14.06.1991 yildagi 295-XII-son
ONLINE TRANSLATE
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasining qonuni
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
KOOPERATSIYA TOʻGʻRISIDA
(Qonunning nomi Oʻzbekiston Respublikasining 1993-yil 28-dekabrdagi 1008-XII-son Qonuni tahririda — Oliy Kengash Axborotnomasi, 1994-y., 2-son, 52-modda)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Ushbu Qonun “Oʻzbekiston Respublikasidagi korxonalar toʻgʻrisida”gi Qonun va Oʻzbekiston Respublikasining boshqa qonunlari bilan bir qatorda kooperatsiya faoliyatining oʻziga xos jihatlarini belgilaydi.
(Muqaddimaning birinchi qismi Oʻzbekiston Respublikasining 1993-yil 28-dekabrdagi 1008-XII-son Qonuni tahririda — Oliy Kengash Axborotnomasi, 1994-y., 2-son, 52-modda)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
U yuridik va jismoniy shaxslarga kooperativga ixtiyoriy ravishda kirish va undan erkin chiqish, kooperativni boshqarishda ishtirok etish huquqini, kooperativlarni mulkchilikning barcha shakllaridagi korxonalar bilan teng huquqlilik asosida rivojlantirish, jamoa boʻlib xoʻjalik yuritish mustaqillikni hamda ustavda belgilangan vazifalarni bajarish yuzasidan qaror qabul qilishda kooperativning mustaqilligini kafolatlaydi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1-modda. Kooperatsiya va uning turlari
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1. Oʻzbekiston Respublikasida kooperatsiya jismoniy va yuridik shaxslarning iqtisodiy hamda ijtimoiy faoliyatning turli sohalarida umumiy maqsadlarga erishish uchun tashkiliy jihatdan rasmiylashtirilgan, mulkning shirkat (jamoa) shakliga asoslangan ixtiyoriy birlashmalaridan (kooperativlaridan) iboratdir.
(1-moddaning 1-bandi Oʻzbekiston Respublikasining 1993-yil 28-dekabrdagi 1008-XII-son Qonuni tahririda — Oliy Kengash Axborotnomasi, 1994-y., 2-son, 52-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2. Oʻzbekiston Respublikasida aholining mahsulotlar, ishlar va xizmatlarga boʻlgan ehtiyojlarini qondirish uchun, shuningdek foyda (daromad) olish maqsadida tuziladigan matlubot, ishlab chiqarish va aralash ishlab chiqarish-matlubot kooperativlari amal qiladi.
(1-moddaning 2-bandi Oʻzbekiston Respublikasining 1993-yil 28-dekabrdagi 1008-XII-son Qonuni tahririda — Oliy Kengash Axborotnomasi, 1994-y., 2-son, 52-modda)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Kooperatsiya, shuningdek oʻz aʼzolarining uy-joy-maishiy va boshqa ijtimoiy ehtiyojlarini qondirishga xizmat qiladigan kooperativlarni,(uy-joy-qurish uy joy kooperativlarini, garaj qurish, chorbogʻ qurish va shu kabi kooperativlarni) ham oʻz ichiga oladi.
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2-modda. Kooperatsiya toʻgʻrisida qonunchilik
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Barcha turdagi kooperativlar va ularning xoʻjalik uyushmalarini tuzishning, ular faoliyatining, ularni qayta tuzish va tugatishning umumiy huquqiy, iqtisodiy va ijtimoiy asoslari ushbu Qonun, “Oʻzbekiston Respublikasidagi korxonalar toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonuni, Oʻzbekiston Respublikasining boshqa qonun hujjatlari bilan, Qoraqalpogʻiston Respublikasida esa — Qoraqalpogʻiston Respublikasi qonunchiligi bilan ham tartibga solinadi.
