuman va shahar bo‘yicha Dasturning bajarilishini har chorakda tanqidiy ko‘rib chiqsin, maqsadli dasturlarga erishish uchun zarur chora-tadbirlar ko‘rsin, bunda yangi ish o‘rinlari tashkil etishga va ijtimoiy loyihalarning amalga oshirilishiga alohida e’tibor qaratsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
6. O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiyot vazirligi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Dasturning bajarilishi yuzasidan tizimli monitoring o‘rnatsin, hududlarni iqtisodiy va ijtimoiy rivojlantirishning erishilgan darajasi tanqidiy tahlil qilinishini ta’minlasin, mintaqa iqtisodiyotidagi eng dolzarb va muhim muammolarni hal etish bo‘yicha aniq takliflar kiritsin;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
monitoring natijalari bo‘yicha har chorakda hisobot davridan keyingi oyning 10-kunigacha Vazirlar Mahkamasiga umumlashtirilgan materiallar kiritsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
7. O‘zbekiston Respublikasi Tashqi iqtisodiy aloqalar, investitsiyalar va savdo vazirligi Savdo-sanoat palatasi hamda Navoiy viloyati hokimligi bilan birgalikda bir oy muddatda Dasturda nazarda tutilgan investitsiya loyihalarini amalga oshirishga faol jalb etish maqsadida xalqaro moliya institutlari va donor mamlakatlar bilan hamkorlik qilish bo‘yicha tadbirlar kompleksini ishlab chiqsin va tasdiqlasin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
8. O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiyot vazirligi, Tashqi iqtisodiy aloqalar, investitsiyalar va savdo vazirligi har yili Investitsiya dasturini shakllantirishda unga Dasturda nazarda tutilgan eng muhim investitsiya loyihalari kiritilishini nazarda tutsinlar.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
9. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining birinchi o‘rinbosari R.S. Azimov zimmasiga yuklansin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
O‘zbekiston Respublikasining Bosh vaziri Sh. MIRZIYOYEV
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Toshkent sh.,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2009-yil 11-fevral,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
37-son
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Vazirlar Mahkamasining 2009-yil 11-fevraldagi 37-son qaroriga
1-ILOVA
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2009-2010-yillarda Navoiy viloyatini kompleks ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
DASTURI
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Kirish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Mustaqillik yillarida iqtisodiyotda tarkibiy qayta o‘zgartirishlarga, respublikaning barcha tarmoqlari va hududlarini mutanosib rivojlantirishni ta’minlashga yo‘naltirilgan izchil va qat’iy islohotlar amalga oshirilmoqda. Rivojlantirishning ishlab chiqilgan maqsadli dasturlari hududlar bilan puxta bog‘langan holda amalga oshirilmoqda, yirik mintaqaviy investitsiya va ijtimoiy loyihalar aholining bandligini va turmush darajasini barqaror o‘stirishni ta’minlamoqda.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Navoiy viloyatida ham ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirishda sezilarli natijalarga erishildi. Amalga oshirilayotgan tarkibiy qayta o‘zgartirishlar va iqtisodiyotni modernizatsiya qilish doirasida viloyat tumanlari, shaharlari va qishloq aholi punktlarini iqtisodiy rivojlantirish bo‘yicha izchil chora-tadbirlar ko‘rilmoqda.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Aholining eng nochor qatlamlarini ijtimoiy himoya qilishga, bandlikni ta’minlashga, kichik biznesni rivojlantirishga, ta’lim va sog‘liqni saqlash tizimini isloh qilishga, qishloq ijtimoiy infratuzilmasini rivojlantirishga, aholini ichimlik suv va tabiiy gaz bilan ta’minlashni yaxshilashga, ishlab chiqarish infratuzilmasini isloh qilishga alohida e’tibor qaratilmoqda.