24.01.2009 yilda ro‘yxatdan o‘tgan, ro‘yxat raqami 1890
ONLINE TRANSLATE
Oʻzbekiston Respublikasi Mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish vazirining buyrugʻi, 24.01.2009 yilda ro‘yxatdan o‘tgan, ro‘yxat raqami 1890
Kuchga kirish sanasi
03.02.2009
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI MEHNAT VA AHOLINI IJTIMOIY MUHOFAZA QILISH VAZIRINING
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
buyrugʻi
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
BALANDLIKDA ISHLAGANDA MEHNATNI MUHOFAZA QILISH QOIDALARINI TASDIQLASH HAQIDA
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
[Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 2009-yil 24-yanvarda roʻyxatdan oʻtkazildi, roʻyxat raqami 1890]
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2000-yil 12-iyuldagi 267-sonli qarori bilan tasdiqlangan “Mehnatni muhofaza qilishga doir qoida va normalarni qayta koʻrib chiqish, ishlab chiqish va joriy etish Dasturi” ijrosini taʼminlash maqsadida buyuraman:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1. Balandlikda ishlaganda mehnatni muhofaza qilish qoidalari ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2. Mazkur buyruq Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligida davlat roʻyxatidan oʻtkazilgan kundan boshlab oʻn kun oʻtgach kuchga kiradi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish vaziri v.b. A. XAITOV
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Toshkent sh.,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2008-yil 17-dekabr,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
75-son
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish vazirining 2008-yil 17-dekabrdagi 75-sonli buyrugʻi bilan
TASDIQLANGAN
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Balandlikda ishlaganda mehnatni muhofaza qilish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
QOIDALARI
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Mazkur Qoidalar aviatsiya texnikasiga texnik xizmat koʻrsatishda, taʼmirlashda, shuningdek, fuqaro aviatsiyasi tizimiga kiruvchi korxonalar, muassasalar, tashkilotlar va oʻquv yurtlarida (bundan keyingi oʻrinlarda korxonalar deb yuritiladi) balandlikdagi qurilish-montaj va boshqa ishlarni bajarishda mehnatni muhofaza qilish talablarini belgilaydi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
I. Umumiy qoidalar
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1. Mazkur Qoidalar yer, tom toʻsini yoki ishchi toʻshama yuzasidan 1,5 metr va undan balandlikda narvonlar, narvonchalar, supalar, maydonchalar, mashinalar va boshqa yordamchi uskunalarning ustida turib bajariladigan ishlarga, shuningdek, havo kemalari konstruksiyalari elementi hamda bino va inshootlarning ustida ularning balandligi chegarasidan 2 metrdan ortiq boʻlmagan masofadagi ishlarni bajarishga tatbiq etiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2. Mazkur Qoidalar korxonalarda balandlikdagi texnik xizmat koʻrsatish, taʼmirlash, shuningdek, qurilish-montaj va boshqa ishlarni bajaruvchi shaxslar tomonidan qoʻllanishi shart.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3. Mazkur Qoidalarning bajarilishini nazorat qilish korxonaning rahbari va mehnatni muhofaza qilishga masʼul xodimlar zimmasiga yuklatiladi.
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
4. Mazkur Qoidalar texnik jihatdan tartibga solish sohasidagi normativ hujjatlar, shaharsozlik normalari va qoidalari, sanitariya qoidalari, normalari va gigiyena normativlari talablari bajarilishi shart ekanligini istisno etmaydi.
(4-band Oʻzbekiston Respublikasi kambagʻallikni qisqartirish va bandlik vazirining 2025-yil 20-iyundagi 12-2025/B-sonli buyrugʻi (roʻyxat raqami 3653, 25.07.2025-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 26.07.2025-y., 10/25/3653/0652-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
41. Mehnatni muhofaza qilish boʻyicha nazorat Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 24-dekabrdagi 819-son qarori bilan tasdiqlangan Tashkilotlarda mehnatni muhofaza qilish ishlarini hamda mehnatni muhofaza qilish xizmati faoliyatini tashkil etish tartibi toʻgʻrisidagi nizomga muvofiq amalga oshiriladi.
(41-band Oʻzbekiston Respublikasi kambagʻallikni qisqartirish va bandlik vazirining 2026-yil 6-martdagi 3-2026/B-sonli buyrugʻiga (roʻyxat raqami 3795, 19.03.2026-y.) asosan kiritilgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 19.03.2026-y., 10/26/3795/0257-son)
Oldingi tahrirga qarang.
(5-band Oʻzbekiston Respublikasi kambagʻallikni qisqartirish va bandlik vazirining 2025-yil 20-iyundagi 12-2025/B-sonli buyrugʻiga (roʻyxat raqami 3653, 25.07.2025-y.) asosan oʻz kuchini yoʻqotgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 26.07.2025-y., 10/25/3653/0652-son)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
II. Xavfsizlikning umumiy talablari
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1-§. Mehnatni muhofaza qilish xizmatini tashkil etish
Oldingi tahrirga qarang.
(6-band Oʻzbekiston Respublikasi kambagʻallikni qisqartirish va bandlik vazirining 2025-yil 20-iyundagi 12-2025/B-sonli buyrugʻiga (roʻyxat raqami 3653, 25.07.2025-y.) asosan oʻz kuchini yoʻqotgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 26.07.2025-y., 10/25/3653/0652-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
7. Korxonalarda mehnatni muhofaza qilish borasidagi ishlarni tashkil qilish Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 24-dekabrdagi 819-son qarori bilan tasdiqlangan Tashkilotlarda mehnatni muhofaza qilish ishlarini hamda mehnatni muhofaza qilish xizmati faoliyatini tashkil etish tartibi toʻgʻrisidagi nizomga muvofiq amalga oshirilishi lozim.
(7-band Oʻzbekiston Respublikasi kambagʻallikni qisqartirish va bandlik vazirining 2026-yil 6-martdagi 3-2026/B-sonli buyrugʻi (roʻyxat raqami 3795, 19.03.2026-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 19.03.2026-y., 10/26/3795/0257-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
71. Mehnatni muhofaza qilish xizmati va yoʻl harakati xavfsizligi xizmati korxonaning mustaqil tarkibiy boʻlinmalari boʻlib, ular bevosita korxona rahbariga boʻysunadi.
(71-band Oʻzbekiston Respublikasi kambagʻallikni qisqartirish va bandlik vazirining 2026-yil 6-martdagi 3-2026/B-sonli buyrugʻiga (roʻyxat raqami 3795, 19.03.2026-y.) asosan kiritilgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 19.03.2026-y., 10/26/3795/0257-son)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
8. Korxonalarda balandlikda ishlarni bajaruvchi mehnatni muhofaza qilish xizmatining xodimlari (bundan keyingi oʻrinlarda xodimlar deb yuritiladi) lavozim yoʻriqnomasiga binoan ularning majburiyatlari jumlasiga kiritilmagan boshqa ishlarni bajarishga jalb qilinishi mumkin emas.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
9. Korxonalarda mehnat faoliyati bilan bogʻliq ravishda sodir boʻlgan baxtsiz hodisalar va boshqa jarohatlanishlarni oʻrganish va hisobini yuritish Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1997-yil 6-iyundagi 286-sonli qarori bilan tasdiqlangan “Ishlab chiqarishda sodir boʻlgan baxtsiz hodisalar va boshqa jarohatlanishlarni oʻrganish va hisobini yuritish toʻgʻrisidagi nizom”ga (Oʻzbekiston Respublikasi Hukumati qarorlari toʻplami, 1997-y., 6-son, 21-modda) muvofiq amalga oshirilishi lozim.
