Hujjat kuchini yo‘qotgan 16.08.2024 31.12.2008 yildagi 290-son
ONLINE TRANSLATE
Hujjat kuchini yo‘qotgan 16.08.2024
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
qarori
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
EKSPORT QILUVCHI KORXONALARNI MOLIYAVIY VA KREDIT YO‘LI BILAN QO‘LLAB-QUVVATLASHGA DOIR QO‘SHIMCHA CHORA-TADBIRLAR TO‘G‘RISIDA
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
 LexUZ sharhi
Mazkur qaror O‘zbekistan Respublikasi Prezidentining 2024-yil 16-avgustdagi PF-111-sonli “Ijtimoiy munosabatlarni huquqiy tartibga solishning barqarorligini ta’minlash, sifati va samaradorligini oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi Farmoniga asosan o‘z kuchini yo‘qotgan.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2008-yil 28-noyabrdagi PF-4058-son Farmoni bilan tasdiqlangan Iqtisodiyotning real sektori korxonalarini qo‘llab-quvvatlash, ularning barqaror ishlashini ta’minlash va eksport salohiyatini oshirish chora-tadbirlari dasturining 1.6-bandi ijrosini ta’minlash, shuningdek eksport qiluvchi korxonalarni moliyaviy va kredit yo‘li bilan qo‘llab-quvvatlash chora-tadbirlarini amalga oshirish, iqtisodiyotning real sektori korxonalarining investitsion faolligi o‘sishini rag‘batlantirish va modernizatsiyalash, aholi bandligini oshirishga ko‘maklashish hamda yangi ish o‘rinlari yaratish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2008-yil 18-noyabrdagi PF-4053-son Farmoniga muvofiq tashkil etilgan Iqtisodiy nochor korxonalarni tijorat banklariga sotish bo‘yicha Respublika komissiyasiga (keyingi o‘rinlarda Komissiya deb ataladi) eksport qiluvchi korxonalarning banklarning kreditlari bo‘yicha muddati o‘tkazib yuborilgan va joriy qarzlari summasini tarkibiy o‘zgartirish hamda jarima sanksiyalari va penyalarni hisobdan chiqarish bo‘yicha murojaatlarini ko‘rib chiqish huquqi berilsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2. Eksport qiluvchi korxonalarning banklarning kreditlari bo‘yicha muddati o‘tkazib yuborilgan va joriy qarzlari summasini tarkibiy o‘zgartirish hamda jarima sanksiyalari va penyalarni hisobdan chiqarish bo‘yicha murojaatlarini Komissiya tomonidan ko‘rib chiqish tartibi to‘g‘risidagi Vaqtinchalik nizom ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3. Komissiyaga:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
banklarning ilgari berilgan kreditlari bo‘yicha eksport qiluvchi korxonalarning muddati o‘tkazib yuborilgan va joriy qarzlari summasini tarkibiy o‘zgartirish hamda jarima sanksiyalari va penyalarni hisobdan chiqarish masalalari bo‘yicha tijorat banklari faoliyatini muvofiqlashtirish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2008-yilda qabul qilingan hujjatlariga muvofiq banklarning kapitallashuvini oshirish uchun budjet mablag‘laridan, O‘zbekiston Respublikasi Tiklanish va taraqqiyot jamg‘armasi mablag‘laridan va boshqa aksiyadorlarning mablag‘laridan ajratilgan maqsadli mablag‘lardan berilgan kreditlar hisobiga korxonalar tomonidan yangi qurilish, ishlab chiqarishni modernizatsiyalash, texnik va texnologik jihatdan qayta jihozlash, tovarlarni realizatsiya qilish (ishlarni bajarish, xizmatlar ko‘rsatish)ning prognoz parametrlariga erishilishiga ko‘maklashish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
ishchi organning amalga oshirilgan ishlar to‘g‘risidagi axborotini har oyda ko‘rib chiqish yuklansin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
4. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining birinchi o‘rinbosari R.S.Azimov zimmasiga yuklansin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
O‘zbekiston Respublikasining Bosh vaziri Sh. MIRZIYOYEV
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Toshkent sh.,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2008-yil 31-dekabr,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