(2-modda Oʻzbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi OʻRQ-683-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3-modda. Kooperativ — kooperatsiyaning birlamchi boʻgʻini
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1. Yuridik shaxs huquqiga ega boʻlgan, jamoa mulki huquqi asosida oʻziga qarashli mulkka egalik qiladigan, undan foydalanadigan va uni tasarruf etadigan mustaqil xoʻjalik yurituvchi subyekt kooperativ hisoblanadi. Yer va boshqa tabiiy boyliklar kooperativlarga foydalanish uchun beriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Ishlab chiqarish va ishlab chiqarish-matlubot kooperativlarining faoliyati, oʻz aʼzolarining, shuningdek mehnat shartnomalari (kontraktlar, bitimlar) boʻyicha ishlayotgan kishilarning oʻz mehnatlari bilan shaxsan ishtirok etishiga asoslanadi
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Matlubot kooperativlari hamda oʻz aʼzolarining oʻy-joy-maishiy va boshqa ijtimoiy ehtiyojlarini qondirishga xizmat qiladigan kooperativlar faoliyati oʻz mehnati bilan shaxsan ishtirok etish bilan boʻlmasligi ham mumkin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2. Kooperativlar tarmoq hududiy va boshqa belgilar boʻyicha xoʻjalik uyushmalariga ixtiyoriylik asosida birlashmalari va yakkahokimlikka qarshi qonunlarning talablarini hisobga olgan holda ish olib borishlari mumkin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3. Kooperativ, Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlarida taqiqlanganlaridan tashqari, faoliyatning har qanday turi bilan shugʻullanishga haqlidir. Bunda kooperativlar va ularning xoʻjalik uyushmalari (shu jumladan barcha turdagi aralash davlat-kooperativ uyushmalari) davlat boshqaruvi, kontroli va nazorati, shuningdek tergovga qadar tekshiruvni amalga oshiruvchi organlar, surishtiruv, tergov va odil sudlov idoralarining vazifalarini bajarishlariga yoʻl qoʻyilmaydi.
(3-modda 3-bandining birinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi OʻRQ-683-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Kooperativlar, kooperativlarning xoʻjalik uyushmalari Oʻzbekiston Respublikasining qonunchiligiga va xalqaro shartnomalarga muvofiq respublika va xalqaro bozorlarda xoʻjalik faoliyatini erkin yuritish huquqiga egadirlar.
(3-modda 3-bandining ikkinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi OʻRQ-683-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
4-modda. Kooperativning mulkdorlari va mol-mulki
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1. Kooperativning mustaqil balansida oʻz ifodasini topadigan asosiy fondlar, oborot mablagʻlari, pay badallari, shuningdek boshqa boyliklar kooperativ mulki hisoblanadi.
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2. Kooperativning mol-mulki oʻz aʼzolarining pul va moddiy badallari, banklarning kreditlari, oʻzi ishlab chiqargan mahsulotlar, bu mahsulotlarni sotishdan, kooperativ ustavida nazarda tutilgan oʻzga xil faoliyatdan kelgan daromadlar hamda qonun hujjatlarida man etilmagan boshqa manbalar hisobiga hosil boʻladi. Kooperativning mol-mulkini shakllantirishda, mulk shaklidan qatʼi nazar, korxonalar (tashkilotlar), shuningdek mazkur kooperativga aʼzo boʻlmagan, ammo unda mehnat shartnomasiga (kontraktiga), bitimiga muvofiq ishlayotgan jismoniy shaxslar shartnoma asoslarida pul va moddiy badallar toʻlash yoʻli bilan ishtirok etishlari mumkin.
(4-moddaning ikkinchi bandi Oʻzbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi OʻRQ-683-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3. Kooperativ tomonidan tashkil etilayotgan korxonalar va tashkilotlarning mol-mulki, shuningdek qoʻshgan ulushlariga muvofiq xoʻjaliklararo korxonalar va tashkilotlarning mol-mulki kooperativ mulki hisoblanadi.
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Tarkibiga kooperativlar, turli mulk shaklidagi boshqa korxonalar va tashkilotlar kirgan xoʻjalik uyushmalarining mol-mulki ularning shirkat (jamoa) mulkidir. Tarkibiga faqatgina kooperativlar kirgan uyushmalarning (ittifoqlarning) mol-mulki, basharti mazkur uyushmalarning (ittifoqlarning) taʼsis hujjatlarida yoki Oʻzbekiston Respublikasining qonunchiligida oʻzga hol nazarda tutilmagan boʻlsa, ana shu kooperativlarga shirkat (jamoa) mulki huquqida qarashli boʻladi.
(4-modda 3-bandining ikkinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi OʻRQ-683-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
5-modda. Kooperativ tuzish va uning Ustavi
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1. Kooperativ fuqarolar istagi bilan yoki yuridik shaxslarning tashabbusi bilan mutlaqo ixtiyoriylik asosida tashkil etiladi. Kooperativ aʼzolari boʻlgan fuqarolarning soni uch kishidan kam boʻlmasligi, matlubot kooperativida (jamiyatida) hamda qishloq xoʻjaligi kooperativida esa yetti kishidan kam boʻlmasligi kerak.
