Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
qarori
“OʻZBEKENERGO” DAVLAT-AKSIYADORLIK KOMPANIYASI VA UNING TARKIBIY KORXONALARINING 2006 YILDAGI MOLIYAVIY-XOʻJALIK FAOLIYATI NATIJALARI BOʻYIChA HISOBLANGAN DIVIDENDLARNING BIR QISMINI USTAV SARMOYASIGA KAPITALLAShTIRISh TOʻGʻRISIDA
Mazkur qaror Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 22-fevraldagi 87-sonli “Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining oʻz ahamiyatini yoʻqotgan ayrim qarorlarini oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblash toʻgʻrisida (Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Oʻz ahamiyatini yoʻqotgan qonunchilik hujjatlarini qayta koʻrib chiqish tizimini joriy etish orqali mamlakatda ishbilarmonlik muhitini yaxshilash chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2020-yil 27-sentabrdagi PF-6075-son Farmoni)”gi qaroriga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan.
“Oʻzbekenergo” davlat-aksiyadorlik kompaniyasi va uning tarkibiy korxonalarini moliyalashtirishning qoʻshimcha manbalari hisobiga generatsiya qiluvchi quvvatlarni va elektr tarmoqlarini yanada rivojlantirishga yoʻnaltirilgan tadbirlarni amalga oshirish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
1. “Oʻzbekenergo” davlat-aksiyadorlik kompaniyasi va uning tarkibiy korxonalarining 2006-yildagi moliyaviy-xoʻjalik faoliyati natijalariga koʻra oddiy aksiyalar boʻyicha 42175,3 mln. soʻm, shu jumladan davlat ulushi boʻyicha 28404,1 mln. soʻm dividendlar hisoblanganligi maʼlumot uchun qabul qilinsin.
2. Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi, Iqtisodiyot vazirligi, Davlat mulki qoʻmitasi va “Oʻzbekenergo” davlat-aksiyadorlik kompaniyasining 2006-yildagi moliyaviy-xoʻjalik faoliyati natijalariga koʻra hisoblangan dividendlarning oddiy aksiyalar boʻyicha 31385,5 mln. soʻm, shu jumladan davlat ulushi boʻyicha 23192,9 mln. soʻm miqdoridagi qismini “Oʻzbekenergo” davlat-aksiyadorlik kompaniyasi va uning tarkibiy korxonalarining ustav sarmoyasiga kapitallashtirish toʻgʻrisidagi taklifiga rozilik berilsin.
3. Oʻzbekiston Respublikasi Davlat mulki qoʻmitasi “Oʻzbekenergo” davlat-aksiyadorlik kompaniyasi bilan birgalikda belgilangan tartibda:
oddiy aksiyalar boʻyicha hisoblangan dividendlarning bir qismini kapitallashtirish hisobiga “Oʻzbekenergo” davlat-aksiyadorlik kompaniyasi va uning tarkibiy korxonalarining ustav sarmoyasini ilovaga muvofiq koʻpaytirsin;
“Oʻzbekenergo” davlat-aksiyadorlik kompaniyasi va uning tarkibiy korxonalari aksiyalari emissiyasi prospektlarining davlat roʻyxatidan oʻtkazilishini taʼminlasin.
4. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining birinchi oʻrinbosari R.S. Azimov va Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosari E.R. Shaismatov zimmasiga yuklansin.
Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri Sh. MIRZIYOYEV
Toshkent sh.,
2008-yil 29-oktabr,
234-son
Vazirlar Mahkamasining 2008-yil 29-oktabrdagi 234-son qaroriga
ILOVA
ILOVA
“Oʻzbekenergo” davlat-aksiyadorlik kompaniyasi va uning tarkibiy korxonalarining 2006-yildagi moliyaviy-xoʻjalik faoliyati natijalariga koʻra oddiy aksiyalar boʻyicha hisoblangan va ustav sarmoyasiga kapitallashtiriladigan dividendlar summasi
| T/r | Korxonalar nomi | Ustav sarmoyasiga kapitallashtiriladigan dividendlar summasi (mln. soʻm) | |
| jami | shu jumladan davlat ulushi boʻyicha | ||
| 1. | “Oʻzbekenergo” davlat-aksiyadorlik kompaniyasi | 15,549.9 | 15,549.9 |
| 2. | “Qoraqalpogʻiston ET” OAJ | 322.5 | 150.9 |
| 3. | “Jizzax ET” OAJ | 329.2 | 160.0 |
| 4. | “Qashqadaryo ET” OAJ | 263.3 | 125.1 |
| 5. | “Namangan ET” OAJ | 327.1 | 143.9 |
| 6. | “Samarqand ET” OAJ | 1,943.1 | 907.4 |
| 7. | “Surxondaryo ET” OAJ | 803.3 | 385.6 |
| 8. | “Toshkent ET” OAJ | 4,781.7 | 2,328.4 |
| 9. | “Yangi-Angren IET” OAJ | 5,479.5 | 2,670.9 |
| 10. | “Xorazm ET” OAJ | 3.4 | 1.7 |
| 11. | “Toshkent shahar ETK” OAJ | 1,582.5 | 769.1 |
| | JAMI | 31 385.5 | 23 192.9 |
(Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2008-y., 44-45-son, 442-modda)