Oldingi tahrirga qarang.
(10-band Oʻzbekiston Respublikasi kambagʻallikni qisqartirish va bandlik vazirining 2025-yil 20-iyundagi 12-2025/B-sonli buyrugʻiga (roʻyxat raqami 3653, 25.07.2025-y.) asosan oʻz kuchini yoʻqotgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 26.07.2025-y., 10/25/3653/0652-son)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2-§. Xodimlarga yoʻriqnoma berish, oʻqitish va ularning bilimlarini tekshirish ishlarini tashkil etish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
11. Xodimlar oʻz kasblari va ish turlari boʻyicha belgilangan tartibda oʻqishlari, yoʻl-yoʻriqlar olishlari, bilimlarini tekshiruvdan oʻtkazishlari hamda kasbiy-texnik tayyorgarlikdan oʻtgan boʻlishlari shart.
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
111. Xodimlarning mehnatni muhofaza qilish boʻyicha bilimlarini sinovdan oʻtkazish Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 24-dekabrdagi 819-son qarori bilan tasdiqlangan Mehnatni muhofaza qilish boʻyicha yoʻl-yoʻriqdan oʻtkazish, oʻqitish va bilimlarni tekshirish, malaka oshirish hamda qayta tayyorlash toʻgʻrisidagi nizomga muvofiq amalga oshirilishi lozim.
(111-band Oʻzbekiston Respublikasi kambagʻallikni qisqartirish va bandlik vazirining 2026-yil 6-martdagi 3-2026/B-sonli buyrugʻiga (roʻyxat raqami 3795, 19.03.2026-y.) asosan kiritilgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 19.03.2026-y., 10/26/3795/0257-son)
Oldingi tahrirga qarang.
(12-band Oʻzbekiston Respublikasi kambagʻallikni qisqartirish va bandlik vazirining 2025-yil 20-iyundagi 12-2025/B-sonli buyrugʻiga (roʻyxat raqami 3653, 25.07.2025-y.) asosan oʻz kuchini yoʻqotgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 26.07.2025-y., 10/25/3653/0652-son)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3-§. Balandlikda ishlarni bajarishdagi xavfli va zararli omillar
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
13. Har bir korxonada ishlab chiqarishning aniq shart-sharoitlari hisobga olingan holda xavfli va zararli ishlab chiqarish omillarining roʻyxati tuziladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
14. Balandlikda ishlarni bajarishda quyidagi xavfli va zararli omillar taʼsir qilishi mumkin:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
konstruksiyasi nosoz boʻlgan narvon, narvoncha, havoza, supa hamda boshqa yordamchi uskuna va moslamalar;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
balandlikdan tushib ketuvchi buyumlar (asboblar, materiallar va boshqalar);
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
yuqori darajadagi sirpanishning mavjudligi (yer, pol, trap, havoza, soʻri va boshqa qoʻshimcha uskunalarning yuzasini muzlashi, namlanishi va moylanishi natijasida);
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
harakatlanuvchi maxsus avtotransport vositalari, oʻzi yurar mexanizmlar, buyumlar va boshqa materiallar;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
ochiq havoda ishlaganda shamol tezligining oshishi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
atmosferada elektrik razryadlarining hosil boʻlishi (yashinlar);
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
ish zonasining yetarli darajada yoritilmasligi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
ortiqcha jismoniy zoʻriqish va ruhiy charchash.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
15. Yangi zararli moddalar paydo boʻlishiga yoki xavfli va zararli omillar kamayishiga olib keladigan texnologik jarayonlar oʻzgarishlarida yoki yangi ishlab chiqarish uskunalarini joriy qilishda roʻyxatga tegishli oʻzgartirishlar kiritilishi lozim.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
4-§. Xodimlarni ishlab chiqarish jarayonida qatnashishga qoʻyish yuzasidan talablar
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
16. Korxona xodimlari ishlarni bajarishning xavfsiz uslublari va usullari hamda ishlab chiqarishdagi baxtsiz hodisalardan jabrlanganlarga yordam koʻrsatishga oʻqitilib, olingan bilimlari tekshiruvdan oʻtkazilgandan soʻng ishlab chiqarish jarayonida ishtirok etishga ruxsat etilishi lozim.
(16-bandning birinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi kambagʻallikni qisqartirish va bandlik vazirining 2025-yil 20-iyundagi 12-2025/B-sonli buyrugʻi (roʻyxat raqami 3653, 25.07.2025-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 26.07.2025-y., 10/25/3653/0652-son)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻta xavfli ishlarga tegishli kasbiy maʼlumotga ega boʻlmagan shaxslarni qabul qilish man etiladi.
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
17. Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2023-yil 14-iyuldagi 290-son qarori bilan tasdiqlangan Oʻn sakkiz yoshga toʻlmagan shaxslarning mehnatidan foydalanilishi taqiqlangan ogʻir ishlarning hamda zararli yoki xavfli mehnat sharoitlaridagi ishlarning roʻyxatiga muvofiq oʻn sakkiz yoshga toʻlmagan shaxslar ogʻir ishlarga hamda zararli va xavfli mehnat sharoiti mavjud ishlarga qabul qilinmasligi lozim.
(17-band Oʻzbekiston Respublikasi kambagʻallikni qisqartirish va bandlik vazirining 2023-yil 29-noyabrdagi 81-2023/B-sonli buyrugʻi (roʻyxat raqami 3484, 18.12.2023-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 20.12.2023-y., 10/23/3484/0951-son)
Oldingi tahrirga qarang.
(18-band Oʻzbekiston Respublikasi kambagʻallikni qisqartirish va bandlik vazirining 2023-yil 29-noyabrdagi 81-2023/B-sonli buyrugʻiga (roʻyxat raqami 3484, 18.12.2023-y.) asosan oʻz kuchini yoʻqotgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 20.12.2023-y., 10/23/3484/0951-son)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
5-§. Xodimlarning sogʻligʻini nazorat qilish
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
19. Balandlikdagi barcha ishlarni bajarishga belgilangan tartibda dastlabki (mehnat shartnomasini tuzayotganda) va davriy (mehnat faoliyati davomida) majburiy tibbiy koʻrikdan oʻtgan hamda tibbiy jihatdan sogʻlom boʻlgan shaxslar qoʻyiladi.
(19-band Oʻzbekiston Respublikasi kambagʻallikni qisqartirish va bandlik vazirining 2025-yil 20-iyundagi 12-2025/B-sonli buyrugʻi (roʻyxat raqami 3653, 25.07.2025-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 26.07.2025-y., 10/25/3653/0652-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
20. Korxona maʼmuriyati (yoki ish beruvchi) kasaba uyushmasi qoʻmitasi va vakolatli sogʻliqni saqlash organlari bilan birgalikda har yili dastlabki va davriy majburiy tibbiy koʻrikdan oʻtishi lozim boʻlgan balandlikdagi ishlarni bajaruvchi xodimlarning roʻyxatini tuzishi hamda xodimlarning koʻrikka kelishini taʼminlashi lozim.