(5-modda 1-bandining birinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasining 2024-yil 8-noyabrdagi OʻRQ-995-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 11.11.2024-y., 03/24/995/0908-son. Kuchga kirish sanasi — 2025-yil 12-fevral)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Kooperativ mustaqil tarzda ham, mulkning har qanday shakliga mansub korxonalar, muassasalar, tashkilotlar huzurida ham tashkil etiladi va faoliyat koʻrsatadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Mulkchilikning har qanday turdagi korxonaning, muassasaning, tashkilotning qaroriga koʻra tuziladigan kooperativ yuridik shaxs huquqiga ega boʻlishi, joriy va hisob-kitob schyotlari ochishi mumkin. Korxona, muassasa, tashkilot shunday turdagi kooperativning ustavini tasdiqlaydi, uning ishlab chiqarish va xoʻjalik faoliyatini nazorat qiladi hamda uning faoliyat natijalari uchun toʻla javobgar boʻladi.
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2. Kooperativning ustavi kooperativ taʼsis etishni istagan fuqarolarning umumiy yigʻilishida yoki yuridik shaxslar muxtor vakillarining yigʻilishida qabul qilinadi va davlat xizmatlari markazlarida roʻyxatga olinadi.
(2-bandning birinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasining 2022-yil 2-fevraldagi OʻRQ-749-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 03.02.2022-y., 03/22/749/0101-son)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Ustavi roʻyxatga olingan va davlat reyestriga kiritilgan paytdan eʼtiboran kooperativ tashkil topgan deb hisoblanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Matlubot, ishlab chiqarish kooperativlari, aralash shaklidagi kooperativlarning ustavida kooperativ aʼzolarining kooperativ qarzlari boʻyicha mulkiy javobgarligi koʻrsatilgan boʻlishi kerak. Bu qoida kooperativ ustavida oʻz aksini topmasa, uni davlat roʻyxatiga olish man etiladi.
(5-modda 2-bandi Oʻzbekiston Respublikasining 1993-yil 28-dekabrdagi 1008-XII-son Qonuni tahririda — Oliy Kengash Axborotnomasi, 1994-y., 2-son, 52-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3. Soxta kooperativ aniqlangan taqdirda qaytarilmagan ssudalar va kreditlar uning aʼzolaridan amaldagi qonunchilik normalariga muvofiq undirib olinadi.
(5-moddaning 3-bandi Oʻzbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi OʻRQ-683-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
6-modda. Kooperativga aʼzolik
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1. 16 yoshga toʻlgan, kooperativning maqsad va vazifalarini amalga oshirishda ishtirok etish istagini bildirgan va bunga qodir boʻlgan har bir jismoniy shaxs, basharti Oʻzbekiston Respublikasi qonunchiligida oʻzga hol nazarda tutilmagan boʻlsa, kooperativ aʼzosi boʻlishi mumkin.
(6-modda 1-bandining birinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi OʻRQ-683-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Mulkchilikning barcha shakllaridagi korxonalar va tashkilotlar, shuningdek boshqa kooperativlar va shirkatlar kooperativning jamoa aʼzolari boʻlishi mumkin. Kooperativlar va ularning jamoa aʼzolari oʻrtasidagi oʻzaro munosabatlar shartnoma asoslarida quriladi.
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2. Kooperativning aʼzosi mehnat shartnomasi boʻyicha bir nechta ishlab chiqarish kooperativida ishlashi yoki ayni bir vaqtning oʻzida uy-joy va boshqa ijtimoiy ehtiyojlarni qondirish bilan shugʻullanuvchi bir necha kooperativning aʼzosi boʻlishi haqli.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Kooperativga kirish yoki unda mehnat shartnomasi (kontrakt, bitim) boʻyicha ishlash uchun asosiy ish joyidagi korxona mulkdorining, maʼmuriyatning (boshqaruv idorasining) roziligi talab qilinmaydi.
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Qonunchilikka muvofiq yoki sudning hal qiluv qaroriga koʻra muayyan faoliyat bilan shugʻullanishi yoxud muayyan lavozimni egallashi man etilgan shaxslarning kooperativga aʼzo boʻlishi yoki mehnat shartnomasi (kontrakti) asosida unda ishlashga jalb etilishi mumkin emas.
(6-modda 2-bandining uchinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi OʻRQ-683-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3. Aʼzolik munosabatlaridan kelib chiqqan nizoli ishlar kooperativ ustavida belgilangan tartibda kooperativ boshqaruv idoralari tomonidan, Oʻzbekiston Respublikasi qonunchiligida nazarda tutilgan hollarda esa — sud tomonidan hal etiladi.