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Strategik jihatdan muhim bo‘lgan mineral-xomashyo resurslarini qazib chiqarish va qayta ishlash bo‘yicha quvvatlarni yaratishga, shuningdek shimoliy hududlarning tabiiy-iqtisodiy salohiyotidan oqilona foydalanishga yirik investitsiyalar yo‘naltirildi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Moddiy-texnik va moliyaviy bazani, mahalliy hokimiyat organlarining hududlarni rivojlantirish yuzasidan vakolatlari va mas’uliyatini kengaytirishga yo‘naltirilgan institutsional qayta o‘zgartirishlar amalga oshirildi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Shu bilan birga, aholining tobora o‘sib borayotgan talabi va ehtiyojini hisobga olib, keyingi yillarda viloyatda bir qator hal qilinmagan muammolarning ko‘payib borayotganligi kuzatilmoqda. Viloyatda har bir hududni uning jug‘rofiy joylashishidan, iqlim sharoitlaridan, mehnat va moliyaviy resurslar mavjudligidan, shuningdek ijtimoiy-iqtisodiy salohiyatidan kelib chiqqan holda kompleks rivojlantirish imkoniyatlari har doim ham hisobga olinmayapti.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Viloyat ko‘lamida mahalliy korxonalarda, ayniqsa yetishtirilayotgan qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini qayta ishlashni tashkil etish sohasida sanoat ishlab chiqarishini rivojlantirish ishlarining samaradorligi mutlaqo yetarli emas.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Mahalliy korxonalarda yuqori likvidli va eksportbop mahsulotlar ishlab chiqarishni tashkil etishga yo‘naltirilgan sanoat ishlab chiqarishlarini, kichik biznes va xususiy tadbirkorlikni jadal rivojlantirishning puxta tizimi mavjud emas.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Viloyatda aholi bandligini ta’minlash, kichik biznesni rivojlantirish, xizmatlar ko‘rsatish va servis sohasini kengaytirish masalalariga yetarli e’tibor qaratilmayapti. Bu ayniqsa qishloqda ijtimoiy infratuzilmani rivojlantirishga, chunonchi, tibbiy va maishiy xizmatni ko‘rsatishni, aholining ichimlik suv va tabiiy gaz ta’minotini yaxshilashga taalluqlidir.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Viloyatni kompleks va mutanosib rivojlantirish davlat va xo‘jalik boshqaruvi hududiy organlarining barcha darajalarida kadrlar malakasini hamda boshqaruv xodimlarining kasb mahoratini jiddiy oshirishni talab qiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2009-2010-yillarda Navoiy viloyatini kompleks ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish dasturini (keyingi o‘rinlarda Dastur deb ataladi) ishlab chiqish metodologiyasi quyidagi omillardan foydalanishga asoslangan:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
viloyatni ikki yil mobaynida kompleks rivojlantirish uchun — o‘rta muddatli istiqbolda viloyatni kompleks rivojlantirish uchun omillar, sharoitlar va zaminlarni tahlil qilish, ularning ta’sirini baholash, mavjud tamoyillar va muammolarni aniqlash;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
ijtimoiy-iqtisodiy prognozlarni ishlab chiqishning zamonaviy metodlarini qo‘llagan holda ishlab chiqilgan maqsadli ko‘rsatkichlar tizimi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
maqsadli ko‘rsatkichlarni rivojlantirishning amaldagi va ishlab chiqilayotgan eng muhim maqsadli dasturlari bilan bog‘lash;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
moliyalashtirishning aniq manbalarini hisobga olgan holda belgilangan maqsadli mo‘ljallarga erishish bo‘yicha aniq tadbirlarni ishlab chiqish.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1. Hududiy rivojlantirish strategiyasining maqsadli mo‘ljallari va asosiy yo‘nalishlari
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hududiy rivojlantirishning maqsadli mo‘ljallari O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti I.A. Karimov tomonidan belgilab berilgan iqtisodiy rivojlantirishning eng muhim vazifalaridan, shuningdek rivojlantirishning maqsadli dasturlaridan kelib chiqqan holda belgilangan.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Dasturda yalpi mintaqaviy mahsulotni 2009-yilda 7,7 foizga, 2010-yilda 8,0 foizga, shu jumladan kichik biznes va xususiy tadbirkorlik subyektlarining yalpi mintaqaviy mahsulot tarkibidagi ulushini barqaror ko‘paytirish hisobiga o‘stirish nazarda tutilmoqda (1, 2, 3-jadvallar*).