(20-band Oʻzbekiston Respublikasi kambagʻallikni qisqartirish va bandlik vazirining 2025-yil 20-iyundagi 12-2025/B-sonli buyrugʻi (roʻyxat raqami 3653, 25.07.2025-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 26.07.2025-y., 10/25/3653/0652-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
21. Korxonalarda xodimlarning salomatligini nazorat qilish Xodimlarni tibbiy koʻrikdan oʻtkazish tartibi toʻgʻrisidagi nizom (roʻyxat raqami 2387, 2012-yil 29-avgust) asosida amalga oshirilishi lozim.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Xodimlar majburiy tibbiy koʻrikdan oʻtishdan boʻyin tovlashga haqli emas.
(21-band Oʻzbekiston Respublikasi kambagʻallikni qisqartirish va bandlik vazirining 2025-yil 20-iyundagi 12-2025/B-sonli buyrugʻi (roʻyxat raqami 3653, 25.07.2025-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 26.07.2025-y., 10/25/3653/0652-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
22. Majburiy tibbiy koʻriklar korxonalarga tibbiy xizmatlar koʻrsatuvchi davolash-profilaktika muassasalari tomonidan, ular boʻlmagan taqdirda esa korxona joylashgan yerdagi davolash-profilaktika muassasalari tomonidan oʻtkaziladi. Majburiy tibbiy koʻriklar davolash-sogʻlomlashtirish tadbirlari belgilangan tekshirish dalolatnomasi bilan yakunlanishi lozim.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Korxona maʼmuriyati (yoki ish beruvchi) va kasaba uyushmasi qoʻmitasi majburiy tibbiy koʻrik dalolatnomasi bilan tanishib chiqishi, ish beruvchi esa dalolatnomada koʻzda tutilgan barcha tadbirlar va koʻrsatmalarni bajarishi lozim.
(22-band Oʻzbekiston Respublikasi kambagʻallikni qisqartirish va bandlik vazirining 2025-yil 20-iyundagi 12-2025/B-sonli buyrugʻi (roʻyxat raqami 3653, 25.07.2025-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 22.07.2025-y., 10/25/2015-4/0643-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
23. Davriy majburiy tibbiy koʻriklar oʻz vaqtida, sifatli oʻtkazilishi va ularning natijalariga koʻra tavsiyalar bajarilishi uchun javobgarlik korxona maʼmuriyati zimmasiga yuklanadi.
(23-band Oʻzbekiston Respublikasi kambagʻallikni qisqartirish va bandlik vazirining 2025-yil 20-iyundagi 12-2025/B-sonli buyrugʻi (roʻyxat raqami 3653, 25.07.2025-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 22.07.2025-y., 10/25/2015-4/0643-son)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
24. Xodimlarni sogʻligʻi tufayli ularga ruxsat etilmagan ishlarda ishlatish taqiqlanadi.
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
25. Ish beruvchi majburiy tibbiy koʻrikdan oʻtmagan yoxud majburiy tibbiy koʻrik natijalariga koʻra tibbiy komissiyalar tomonidan berilgan tavsiyalarni bajarishdan boʻyin tovlagan shaxslarni ishdan chetlashtirishi shart.
(25-band Oʻzbekiston Respublikasi kambagʻallikni qisqartirish va bandlik vazirining 2025-yil 20-iyundagi 12-2025/B-sonli buyrugʻi (roʻyxat raqami 3653, 25.07.2025-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 22.07.2025-y., 10/25/2015-4/0643-son)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
6-§. Xodimlarning himoya vositalari
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
26. Xodimlarning zararli va xavfli ishlab chiqarish muhiti omillaridan himoya qilish ishlovchilarni himoya qilish boʻyicha tegishli standartlar talablariga mos jamoaviy va shaxsiy himoya vositalaridan foydalanish orqali taʼminlanishi lozim.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
27. Ishchi va xizmatchilar belgilangan tartib boʻyicha korxona tomonidan shaxsiy himoya vositalari bilan taʼminlanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
28. Himoya vositalaridan foydalangan holda ishlovchilar ularning qoʻllanilishi, himoya xususiyatlari, amal qilish muddati toʻgʻrisida maʼlumotlarga ega boʻlishi hamda ulardan foydalanishga oʻrgatilishi lozim.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
29. Xodimlar balandlikda toʻsiq oʻrnatish imkoniyati boʻlmagan qisqa muddatli ishlarni bajarayotganlarida saqlash kamarlaridan foydalanishlari shart. Bunday ishlar bajarilayotgan joyda boshqa ishlar bilan band boʻlmagan va ishlayotgan xodimga shoshilinch yordam koʻrsatishga tayyor hamda oʻzida saqlash kamari va tirnoqlari bor (yogʻoch machtada ish bajarilayotgan holatda) ishchi turishi lozim.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
30. Kamarlar tasmali (yelka va son tasmalari) yoki tasmasiz boʻlishi mumkin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
31. Kamarlar uzunligi boʻyicha oʻzgaruvchan boʻlishi hamda tana bel qismining 640 mm. dan 1500 mm.gacha boʻlgan qismini oʻrab turishga moʻljallangan boʻlishi lozim. Shuningdek, kamar tasmasining kengligi 50 mm.dan, tasmasiz kamarlarning tana yelka qismidan oʻtadigan joyining eni 50 mm.dan, tana bel qismidagi eni esa 80 mm. dan kam boʻlmasligi lozim.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
32. Kamar va uning amortizatori uchun ishlatiladigan materiallarning statik uzilish ogʻirligi 7000 N dan (700 kg.) kam boʻlmagan yuklanishga chidamli boʻlishi lozim.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
33. Kamar massasi 100 kg. yukning kamar tasmasining ikki maksimal uzunligiga teng boʻlgan, balandlikdan qulashida yuzaga keladigan va dinamik ogʻirlikka bardosh berishi lozim.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
34. Kamarning prujinali ilgagi qalin qoʻlqop kiyganda bir qoʻl bilan tez va mustahkam qotirish va yechishni taʼminlashi kerak. Bunda prujinali ilgakning qotirish va yechish ishlarining davom etish vaqti 3 soniyadan oshmasligi kerak.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
35. Prujinali ilgak kutilmagan ochilish holatlarini istisno qiluvchi saqlash qurilmasi bilan taʼminlangan boʻlishi lozim. Prujinali ilgakni ochish uchun zarur boʻlgan harakat, 30 N dan (3 kg.) kam va 80 N dan (8 kg.) ortiq boʻlmasligi shart. Prujinali ilgak avtomat tarzda yopilishi kerak.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
36. Har bir kamar oʻzining markirovkasiga ega boʻlishi kerak. Ishlovchi kamardan foydalanish jarayonida har 6 oydan keyin, navbatdagi foydalanishdan oldin har bir kamarni 2250 N ga (225 kg.) teng boʻlgan statik yukda sinab koʻrishi kerak va bu haqda navbatdagi sinovning sanasini koʻrsatib, markirovka qoʻyiladigan joyga belgilab qoʻyishi kerak.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
37. Saqlash kamarlarining bogʻlab qoʻyadigan tasmalari boʻlmasa, muhofaza arqonlarini qoʻllash zarur boʻladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
38. Balandlikda ishlarni bajarishda ishlovchilar sirpanishga qarshi ishlangan maxsus poyabzal hamda himoya kaskasi bilan taʼminlangan boʻlishlari kerak.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
III. Balandlikda bajariladigan ishlarga (texnologik jarayonlar) boʻlgan talablar
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
39. Balandlikda bajariladigan ishlarning (texnologik jarayonlar) taxminiy roʻyxati 1-ilovada keltirilgan.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
40. Balandlikda bajariladigan texnologik jarayonlar texnologik hujjatlar, qoʻllanilayotgan mashina va mexanizm hamda ishchilarni ish jarayonida mavjud boʻlgan xavfli va zararli omillarning taʼsiridan himoya qilishni taʼminlovchi talablarga rioya qilgan holda tashkil etilishi va olib borilishi kerak.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
41. Balandlikda bajariladigan ishlar har qanday turdagi ishlar uchun quyidagi maxsus toʻsiqlarga ega boʻlgan uskuna va moslamalar yordamida bajarilishi kerak:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
dok, supa va havozalar;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
koʻchma vishka, platforma va osma kajavalar;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