(6-moddaning 3-bandi Oʻzbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi OʻRQ-683-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
4. Kooperativ aʼzosi ustavda nazarda tutilgan hollarda kooperativning umumiy yigʻilishi qaroriga binoan kooperativdan chiqarilishi mumkin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Kooperativ aʼzoligidan chiqarilganlik ustidan sudga shikoyat qilinishi mumkin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
7-modda. Kooperativ aʼzolarining huquqlari va majburiyatlari
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1. Barcha turdagi kooperativlarning aʼzolari:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
kooperativ faoliyatda va uning ishlarini boshqarishda qatnashish kooperativning boshqaruv va nazorat idoralariga saylash hamda saylanish, kooperativ faoliyatini yaxshilash, uning idoralari va mansabdor shaxslarining ishidagi nuqsonlarni bartaraf etish haqida takliflar kiritish:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
foydali (daromaddan) ulush olish, kooperativ tugatilgan taqdirda esa — ustavda nazarda tutilgan tartibda qoʻshgan mehnat va mulkiy hissasiga yarasha kooperativ aʼzolari oʻrtasida taqsimlanishi lozim boʻlgan mulk ulushini olish;
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
pay badalining butun summasini qaytarib olgan holda, shuningdek oʻz mehnat va mulkiy hissasiga mutanosib ravishda kooperativ foydasidan (daromadidan) ulush olgan holda kooperativdan ixtiyoriy tarzda chiqish;
(7-modda 1-bandining toʻrtinchi qismi Oʻzbekiston Respublikasining 1993-yil 28-dekabrdagi 1008-XII-son Qonuni tahririda — Oliy Kengash Axborotnomasi, 1994-y., 2-son, 52-modda)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
kooperativ mulkidan, ustavda kooperativ aʼzolari uchun nazarda tutilgan imtiyozlar va afzalliklardan foydalanish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
kooperativning mansabdor shaxslaridan kooperativning faoliyatiga doir har qanday masala yuzasidan axborot olish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
kooperativ mulkidagi oʻziga qarashli ulushni meros qilib qoldirish huquqiga egadir.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Bundan tashqari ishlab chiqarish va matlubot kooperativlarining aʼzolari:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
ishlab chiqarish ehtiyojlarini va kasbiy tayyorgarlikni hisobga olgan holda kooperativdan ish olish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
ishlamaydigan kunlar berish orqali taʼminlanadigan dam olish, shuningdek ishchi va xizmatchilarning tegishli toifalari uchun qonunda belgilanganidan kam boʻlmagan muddatga har yili haq toʻlanadigan otpuska olish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
xavfsiz mehnat sharoiti bilan taʼminlanish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
oʻzini ijtimoiy va majburiy tibbiy sugʻurta qildirish hamda ijtimoiy taʼminlanish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
madaniy-maishiy xizmatdan foydalanish va kooperativ aʼzolarining umumiy yigʻilishi belgilagan tartibda boshqa ehtiyojlarni qondirish huquqiga ham egadirlar.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2. Barcha turdagi kooperativlarning aʼzolari:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
kooperativ ustaviga rioya etishlari hamda kooperativning umumiy yigʻilishi, saylab qoʻyiladigan boshqaruv va nazorat idoralari qabul qilgan qarorlarni bajarishlari;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
kooperativ faoliyatda mehnat qilib yoki mulk qoʻshib ishtirok etish bilan bogʻliq kooperativ oldidagi oʻz majburiyatlarini bajarishlari;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
kooperativga xoʻjalik faoliyati yuritish uchun berib qoʻyilgan tabiat resurslaridan oqilona foydalanishlari, ularni asrab-avaylashlari hamda atrof-muhitni muhofaza qilish chora-tadbirlarini bajarishlari shart.
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3. Kooperativ aʼzolari kooperativ ustavida va qonunchilikda nazarda tutilgan boshqa huquqlarga ham ega boʻladilar hamda ularning zimmasiga masʼuliyatlar ham yuklatiladi.
(7-moddaning 3-bandi Oʻzbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi OʻRQ-683-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
8-modda. Kooperativ aʼzolarning masʼuliyati
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1. Ishlab chiqarish kooperativlarining va aralash shakldagi kooperativlarning aʼzolari tugatilgan kooperativning qarzlari yuzasidan kooperativning mol-mulki bilan javobgar boʻladilar, bu mol-mulk yetmay qolgan taqdirda qarz summasi sud tomonidan kooperativ har bir aʼzosining yillik daromadi summasiga mutanosib ravishda taqsimlanadi.