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
* 1, 2, 3-jadvallar rus tilidagi matnda berilgan.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Sanoat ishlab chiqarishini hududiy jihatdan tashkil etishni quyidagilar asosida tubdan takomillashtirish nazarda tutilmoqda:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
sanoatning strategik jihatdan muhim tarmoqlarini — neft-gaz kompleksini va noruda materiallar sanoatini yangi konlarni o‘zlashtirish va mineral-xomashyo bazasi zaxiralarini ko‘paytirish, mineral-xomashyo resurslarini qazib olish va qayta ishlashning zamonaviy, energiyani tejaydigan, yuqori samarali texnologiyalarini joriy etish hisobiga barqaror rivojlantirishni ta’minlash;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
tumanlarning raqobatbardoshli afzalliklari negizida eksportga yo‘naltirilgan ishlab chiqarishlarni kengaytirish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
qurilish materiallari sanoatida sifat jihatidan jahon standartlariga javob beradigan yangi ishlab chiqarish quvvatlarini tashkil etish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
mahalliy qishloq xo‘jaligi xomashyosidan foydalanish negizida, birinchi navbatda, to‘qimachilik sanoatida qayta ishlovchi ishlab chiqarishlarni jadal rivojlantirish, mamlakatimiz korxonalarida paxta tolasini qayta ishlash hajmlarini ko‘paytirish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
mintaqada mahalliy xomashyoni qayta ishlash va raqobatbardoshli tayyor mahsulotlar ishlab chiqarish bo‘yicha kichik korxonalar va mikrofirmalarni, yirik korxonalar filiallarini keng rivojlantirish va joylashtirish.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Sanoat korxonalarini rivojlantirish viloyatning barcha shahar va tumanlarida ustuvor yo‘nalish bo‘ladi. 2009-2010-yillar mobaynida sanoat mahsulotlarining o‘rtacha yiliga 5,4 foiz o‘sishi kutilmoqda, bu uning yalpi mintaqaviy mahsulotdagi ulushini 48 foizgacha yetkazishni ta’minlaydi. Shuningdek umumiy hudud sanoat mahsuloti hajmida mahalliy tasarrufdagi korxonalar ulushi 2,2 barobarga oshiriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Tarmoqlarni rivojlantirish bo‘yicha amalga oshirilayotgan dasturlarni oqilona muvofiqlashtirish hamda aniq investitsiya loyihalarini amalga oshirish natijasida sanoat korxonalarini joylashtirish bilan bog‘liq tarkibiy siljishlarga erishiladi (4-jadval*).
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
* 4-jadval rus tilidagi matnda berilgan.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Ikki yil mobaynida sanoat mahsulotlari ishlab chiqarish va qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini qayta ishlashga ixtisoslashgan yangi sanoat korxonalari va qo‘shimcha sexlarni ishga tushirish, shuningdek mavjud korxonalarni modernizatsiyalash va texnik jihatdan qayta jihozlash bo‘yicha kamida 150 ta loyihani amalga oshirish hisobiga 35 — 40 mlrd so‘mlik mahsulot ishlab chiqarishga erishiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Rangli metallurgiya, mashinasozlik, kimyo, energetika, qurilish materiallari, oziq-ovqat, yengil sanoat kabi tarmoqlarda modernizatsiyalash va texnika bilan qayta jihozlash dasturlarini amalga oshirish davom ettiriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Bunda bo‘sh turgan obyektlarda kichik biznesning istiqbolli loyihalarini samarali joylashtirishga alohida e’tibor qaratiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Shu bilan birga, Dastur doirasida Konimex, Nurota, Uchquduq, Tomdi tumanlarida va Zarafshon shahrida mineral-xomashyo resurslarini kompleks o‘zlashtirishni hamda shu asosda yirik va kichik qayta ishlab chiqarish korxonalarini, shu jumladan polimetallar, sement xomashyosi, noruda materiallarning har xil turlarini ishlab chiqaradigan korxonalarni rivojlantirish nazarda tutilgan.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Sanoatni rivojlantirish ko‘p jihatdan xo‘jalik yuritishning innovatsiya shakllarini izchil joriy etish, yangi texnologiyalarni jadal o‘zlashtirish va yuqori darajada qo‘shimcha qiymatli raqobatbardoshli mahsulotlar ishlab chiqarishga yo‘naltirilgan. Jumladan, yengil sanoatda ipak va trikotaj buyumlar ishlab chiqarishni o‘zlashtirish va kengaytirish, shuningdek to‘qimachilik sanoati uchun ishlab chiqarishni mahalliylashtirish, tikuv tarmog‘ini rivojlantirish hisobiga qo‘shilgan qiymati yuqori bo‘lgan mahsulotlar ishlab chiqarishni o‘sishiga ko‘maklashadigan ilg‘or texnologiyalarni joriy etish mo‘ljallanmoqda.