doimiy mustahkamlangan narvon;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
narvon va narvonchalar.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Toʻsiq oʻrnatish imkoni boʻlmaganda balandlikdagi ishlarda qoʻllaniladigan saqlash kamarlaridan foydalaniladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
42. Balandlikda ishlarni bajarishda turish uchun moʻljallangan toʻshamalarni bochkalar, yashiklarning ustiga va boshqa joylarga oʻrnatib ketaverish mumkin emas. Shuningdek, havoza, platforma va supalardan tal va bloklarni mustahkamlash uchun tayanch konstruksiyasi sifatida foydalanib boʻlmaydi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
43. Mustahkamlanmagan narvon bilan ishlarni bajarayotganda narvon ishchi tomonidan turgʻun holatda ushlab turilishi lozim. Narvonning yuqori qismini qoʻshimcha bogʻichsiz gorizontaliga 750S dan ortiq burchak ostida oʻrnatish man etiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
44. Quyidagi ishlarni bajarishda yuqori maydonchasida toʻsiq boʻlmagan narvon va narvonchalarda ishlash man etiladi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
aylanadigan mexanizmlar, ishlab turgan mashinalar, transportyor, galvanik vannalar va boshqalarning oldida va tepasida;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
elektrik va pnevmatik asboblar, qurilish-montaj toʻpponchalaridan foydalanishda;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
gaz-elektr chilangarlik ishlarini bajarishda;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
ishlovchiga yiqitib yuborish holatlarini yuzaga keltiruvchi kuch taʼsirida (simlarni tarang tortishda va boshqa holatlarda).
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
45. Massasi 20 kg.dan ortiq yuklarni yuqoriga koʻtarish (tushirish) ishlari mexanizatsiya vositalari yordamida amalga oshiriladi. Massasi 20 kg. va undan kamroq yuklarni yuqoriga koʻtarish (tushirish) ishlari uzunligi koʻtarish (tushirish) balandligining uch baravaridan kam boʻlmagan arqon yordamida amalga oshiriladi. Arqondan foydalanishda yuk uning oʻrtasiga bogʻlanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
46. Buyumlarni narvonlarda qoʻl bilan koʻtarish va tushirish man etiladi. Massasi 10 kg.dan kam boʻlgan buyumlarni narvon orqali olib chiqish va tushirishda yelkaga taqiladigan xaltalardan foydalanishga ruxsat beriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
47. Zarurat boʻlganda ayni bir vaqtda detallarni ushlab turib ishlarni bajarishda ustki maydonchasi bor, uch tomonlama toʻsiqli (panjarali) narvon va narvonchalarni qoʻllash lozim. Narvon yoki narvonchaning yuqori pogʻonasida turib ishlashga yoʻl qoʻyilmaydi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
48. Osma kajavalarga kirish va chiqish faqat yerda amalga oshiriladi. Deraza oʻrni, balkon, tomlardan shu maqsadlarda foydalanishga yoʻl qoʻyilmaydi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
49. Momaqaldiroq, yaxmalak, tuman va ish fronti doirasida koʻrish qiyinlashganda, shuningdek, shamolning tezligi soatiga 15 m. va undan ortiq boʻlganda, ob-havo omillarining pasayishi tufayli qoʻshimcha cheklashlar mavjud boʻlmasa, balandlikdagi ishlarni ochiq maydonchalarda bajarish man etiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Shamolning tezligi soatiga 10 m. va undan ortiq boʻlganda tik tushgan panellarni koʻchirish va oʻrnatish boʻyicha ishlar toʻxtatiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Shamolning tezligi soatiga 7 m.dan ortiq boʻlganda samolyot fyuzelyajini (korpusi) va balandlikda joylashgan qismlarini gʻiloflash va gʻilofini yechish man etiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
IV. Ishlab chiqarish uskunalariga boʻlgan talablar
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
50. Balandlikdagi ishlarni bajarishda qoʻllaniladigan yordamchi uskunalar standart va texnik sharoitlarga muvofiq boʻlishi lozim boʻlib, ular quyidagilardan iborat:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
havoza va roʻyxatga olingan supalar;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
narvon va narvonchalar;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
harakatlanuvchi kuzatuv minorasi, maydoncha, osma kajava va boshqalar.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
51. Doklarning platformalari (maydonlari) dagʻal, yiqilib ketish holatlari taʼsiriga nisbatan mustahkam boʻlishi, uning ustida ishlagan vaqtda joyini oʻzgartirishni istisno qiluvchi autrigerlar bilan jihozlangan boʻlishi kerak.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
52. Doklarning har bir qavatida ishlash maydonchalari 1 m. balandlikdagi toʻsiqlar bilan oʻralgan boʻlishi lozim boʻlib, bunda 1 m. balandlikdagi toʻsiqlarni oʻrnatish mumkin boʻlmagan joylar istisno qilinadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
53. Platformalarning ishlash maydonchalaridagi toʻshama va narvon zinalari yoqilgʻi-moy materiallari taʼsiriga chidamli, oson yuviladigan, olovga chidamli hamda sirgʻanib ketmaydigan boʻlishi kerak.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Platformalarni koʻtarish uchun moʻljallangan tros-bloklari tizimi oʻzini oʻzi toʻxtatib qoluvchi mexanizmlarga ega boʻlishlari kerak. Platformalarda muhofaza kamarlarini mustahkam ilib qoʻyiladigan joy koʻzda tutilgan boʻlishi kerak.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
54. Havoza va supalarning toʻshamalari qalinligi 40 mm.dan kam boʻlmagan taxtalardan qilinishi hamda taxtalarning oʻrtasi 5 mm.dan oshmaydigan oraliqli tekis yuzaga ega boʻlishi lozim. Bir-biriga birlashuvchi taxtalarning uchi tayanch joyda joylashgan boʻlishi va uni har tomonidan kamida 200 mm.dan yopib turishi kerak.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
55. Yer sathi yoki tom toʻsinidan 1,5 m. hamda undan balandda joylashgan toʻshama, havoza, maydoncha va supalarning balandligi 1,5 m.dan kam boʻlmagan tutqich, oraliq elementi va yonbosh toʻsiqlari boʻlgan, balandligi 1 m.dan kam boʻlmagan panjaralar bilan toʻsiladi. Toʻshamaning eni 1 m.dan kam boʻlmasligi, tutqich ustunlarining oraligʻi esa 2 m.dan kam boʻlmasligi kerak.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
56. Havozalarning toʻsiq va tutqichlari 700 N (70 kg.) statik yuklanishga bardosh berishi kerak.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
57. Doklar va havozalar odamlarni va materiallarni koʻtarish hamda tushirish uchun mustahkam narvonga ega boʻlishi kerak. Doklar, platforma va havozalarning konstruksiyalariga massasi 20 kg.dan ortiq yuklarni koʻtarish uskunasini oʻrnatish man etiladi. Toʻshamadagi narvondan chiqish oʻrni 3 tarafdan toʻsilgan boʻlishi kerak.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
58. Doklar, havoza va supalarning narvonlari va toʻshamalari ish tamom boʻlgandan keyin vaqti-vaqti bilan axlat, moy hamda material qoldiqlaridan tozalab turilishi kerak.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Qish paytlarida toʻshama va narvonlar qordan, muzlamalardan tozalanishi hamda zarurat boʻlganda ularga qum sepilishi kerak. Ularda uchi qayirilgan mixlar, bosh qismi chiqib qolgan boltlar va boshqa chiqib turgan buyumlar hamda mustahkamlanmagan taxtalar boʻlmasligi kerak.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
59. Doklar va metall havozalar pachoqlanmagan, yorilmagan va boshqa nuqsonlarga ega boʻlmagan toʻgʻri metall trubalardan tayyorlangan boʻlishi lozim.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
60. Doklar va qismlarga ajraladigan metall havozalar ortib boradigan tiragichlarning ishonchli birikmalariga ega boʻlishi kerak. Doklar va havozalarni mustahkamlash uchun faqat metallardan yasalgan mustahkamlash elementlarini ishlatish kerak (boltlar, torlar va skobalar).
