Hujjat kuchini yo‘qotgan 22.02.2021 30.09.2008 yildagi 219-son
ONLINE TRANSLATE
Hujjat kuchini yo‘qotgan 22.02.2021
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
qarori
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
INSON HUQUQLARI BOʻYIChA MILLIY INSTITUTLARNI DAVLAT TOMONIDAN QOʻLLAB-QUVVATLASh ChORA-TADBIRLARI KOMPLEKSI TOʻGʻRISIDA
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
 LexUZ sharhi
Mazkur qaror Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 22-fevraldagi 87-sonli “Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining oʻz ahamiyatini yoʻqotgan ayrim qarorlarini oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblash toʻgʻrisida (Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Oʻz ahamiyatini yoʻqotgan qonunchilik hujjatlarini qayta koʻrib chiqish tizimini joriy etish orqali mamlakatda ishbilarmonlik muhitini yaxshilash chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2020-yil 27-sentabrdagi PF-6075-son Farmoni)”gi qaroriga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Inson huquqlari umumjahon deklaratsiyasi qabul qilinganligining 60 yilligiga bagʻishlangan tadbirlar dasturi toʻgʻrisida” 2008-yil 1-maydagi PF-3994-son Farmonini bajarish yuzasidan va inson huquqlari boʻyicha milliy institutlarning samarali faoliyat koʻrsatishi uchun zarur shart-sharoitlar yaratish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1. 2008-yilda inson huquqlari boʻyicha Oʻzbekiston milliy institutlarining moddiy-texnika bazasini mustahkamlash boʻyicha chora-tadbirlar kompleksi ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2. Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2008-yilda Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Inson huquqlari boʻyicha vakili kotibiyatiga (keyingi oʻrinlarda “Vakil Kotibiyati” deb ataladi) va Inson huquqlari boʻyicha milliy markazga (keyingi oʻrinlarda “Markaz” deb ataladi) Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining zaxira jamgʻarmasidan asoslangan hisob-kitoblar boʻyicha ushbu qarorga ilovaga kiritilgan zarur zamonaviy ofis mebeli, avtotransport, kompyuter texnikasi, dasturiy vositalar va boshqa moddiy-texnika vositalari sotib olish uchun belgilangan tartibda mablagʻ ajratsin;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2008-yil oktyabr oyidan boshlab Davlat budjetidan Vakilning, uning Kotibiyatining joriy taʼminoti, bosma materiallar chiqarish, axborot nashrlari va adabiyotlarga obuna boʻlish, xalqaro Ombudsman institutlariga aʼzolik badallari toʻlash, Vakil va uning Kotibiyati xodimlarining xalqaro forumlar ishida qatnashishi uchun har yili mablagʻlar ajratilishini, shuningdek avtomobillarni saqlashga limitlar ajratilishini nazarda tutsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3. Vakil kotibiyati Toshkent shahar, Shayxontohur tumani, Oʻzbekiston shoh koʻchasi, 16 “A” uydagi maʼmuriy binoga joylashtirilsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Toshkent shahar hokimligi bir oy muddatda ushbu qarorga muvofiq Vakilning Kotibiyati uchun ajratilgan xonalar belgilangan tartibda taʼmirlanishini taʼminlasin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
4. Vakil Kotibiyati va Markaz Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarorlari va farmoyishlari, Oʻzbekiston Respublikasi vazirliklari, davlat qoʻmitalari va idoralarining normativ-huquqiy hujjatlari bir nusxada majburiy yuboriladigan tashkilotlar roʻyxatiga kiritilsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
5. Oʻzbekiston matbuot va axborot agentligi Vakil Kotibiyatini va Markazni bosma va kitob mahsulotlari (huquqiy, ijtimoiy-siyosiy, iqtisodiy va tarixiy nashrlar)ning nazorat nusxalarini (1 nusxa) bepul oladigan tashkilotlar roʻyxatiga kiritsin hamda Vakil va Markazning buyurtmanomalari boʻyicha axborot-tahliliy va ilmiy mahsulotlar nashr etilishiga koʻmaklashsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
6. Oʻzbekiston aloqa va axborotlashtirish agentligi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
bir oy muddatda Vakil Kotibiyatini belgilangan tartibda zarur aloqa vositalari, shu jumladan Hukumat aloqa vositalari, shuningdek Internet tarmogʻi bilan taʼminlasin;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Vakil Kotibiyati va Markaz bilan birgalikda 2008-yil 1-noyabrgacha Internet tarmogʻida ularning veb-saytlarini ishlab chiqsin va uzluksiz ishlashini taʼminlasin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
7. Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi bir oy muddatda amaldagi qonun hujjatlariga ushbu qarordan kelib chiqadigan oʻzgartirish va qoʻshimchalar toʻgʻrisida takliflar kiritsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
8. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosari R.S. Qosimov zimmasiga yuklansin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri Sh. MIRZIYOYEV
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Toshkent sh.,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2008-yil 30-sentabr,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
219-son
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Vazirlar Mahkamasining 2008-yil 30-sentabrdagi 219-son qaroriga
ILOVA
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2008-yilda inson huquqlari boʻyicha Oʻzbekiston milliy institutlarining moddiy-texnika bazasini mustahkamlash boʻyicha
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
ChORA-TADBIRLAR KOMPLEKSI
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
T/r Chora-tadbirlar nomi Xarajatlarning hisoblangan summasi (mln. soʻm) Bajarish muddati Masʼul bajaruvchilar
1.‎ Vakil Kotibiyatini va Markazni Toshkent shahar Shayxontohur tumani, Oʻzbekiston shoh koʻchasi, 16 “A” uyda joylashgan maʼmuriy bino xonalariga joylashtirish. har yili Davlat budjetidan ajratiladigan mablagʻlar hisobiga kommunal va foydalanish xizmatlariga haq toʻlash summasi doirasida 2008-yil oktyabr Toshkent shahar hokimligi, Moliya vazirligi
2.‎ Vakil Kotibiyati va Markaz xonalarini mebel va ofis anjomlari bilan jihozlash. 21,41
‎(shu jumladan: Vakil Kotibiyatiga — 10,11 va Markazga — 11,3)
2008-yil oktyabr Moliya vazirligi, Vakil Kotibiyati, Markaz
3.‎ Vakil Kotibiyati va Markaz xonalarini kompyuterlar va tashkiliy texnika bilan jihozlash. 69,43
‎(shu jumladan: Vakil Kotibiyatiga — 36,93 va Markazga — 32,5)
2008-yil oktyabr Moliya vazirligi, Vakil Kotibiyati, Markaz
4. Vakil Kotibiyati va Markaz uchun 2 ta yengil avtomobil sotib olish, shu jumladan: 48,2 2008-yil oktyabr Moliya vazirligi, “Oʻzavtosanoat” aksiyadorlik kompaniyasi, Vakil Kotibiyati, Markaz

Vakil Kotibiyatiga — 1 ta (“Damas”);

11,4

Markazga — 1 ta (“Lasseti”).

36,8
Barcha mablagʻlar 139,04‎
(Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2008-y., 40-41-son, 411-modda)