(8-moddaning 1-bandi Oʻzbekiston Respublikasining 1993-yil 28-dekabrdagi 1008-XII-son Qonuni tahririda — Oliy Kengash Axborotnomasi, 1994-y., 2-son, 52-modda)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2. Matlubot kooperativining faoliyatida faqat pay badallari qoʻshib ishtirok etayotgan kooperativ aʼzosi, shuningdek oʻz aʼzolarining uy-joy-maishiy va boshqa ijtimoiy ehtiyojlarini qondirishga xizmat qiladigan kooperativ aʼzosi boʻlmish fuqaro oʻzi qoʻshgan pay badali doirasida kooperativning majburiyatlari boʻyicha javobgar boʻladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3. Matlubot, ishlab chiqarish kooperativining jamoa aʼzosi xoʻjalik mustaqilligini saqlab qoladi va oʻz faoliyatida oʻzining ustaviga (nizomiga) amal qiladi. U mustaqil mulkiy javobgar boʻladi. Matlubot va ishlab chiqarish kooperativi (jamiyati) oʻz tarkibidagi jamoa aʼzolarining majburiyatlari uchun javobgar boʻlmaydi, jamoa aʼzolari esa kooperativning (jamiyatning) majburiyatlari boʻyicha uning ustavida koʻzda tutilgan tartibda va miqdorlarda javobgar boʻladilar.
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
4. Kooperatsiya toʻgʻrisidagi qonunchilikni buzganlik uchun aybdor boʻlgan mansabdor shaxslar, kooperativlar va ularning xoʻjalik uyushmalari (shu jumladan, matlubot jamiyatlari ittifoqi) aʼzolari qonunda belgilangan tartibda mulkiy, maʼmuriy, jinoiy va oʻzgacha tarzda javobgar boʻladilar.
(8-moddaning 4-bandi Oʻzbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi OʻRQ-683-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
9-modda. Kooperativni boshqarish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1. Kooperativning oliy boshqaruv idorasi umumiy yigʻilish, konferensiya, syezd boʻlib, ular kooperativ raisini (boshqaruvini), taftish komissiyasini (taftishchini) saylaydi va ularga kooperativni boshqarish boʻyicha oʻz vakolatlarini topshiradi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Kooperativning har bir aʼzosi, shu jumladan uning har bir jamoa aʼzosi, qoʻshgan mulkiy hissasining miqdoridan qatʼi nazar, bir ovozga ega boʻladi.
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Kooperativda mehnat shartnomasi (kontrakti) boʻyicha ishlayotgan fuqarolar umumiy yigʻilishda maslahat ovozi huquqi bilan ishtirok etadilar.
(9-modda 1-bandining uchinchi qismi Oʻzbekiston Respublikasining 1993-yil 28-dekabrdagi 1008-XII-son Qonuni tahririda — Oliy Kengash Axborotnomasi, 1994-y., 2-son, 52-modda)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2. Umumiy yigʻilish:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
kooperativning ustavini qabul qiladi, unga belgilangan tartibda oʻzgartirishlar va qoʻshimchalar kiritadi;
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
kooperativ raisini, kooperativ boshqaruvini va taftish komissiyasini (taftishchisini) saylaydi (yollaydi) va ozod etadi, ularning faoliyatlariga doir hisobotlarini eshitadi;
(9-modda 2-bandining uchinchi qismi Oʻzbekiston Respublikasining 1993-yil 28-dekabrdagi 1008-XII-son Qonuni tahririda — Oliy Kengash Axborotnomasi, 1994-y., 2-son, 52-modda)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
kooperativ aʼzoligiga qabul qilish, aʼzolikdan chiqarish masalalarini, shuningdek, kooperativdan chiqish bilan bogʻliq masalalarni hal qiladi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
kooperativning ichki tartib qoidalari, kooperativ mulkiga yetkazilgan zarar uchun moddiy javobgarlik toʻgʻrisidagi, mehnatga haq toʻlash haq toʻgʻrisidagi qoidalarni hamda kooperativning boshqa ichki hujjatlarini qabul qiladi va ularni oʻzgartiradi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
kooperativga kirish, pay badallarining va boshqa badallarning miqdorini belgilaydi ;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
kooperativ faoliyatning rejalarini va ularning ijrosiga doir hisobotlarni tasdiqlaydi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
foydani (daromadni) taqsimlash tartibini, kooperativ fondlari va rezervlarining turlari, miqdori hamda ulardan foydalanish yoʻnalishlarini belgilaydi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
kooperativni qayta tashkil etish va uning faoliyatini toʻxtatish, uning xoʻjalik uyushmalariga kirishi va ulardan chiqishi masalalarini hal qiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Mazkur masalalar boʻyicha qarorlar qabul qilish kooperativ umumiy yigʻilishining mutlaq ixtiyorida boʻladi. Kooperativ ustaviga yoki umumiy yigʻilishning qaroriga muvofiq kooperativ faoliyatining boshqa tashkiliy, xoʻjalik va ijtimoiy masalalari ham kooperativning mutlaq ixtiyoriga berilishi mumkin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Zarur hollarda kooperativlarda umumiy yigʻilish ixtiyoridagi masalalarni hal etish uchun vakillar yigʻilishlari chaqirilishi mumkin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Kooperativ boshqaruvi (raisi)ning statusi kooperativ ustavi bilan belgilanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3. Taftish komissiyasi (taftishchi) kooperativning (boshqaruvning) moliyaviy va xoʻjalik faoliyatini tekshiradi va u umumiy yigʻilish oldida hisobdordir.