290-son
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Vazirlar Mahkamasining 2008-yil 31-dekabrdagi 290-son qaroriga
ILOVA
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Eksport qiluvchi korxonalarning banklarning kreditlari bo‘yicha muddati o‘tkazib yuborilgan va joriy qarzlari summasini tarkibiy o‘zgartirish hamda jarima sanksiyalari va penyalarni hisobdan chiqarish bo‘yicha murojaatlarini Iqtisodiy nochor korxonalarni tijorat banklariga sotish bo‘yicha Respublika komissiyasi tomonidan ko‘rib chiqish tartibi to‘g‘risida
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
VAQTINCHALIK NIZOM
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
I. Umumiy qoidalar
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1. Ushbu Vaqtinchalik nizom O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2008-yil 18-noyabrdagi PF-4053-son Farmoniga muvofiq tashkil etilgan Iqtisodiy nochor korxonalarni tijorat banklariga sotish bo‘yicha Respublika komissiyasi (keyingi o‘rinlarda Komissiya deb ataladi) tomonidan eksport qiluvchi korxonalarning banklarning kreditlari bo‘yicha muddati o‘tkazib yuborilgan va joriy qarzlari summasini tarkibiy o‘zgartirish hamda jarima sanksiyalari va penyalarni hisobdan chiqarish bo‘yicha murojaatlarini ko‘rib chiqish tartibini belgilaydi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2. Ushbu Vaqtinchalik nizom maqsadlari uchun quyidagi asosiy tushunchalardan foydalaniladi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
ishchi organ — O‘zbekiston Respublikasi Xususiylashtirilgan korxonalarga ko‘maklashish va raqobatni rivojlantirish davlat qo‘mitasi;
(2-bandning ikkinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 16-avgustdagi 638-sonli qarori tahririda — O‘R QHT, 2017-y., 33-son, 863-modda)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
eksport qiluvchi korxona — O‘zbekiston Respublikasi hududida yuridik shaxs sifatida ro‘yxatdan o‘tkazilgan, o‘zi ishlab chiqargan tovarlarni (ishlarni, xizmatlarni) eksport qiladigan, yangi qurilishni, ishlab chiqarishni modernizatsiyalash, texnik va texnologik jihatdan qayta jihozlashni amalga oshiradigan hamda eksport qilinadigan mahsulotga eksport narxlari va talab pasayishi munosabati bilan vaqtincha moliyaviy qiyinchiliklarga duch kelayotgan korxona;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
bank — eksport qiluvchi korxonaga kredit bergan tijorat banki;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
muddati o‘tkazib yuborilgan va joriy qarzlari summasini tarkibiy o‘zgartirish — ko‘rsatib o‘tilgan eksport qiluvchi korxonaning moliyaviy holati vaqtincha yomonlashganligi munosabati bilan kreditni qaytarish va foizlar to‘lash muddatlarini uzaytirish, kredit bo‘yicha muddati o‘tkazib yuborilgan qarzlarni qaytarish bo‘yicha kechiktirish (bo‘lib-bo‘lib to‘lash) yuzasidan eksport qiluvchi korxonaga berilgan kredit bo‘yicha shartnomaning birlamchi yoki ilgari qayta ko‘rib chiqilgan shartlarini o‘zgartirish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
kreditlar bo‘yicha jarima sanksiyalari va penyalarni hisobdan chiqarish — eksport qiluvchi korxonaning bank oldidagi qarzlarini ko‘rsatib o‘tilgan eksport qiluvchi korxonaning moliyaviy holati vaqtincha yomonlashganligi munosabati bilan asosiy qarz o‘z vaqtida qaytarilmaganligi uchun qo‘llanilgan jarima sanksiyalari va hisoblangan penya summasiga kamaytirish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
eksport qiluvchi korxonaning murojaati — eksport qiluvchi korxonaning banklarning kreditlari bo‘yicha muddati o‘tkazib yuborilgan va joriy qarzlari summasini tarkibiy o‘zgartirish hamda jarima sanksiyalari va penyalarini hisobdan chiqarish bo‘yicha rasmiy yozma murojaati (iltimosnomasi).