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Ushbu yo‘nalishda kichik biznes subyektlarini har tomonlama qo‘llab-quvvatlash va to‘g‘ridan to‘g‘ri xorijiy investitsiyalarni jalb etishni kengaytirish hisobiga ustuvorlik Navoiy shahriga, Nurota va Navbahor tumanlariga beriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Dastur iste’mol tovarlari ishlab chiqarishning butun sektorini, shu jumladan yaratilgan rag‘batlardan samarali foydalanish vositasida jadal rivojlantirishni nazarda tutadi. Ko‘rsatib o‘tilgan chora-tadbirlar xalq iste’mol tovarlari ishlab chiqarishning o‘rtacha 5,2 foizga o‘sishini ta’minlash imkonini beradi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Qishloq xo‘jaligini rivojlantirish va joylashtirish. Qishloq xo‘jaligining barqaror rivojlanishi quyidagi maqsadli yo‘nalishlar hamda tarkibiy qayta o‘zgartirishlar, shuningdek iqtisodiy islohotlarni chuqurlashtirish bilan bog‘liq qo‘shimcha chora-tadbirlarni amalga oshirish hisobiga ta’minlanadi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
agrar sektorning ishlab chiqarish salohiyatidan oqilona foydalanish, barcha tumanlarda amaldagi ekinlar tarkibini takomillashtirish (5, 5a, 5b-jadvallar*);
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
* 5, 5a, 5b-jadvallar rus tilidagi matnda berilgan.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
fermer xo‘jaliklarining qishloq xo‘jaligi texnikasini yangilash, bunda lizing xizmatlaridan keng foydalanish (6, 6a-jadvallar*);
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
* 6, 6a-jadvallar rus tilidagi matnda berilgan.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
yerlarning meliorativ holatini yaxshilash ishlarini Sug‘orish tizimlarini rekonstruksiya qilish dasturiga muvofiq amalga oshirish (7-jadval*);
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
* 7-jadval rus tilidagi matnda berilgan.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
meva-sabzavotchilik, bog‘dorchilik, uzumchilik va chorvachilikni rivojlantirish uchun real asos yaratish maqsadida tarkibiy siljishlarni oziq-ovqat kompleksi yo‘nalishida rag‘batlantirish, qishloq xo‘jaligi xomashyosini qayta ishlash hajmini asosan Navbahor, Konimex, Tomdi, Xatirchi tumanlarida ko‘paytirish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
meva-sabzavot mahsulotlari, mevalar va uzum yetishtirishga ixtisoslashgan fermer xo‘jaliklarini, bozor va ishlab chiqarish infratuzilmasi obyektlarini rivojlantirish, shuningdek meva-sabzavot mahsulotlari, uzumni qayta ishlaydigan zamonaviy mini-texnologiyalar bilan jihozlangan agrosanoat firmalari faoliyatini takomillashtirish va rag‘batlantirish.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2009-2010-yillarda uzumzorlar maydonini 2007-yildagiga nisbatan 200 gektarga ko‘paytirish va 2010-yilga borib ularni 6,7 ming gektarga yetkazish. Karmana, Konimex, Qiziltepa, Navbahor, Nurota tumanlarida meva va uzum yetishtirish ustuvor yo‘nalishlardan biri bo‘ladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Xususiy dehqon xo‘jaliklarida qoramollar bosh sonini ko‘paytirishni rag‘batlantirish, shuningdek tegishli infratuzilmalarni rivojlantirish yuzasidan ko‘rilayotgan chora-tadbirlar qoramollar bosh sonini 2010-yilda 110,4 foizga ko‘paytirishga va qoramollarning umumiy sonini 315,8 ming boshga, qo‘y va echkilar bosh sonini 107,4 foizga ko‘paytirish va ularning umumiy soni esa 1825,2 ming boshga yetkazilishini ta’minlaydi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Chorvachilik mahsulotlari yetishtirish hajmining ko‘payishi nasldor chorvachilikni rivojlantirishning zamonaviy usullari va texnologiyalarini qo‘llash, chorvachilik ozuqa bazasini mustahkamlash, yaylovlarga suv chiqarish va chorva mollari zotini yaxshilash ishlari hisobiga amalga oshiriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Ijtimoiy infratuzilma obyektlari. Davlat budjeti va budjetdan tashqari fondlar mablag‘lari tasdiqlangan davlat dasturlarining investitsiya loyihalari bilan o‘zaro bog‘liqlikda ustuvor ravishda ijtimoiy sektorga yo‘naltiriladi (8-jadval*).