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Kooperativ aʼzolarining umumiy yigʻilishi kooperativning (boshqaruvning) moliya-xoʻjalik faoliyatini tekshirish uchun belgilangan tartibda auditorni yoki auditorlik tashkilotini jalb etishga haqlidir.
(9-moddaning 3-bandi Oʻzbekiston Respublikasining 1993-yil 28-dekabrdagi 1008-XII-son Qonuniga asosan ikkinchi qism bilan toʻldirilgan — Oliy Kengash Axborotnomasi, 1994-y., 2-son, 52-modda)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
10-modda. Kooperativning faoliyatini toʻxtatish va uni qaytadan tashkil etish
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1. Kooperativni tugatish yoki qaytadan tashkil etish (qoʻshib yuborish, birlashtirish, boʻlish, ajratish, oʻzgartirish) kooperativ mol-mulki egasining yoki u vakolat bergan organning, kooperativ qaysi korxona, muassasa, tashkilot (xoʻjalik uyushmasi) huzurida tashkil etilgan boʻlsa, shu korxona, muassasa, tashkilot (xoʻjalik uyushmasi)ning qaroriga yoki sudning hal qiluv qaroriga muvofiq amalga oshiriladi.
(10-moddaning 1-bandi Oʻzbekiston Respublikasining 1993-yil 28-dekabrdagi 1008-XII-son Qonuni tahririda — Oliy Kengash Axborotnomasi, 1994-y., 2-son, 52-modda)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2. Kooperativning faoliyati quyidagi hollarda ham toʻxtatilishi mumkin:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
agar kooperativ roʻyxatga olingan paytdan boshlab bir yil davomida ishlab chiqarish-xoʻjalik faoliyatiga kirishmagan boʻlsa yoki amalda toʻxtatib qoʻyilgan faoliyatini daromadlar toʻgʻrisidagi oxirgi deklaratsiyani topshirganidan keyin bir yil oʻtgach qaytadan boshlamasa;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
kooperativ uzoq vaqt mobaynida (olti oydan koʻproq) toʻlovga qobiliyatsiz boʻlsa;
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
kooperativ oʻz ustavini va amaldagi qonunchilik normalarini buzsa;
(10-modda 2-bandining toʻrtinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi OʻRQ-683-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
kooperativning tuzilgan muddati tugasa;
(10-modda 2-bandining toʻrtinchi va beshinchi qismlari Oʻzbekiston Respublikasining 1993-yil 28-dekabrdagi 1008-XII-son Qonuni bilan kiritilgan — Oliy Kengash Axborotnomasi, 1994-y., 2-son, 52-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi qonunchiligida koʻzda tutilgan boshqa hollarda.
(10-modda 2-bandining oltinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi OʻRQ-683-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3. Kooperativ davlatning roʻyxatga olish reyestridan chiqarilgan paytdan eʼtiboran (ushbu kooperativga xizmat koʻrsatayotgan bankning yozma maʼlumoti mavjud boʻlgan taqdirda) qayta tashkil etilgan yoki tugatilgan deb hisoblanadi.
(10-moddaning 3-bandi Oʻzbekiston Respublikasining 1993-yil 28-dekabrdagi 1008-XII-son Qonuni tahririda — Oliy Kengash Axborotnomasi, 1994-y., 2-son, 52-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
4. Kooperativ tugatilayotganda kooperativ jismoniy shaxsning sogʻligʻiga yoki hayotiga yetkazgan zarar uchun javobgar ekanligi munosabati bilan bu kooperativdan undirilishi lozim boʻlgan toʻlovlarga avans beriladi.
(10-modda Oʻzbekiston Respublikasining 1993-yil 28-dekabrdagi 1008-XII-son Qonuniga muvofiq 4-band bilan toʻldirilgan — Oliy Kengash Axborotnomasi, 1994-y., 2-son, 52-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
5. Ishlab chiqarish kooperativi tugatilgan taqdirda qarz beruvchilar va mehnat jamoasi aʼzolarining daʼvolari qondirilganidan keyin qolgan mol-mulk kooperativ aʼzolari oʻrtasida uning ustavida koʻzda tutilgan tartibda taqsimlanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Matlubot jamiyatlari ittifoqlari ularning oliy organlari (syezd, konferensiya, vakillar yigʻilishi) qaroriga muvofiq tugatiladi. Ish haqi toʻlash, banklar va boshqa qarz beruvchilar oldidagi majburiyatlarni bajarish yuzasidan hisob-kitob qilib boʻlinganidan keyin ularning qolgan mol-mulki mazkur matlubot jamiyatini oʻz tarkibiga olgan kooperativ ittifoqiga (uyushmasiga) beriladi.