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
61. Doklar va metall havozalar yerga ulangan boʻlishi kerak.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
62. Doklar va metall havozalarni ochiq havoda oʻrnatishda yashin qabul qiluvchi, tok oʻtkazgich va yerga ulagichdan iborat boʻlgan yashindan himoya qiluvchi qurilma mavjud boʻlishi kerak. Yerga ulash qarshiligi 15 OMdan oshmasligi kerak.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
63. Osma kajavalardan foydalanishga ularni faqat hisoblangandan 50% oshiq statik yuklanishda hamda hisoblangandan 10% oshiq dinamik yuklanishda sinalgandan keyin ruxsat beriladi va bu haqda dalolatnoma tuziladi. Agar ishlab chiqaruvchining texnik shartlari yoki yoʻriqnomasi bilan boshqa muddatlar koʻzda tutilmagan boʻlsa, sinovlar kamida olti oyda bir marta oʻtkaziladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
64. Odamlarni chiqarish va tushirish uchun qurilmalar toʻsiqlarga ega boʻlishi va xavfli zonalardan tashqarida joylashgan boʻlishi kerak. Osma kajavani koʻtarish uchun ishlatiladigan poʻlat simlar hisob bilan tekshirilgan boʻlishi va toʻqqiz baravardan kam boʻlmagan mustahkamlik darajasiga ega boʻlishi kerak. Osma kajavalarni koʻtarish uchun xizmat qiladigan yuk koʻtarish kranlari kranlarining tuzilishi va ulardan xavfsiz foydalanishning belgilangan talablariga javob berishi lozim.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
65. Osma kajavalarning balandligi 1,2 m. boʻlgan toʻrt taraflama toʻsiqqa ega boʻlishi kerak. Ular osilib turadigan konsollar, devorga taglik orqali tayanib turishi kerak. Karnizlardan tayanch sifatida foydalanishga yoʻl qoʻyilmaydi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
66. Metall machtalar ishlovchini koʻtarish uchun narvonlar bilan taʼminlangan boʻlishi kerak. Narvonlar tasma-tasma yoki dumaloq poʻlatdan boʻlgan, balandligi 700 — 800 mm.dan yoy koʻrinishidagi saqlash toʻsiqlariga ega boʻlishi kerak. Yoylar bir-biridan 800 mm. masofa uzoqlikda oʻrnatiladi va oʻzaro uchta poʻlat tasma yoki sim parchasi bilan birlashtiriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
67. Vertikal narvonlarning pogʻonalari diametri 18 mm. dumaloq poʻlatdan, uzunligi kamida 400 mm.dan kam boʻlmagan, sirpanishga qarshi nov shakliga ega boʻlishi kerak. Pogʻonalar oʻrtasidagi masofa 400 mm.dan ortiq boʻlmasligi kerak.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Machtaga koʻtarilishda ishlovchining dam olishi uchun bir-biridan 20 m.dan ortiq boʻlmagan masofada joylashgan metall maydonchalar koʻzda tutilgan boʻlishi kerak. Maydonchalarning balandligi 1 m.dan kam boʻlmagan panjaralar bilan oʻralgan boʻlishi kerak.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
68. Narvon va narvonchalarning konstruksiyalari xavfsiz ish sharoitlarini taʼminlashi va quyidagilarni koʻzda tutishi kerak:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
oʻz-oʻzidan yigʻilish va surilib ketishni oldini oluvchi moslamaning mavjudligi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
choʻkish va agʻdarilib ketishni oldini oluvchi moslamaning mavjudligi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1,5 m. va undan balandda ishlayotganda panjara va saqlash kamarlarining mustahkamlanganligini taʼminlovchi moslamalarning mavjudligi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
metall pogʻonalarning taram-taram yuzaga ega boʻlishi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
69. Metall narvon va narvonchalar ular haqida aniq maʼlumotlar bayon qilingan hujjatlarga ega boʻlgan materiallardan tayyorlangan boʻlishi kerak.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Payvandlangan choklar uzunligi boʻyicha tekis hamda chokning mustahkamligini pasaytiruvchi, darz ketish, kuyish kabi nuqsonlarga ega boʻlmasligi zarur. Narvon va narvonchalarning yuzasida oddiy koʻz bilan koʻrinadigan pachoqlangan, qirilgan, shuningdek, oʻtkir qirra va gʻadir-budur joylar boʻlmasligi kerak. Poʻlat qismlari sifatli zanglamaydigan qoplamaga ega boʻlishi kerak. Pogʻonalar boʻshashib va aylanib ketmasligi lozim.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
70. Koʻchma taxtadan yasalgan narvon va narvonchalar koʻzsiz 1-2 navli ninabarg jinsli chidamli quruq yogʻochdan tayyorlangan boʻlishi kerak.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
71. Narvonning taxta detallariga keyinchalik ularni rangsiz lak bilan qoplanish uchun issiq sharoitda asl alifmoyga singdirilgan boʻlishi kerak. Narvonlarni boʻyoqlar bilan boʻyash man etiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
72. Taxtali narvonlarning uzunligi 5 m.dan oshmasligi, bunda narvonning umumiy uzunligi uning yuqori uchidan 1 m.dan kam boʻlmagan masofadagi pogʻonasidan turib ishlashga imkon berishi kerak. Narvonning balandlik joylashgan qismining kengligi 300 mm.dan, pastda joylashgan qismining kengligi 400 mm.dan kam boʻlmasligi kerak.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
73. Narvonning yon tomon yogʻochlari yuqori va pastki pogʻonalar ostidan diametri 3 mm.dan kam boʻlmagan tortiluvchi boltlar bilan mahkamlanadi. Narvonlarning uzunligi 2 m.dan ortiq boʻlganda qoʻshimcha tortib turuvchi boltlar shunday oʻrnatilishi zarurki, ular orasidagi masofa 2 m.dan oshmasligi lozim.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
74. Narvon va narvonchalarning pogʻonalari yon tomon yogʻochlariga yorib kirgiziladi. Pogʻonalari mix bilan qoqilgan narvonlarni qoʻllash mumkin emas. Narvonlarning pogʻonalari orasidagi masofa 250 mm.dan ortiq va 150 mm.dan kam boʻlmasligi lozim.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