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
* 8-jadval rus tilidagi matnda berilgan.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Ishlab chiqarish infratuzilmasi. Tumanlar va shaharlarni rivojlantirish butun hududni o‘zaro bog‘lovchi, mintaqalarga va ular aholisiga mavjud salohiyatlardan samarali foydalanish imkonini beradigan infratuzilma bilan ta’minlanganlik asosida amalga oshiriladi. Iqtisodiyot va aholining o‘sib borayotgan ehtiyojlarini hisobga olgan holda yagona transport tarmog‘ini, aloqa va axborot texnologiyalarini rivojlantirishga doir amalga oshirilayotgan maqsadli dasturlar bunga ko‘p jihatdan ko‘maklashadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Ishlab chiqarish infratuzilmasini faoliyat ko‘rsatayotgan korxonalar va yangidan tashkil etilayotgan korxonalarning transport kommunikatsiyalariga (avtomobil va temir yo‘l liniyalari), elektr energiyasiga (elektr uzatish liniyalari, kichik stansiyalar va boshqalar), gaz va texnik suv ta’minotiga bo‘lgan ehtiyojlaridan kelib chiqib, yangi konlarni o‘zlashtirish va sanoat korxonalari qurish bo‘yicha yirik investitsiya loyihalarini amalga oshirish bilan o‘zaro bog‘liqlikda rivojlantirish nazarda tutiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Ushbu yo‘nalishda Zarafshon shahri, Xatirchi, Nurota, Uchquduq, Tomdi, Karmana tumanlarida ishlar olib boriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Umumiy foydalanishdagi avtomobil yo‘llarini mukammal ta’mirlash va rekonstruksiya qilishga 2009-yilda 18,1 mlrd so‘m, 2010-yilda 28,8 mlrd so‘mdan ortiq mablag‘ yo‘naltirilishi ko‘zda tutilmoqda, bu viloyatning tranzit salohiyati mustahkamlanishi va rivojlanishini ta’minlaydi (9-jadval*).
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
* 9-jadval rus tilidagi matnda berilgan.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Shu bilan birga, faoliyat ko‘rsatayotgan, modernizatsiya qilinayotgan va yangidan tashkil etilayotgan sanoat korxonalarining avtomobil va temir yo‘llarga ulanishini ta’minlashga doir bir qator chora-tadbirlar nazarda tutilgan, bu avtomobil va temir yo‘l orqali yuk tashishni yengillashtiradi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Bundan tashqari, Karmana tumanida “Erkin iqtisodiy zona” va xalqaro logistika markazi tashkil etilishi munosabati bilan viloyatda yangi ishlab chiqarish quvvatlari barpo etish, shuningdek mamlakat ishlab chiqaruvchilarining dunyoning boshqa mamlakatlari va mintaqalari bilan bog‘laydigan asosiy havo, temir yo‘l va avtomobil transportlari magistrallari joylashgan hududiy ishlab chiqaruvchilari bilan o‘zaro manfaatli hamkorligini yo‘lga qo‘yish va transport chiqimlarini qisqartirish nazarda tutilmoqda.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Telekommunikatsiyalar va axborot texnologiyalarini rivojlantirish bo‘yicha Hukumat qarorlarining amalga oshirilishi hududda, ayniqsa qishloq tumanlarida ishlab chiqarish korxonalari va aholining ushbu xizmat turlari bilan ta’minlanganlik darajasini oshiradi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Xizmatlar ko‘rsatish va servis sohasini rivojlantirish. 2006 — 2010-yillarga mo‘ljallangan dasturning tasdiqlangan parametrlari xizmatlar ko‘rsatish sohasi va ijtimoiy infratuzilmaning tegishli maqsadli yo‘nalishlari uchun asos hisoblanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Viloyatda xizmatlar ko‘rsatish va servis sohasida, ayniqsa qishloq joylarda tadbirkorlik tashabbuslarini yanada kengaytirish uchun qulay shart-sharoitlar yaratish, uning yalpi hududiy mahsulot tarkibidagi ulushini yiliga 2,4 foizdan oshirib borish nazarda tutilmoqda. Natijada xizmat sohasida band aholining ulushi qariyb 1,5 baravar oshishi mo‘ljallanmoqda.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Xizmatlar ko‘rsatish va servis sohasini rivojlantirishga yangi obyektlarni ishga tushirish, ko‘rsatiladigan xizmatlar sifatini yaxshilash va hajmini kengaytirish hisobiga erishiladi (10, 10a-jadvallar*).