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3. Ushbu Vaqtinchalik nizomning amal qilishi quyidagilar:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
mahsulot (ishlar, xizmatlar) tannarxini kamida 20 foizgacha pasaytirish bo‘yicha asoslangan moliyaviy reja, shu jumladan ishlab chiqarishning materiallar va energiya sarfini qisqartirish, ishlab chiqarishning rentabelliligini va foyda ko‘rishini oshirish, moliyaviy oqimlarni boshqarishni takomillashtirish va ortiqcha shtat birliklarini maqbullashtirish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
ilgari amalga oshirilgan o‘zi ishlab chiqargan tovarlar (ishlar, xizmatlar)ni barqaror eksportga yetkazib berishni har yili ishlab chiqariladigan mahsulotning kamida 30 foizi hajmida bo‘lishi va jahon moliya tangligining ta’siri natijasida eksport mahsulotga narx-navo va talab pasaygungacha amal qilgan eksport kontraktlarga ega bo‘lish mavjud bo‘lganda faqat ekvivalentda 500 ming AQSh dollaridan ortiq qiymatli yangi qurilish, ishlab chiqarishni modernizatsiyalash, texnik va texnologik jihatdan qayta jihozlash bo‘yicha investitsiya loyihalari amalga oshirilishini nazarda tutadigan eksport quruvchi korxonalar faoliyatiga joriy etiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
4. Komissiya O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiyot vazirligi, Moliya vazirligi va banklarning eksport qiluvchi korxonalarning kreditlarini tarkibiy o‘zgartirish masalalarini ko‘rib chiqish sohasidagi faoliyatini muvofiqlashtiradi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
II. Komissiyaning asosiy funksiyalari
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
5. Komissiya yuklangan vazifalarni bajarish uchun quyidagi funksiyalarni amalga oshiradi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
banklarning eksport qiluvchi korxonalarga berilgan kreditlari bo‘yicha muddati o‘tkazib yuborilgan va joriy qarzlari summasini tarkibiy o‘zgartirish hamda jarima sanksiyalari va penyalarni hisobdan chiqarish masalalari bo‘yicha banklar, O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiyot vazirligi va Moliya vazirligining xulosalarini ko‘rib chiqish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
banklarning eksport qiluvchi korxonalarga berilgan kreditlari bo‘yicha muddati o‘tkazib yuborilgan va joriy qarzlari summasini tarkibiy o‘zgartirish hamda jarima sanksiyalari va penyalarni hisobdan chiqarish bo‘yicha hujjatlarning belgilangan muddatlarda banklar, O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiyot vazirligi va Moliya vazirligi tomonidan ko‘rib chiqilishini nazorat qilish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
qonunchilikni takomillashtirish va eksport qiluvchi korxonalarning muddati o‘tkazib yuborilgan qarzlari hosil bo‘lishiga olib keladigan omillarni bartaraf etish chora-tadbirlarini amalga oshirish yuzasidan takliflar tayyorlash.
(5-bandning to‘rtinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 4-apreldagi 153-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 05.04.2022-y., 09/22/153/0266-son)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
III. Kreditlar bo‘yicha muddati o‘tkazib yuborilgan va joriy qarzlar summasini tarkibiy o‘zgartirish hamda jarima sanksiyalari va penyalarni hisobdan chiqarish bo‘yicha eksport qiluvchi korxonalarning murojaatlarini ko‘rib chiqish tartibi
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
6. Banklarning kreditlari bo‘yicha muddati o‘tkazib yuborilgan va joriy qarzlari summasini tarkibiy o‘zgartirish hamda jarima sanksiyalari va penyalarni hisobdan chiqarish uchun eksport qiluvchi korxona ishchi organga murojaat qilishning xolisona sabablarini, yuzaga kelgan vaziyatdan chiqish va to‘lov qobiliyatini tiklashning asoslangan yo‘llarini ko‘rsatgan holda rasmiy yozma murojaatni taqdim etadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
7. Eksport qiluvchi korxonaning rasmiy yozma murojaatini Ishchi organ tomonidan ro‘yxatdan o‘tkazish murojaat qilingan paytdan boshlab bir kun muddatda amalga oshiriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
8. Eksport qiluvchi korxona ayni bir vaqtda O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligiga va bankka quyidagi hujjatlarni ilova qilgan holda murojaatni taqdim etadi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