75. Gʻadir-budur beton pollarda ishlaganda pastki uchlari rezinali narvonlar qoʻllanadi. Taxtali va tuproqli pollarda ishlaganda pastki uchlarida oʻtkir poʻlat uchi bor narvonlarni qoʻllash kerak.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
76. Ikki yoqqa ochiladigan narvonlarda, narvonning oʻz-oʻzidan ochilib ketishiga imkon bermaydigan, mustahkam birlashmalar koʻzda tutilgan boʻlishi kerak.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
77. Havo kemasining konstruksiyasiga, quvur yoki troslarga qoʻyiladigan narvonlarning yuqori uchlari, maxsus bogʻlovchi kamarlar yoki ilib oluvchi prujinali ilgak bilan taʼminlangan boʻlishi zarur.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
78. Narvon yon yogʻochlari kesimining narvon uzunligiga tavsiya qilinayotgan nisbati 2-ilovada keltirilgan.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
79. Foydalanishda boʻlgan har bir taxtali yoki metalldan yasalgan narvonlar, narvonchalar va arqonlarning birkalarida ularning inventar raqami, keyingi sinov muddati, qaysi boʻlinmaga (sex, xizmat, uchastka va hokazo) tegishli ekanligi koʻrsatilgan boʻlishi kerak. Barcha narvonlar va narvonchalar 3-ilovaga muvofiq “Narvon va narvonchalarning hisobga olish va sinov jurnalining shakli”da roʻyxatga olingan boʻlishi kerak.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
80. Barcha koʻchma narvon va narvonchalar tayyorlangandan keyin va taʼmirdan chiqqandan soʻng 1200 N (120 kg.) statik yuklanishda sinab koʻrilishi kerak. Sinab koʻrilayotganda foydalanish holatida boʻlgan narvonning oʻrtasidagi pogʻonalaridan biriga statik yuk qoʻyiladi. Foydalanish jarayonida taxtali narvon har yarim yilda, metall narvon esa yilda bir marta sinovdan oʻtkazilishi lozim.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Narvonchalar sinovdan oldin tekis gorizontal maydonchaga oʻrnatiladi. Narvonchaning oʻrta qismidagi kuchaytirilmagan pogʻonasiga yuk ilinadi. Agar pogʻonalar narvonchaning ikkala yondosh tomonlarida ham boʻlsa, unda birinchi tomon sinalgandan soʻng aynan shu tarzda ikkinchisi sinaladi. Agar uning ikkinchi tomoni ishchi hisoblanmasa va faqat tayanch uchun xizmat qilsa, unda oʻsha tomon yon qismlarining har birining oʻrtasiga bevosita 1000 N (100 kg.) yuk osib qoʻyib sinaladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
81. Nosoz holatda boʻlgan, shuningdek, navbatdagi sinov muddati oʻtib ketgan havoza, supa, maydonchalar, narvon, narvonchalar va boshqa yordamchi uskunalardan foydalanish man etiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
82. Narvon va narvonchalarning holati uchun nazoratni boʻlinma (sex, uchastka) boʻyicha buyruq bilan tayinlangan muhandis-texnik xodimlar orasidan tayinlangan shaxslar amalga oshiradi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
83. Barcha narvon va narvonchalar qoʻllanishdan oldin ish boshqaruvchi tomonidan koʻrib chiqiladi
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
84. Taxtali narvonni koʻrib chiqish jarayonida ularning texnik talablarga muvofiqliligi, taxtaning holatiga, shuningdek, shimdirilgan qoplamaning sifatiga eʼtibor qaratilishi lozim.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Narvon pogʻonalari va yon tomon yogʻochlarida uzunligi 100 mm.dan, chuqurligi 5 mm.dan ortiq boʻlmagan yoriqlar boʻlishiga ruxsat beriladi, bunda yoriqlar narvonning yon tomonlarini va pogʻonalarini kuchsizlantirmasligi kerak. Yoriqli joylarni shpatlyovka, yelimlash yoki boshqa usullar bilan qandaydir yopib tekislash taqiqlanadi. Yon tomon yogʻochlarining tugaydigan qismidagi uchliklar mustahkam biriktirilgan boʻlishi va lyuft hosil qilmasliklari kerak. Metall boʻlmagan uchliklarni artishda ular yerga ulangan boʻlishi kerak, oʻtmaslashib qolgan metall uchlar charxlanishi kerak.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
85. Metall narvon va narvonchalarni tekshirishda uning qismlarida deformatsiya yoʻqligiga ishonch hosil qilish kerak, metallda yoriqlar, gʻadir-budur, oʻtkir qirralar, pogʻonalarni yon tomon qismlariga mahkamlashda kamchiliklar yoʻqligiga ishonch hosil qilish lozim.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
86. Saqlash kamarlarini tekshirganda navbatdagi sinov muddati toʻgʻrisidagi belgi boʻlgan birka borligiga ishonch hosil qilish lozim. Sinovdan oʻtganligi toʻgʻrisida belgi boʻlmaganda, muhofaza kamarlaridan foydalanish man etiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
V. Ishlarni bajarishda xavfsizlik talablari
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
87. Balandlikda ish joyi va ishlarni bajarishni tashkil qilish ishlovchilarga xavfli va zararli ishlab chiqarish omillarini istisno etishga qaratilgan boʻlishi kerak.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
88. Ish joyini tashkil qilish ishlovchining mustahkam turishi, erkin harakat qilishi va faoliyatini vizual nazorat qilishni hamda mehnat operatsiyalarini xavfsiz bajarilishini taʼminlashi lozim.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
89. Havo kemasi planerining yuqorida joylashgan qismlarida ishlarni bajarayotgan, xodimlarning muhofaza moslamalarini mahkamlash joylari koʻzda tutilishi kerak.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
90. Balandlikdagi ish joylarini va ish maydonchalarini tashkil qilishda odamlarga xavfli ishlab chiqarish omillari doim taʼsir qiladigan yoki taʼsir qilishi mumkin boʻlgan xavfli zonalar aniqlanishi kerak. Xavfli joylar xavfsizlik belgilari va yozuvlar bilan aniqlanib koʻrsatilishi kerak.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
