O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
qarori
MAMLAKATIMIZ ISHLAB CHIQARUVCHILARI MAHSULOTLARINING RAQOBATBARDOSHLIGINI OSHIRISHGA DOIR QO‘SHIMCHA CHORA-TADBIRLAR TO‘G‘RISIDA
Mamlakatimiz ishlab chiqaruvchilari mahsulotlarining raqobatbardoshligini oshirish, mahsulotlarni ichki va tashqi bozorlarda sotish hajmini kengaytirish, shuningdek O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2008-yil 28-noyabrdagi PF-4058-son Farmoni bilan tasdiqlangan Iqtisodiyotning real sektori bazaviy tarmoqlari korxonalarini qo‘llab-quvvatlash, ularning barqaror ishlashini ta’minlash va eksport salohiyatini oshirish chora-tadbirlari dasturiga muvofiq Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
1. Yirik sanoat korxonalari, xo‘jalik birlashmalari tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiyot vazirligi va Moliya vazirligi bilan birgalikda tanqidiy tahlil asosida texnologiya jarayonlarini hamda xom ashyo, materiallar va energiya resurslari sarfi normalarini maqbullashtirish, quvvatlardan foydalanish darajasini ko‘paytirish va mehnat unumdorligini oshirish, foydalanish va qo‘shimcha sarf-xarajatlarni qisqartirish, xarid qilinadigan xom ashyo, materiallar va butlovchi buyumlar qiymatini pasaytirish, xodimlar sonini maqbullashtirish hisobiga sanoat mahsuloti tannarxini kamaytirishga yo‘naltirilgan kompleks chora-tadbirlar ishlab chiqilganligi ma’lumot uchun qabul qilinsin.
2. Xo‘jalik birlashmalari va korxonalarning O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiyot vazirligi, Moliya vazirligi, Monopoliyadan chiqarish, raqobat va tadbirkorlikni qo‘llab-quvvatlash davlat qo‘mitasi bilan kelishilgan xo‘jalik birlashmalari va yirik sanoat korxonalarida ishlab chiqarish tannarxini qisqartirishning 1-ilovaga* muvofiq yig‘ma parametrlari bo‘yicha taklifi qabul qilinsin.
* 1-ilova rus tilidagi matnda berilgan.
Vazirliklar, idoralar va xo‘jalik birlashmalari rahbarlari tarmoq bo‘yicha tannarxni qisqartirishning tasdiqlangan yig‘ma parametrlaridan kelib chiqib o‘z tarkibiga kiradigan sanoat korxonalari uchun tannarxni qisqartirishning maqsadli parametrlarini tasdiqlasinlar.
3. Yirik sanoat korxonalarida tannarxni kamaytirish bo‘yicha tizimli ishlarni ta’minlash funksiyalari idoralar va xo‘jalik birlashmalari rahbarlari boshchilik qiladigan maxsus ishchi guruhlarga yuklansin.
4. Mahsulot tannarxini kamaytirish chora-tadbirlari amalga oshirilishi yuzasidan sanoat korxonalari rahbar xodimlari faoliyatini baholash va ularni moddiy rag‘batlantirish to‘g‘risidagi nizom 2-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
5. Vazirlar Mahkamasi, vazirliklar, idoralar, xo‘jalik birlashmalari va korxonalar:
korxonalarda mahsulot tannarxini kamaytirish bo‘yicha ko‘rilayotgan chora-tadbirlar amalga oshirilishi yuzasidan har choraklik monitoring o‘rnatsinlar;
amalga oshiriladigan monitoring yakunlari bo‘yicha, zaruriyat bo‘lganda, mahsulot tannarxini kamaytirish yuzasidan amalga oshirilayotgan chora-tadbirlarning to‘liqligi va samaradorligiga ko‘ra korxonalarning rahbarlarini moddiy rag‘batlantirish yoki javobgarlikka tortish choralarini qo‘llasinlar.
6. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasining Bosh vaziri Sh.M. Mirziyoyev zimmasiga yuklansin.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti I. KARIMOV
Toshkent sh.,
2009-yil 29-yanvar,
26-son
Vazirlar Mahkamasining 2009-yil 29-yanvardagi 26-son qaroriga
2-ILOVA
2-ILOVA
Mahsulot tannarxini kamaytirish chora-tadbirlari amalga oshirilishi yuzasidan sanoat korxonalari rahbar xodimlari faoliyatini baholash va ularni moddiy rag‘batlantirish to‘g‘risida
NIZOM
I. Umumiy qoidalar
1. Ushbu Nizom O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2008-yil 28-noyabrdagi PF-4058-son Farmoni bilan tasdiqlangan “Iqtisodiyotning real sektori bazaviy tarmoqlari korxonalarini qo‘llab-quvvatlash, ularning barqaror ishlashini ta’minlash va eksport salohiyatini oshirish chora-tadbirlari dasturi”ning 1.1-bandiga muvofiq ishlab chiqilgan, ular bo‘yicha ushbu qarorga muvofiq 2009-yilda mahsulot tannarxini pasaytirishning yig‘ma eng kam parametrlari (keyingi o‘rinlarda chora-tadbirlarning yig‘ma komplekslari deb ataladi) kelishilgan yirik sanoat korxonalari rahbar xodimlari faoliyatiga baho berish va ularni moddiy rag‘batlantirish mexanizmlarini belgilaydi.