belgilangan tartibda tasdiqlangan yangi qurilishni amalga oshirish, ishlab chiqarishni modernizatsiyalash, texnik va texnologik jihatdan qayta jihozlash bo‘yicha investitsiya loyihasining dastlabki texnik-iqtisodiy asoslanishi (texnik-iqtisodiy asoslash) yoki dastlabki texnik-iqtisodiy hisob-kitob (texnik-iqtisodiy hisob-kitob), shuningdek ushbu investitsiya loyihasini amalga oshirishning borishi to‘g‘risidagi axborot;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
eksport qiluvchi korxonani boshqarishning vakolatli organlari tomonidan tasdiqlangan mahsulot (ishlar, xizmatlar) tannarxini kamida 20 foizgacha pasaytirish bo‘yicha moliyaviy reja, shu jumladan ishlab chiqarishning materiallar va energiya sarfini qisqartirish, ishlab chiqarishning rentabelliligini va foyda ko‘rishini oshirish, moliyaviy oqimlarni boshqarishni takomillashtirish va ortiqcha shtat birliklarini maqbullashtirish, shuningdek ushbu moliyaviy rejani amalga oshirishning borishi to‘g‘risidagi axborot;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2006—2008-yillar mobaynida tuzilgan eksport kontraktlari hamda o‘zi ishlab chiqargan tovarlar (ishlar, xizmatlar)ning eksportga yetkazib berilishi va eksport bo‘yicha valyuta tushumi to‘g‘risidagi axborot;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
bankning eksport kontraktlari bo‘yicha valyuta mablag‘lari ro‘yxatdan o‘tkazilishi va harakati haqidagi, shuningdek davlat bojxona xizmati organlarining — eksportga yuklab jo‘natish to‘g‘risidagi yozma tasdiqnomalari;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
O‘zbekiston Respublikasi Tashqi iqtisodiy aloqalar, investitsiyalar va savdo vazirligi tomonidan tasdiqlangan 2008-yilda narx-navo va talabning eng yaxshi va eng yomon ko‘rsatkichlari davrida eksport mahsulotga narxlar va talabning dinamikasi to‘g‘risidagi axborot.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
9. O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiyot vazirligi, Moliya vazirligi va bank kreditlar bo‘yicha muddati o‘tkazib yuborilgan va joriy qarzlar summasini tarkibiy o‘zgartirish hamda jarima sanksiyalari va penyalarni hisobdan chiqarishning maqsadga muvofiqligini ko‘rib chiqishda eksport qiluvchi korxonadan qo‘shimcha ma’lumotlarni so‘rashga haqlidir.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
10. Eksport qiluvchi korxonaning murojaatini bank, O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiyot vazirligi va Moliya vazirligi tomonidan ko‘rib chiqish muddati 10 kundan oshmasligi kerak.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
11. Eksport qiluvchi korxonaning murojaatini ko‘rib chiqish:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
bank tomonidan — eksport qiluvchi korxonaning murojaati qondirilgan va shartlar o‘zgarmagan taqdirda, shuningdek eksport qiluvchi korxonaning murojaati qondirilgan taqdirda ilgari berilgan kreditlar qaytarilishini ta’minlash uchun eksport qiluvchi korxona tomonidan qo‘shimcha chora-tadbirlar ko‘rish zarurligini hisobga olgan holda kredit shartnomasida nazarda tutilgan eksport mahsulotga narx-navo va talabning pasayishi hamda kreditning qaytarilishi, to‘lay olishi va muddatliligi o‘rtasidagi sababli o‘zaro aloqani aniqlash, eksport qiluvchi korxonaning moliya-xo‘jalik faoliyatini qiyosiy baholash va ilgari berilgan kreditlarni qaytarish yuzasidan;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiyot vazirligi tomonidan — yangi qurilishni amalga oshirish, ishlab chiqarishni modernizatsiyalash, texnik va texnologik jihatdan qayta jihozlash, shuningdek korxonada mahsulot ishlab chiqarishni o‘zlashtirish va kengaytirishni hisobga olgan holda eksport qiluvchi korxonani yanada rivojlantirish istiqbollari bo‘yicha investitsiya loyihasi amalga oshirilishini baholash yuzasidan;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi tomonidan — mahsulot (ishlar, xizmatlar) tannarxini pasaytirish, ishlab chiqarishning rentabelliligini va foyda ko‘rishini oshirish, shuningdek korxonani moliyaviy sog‘lomlashtirishga oid qo‘shimcha chora-tadbirlar bo‘yicha eksport qiluvchi korxonaning moliyaviy rejasi bajarilishini tahlil qilish yuzasidan amalga oshiriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