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
* 10, 10a-jadvallar rus tilidagi matnda berilgan.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Karmana, Qiziltepa, Xatirchi va Uchquduq tumanlarida xizmatlar sohasini rivojlantirishning yanada yuqori sur’atlariga erishish kutilmoqda.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Shahar va tumanlarda, ayniqsa qishloq joylarda kichik biznes va xususiy tadbirkorlikni jadal rivojlantirishni har tomonlama qo‘llab-quvvatlash natijasida kichik biznesning yalpi hududiy mahsulotdagi ulushini 29,8 foizgacha yetkazish mo‘ljallanmoqda.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Aholini ichimlik suv bilan ta’minlashni yaxshilash uchun ichki investitsiyalar bilan birga 12,5 mln AQSh dollari miqdorida xorijiy investitsiya mablag‘lari jalb qilish mo‘ljallangan. Ushbu loyihani amalga oshirish 101,3 ming kishini toza ichimlik suv bilan ta’minlash, suv quvurlarini yangilash, suv o‘lchash priborlarini o‘rnatish imkonini beradi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
90 ta qishloq aholi punktiga 470 kilometr uzunlikdagi suv quvurlari o‘tkazish ko‘zda tutilmoqda. 2011-yilga borib aholini toza ichimlik suv bilan ta’minlash darajasi 78,4 foizga yetkaziladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Bundan tashqari, aholini tabiiy gaz bilan ta’minlashni yaxshilash maqsadida yaqin ikki yilda har xil diametrli 29,3 km gaz quvurlari ta’mirlanadi, 20 km rekonstruksiya qilinadi va 28 km yangidan o‘tkaziladi. Natijada 2010-yil yakuniga borib yana 10 ming xonadonning gaz ta’minoti yaxshilanib, aholining tabiiy gaz bilan ta’minlanish darajasi 85,5 foizni tashkil qiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Mahsulot eksportini kengaytirish. Eksport hajmining kimyo va qayta ishlash, to‘qimachilik sanoati, qurilish materiallari sanoati, meva-sabzavot va chorvachilik mahsulotlarini qayta ishlash bo‘yicha yangi ishlab chiqarishlarni tashkil etish hisobiga o‘sishi mo‘ljallanmoqda.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Aholining ish bilan bandlik darajasi. Aholining ish bilan bandlik ko‘rsatkichlari hududni kompleks va balansli rivojlantirishning pirovard maqsadli yo‘nalishlari hisoblanadi (11, 11a, 11b, 11v-jadvallar*).
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
* 11, 11a, 11b, 11v-jadvallar rus tilidagi matnda berilgan.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Aholi bandligi muammolarini hal etish hududda quyidagi chora-tadbirlarni amalga oshirishni taqozo etadi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
yangi zamonaviy ishlab chiqarish quvvatlarini ishga tushirish, mavjud quvvatlarni kengaytirish va rekonstruksiya qilish, ulardan foydalanish samaradorligini oshirish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
kichik biznes va xususiy tadbirkorlikni, xizmatlar ko‘rsatish va servis sohasini jadal rivojlantirish va har tomonlama rag‘batlantirish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
yirik sanoat korxonalari bilan kooperatsiyalash orqali kasanachilikni rivojlantirish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
ijtimoiy va bozor infratuzilmasini rivojlantirish maqsadida yangi obyektlarni foydalanishga topshirish.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Mintaqalarning moliyaviy barqarorligi. Dotatsiyada bo‘lgan tumanlarning mahalliy budjetdagi dotatsiya ulushini kamaytirish hamda qolgan tuman va shaharlarning iqtisodiy barqarorligini ta’minlash hududiy rivojlantirish strategiyasining muhim yo‘nalishidir. Hisob-kitoblarga ko‘ra, tumanlarni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirishning tavsiya etilayotgan yo‘nalishlari 2009-2010-yillarda dotatsiya oladigan tumanlar sonini 5 tadan 2 tagacha qisqartirish imkonini beradi (12-jadval*).