2. Korxonalarning quyidagi rahbar xodimlari:
korxonani boshqarishning ijro etuvchi organi rahbari va uning o‘rinbosarlari;
bosh muhandis, bosh texnolog, bosh energetik, bosh mexanik, bosh buxgalter, iqtisodiy (moliyaviy) xizmat boshlig‘i, tannarxni tartibga solish bo‘yicha maxsus bo‘linma boshlig‘i;
faoliyati ishlab chiqarilayotgan mahsulot tannarxiga bevosita ta’sir ko‘rsatadigan asosiy ishlab chiqarish bo‘linmalari rahbarlari faoliyati baholanishi kerak.
Faoliyati ushbu Nizomga muvofiq baholanadigan rahbar xodimlarning aniq ro‘yxati korxonaning kuzatuvchi kengashi yoki korxonani boshqarishning boshqa organi (keyingi o‘rinlarda korxonani boshqarishning vakolatli organi deb ataladi) tomonidan tasdiqlanadi.
3. Rahbar xodimlar faoliyatini baholash yilning har choragida korxonani boshqarishning vakolatli organi tomonidan amalga oshiriladi. Rahbar xodimlarni moddiy rag‘batlantirish yuzasidan qarorlar kalendar yil yakunlari bo‘yicha qabul qilinadi.
II. Korxonaning rahbar xodimlari faoliyatini baholash mexanizmi
4. Tasdiqlangan yig‘ma chora-tadbirlar kompleksi asosida korxona rahbari tomonidan asosiy bo‘linmalar va kalendar davrlar bo‘yicha har bir tadbir amalga oshirilishi uchun mas’ul bo‘lgan rahbar xodimlar nomma-nom ko‘rsatilgan holda mahsulot tannarxini pasaytirish tadbirlari (keyingi o‘rinlarda tadbirlar ro‘yxati deb ataladi) tasdiqlanadi.
Bunda tadbirlar ro‘yxati doirasida 2009-yilda mahsulot ishlab chiqarish va sotish xarajatlarini pasaytirishning maqsadli ko‘rsatkichlari Vazirlar Mahkamasining 2009-yil 29-yanvardagi 26-son qaroriga 1-ilovada belgilangan xarajatlarni pasaytirishning tegishli maqsadli ko‘rsatkichlaridan kam bo‘lmasligi kerak.
Keyingi yillarda mahsulot tannarxini pasaytirishning maqsadli ko‘rsatkichlari tashqi va ichki bozorlarda raqobatbardosh narx va zarur foyda hisobga olingan holda aniqlanadi. Tannarxni pasaytirishning maqsadli ko‘rsatkichlari va ularga erishishning kompleks chora-tadbirlari korxonani boshqarishning vakolatli organi tomonidan tasdiqlanadi.
5. Mahsulot tannarxini pasaytirishning maqsadli parametrlariga rioya etilishini nazorat qilish uchun yig‘ma kompleks chora-tadbirlar O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi va Iqtisodiyot vazirligida kelishgan holda 2009-yil uchun tayyorlangan mahsulotlarning asosiy turlari bo‘yicha korxonaning daromadlari va xarajatlari hisob-kitob jadvali qo‘llaniladi. Korxonaning xarajatlari O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1999-yil 5-fevraldagi 54-son qarori bilan tasdiqlangan Mahsulot (ishlar, xizmatlar)ni ishlab chiqarish va sotish xarajatlari tarkibi hamda moliyaviy natijalarni shakllantirish tartibi to‘g‘risidagi Nizomga muvofiq ochib beriladi.
