Oʻzbekiston Respublikasining Qonuni
OʻZBEKISTON RESPUBLIKASINING BOLA HUQUQLARI TOʻGʻRISIDAGI KONVENSIYAGA DOIR, BOLALARNING QUROLLI MOJAROLARDA IShTIROKIGA TAALLUQLI FAKULTATIV PROTOKOLGA (NYu-YORK, 2000-YIL 25 MAY) QOʻShILIShI HAQIDA
Qonunchilik palatasi tomonidan 2008-yil 11-noyabrda qabul qilingan
Senat tomonidan 2008-yil 5-dekabrda maʼqullangan
Senat tomonidan 2008-yil 5-dekabrda maʼqullangan
Bola huquqlari toʻgʻrisidagi Konvensiyaga doir, bolalarning qurolli mojarolarda ishtirokiga taalluqli Fakultativ protokolga (Nyu-York, 2000-yil 25-may) quyidagi bayonot bilan qoʻshilinsin:
Protokolning 3-moddasi 2-bandi boʻyicha: “Oʻzbekiston Respublikasi bayon etadiki, Oʻzbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlari safiga fuqarolarning chaqiruvi Oʻzbekiston Respublikasining 2002-yil 12-dekabrda qabul qilingan “Umumiy harbiy majburiyat va harbiy xizmat toʻgʻrisida”gi Qonuniga muvofiq ular faqat oʻn sakkiz yoshga toʻlganidan soʻng yoʻl qoʻyiladi”.
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti I. KARIMOV
Toshkent sh.,
2008-yil 12-dekabr,
OʻRQ-190-son
(Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2008-y., 50-son, 494-modda)