O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining
Farmoni
O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI PREZIDENTINING BA’ZI HUJJATLARIGA O‘ZGARTIShLAR KIRITISh TO‘G‘RISIDA
Mazkur Farmon O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 30-apreldagi PF-6218-sonli “Milliy qonunchilik bazasini kompleks tizimlashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi Farmoniga asosan o‘z kuchini yo‘qotgan.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining tijorat banklari moliyaviy barqarorligini yanada oshirish va investitsiyaviy faoliyatini kuchaytirish sohasidagi ba’zi hujjatlarini muvofiqlashtirish maqsadida:
1. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining ba’zi hujjatlariga ilovaga muvofiq o‘zgartishlar kiritilsin.
2. Mazkur Farmonning ijrosini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Mamlakatni isloh qilish va yangilashning huquqiy bazasini takomillashtirish masalalari bo‘yicha Davlat maslahatchisi xizmati (Sh.X. Fayziyev) zimmasiga yuklansin.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti I. KARIMOV
Toshkent sh.,
2008-yil 21-noyabr,
PF-4055-son
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2008-yil 21-noyabrdagi PF-4055-son Farmoniga
ILOVA
ILOVA
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining o‘zgartishlar kiritiladigan hujjatlari ro‘yxati
(1-band O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 8-iyuldagi PF-6021-sonli Farmoniga asosan 2020-yil 1-avgustdan o‘z kuchini yo‘qotadi — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 09.07.2020-y., 06/20/6021/1047-son)
2. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Bank tizimini yanada isloh qilish va erkinlashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2005-yil 15-apreldagi PQ-56-son qarorining 3-bandi o‘z kuchini yo‘qotgan deb hisoblansin.
(O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari to‘plami, 2008-y., 48-son, 470-modda; Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 09.07.2020-y., 06/20/6021/1047-son)