91. Elektr qurilmalarining tok oʻtkazuvchi yoki kuchlanish ostida boʻlgan qismlari yaqinida va ularga bexosdan tegib ketishi xavfi boʻlganda, elektr liniyalari va elektr taqsimlagichlari kuchlanishdan oʻchirib qoʻyiladi. Bunda oʻchiruvchi uskunaga: “Yoqilmasin! Ish ketyapti!” deb yozilgan taxtacha osib qoʻyilishi kerak. Ish paytida kuchlanishni oʻchirib qoʻyish imkoniyati boʻlmagan hollarda metall narvon va narvonchalardan foydalanish man etiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
92. Havoza, supa trap va boshqa uskunalarda ularning hisoblangan yuk koʻtarish darajasidan oshiq miqdorlarda odamlarning toʻplanishi va materiallarning taxlanishi man etiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
93. Balandlikda ishlarni bajarishda texnologik oraliqlar, lift shaxtalari va toʻsiqlarda mavjud boʻlgan oraliqlar va tuynuklar toʻsiqlar yordamida toʻsilishi yoki yopilishi zarur.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
94. Shaxsiy asbob-uskunalar sumkalarda yoki maxsus sortirovkalarda joylashgan boʻlishi kerak. Balandlikda ishlarni bajarayotganda ishchi asbob, qism yoki materiallarni pastda turgan odamlar ustiga tushib ketishiga yoʻl qoʻymasligi kerak. Ish bajarilayotgan joyning ostida odamlar boʻlgan va ish joylarining ostida yaxlit toʻshama yoʻq boʻlgan holatda muhofaza qiluvchi toʻsiqlarni oʻrnatish lozim.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
95. Dok, havoza, supalarni oʻrnatish yoki ajratish ishlari bajarilayotgan joydagi hududga begona odamlarning kirish yoʻli yopib qoʻyilishi va ogohlantirish belgilari osib qoʻyilishi lozim.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
96. Narvondan machtalarga koʻtarilayotganda ishlovchi oʻzida muhofaza kamarlariga ega boʻlishi hamda ish vaqtida machtaning konstruksiyasiga zanjir bilan mahkamlanishi kerak.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
97. Balandligi 15 m.dan ortiq boʻlmagan yogʻoch machtalarga montyorlarning tirnoqlar yordamida koʻtarilishiga ruxsat beriladi. Ishlovchi koʻtarilayotgan paytida muhofaza kamarining zanjiri bilan machtaga bogʻlangan boʻlishi kerak. Choʻzish orqali oʻtish davrida xavfsizlikni taʼminlash uchun ikkita zanjirli muhofaza kamarini qoʻllash zarur.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
98. Ishlovchini osma kajavada machtaga koʻtarilayotganda, u muhofaza kamari bilan osma kajavaga bogʻlanishi kerak.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
99. Ishlovchini 10 daqiqadan oshmagan tezlikda faqat uning koʻrsatmasi bilan koʻtarish va tushirish lozim. Yuqori balandlikda ishlayotgan ishlovchi megafon bilan taʼminlangan boʻlishi zarur.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
100. Ishchi 1,5 m. va undan balandda koʻchma narvonlarda ishlashda biror konstruksiyaga yoki tirgakka muhofaza kamarining prujinali ilgagi bilan mahkamlanishi zarur.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Mahkamlanmagan narvonga muhofaza kamarining prujinali ilgagi bilan bogʻlanish man etiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
101. Ikki yoki undan ortiq ishchiga bitta koʻchma narvonda yoki narvonning bir tarafida ishlash, shuningdek, birdaniga narvondan koʻtarilish va tushish man etiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
102. Transport vositalari va odamlar harakatlanadigan uchastkada koʻchma narvonlar ishlatilganda narvon oʻrnatilgan joy ish bajarilayotgan vaqtda toʻsib qoʻyilishi yoki qoʻriqlanishi lozim.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
103. Balandlikda payvandlash ishlarini bajarishda havoza va maydonchalar yonmaydigan (qiyin yonadigan) materiallardan oʻrnatilishi kerak. Havoza (maydonchalar) boʻlmaganda elektrpayvandchilar olovga chidamli muhofaza kamarlari, arqonlari va karabinli muhofaza kanatlaridan, shuningdek, asbob va elektrodlarning qoldiqlari uchun moʻljallangan maxsus sumkalardan foydalanishlari kerak.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
104. Bir vertikal boʻyicha turli balandliklarda bir vaqtda ishlar olib borilayotganda pastki qavatda ishlovchi xodimning metall parchalari va uchqunlaridan va boshqa narsalarning bexosdan tushib ketishidan himoya qilinishi koʻzda tutilgan boʻlishi kerak.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
VI. Mehnatni muhofaza qilish qoidalarini buzganlik uchun javobgarlik
(VI-boʻlimning nomi Oʻzbekiston Respublikasi kambagʻallikni qisqartirish va bandlik vazirining 2026-yil 6-martdagi 3-2026/B-sonli buyrugʻi (roʻyxat raqami 3795, 19.03.2026-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 19.03.2026-y., 10/26/3795/0257-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
105. Balandlikdagi ishlarni bajarishda mehnatni muhofaza qilishga doir qonunchilik hujjatlari hamda mazkur Qoidalarga rioya qilish uchun javobgarlik tegishli ishlarni bajaruvchi korxonalar zimmasiga yuklatiladi.
(105-band Oʻzbekiston Respublikasi adliya vazirining 2021-yil 28-iyuldagi 16-mh-sonli buyrugʻi (roʻyxat raqami 3313, 28.07.2021-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 28.07.2021-y., 10/21/3313/0724-son)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
106. Javobgarlikka instruktaj boʻyicha tegishli oʻqitish va uni roʻyxatga olish amalga oshirilganidan soʻng mehnatni muhofaza qilish qoidalarini buzgan hamda ishlarni xavfsiz olib borishga doir boshqa talablarni bajarmagan ishchilar ham tortilishlari mumkin.
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
107. Balandlikda ishlarni bajarishda jabrlangan xodimlarga yetkazilgan zararlar qonunchilik hujjatlarida belgilangan tartibda qoplanadi.