(10-moddaning 4-bandi Oʻzbekiston Respublikasining 1993-yil 28-dekabrdagi 1008-XII-son Qonuniga muvofiq 5-band deb hisoblanib, qayta tahrir qilingan — Oliy Kengash Axborotnomasi, 1994-y., 2-son, 52-modda)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
11-modda. Matlubot kooperatsiyasining asosiy vazifalari
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1. Matlubot kooperatsiyasining asosiy vazifalari:
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
qishloq posyolkalar va shaharlarda chakana savdo hamda umumiy ovqatlanish korxonalari tarmogʻini vujudga keltirish va rivojlantirish, oʻz aʼzolari—paychilar hamda xizmat koʻrsatilayotgan aholiga oʻzi ishlab chiqargan va korxonalar, tashkilotlar hamda jismoniy shaxslardan sotib olingan oziq-ovqat mahsulotlari va nooziq-ovqat mollarini sotish;
(11-modda 1-bandining ikkinchi qismi Oʻzbekiston Respublikasining 1993-yil 28-dekabrdagi 1008-XII-son Qonuni tahririda — Oliy Kengash Axborotnomasi, 1994-y., 2-son, 52-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
aholi va korxonalardan qishloq xoʻjalik mahsulotlari hamda xom ashyo, yordamchi xoʻjalik mahsulotlari va hunarmandchilik buyumlari, keyinchalik qayta ishlash va sotish uchun yovvoyi oʻsimliklar, mevalar dorivor oʻsimlik xom ashyosini va dori moddalarini (substansiyalarni) Oʻzbekiston Respublikasi qonunchiligiga muvofiq xarid qilish;
(11-modda 1-bandining uchinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi OʻRQ-683-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
sotib olinayotgan qishloq xoʻjaligi xom ashyosi va boshqa mahalliy xom ashyodan, shuningdek ulgurji savdo tarkibida xarid qiladigan resurslar, xom ashyo va materiallardan oziq-ovqat mahsulotlari va nooziq-ovqat mollari ishlab chiqarishni tashkil etish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
aholiga ishlab chiqarishga va maishiy turmushga doir turli xizmatlar koʻrsatishdan iboratdir.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2. Matlubot kooperativlari (jamiyatlari) ishlab chiqarish vositalari va xalq isteʼmoli mollari xarid qilishni va sotishni tashkil etish orqali fuqarolarning qishloq xoʻjalik mahsulotlari xom ashyosini yetishtiruvchi va qayta ishlovchi yordamchi xoʻjaliklarini, shuningdek hunarmandchilikni rivojlantirishni ragʻbatlantiradilar.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
12-modda. Matlubot kooperatsiyaning oʻziga xos xususiyatlari
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1. Matlubot kooperativlari (jamiyatlari) yakkahokimlikka qarshi qonunchilik talablariga muvofiq ixtiyoriy ravishda xoʻjalik uyushmalariga birlashishlari mumkin.
(12-moddaning 1-bandi Oʻzbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi OʻRQ-683-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2. Matlubot kooperativlari (jamiyatlari) xoʻjalik uyushmalari boshqaruvining oliy idoralari — syezd va konferensiyadir.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Matlubot kooperativi (jamiyati) boshqaruvining oliy idorasi — kooperativ (jamiyat) aʼzolarining umumiy yigʻilishidir.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Syezd va konferensiyalar kengashni (boshqaruvni) saylaydilar. Kengash (boshqaruv) syezd va konferensiyalar oraligʻidagi davrda ularning vazifalarini bajaradi hamda ularga hisob beradi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Syezd va konferensiya oʻziga hisob beruvchi nazorat idorasi — taftish komissiyasini saylaydi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3. Xoʻjalik uyushmalari boshqaruvi idoralarining oʻz vakolatlari doirasida qabul qilgan qarorlarini ijro etish ularning aʼzolari uchun majburiydir.
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
4. Matlubot kooperativlari (jamiyatlari), ular uyushmalari bilan davlat boshqa uyushmalar, korxonalar, tashkilotlar hamda jismoniy shaxslar oʻrtasidagi xoʻjalik munosabatlari shartnoma asosida tashkil etiladi, basharti, Oʻzbekiston Respublikasi qonunchiligida oʻzga hol nazarda tutilmagan boʻlmasa.