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
* 12-jadval rus tilidagi matnda.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2. Moliyalashtirish va resurslar bilan ta’minlash
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Dasturni amalga oshirish uchun quyidagi asosiy manbalar hisobiga moliyaviy resurslar nazarda tutilmoqda:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
to‘g‘ridan to‘g‘ri xorijiy investitsiyalarni tayyor mahsulot ishlab chiqaradigan, shuningdek mineral-xomashyo resurslarini kompleks qazib oladigan va qayta ishlaydigan korxonalar tashkil qilishga jalb etish mo‘ljallanmoqda;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
xususiy ichki investitsiyalar (mamlakatimiz investorlari va xo‘jalik yurituvchi subyektlar mablag‘lari), ularning shuningdek ishlab turgan korxonalarni modernizatsiyalash va texnika bilan qayta jihozlashga, xizmatlar ko‘rsatish va servis sohasining yangi obyektlarini tashkil etishga yo‘naltiriladigan mablag‘lari;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
qarz olingan xorijiy investitsiyalar va Hukumat kafolatisiz jalb etiladigan kreditlar;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
asosan ijtimoiy sektorga va ishlab chiqarish infratuzilmasini rivojlantirishga yo‘naltiriladigan davlat budjetidan va budjetdan tashqari fondlardan investitsiyalar.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Vazirlar Mahkamasining 2009-yil 11-fevraldagi 37-son qaroriga
3-ILOVA
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2009-2010-yillarda Navoiy viloyatini kompleks ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish dasturi amalga oshirilishini ta’minlash bo‘yicha Muvofiqlashtiruvchi kengash
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
TARKIBI

Shoismatov E.R. —‎‎ Bosh vazir o‘rinbosari, Muvofiqlashtiruvchi kengash raisi‎
Turdimov E.O. ‎ —‎‎ Navoiy viloyati hokimi, kengash raisining o‘rinbosari‎
G‘aniyev E.M. ‎ —‎‎ Tashqi iqtisodiy aloqalar, investitsiyalar va savdo vaziri, kengash raisining o‘rinbosari‎
Sanaqulov Q.S. ‎ —‎‎ Navoiy kon-metallurgiya kombinati bosh direktori‎
Xaitov A.A.‎ —‎‎ Mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish vaziri vazifasini bajaruvchi‎
Shoabdurahmanov R.M. ‎ —‎‎ Iqtisodiyot vazirining o‘rinbosari
Tursunov Y.E.‎ —‎‎ Moliya vazirining o‘rinbosari‎
Rofiyev Q.T. ‎ —‎‎ Markaziy bank raisining birinchi o‘rinbosari ‎
Shayxov A.E.‎ —‎‎ Savdo-sanoat palatasi raisi‎
Xamrayev Sh.R. —‎‎ Qishloq va suv xo‘jaligi vazirining o‘rinbosari‎
Maksumov N.E.‎ —‎‎ “Davarxitektqurilish” qo‘mitasi raisining birinchi o‘rinbosari‎
Musayev D.O. ‎ —‎‎ Davlat mulki qo‘mitasi raisi‎
Ismoilov J.G‘. —‎‎ Monopoliyadan chiqarish va raqobatni rivojlantirish davlat qo‘mitasi raisi
Xolmuxamedov O‘.O. ‎ —‎‎ “O‘zkommunxizmat” agentligining bosh direktori‎
Akramov E.M.‎ —‎‎ “O‘zqurilishmateriallari” kompaniyasining raisi‎
Vagapov I.X. ‎ —‎‎ “O‘ztransgaz” kompaniyasining raisi
Teshaboyev B.M.‎ —‎‎ “O‘zbekenergo” kompaniyasining raisi‎
Uzoqov U.Y.‎ —‎‎ Vazirlar Mahkamasining Qishloq va suv xo‘jaligi, qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini qayta ishlash hamda iste’mol tovarlari masalalari axborot-tahlil departamenti mudiri‎
Yusupov E.A.‎ —‎ Vazirlar Mahkamasining Iqtisodiyot va tashqi iqtisodiy aloqalar masalalari yig‘ma axborot-tahlil departamenti yetakchi mutaxassisi, Muvofiqlashtiruvchi kengash kotibi‎
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
* Viloyatdagi barcha shahar va tumanlar hokimlari Muvofiqlashtiruvchi kengash a’zolari hisoblanadi.
(3-ilova O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2010-yil 2-iyundagi 105-son qarori tahririda — O‘R QHT, 2010-y., 23-son, 182-modda)
(O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari to‘plami, 2009-y., 7-son, 70-modda; 2010-y., 23-son, 182-modda)