(107-band Oʻzbekiston Respublikasi adliya vazirining 2021-yil 28-iyuldagi 16-mh-sonli buyrugʻi (roʻyxat raqami 3313, 28.07.2021-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 28.07.2021-y., 10/21/3313/0724-son)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
VII. Yakuniy qoida
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Mazkur Qoidalar Oʻzbekiston kasaba uyushmalari Federatsiyasi Kengashi, “Oʻzbekiston havo yoʻllari” milliy aviakompaniyasi, Oʻzbekiston Respublikasi Favqulodda vaziyatlar vazirligi hamda “Oʻzmontajmaxsusqurilish” uyushmasi bilan kelishilgan.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston kasaba uyushmalari Federatsiyasi Kengashi raisi D. JAHONGIROVA
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Toshkent sh.,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2008-yil 9-dekabr
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“Oʻzbekiston havo yoʻllari” milliy aviakompaniyasi Bosh direktori V. TYAN
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Toshkent sh.,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2008-yil 9-dekabr
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Favqulodda vaziyatlar vazirining birinchi oʻrinbosari T. TURAGALOV
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Toshkent sh.,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2008-yil 9-dekabr
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“Oʻzmontajmaxsusqurilish” uyushmasi raisi Sh. SHADIYEV
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Toshkent sh.,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2008-yil 9-dekabr
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Balandlikda ishlaganda mehnatni muhofaza qilish qoidalariga
1-ILOVA
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Balandlikda bajariladigan ishlarning (texnologik jarayonlar) taxminiy
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
ROʻYXATI
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1. Havo kemasining balandlikda joylashgan qismida texnik xizmat koʻrsatish va taʼmirlash ishlari:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1.1. Havo kemasining planer, dvigatel, yoqilgʻi va boshqa yuqorida joylashgan tizimlariga, ularning aviatsion va radioelektron uskunalariga texnik xizmat koʻrsatish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1.2. Havo kemalariga kema ustida turib yoqilgʻi moy mahsulotlarini quyish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1.3. Havo kemasining balandlikda joylashgan qismlarini (qoʻl yordamida) yuvib chiqish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1.4. Havo kemasining balandlikda joylashgan qismlarini (qoʻl yordamida) lak-boʻyoq bilan boʻyash (qoplash);
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1.5. Havo kemasining balandlikda joylashgan qismlaridan lak-boʻyoq qoplamlarini qirib va tozalab yuvish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1.6. Havo kemasining balandlikda joylashgan qismlarida chilangarlik-yigʻuv ishlarini olib borish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1.7. Havo kemasining balandlikda joylashgan qismlarida payvandlash (uzellar va detallardagi yoriqlarni payvandlash) ishlarini olib borish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1.8. Havo kemasining bagaj boʻlimlari, kabinalari jipsligini (germetikligini) tekshirish boʻyicha bajariladigan ishlar;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1.9. Havo kemasining balandlikda joylashgan qismlaridan muz qoplamlarini (qoʻl yordamida) olib tashlash.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2. Yuklash-tushirish ishlari (pochta, bagaj, ballast, konteynerlardagi aviadvigatellar, bort taomlari, bort jihozlari va boshqa yuklarni ortish va tushirish).
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3. Taʼmirlash-qurilish va qurilish-montaj ishlari:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3.1. Beton ishlari;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3.2. Ventilyatsiya ishlari (ventilyatsiya tizimlarini montaj qilish, sozlash va taʼmirlash ishlarida);
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3.3. Yuqorida bajariladigan ishlar (taʼmirlash-qurilish va qurilish-montaj ishlari uchun havozalarni qurish, demontaj va yigʻish ishlari);
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3.4. Yerdagi ishlar (xandaq, kotlovan, oʻralarning tuprogʻini shibbalash);
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3.5. Izolyatsiya ishlari;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3.6. Tosh ishlari;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3.7. Tom yopish ishlari;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3.8. Montaj ishlari (temir-beton konstruksiyalarining montaj va demontaj, metallkonstruksiyalarining montaj va demontaj, yorugʻlik-signal (machta) uskunalarini montaj va demontaj, elektr uskunalarining montaj va demontaj);
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3.9. Boʻyoqchilik ishlari (bino va inshootlarni boʻyashda);
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3.10. Qoplash ishlari;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3.11. Yuklash-tushirish ishlari (qurilish materiallari, quvur, taxta materiallarni ilib tushirishda);
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3.12. Duradgorlik ishlari;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3.13. Ishga tushirish-sozlash ishlari;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3.14. Chuqurligi 1,5 m.dan ortiq boʻlgan oʻralar, xandaq va kotlovanlarning chetida hamda 1,5 m. dan ortiq tepaliklarda olib boriladigan ishlar;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3.15. Balandligi 1,5 m. dan ortiq boʻlgan tikka joylashgan sigʻimlarda olib boriladigan ishlar;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3.16. Mashina va mexanizmlarni qoʻllash bilan bogʻliq qurilish-montaj ishlari;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3.17.Sanitar-texnik ishlar (tashqi sanitar-texnik tarmoqlarning montaji boʻyicha);
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3.18. Payvandlash ishlari (bino va inshootlarni plita, toʻsiq, kolonna, toʻsin, rigellarini montaj qilishda);
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3.19. Deraza oʻrni, vitraj, fonarlarga oyna qoʻyish boʻyicha ishlarni olib borish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3.20. Radiotelevizion markazlarning yongʻin-muhofaza qurilmalari signalizatsiyasi boʻyicha va qabul qiluvchi hamda uzatuvchi antenna-machta inshootlarini oʻrnatish boʻyicha maxsus ishlar;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3.21. Radioelektron uskunalar, elektr qurilmalar, elektr tarmoqlariga texnik xizmat koʻrsatish va taʼmirlash boʻyicha ishlar;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3.22. Suvoqchilik ishlari;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3.23. Elektr montaj ishlari;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3.24. Vitraj, fonar derazalarni yuvish boʻyicha ishlar.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
4. Vertikal joylashgan 1,5 m.dan ortiq balandlikdagi neft mahsulotlari, shuningdek, portlovchi va zaharli moddalarning sigʻimlari ichida taʼmirlash, tozalash va tekshirish boʻyicha ishlar.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
5. Quyidagi yuk koʻtarish mashinalari, yuk ilib olish moslamalari va uskunalarining yuqori joylashgan qismi va konstruksiyalariga texnik xizmat koʻrsatish:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
5.1. Kran-blok;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
5.2. Telfer;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
5.3. Avtokran;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
5.4. Oyoqli kranlar;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
5.5. Koʻprikli kran;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
5.6. Minorali kran.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
6. Yorugʻlik-signal tizimlari, radio maxsus uskunalari, yoritish machtalari va elektr uskunalariga texnik xizmat koʻrsatish hamda taʼmirlash.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Balandlikda ishlaganda mehnatni muhofaza qilish qoidalariga
2-ILOVA
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Narvon yon yogʻochlari kesimining narvon uzunligiga tavsiya qilinayotgan nisbati
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Narvonning uzunligi, metrda‎ 5,0 m.‎ 4,0 m.‎ 3,0 m.‎ 2,0 m.‎
Narvon yon yogʻochining kesimi, mm. da‎ 80 x 30 mm.‎ 70 x 30 mm.‎ 60 x 30 mm.‎ 50 x 30 mm.‎
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Izoh: bunda narvonning uzunligi 5,0 m. boʻlganda narvon yon yogʻochining kesimi 80 x 30 mm.ga, 4,0 m. boʻlganda 70 x 30 mm.ga, 3,0 m. boʻlganda 60 x 30 mm.ga hamda 2,0 m. boʻlganda 50 x 30 mm.ga teng boʻladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Balandlikda ishlaganda mehnatni muhofaza qilish qoidalariga
3-ILOVA
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Narvon va narvonchalarning hisobga olish va sinov jurnalining shakli
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
T/r‎‏ Uskunaning nomi Inventar raqami Boʻlinmaga qarashliligi Oxirgi sinov sanasi Sinovning sababi Taʼmirni oʻtkazish toʻgʻrisida asosiy maʼlumotlar Texnik koʻrikning natijalari Keyingi sinov oʻtkazish sanasi Izoh
Koʻrik‎ Statistik sinov Sinov oʻtkazgan shaxs familiyasi
(Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2009-y., 5-son, 46-modda; 2010-y., 28-29-son, 242-modda; Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 28.07.2021-y., 10/21/3313/0724-son; 20.12.2023-y., 10/23/3484/0951-son; 26.07.2025-y., 10/25/3653/0652-son; 19.03.2026-y., 10/26/3795/0257-son)