Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
qarori
“JENERAL MOTORS OʻZBEKISTON” YOPIQ AKSIYADORLIK JAMIYATIDA “M300” MODELIDAGI AVTOMOBILLARNI SERIYALAB ISHLAB CHIQARISHNI TASHKIL ETISH TOʻGʻRISIDA
[Koʻchirma]
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Xorijiy investitsiyalar ishtirokida “Jeneral Motors Oʻzbekiston” korxonasini barpo etish toʻgʻrisida” 2008-yil 21-fevraldagi PQ-800-son qarorini bajarish yuzasidan, 2010-yilning III choragida zamonaviy xavfsizlik, qulaylik va dizayn talablariga javob beradigan “M300” modelidagi avtomobillarni seriyalab ishlab chiqarishni oʻzlashtirish yoʻli bilan Asaka shahridagi avtozavod ishlab chiqarayotgan mahsulotlar turlarini yangilash maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
1. 2008-yil 26-sentabrda “Jeneral Motors Oʻzbekiston” yopiq aksiyadorlik jamiyati bilan “Jeneral Motors DEU Avto end Texnolodji” kompaniyasi (Koreya Respublikasi) oʻrtasida “M300” modelidagi avtomobillarni seriyalab ishlab chiqarishni tashkil etish uchun mashina va asbob-uskunalar yetkazib berish yuzasidan kontrakt tuzilganligi maʼlumot uchun qabul qilinsin.
2. “Jeneral Motors Oʻzbekiston” yopiq aksiyadorlik jamiyatida “M300” modelidagi avtomobillarni seriyalab ishlab chiqarishni oʻzlashtirish boʻyicha yiliga 50 ming avtomobil ishlab chiqaradigan quvvatlarni tashkil etishni nazarda tutuvchi loyihaning texnik-iqtisodiy asoslashi ilovaga* muvofiq asosiy texnik-iqtisodiy parametrlari bilan birga tasdiqlansin.
* Ilova rus tilidagi matnda berilgan
5. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosari U.U. Rozuqulov zimmasiga yuklansin.
Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri Sh. MIRZIYOYEV
Toshkent sh.,
2009-yil 16-yanvar,
13-son
(Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2009-y., 3-son, 15-modda)