Mahsulotning har bir turi bo‘yicha mahsulot birligi tannarxi hisob-kitobini aniqlash qiyin bo‘lgan yoki mumkin bo‘lmagan hollarda sotiladigan mahsulotning bir so‘mi hisobiga tiyinlardagi xarajatlar ko‘rsatkichidan foydalaniladi. Korxona ishlab chiqariladigan mahsulotning tiplari (xillari)ning katta miqdoriga ega bo‘lgan yoki yil mobaynida korxonaning mahsulot ishlab chiqarish xarajatlari mutlaq ifodada oshishi mumkin bo‘lganda yuqori qo‘shilgan qiymatli mahsulot ishlab chiqarishni kengaytirgan hollar ana shunday hollarga tegishlidir.
Oldingi tahrirga qarang.
Xodimlar mehnatiga haq to‘lashga moliyaviy resurslar tejalishini ta’minlash faqat xodimlarning o‘rtacha ish haqi hisobot davrida mehnatga haq to‘lashning eng kam miqdori o‘zgarishi sur’atlaridan past bo‘lmagan miqdorda o‘sishini ta’minlash sharti bilan texnologiya jarayonlari va xodimlar sonini maqbullashtirish, funksiyalar takrorlanishini istisno etish, xodimlarning ish unumdorligini oshirish hisobiga amalga oshirilishi mumkin.
(5-bandning uchinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 5-apreldagi 183-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 06.04.2021-y., 09/21/183/0283-son)
6. Har bir kalendar chorak yakunlari bo‘yicha hisob-kitob jadvalida xarajatlarni qisqartirish chora-tadbirlari hisobga olingan va hisobga olinmagan holda mahsulotlarning asosiy turlari bo‘yicha korxona daromadlari va xarajatlarining kutilayotgan va amaldagi ko‘rsatkichlari ochib beriladi.
7. Korxonaning choraklik (yillik) moliyaviy hisoboti shakllantirilishi muddatlaridan kechikmay yig‘ma chora-tadbirlar kompleksining va korxonani boshqarishning vakolatli organi ko‘rib chiqishi uchun kiritiladigan chora-tadbirlar ro‘yxatining amalda bajarilishi to‘g‘risidagi hisobot tayyorlanadi.
8. Moddiy va moliyaviy resurslarni tejash miqdori (hajmi) hamda sotuv hajmi o‘sishi natijasida olingan foyda to‘g‘risidagi ma’lumotlar yig‘ma chora-tadbirlar kompleksiga muvofiq buxgalteriya hisobi ma’lumotlari va, zaruriyat bo‘lganda, nazorat-o‘lchov asboblarining ko‘rsatkichlari bilan tasdiqlanishi kerak.
9. Xarajatlarni (mahsulot tannarxini) kamaytirish bo‘yicha chora-tadbirlar ko‘rish bilan birgalikda mahsulotni ichki va tashqi bozorlarda sotish hajmining yig‘ma chora-tadbirlar kompleksida nazarda tutilgan darajadan past bo‘lmasligini ta’minlash korxonaning rahbar xodimlariga ijobiy baho berishning zarur sharti hisoblanadi.
10. Korxonani boshqarishning vakolatli organi kalendar yil tamom bo‘lgandan keyin o‘n kun mobaynida bayonnoma bilan rasmiylashtirilgan qaror qabul qiladi, qarorda har bir rahbar xodimga nisbatan:
uning faoliyatiga baho beriladi;
moddiy rag‘batlantirishning aniq chora-tadbirlari belgilanadi.
Qarorda, shuningdek umuman korxona bo‘yicha chora-tadbirlar ro‘yxati amalga oshirilishiga baho beriladi.
III. Rahbar xodimlarni moddiy rag‘batlantirish tartibi
11. Tannarxni pasaytirishning tasdiqlangan maqsadli ko‘rsatkichlarini bajarish va tashqi bozorlarda sotishning o‘sishi ta’minlangan taqdirda kalendar yil yakunlari bo‘yicha rahbar xodimlarga 8 ta lavozim maoshi miqdorida bir yo‘la mukofot to‘lanadi.
Mahsulot tannarxini kamaytirish va tashqi va ichki bozorlarda sotish hajmining o‘sishi bo‘yicha kompleks chora-tadbirlar amalga oshirilishi natijasida olingan korxonaning qo‘shimcha foydasi ana shunday mukofotlashning manbai hisoblanadi. Bunda mukofotlashning umumiy summasi mahsulot tannarxini kamaytirish hamda tashqi bozorlarda sotish hajmini ko‘paytirishning tasdiqlangan yig‘ma chora-tadbirlar kompleksini amalga oshirish natijasida olingan foyda hajmining 40 foizidan ortiq bo‘lmasligi kerak.