12. Eksport qiluvchi korxonaning murojaatini ko‘rib chiqish natijalari bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiyot vazirligi, Moliya vazirligi tomonidan ishchi organga kreditlar bo‘yicha muddati o‘tkazib yuborilgan va joriy qarzlar summasini tarkibiy o‘zgartirish hamda jarima sanksiyalari va penyalarni hisobdan chiqarishning maqsadga muvofiqligi (maqsadga muvofiq emasligi) to‘g‘risida xulosa kiritiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
13. Ishchi organ bir kun muddatda eksport qiluvchi korxonaga va Komissiyaga bankning, O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiyot vazirligi va Moliya vazirligining xulosasini yuboradi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
14. Komissiya ikki hafta muddatda taqdim etilgan xulosalarni ko‘rib chiqadi va bankka iltimosnoma yuborish yoki eksport qiluvchi korxonaning murojaatini qondirishni rad etish to‘g‘risida qaror qabul qiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
15. Komissiyaning qarori tegishli bayonnoma bilan rasmiylashtiriladi hamda bankka va eksport qiluvchi korxonaga yuboriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
16. Komissiyaning eksport qiluvchi korxonaning murojaatini qondirish to‘g‘risidagi iltimosnomasi to‘g‘risidagi qarorini olishda kreditni tarkibiy o‘zgartirish bo‘yicha to‘planib qolgan hujjatlar bir hafta muddatda tegishli qaror qabul qilish uchun bankning kredit qo‘mitasi ko‘rib chiqishi uchun kiritiladi. Bank qonunchilikka va bankning ichki kredit siyosatiga muvofiq kredit qo‘mitasining qarorini qabul qilish uchun zarur qo‘shimcha axborotni eksport qiluvchi korxonadan so‘rashga haqlidir.
(16-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 4-apreldagi 153-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 05.04.2022-y., 09/22/153/0266-son)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
17. Bankning kredit qo‘mitasi hujjatlar kiritilgan kundan boshlab 2 kun mobaynida kredit bo‘yicha muddati o‘tkazib yuborilgan va joriy qarzdorlik summasini tarkibiy o‘zgartirish va/yoki jarima sanksiyalari va penyalarni hisobdan chiqarishning maqsadga muvofiqligi (maqsadga muvofiq emasligi) to‘g‘risida qaror qabul qiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
18. Kredit qo‘mitasi tomonidan kredit bo‘yicha muddati o‘tkazib yuborilgan va joriy qarzdorlik summasini tarkibiy o‘zgartirish hamda jarima sanksiyalari va penyalarni hisobdan chiqarishning maqsadga muvofiq emasligi to‘g‘risida qaror qabul qilingan taqdirda bank bankning kredit qo‘mitasining tegishli qarori qabul qilingan kundan boshlab 2 kundan kechikmay rad etishning asosli sabablarini ko‘rsatgan holda Komissiyani va eksport qiluvchi korxonani yozma shaklda xabardor qiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
19. Kredit qo‘mitasining qarori ijobiy bo‘lgan taqdirda bank qonunchilikka va bankning ichki kredit siyosatiga muvofiq eksport qiluvchi korxona bilan kredit berish shartlariga kiritilayotgan o‘zgartirishlar to‘g‘risida kredit shartnomasiga qo‘shimcha tuzadi, kredit bo‘yicha jarima sanksiyalari va penyalarni hisobdan chiqaradi hamda tarkibiy o‘zgartirilgan kreditni qaytarishning yangi jadvalini tasdiqlaydi.
(19-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 4-apreldagi 153-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 05.04.2022-y., 09/22/153/0266-son)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
20. Bank bank to‘g‘risidagi qonunchilikka va bankning kredit siyosatiga muvofiq eksport qiluvchi korxonalarning tarkibiy o‘zgartirilgan kreditlari monitoringini amalga oshiradi.
(20-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 4-apreldagi 153-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 05.04.2022-y., 09/22/153/0266-son)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
21. Tarkibiy o‘zgartirilgan kreditni qaytarish jadvali buzilgan taqdirda bank kreditning muddatida qaytarilmagan qismini eksport qiluvchi korxonaning bankdagi talab qilib olinadigan depozit hisob raqamidan kredit shartnomasida nazarda tutilgan tartibda muddatidan oldin undirib olish huquqiga ega.
(O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari to‘plami, 2008-y., 52-son, 528-modda; 2010-y., 23-son, 182-modda; 2013-y., 37-son, 485-modda; 2017-y., 33-son, 863-modda; Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 05.04.2022-y., 09/22/153/0266-son)