(12-moddaning 4-bandi Oʻzbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi OʻRQ-683-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
5. Matlubot kooperativlari (jamiyatlari) narxlar hamda tariflarni mustaqil yoki shartnoma asosida belgilaydilar. Kooperativlar va ularning xoʻjalik uyushmalari bozorda yakkahokimlik qilgan hollarda davlat fuqarolarni ijtimoiy himoya qilish maqsadida Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlariga muvofiq narx-navoni tartibga soladi.
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
6. Matlubot kooperativlarining tovarlarni togʻliq joylar, olis yerlar va ularga tenglashtirilgan joylarga yetkazib berish bilan bogʻliq qoʻshimcha sarf-xarajatlarini qoplash tartibi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan belgilab qoʻyiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
7. Oʻzbekiston Respublikasi matlubot kooperatsiyasi Xalqaro kooperativ alyansida va boshqa xalqaro tashkilotlarda qatnashishi mumkin.
(12-modda Oʻzbekiston Respublikasining 1993-yil 28-dekabrdagi 1008-XII-son Qonuniga asosan 6 va 7-bandlar bilan toʻldirilgan — Oliy Kengash Axborotnomasi, 1994-y., 2-son, 52-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
13-modda. Qishloq xoʻjaligi kooperativlari
(13-moddaning nomi Oʻzbekiston Respublikasining 2024-yil 8-noyabrdagi OʻRQ-995-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 11.11.2024-y., 03/24/995/0908-son. Kuchga kirish sanasi — 2025-yil 12-fevral)
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Qishloq xoʻjaligi kooperativi ishlab chiqarish kooperativining bir shakli sifatida ushbu Qonunda, boshqa qonunchilik hujjatlarida va oʻz ustavida nazarda tutilgan barcha huquqlardan foydalanadi.
(13-modda Oʻzbekiston Respublikasining 2024-yil 8-noyabrdagi OʻRQ-995-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 11.11.2024-y., 03/24/995/0908-son. Kuchga kirish sanasi — 2025-yil 12-fevral)
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
14-modda. Qishloq xoʻjaligi kooperativlarining yer toʻgʻrisidagi qonunchilikni buzganlik uchun javobgarligi
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Qishloq xoʻjaligi kooperativlari yer toʻgʻrisidagi qonunchilikni buzganlik uchun belgilangan tartibda javobgar boʻladilar.
(14-modda Oʻzbekiston Respublikasining 2024-yil 8-noyabrdagi OʻRQ-995-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 11.11.2024-y., 03/24/995/0908-son. Kuchga kirish sanasi — 2025-yil 12-fevral)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
15-modda. Kooperativlarning oʻz aʼzolarining uy-joy-maishiy va boshqa ijtimoiy ehtiyojlarini qondirish sohasidagi faoliyati
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Fuqarolar oʻz ijtimoiy ehtiyojlarini qondirish uchun ixtiyoriylik asosida uy-joy qurish, uy-joy kooperativlari, garaj qurish kooperativlari va boshqa kooperativlar tuzishlari mumkin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Bunday kooperativlar faoliyatining asosiy yoʻnalishi kooperativ mulki obyektlarini (uy-joylar, garajlar va shu kabilar), ustavda nazarda tutilgan hollarda esa — kooperativ aʼzolarining mulki boʻlgan obyektlarni ham qurish va keyinchalik ulardan foydalanishda pul mablagʻlari yoki shaxsiy mehnat bilan ishtirok etishdan, shuningdek kooperativ aʼzolariga kooperativni tuzishdan koʻzlangan maqsadlarga mos xizmatlarni koʻrsatishdan iboratdir.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
16-modda. Bogʻdorchilik shirkatlari, yakka tartibda qurilish bilan shugʻullanuvchilar shirkatlari va oʻzga matlubot shirkatlari
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Ushbu Qonun bogʻdorchilik shirkatlari, yakka tartibda qurilish bilan shugʻullanuvchilar shirkatlari va oʻzga matlubot shirkatlariga nisbatan amal qiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasining Prezidenti I. KARIMOV
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Toshkent sh.,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1991-yil 14-iyun,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
295-XII-son
(Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Kengashining Axborotnomasi, 1991-y., 8-son, 193-modda; 1994-y., 2-son, 52-modda; Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 1998-y., 9-son, 181-modda; Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2017-y., 24-son, 487-modda, 24.05.2019-y., 03/19/542/3177-son; Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son, 03.02.2022-y., 03/22/749/0101-son; 11.11.2024-y., 03/24/995/0908-son)