12. Korxonani boshqarishning vakolatli organi tomonidan, korxona faoliyatining o‘ziga xosligidan kelib chiqib, alohida hollarda, kalendar yil yakunlari bo‘yicha ayrim rahbar xodimlarga hatto umuman korxona bo‘yicha maqsadli ko‘rsatkich bajarilmagan taqdirda ham ularga tegishli qism yuzasidan xarajatlar (mahsulot tannarxi)ni kamaytirishning belgilangan maqsadli ko‘rsatkichlariga erishganlik uchun mukofot tayinlanishi mumkin. Ushbu holatda bir yo‘la beriladigan mukofot miqdori 6 ta lavozim maoshidan ortiq bo‘lmasligi kerak.
13. Yig‘ma chora-tadbirlar kompleksida nazarda tutilgan ayrim tadbirlar bajarilmagan taqdirda ushbu tadbirlar bajarilishi uchun mas’ul bo‘lgan tegishli rahbar xodimlarni mukofotlash amalga oshirilmaydi.
14. Har choraklik monitoring olib borish davomida, maqsadli parametrlar, shuningdek tannarxni pasaytirish bo‘yicha umuman yil bo‘yicha ularning bajarilishi barbod bo‘lishiga xavf solayotgan aniq chora-tadbirlar bajarilmagan taqdirda korxonani boshqarishning vakolatli va ijro etuvchi organlari yuzaga kelgan ahvolni o‘rganib chiqishlari, chora-tadbirlar ro‘yxati bajarilmasligining sabablarini va aybdor shaxslarni aniqlashlari, ularni bajarish bo‘yicha barcha zarur qo‘shimcha sa’y-harakatlarni ko‘rishlari kerak. Chuqur o‘rganib chiqish va mahsulot tannarxini kamaytirish bo‘yicha chora-tadbirlar bajarilishidagi qoloqlikni bartaraf etish yuzasidan chora-tadbirlarni ishlab chiqish uchun korxonani boshqarishning vakolatli organi taftish komissiyasini, korxonaning ichki audit xizmatini yoki boshqa tashqi ekspertlarni jalb qilishi mumkin.
Ushbu holatda chora-tadbirlar ro‘yxati bajarilishi barbod bo‘lishida aybdor bo‘lgan mansabdor shaxslar korxonani boshqarishning vakolatli organi tomonidan belgilangan davrda mukofotlardan va (yoki) lavozim maoshlariga alohida ustamalardan mahrum bo‘ladi. Ularga nisbatan O‘zbekiston Respublikasining Mehnat kodeksida belgilangan boshqa tadbirlar ham qo‘llanilishi mumkin.
IV. Xarajatlarni (mahsulot) tannarxini pasaytirish chora-tadbirlari amalga oshirilishi monitoringini olib borish
15. Korxonani boshqarishning vakolatli organlari korxona tomonidan xarajatlarni (mahsulot tannarxini) pasaytirish chora-tadbirlari bajarilishi yuzasidan doimiy monitoring olib boradilar.
16. Har bir kalendar chorak yakunlari bo‘yicha korxonani boshqarishning vakolatli organi boshqaruvning yuqori organiga (vazirlik, idora, xo‘jalik birlashmasi, mustaqil korxonalar — Vazirlar Mahkamasining tegishli departamentiga) ushbu Nizomning 8—10-bandlarida ko‘rsatilgan hujjatlar hajmida yig‘ma chora-tadbirlar kompleksi bajarilishi to‘g‘risida axborot taqdim etadi.
17. Har bir xo‘jalik birlashmasi bo‘yicha yig‘ma axborot har chorakda maqsadli ko‘rsatkichlar bajarilmasligi xavfi mavjud bo‘lgan korxonalar bo‘yicha aniq takliflar bilan Vazirlar Mahkamasiga yuboriladi.
18. Vazirlar Mahkamasi ko‘rsatib o‘tilgan axborot asosida vazirliklar, idoralar, xo‘jalik birlashmalari va mustaqil korxonalarning rahbarlari bilan birgalikda:
xarajatlarni (mahsulot tannarxini) pasaytirish chora-tadbirlari bajarilmasligi sabablarini tahlil qiladi;
zaruriyat bo‘lganda, xarajatlarni (mahsulot tannarxini) pasaytirishning nazarda tutilgan parametrlari bajarilishi uchun qo‘shimcha chora-tadbirlar ko‘rish, shu jumladan korxonaning ishlab chiqarish xarajatlarini va mahsulot tannarxini pasaytirishda ko‘maklashish, korxonaning menejmentini boshqarish bo‘yicha Hukumat qarorlari qabul qilish borasida korxonalarning rahbarlariga yordam beradi.
(O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari to‘plami, 2009-y., 5-son, 44-modda, 46-son, 498-modda; 2012-y., 36-son, 412-modda; 06.04.2021-y., 09/21/183/0283-son)