Hujjat kuchini yo‘qotgan 25.05.1994 14.06.1991 yildagi 287-XII-son
ONLINE TRANSLATE
Hujjat kuchini yo‘qotgan 25.05.1994
Hujjat 19.07.1991 00 sanasi holatiga
Amaldagi versiyaga o‘tish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasining qonuni
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
OʻZBEKISTON RespublikasiDA ChET EL INVESTITSIYaLARI TOʻGʻRISIDA
 LexUZ sharhi
Mazkur Qonun Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining 1994-yil 5-maydagi 1053-XII-son “Chet el investitsiyalari va chet ellik investorlar faoliyatining kafolatlari toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonunini amalga kiritish haqida”gi qaroriga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Ushbu Qonun Oʻzbekiston Respublikasi hududida chet el investitsiyalarini amalga oshirishning huquqiy, iqtisodiy va tashkiliy asoslarini hamda tartibini belgilab beradi. Qonun chet el kapitaliga kafolatlarni taʼminlab beradi, Oʻzbekiston Respublikasi xalq xoʻjaligini rivojlantirishga, respublika iqtisodiyotining jahon iqtisodiy sistemasiga qoʻshilishiga koʻmaklashish maqsadida chet elning moliyaviy, moddiy, intellektual va boshqa resurslarini, xorijning zamonaviy texnologiyasi va boshqaruv sohasidagi tajribasini jalb etishga va ulardan samarali foydalanishga qaratilgandir.
Keyingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
I boʻlim. UMUMIY QOIDALAR
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1-modda. Chet ellik investorlar
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasida:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
xorijiy davlatlar;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
ajnabiy yuridik shaxslar;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
xalqaro tashkilotlar;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
ajnabiy fuqarolar, fuqarolarning uyushmalari va fuqaroligi boʻlmagan shaxslar;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
chet elda doimiy yashaydigan sovet fuqarolari chet ellik investorlar boʻlishlari mumkin.
Keyingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2-modda. Chet el investitsiyalari
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Chet el investitsiyalari deganda tadbirkorlik faoliyati va boshqa turdagi faoliyat obyektlariga chet ellik investorlar qoʻshadigan barcha turdagi mulkiy, moliyaviy va intellektual boyliklar tushuniladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Bunday boyliklar:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
pul mablagʻlari, aniq maqsadli bank omonatlari, ulushlar, aksiyalar, sugʻurta polislari va boshqa qimmatbaho qogʻozlardan;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
koʻchar va koʻchmas mol-mulkdan (binolar, inshootlar, asbob-uskunalar va boshqa moddiy boyliklardan);
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
mualliflik huquqlaridan kelib chiqadigan mulkiy va mulkka oid boʻlmagan huquqlar va boshqa intellektual boyliklaridan;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasining, uning yuridik shaxslari va fuqarolarning egaligidan yerdan, mol-mulkdan hamda tabiiy boyliklardan foydalanishga chet ellik investorlar sotib olgan ijara huquqidan;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
oʻzga boyliklardan iborat boʻlishi mumkin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3-modda. Chet el investitsiyalarini amalga oshirish shakllari
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Chet ellik investorlar Oʻzbekiston Respublikasi hududida:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi va SSR Ittifoqining yuridik shaxslari hamda fuqarolari bilan birgalikda barpo etilgan korxonalar va tashkilotlarda ulush qoʻshib qatnashish;
Keyingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
butunlay chet ellik investorlarga qarashli boʻlgan korxonalar, banklar, sugʻurta kompaniyalari va boshqa tashkilotlarni barpo qilish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
mol-mulk, aksiyalar va boshqa qimmatbaho qogʻozlar sotib olish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
mustaqil ravishda yoki Oʻzbekiston Respublikasi va SSR Ittifoqi yuridik shaxslari va fuqarolari ishtirokida mulkiy huquqlarni, shu jumladan yerdan va tabiiy boyliklardan foydalanish huquqlarini sotib olish yoʻli bilan investitsiyalarni amalga oshirishlari mumkin.
Keyingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
4-modda. Chet el investitsiyalari ishtirokidagi korxonalar
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Chet el investitsiyalari ishtirokidagi korxonalar deganda chet ellik investorlarning ulushbay ishtirokidagi (qoʻshma korxonalar) va butunlay chet ellik investorlarga qarashli korxonalar ( chet el korxonalari) tushuniladi. Bunday korxonalar Oʻzbekiston Respublikasi qonunlariga zid kelmaydigan har qanday shakllarda amal qiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
5-modda. Chet el investitsiyalarining huquqiy rejimi
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasida chet el investitsiyalari huquqiy himoyadan foydalanadilar. Chet el investitsiyalarining huquqiy rejimi Oʻzbekiston Respublikasi qonunlarida koʻzda tutilgan istisnolardan tashqari respublika korxonalari, tashkilotlari va fuqarolari uchun belgilangan tegishli rejimga qaraganda noqulay boʻlishi mumkin emas.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Iqtisodiyotning nufuzli tarmoqlarida chet el investitsiyalari uchun Oʻzbekiston Respublikasi qonunlari bilan qoʻshimcha imtiyozlar belgilanishi mumkin.
Keyingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
6-modda. Faoliyat turlari
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Chet ellik investorlar va chet el investitsiyalari ishtirokidagi korxonalar Oʻzbekiston Respublikasi qonunlari bilan taqiqlanmagan va bunday korxonalarning ustavlarida nazarda tutilgan maqsadlarga javob beradigan faoliyatning har qanday turini amalga oshirishlari mumkin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Chet ellik investorlar va chet el investitsiyalari ishtirokidagi korxonalar Oʻzbekiston Respublikasi qonunlarida roʻyxati belgilab qoʻyiladigan ayrim faoliyat turlari bilan maxsus ruxsatnoma asosidagina shugʻullanishlari mumkin.
Keyingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
7-modda. Chet el investitsiyalari uchun hududiy cheklashlar
Keyingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi qonunlarida chet ellik investorlarning va chet el investitsiyalari ishtirokidagi korxonalarning faoliyati taqiqlanadigan hududlar belgilab qoʻyilishi mumkin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
II boʻlim. ChET ELLIK INVESTORLARNING HUQUQLARI VA VAZIFALARI
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
8-modda. Chet ellik investorlarning huquqlari
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1. Oʻzbekiston Respublikasi qonunlariga muvofiq chet ellik investor amalga oshiriladigan investitsiyalarning hajmini, turini, yoʻnalishini mustaqil belgilaydi hamda investitsiyalarni amalga oshirish uchun yuridik va jismoniy shaxslarni oʻz xohishiga koʻra jalb etadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2. Chet ellik investorlar Oʻzbekiston Respublikasi hududida investitsiyani amalga oshirish uchun kreditlar, Oʻzbekiston Respublikasi qonunlarida belgilangan tartibda qimmatbaho qogʻozlar va zayomlar chiqarish tarzida moliyaviy mablagʻlarni jalb etishlari mumkin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3. Chet ellik investor investitsiya obyektlari va natijalariga, shu jumladan Oʻzbekiston Respublikasi hududida hamda uning tashqarisida takroriy investitsiyalar hamda savdo operatsiyalari natijalariga Oʻzbekiston Respublikasi qonunlariga va xalqaro huquq normalariga muvofiq egalik qilishga, ulardan foydalanishga va ularni tasarruf qilishga haqlidir.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Chet ellik investorning qaroriga binoan investitsiyalarga, ularning natijalariga egalik qilish, ulardan foydalanish, ularni tasarruf etish huquqi Oʻzbekiston Respublikasi qonunlarida belgilangan tartibda boshqa yuridik va jismoniy shaxslarga berilishi mumkin. Uqtirib oʻtilgan huquqlarni oʻtkazish vaqtida tomonlarning oʻzaro munosabatlari shartnomalar asosida tartibga solinadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
4. Chet ellik investor oʻzi uchun boʻlgan mol-mulkni sovet hamda chet el yuridik va jismoniy shaxslaridan bevosita yoki vositachilar koʻmagida tomonlarning kelishuviga koʻra begilanadigan narxlar va shartlarda sotib olishi mumkin, basharti bu Oʻzbekiston Respublikasi qonunlariga zid boʻlmasa.
Keyingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
9-modda. Chet ellik investorlarning majburiyatlari
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Chet ellik investorlar investitsiya faoliyatini amalga oshirish chogʻida:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi hududida amalda boʻlgan qonunlarga rioya etishlari;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi qonunlariga muvofiq soliqlar toʻlashlari, valyuta ajratmalari va oʻzga toʻlovlarni amalga oshirishlari;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
investitsiya loyihalarida sanitariya-gigiyena, ekologiya va Oʻzbekiston Respublikasi qonunlaridan kelib chiqadigan oʻzga talablarga rioya etilganligi xususida ekspertiza xulosasini olishlari shart.
Keyingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
III boʻlim. ChET EL INVESTITSIYaLARINING KAFOLATLARI
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
10-modda. Chet ellik investorlar huquqlarining kafolatlari
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi respublika hududida investitsiya faoliyati amalga oshirilayotganda chet ellik investorlarning huquqlari hamma tomonidan eʼtirof etilgan xalqaro huquq normalariga muvofiq himoya qilinishiga kafolat beradi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasining keyin qabul qilingan qonunlari investitsiyalash sharoitlarini yomonlashtirgan taqdirda chet el investitsiyalariga nisbatan oʻn yildan ortiq boʻlmagan muddat davomida investitsiyani roʻyobga chiqarish paytida amal qilib turgan qonunlar qoʻllaniladi. Bu qoida Oʻzbekiston Respublikasining milliy xavfsizlikni va jamoat tartibini taʼminlashga; soliq solishga; atrof muhitni, aholining axloqini va salomatligini muhofaza qilishga doir qonunlari oʻzgarishiga taalluqli emas.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasining davlat idoralari chet ellik investorlarning huquqlarini buzuvchi normativ hujjatlar qabul qilgan taqdirda, ularga keltirilgan zarar ana shu idoralar tomonidan Oʻzbekiston Respublikasi qonunlariga muvofiq sud tartibida toʻlanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Davlat idoralari va ularning mansabdor shaxslari chet ellik investorlarning faoliyatiga aralashishga haqli emas, Oʻzbekiston Respublikasi qonunlariga muvofiq bunday aralashishga ruxsat etiladigan hamda bunday aralashish ushbu idoralar va mansabdor shaxslarning vakolat doirasida amalga oshiriladigan hollar bundan mustasnodir.
Keyingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
11-modda. Natsionalizatsiya va rekvizitsiya qilinishdan kafolat
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasida chet el investitsiyalari natsionalizatsiya qilinmaydi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Chet el investitsiyalari rekvizitsiya qilinmasligi kerak, tabiiy ofat, avariyalar, epidemiyalar va boshqa favqulodda holatlar bundan mustasno. Rekvizitsiya qilish haqidagi qarorni va tovon toʻlash tartibini Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Vazirlar Mahkamasi qabul qiladi.
Keyingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
12-modda. Foydani va chet el valyutasidagi pulni oʻtkazish kafolatlari
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Chet ellik investorlarga ularning faoliyati natijasida olgan foydasini va chet el valyutasidagi puli chet elga oʻtkazilishi kafolatlanadi.
Keyingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
13-modda. Foydani tasarruf etish kafolatlari
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Chet ellik investorlarning Oʻzbekiston Respublikasida soʻmlarda olgan foydasini respublika hududida takror investitsiya qilinishi yoki Oʻzbekiston Respublikasi qonunlariga muvofiq ulardan boshqacha tarzda foydalanishi mumkin. Chet ellik investorlar soʻm hisobidagi mablagʻlarni chet elga oʻtkazish huquqisiz respublikaning vakil qilingan banklarida soʻm bilan yuritiladigan hisob raqamlariga hech qanday cheklashsiz ega boʻlishlari mumkin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Chet ellik investorlar oʻz hisob raqamlaridagi soʻmlardan valyuta oldi-sotdisining ruxsat etilgan shakllari doirasida qaror topadigan kurslar boʻyicha chet el valyutasi xarid qilib olishda foydalanishlari mumkin.
Keyingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
IV boʻlim. ChET EL INVESTITSIYaLARI IShTIROKIDA KORXONALAR BARPO ETISh
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
14-modda. Qoʻshma korxona barpo etish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Qoʻshma korxonalar yangi yuridik shaxs tashkil etish yoʻli bilan yoki chet ellik investorning Oʻzbekiston Respublikasida amal qilib turgan korxonada ulush sotib olishi yoʻli bilan tuziladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Jamoat tashkilotlari va ularning korxonalari qoʻshma korxonalarda Oʻzbekiston Respublikasi qonunlarida belgilangan tartibda va oʻz Ustavlariga muvofiq ishtirok etadilar.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Aksiyali jamiyatlar, javobgarligi cheklangan jamiyatlar, kooperativlar va davlat idoralari hamda jamoat tashkilotlari tarkibiga kirmaydigan boshqa tashkilotlar qoʻshma korxonalar barpo etishda qatnashish toʻgʻrisida mustaqil qaror qabul qiladilar.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Qoʻshma korxona barpo etish toʻgʻrisidagi qarorni bevosita sovet va ajnabiy ishtirokchilari qabul qiladilar.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi hududida qoʻshma korxona barpo etish yoxud asosiy fondlari 100 million soʻmdan ziyod boʻlgan sovet korxonalarining aksiyalari yoki paylarini chet ellik investorga sotish yoʻli bilan mavjud sovet korxonasini qoʻshma korxonaga aylantirish toʻgʻrisidagi qaror Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Vazirlar Mahkamasining roziligi bilan sovet qatnashchisi tomonidan qabul qilinadi.
Keyingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
15-modda. Qoʻshma korxonaning ustav fondiga ulush qoʻshish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Qoʻshma korxonaning ustav fondiga har bir qatnashchining ulush qoʻshish muddatlari, hajmlari, bu ulushni qoʻshish va baholash tartibi taʼsis hujjatlarida nazarda tutiladi. Qoʻshma korxonaning qatnashchilari tomonidan korxona ustav fondiga ulush sifatida qoʻshiladigan mol-mulkning qiymati jahon bozori narxlarida, bunday narxlar boʻlmagan taqdirda esa — qatnashchilar oʻrtasidagi kelishuvga muvofiq belgilanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Qoʻshma korxonaning qatnashchilari ushbu korxonaning taʼsis hujjatlarida belgilangan muddatlarda korxona ustav fondiga ulush toʻliq oʻtkazilishini taʼminlashlari kerak.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Qoʻshma korxona roʻyxatga olinganidan keyin bir yil oʻtgach har bir qatnashchi tomonidan taʼsis hujjatlarida koʻrsatilgan ulushning 50 foizi ustav fondiga oʻtkazilganligini tasdiqlovchi hujjat mavjud boʻlmasa, ushbu qoʻshma korxonani roʻyxatga olgan idora korxonani roʻyxatga olinmagan deb topadi va uni qoʻshma korxonalarning reyestridan chiqaradi. Qoʻshma korxona reyestrdan chiqarilganligi toʻgʻrisidagi axborot matbuotda eʼlon qilinadi.
Keyingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
16-modda. Chet el korxonasini barpo etish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Chet el korxonasi bir yoki bir necha chet ellik investorlar tomonidan Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Vazirlar Mahkamasining ruxsati bilan va u belgilagan tartibda barpo etilishi mumkin.
Keyingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
17-modda. Chet el investitsiyalari ishtirokidagi korxonalarni roʻyxatga olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Chet el investitsiyalari ishtirokidagi korxona Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligida roʻyxatga olinishi lozim va u roʻyxatga olingan vaqtdan boshlab yuridik shaxs huquqiga ega boʻladi. Bunday korxonalarni roʻyxatga olish tartibi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Vazirlar Mahkamasi tomonidan belgilanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Chet el investitsiyalari ishtirokidagi korxonaning roʻyxatga olinganligi toʻgʻrisidagi xabar matbuotda eʼlon qilinadi.
Keyingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
V boʻlim. ChET EL INVESTITSIYaLARI IShTIROKIDAGI KORXONALAR FAOLIYATINING UMUMIY QOIDALARI
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
18-modda. Filiallar va vakolatxonalar
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Chet el investitsiyalari ishtirokidagi korxona Oʻzbekiston Respublikasi qonunlarida chet el investitsiyalari ishtirokidagi korxonalarni tuzish uchun belgilangan shartlarga rioya etgan holda Oʻzbekiston Respublikasi hududida yuridik shaxs huquqiga ega boʻlmagan filiallar, vakolatxonalar va boshqa alohida boʻlinmalar ochishi mumkin. Oʻzbekiston Respublikasidan tashqarida chet el investitsiyasi ishtirokidagi korxonalarning filiallari, vakolatxonalari va boshqa alohida boʻlinmalari Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Vazirlar Mahkamasining ruxsati bilan ochilishi mumkin.
Keyingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
19-modda. Korxonalarning birlashmalari
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Chet el investitsiyalari ishtirokidagi korxonalar Oʻzbekiston Respublikasi qonunlariga muvofiq ixtiyoriy asoslarda Oʻzbekiston Respublikasi hududida uyushmalar, konsernlar, konsorsiumlar va boshqa birlashmalar tuzishlari mumkin.
Keyingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
20-modda. Valyuta bilan oʻz xarajatlarini oʻzi qoplash
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Chet el investitsiyalari ishtirokidagi korxonalarning chet el valyutasidagi barcha xarajatlari ularning oʻz valyuta tushumlari hisobidan, shuningdek chet el valyutasini olishning Oʻzbekiston Respublikasi qonunlarida ruxsat etilgan boshqa manbalari hisobidan taʼminlanishi kerak. Ularning valyuta bilan oʻz xarajatlarini oʻzi qoplashi tashkil etilayotgan birlashmalar, konsorsiumlar va boshqa tashkiliy strukturalar doirasida ham taʼminlanishi mumkin.
Keyingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
21-modda. Mahsulotni eksport va import qilish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Chet el investitsiyalari ishtirokidagi korxona oʻzi ishlab chiqargan mahsulotni litsenziyasiz eksport qilishga va oʻzining ishlab chiqarish ehtiyojlari uchun mahsulot import qilishga haqlidir. Oʻzi ishlab chiqargan, eksportga yetkazib beriladigan hamda oʻzining ishlab chiqarish ehtiyojlari uchun import qilinadigan mahsulotlarni aniqlash tartibi Oʻzbekiston Respublikasi hududida amal qiladigan qonunlar bilan belgilanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzi ishlab chiqargan mahsulotni eksport qilishdan olingan valyuta tushumlari belgilangan soliqlar va ajratmalar toʻlanganidan keyin toʻliq korxonaning tasarrufida qoladi.
Keyingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
22-modda. Boj olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Investorning qoʻshadigan hissasi sifatida Oʻzbekiston Respublikasiga olib kelinadigan mol-mulk bojxona poshlinalari toʻlashdan ozod qilinadi va unga import soligʻi solinmaydi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Chet el investitsiyalari ishtirokidagi korxonaning ajnabiy xodimlari Oʻzbekiston Respublikasiga oʻz ehtiyojlari uchun olib kiradigan mol-mulk bojxona poshlinalari toʻlashdan ozod qilinadi.
Keyingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
23-modda. Sugʻurta
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Chet el investitsiyalari ishtirokidagi korxonaning mol-mulkini va tavakkal harakatini sugʻurta qilish uning xohishiga qarab amalga oshiriladi.
Keyingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
24-modda. Soliq solish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Chet el investitsiyalari ishtirokidagi korxonalar, shuningdek chet ellik investorlar Oʻzbekiston Respublikasi qonunlariga muvofiq soliqlar va boshqa toʻlovlar toʻlaydilar. Oʻzbekiston Respublikasining soliqlarga doir qonunlarida nazarda tutilgan imtiyozlardan tashqari respublika hududida ularga Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Vazirlar Mahkamasi soliq sohasida qoʻshimcha imtiyozlar berishi mumkin.
Keyingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
25-modda. Chet el investitsiyalari ishtirokidagi korxonalar faoliyatini tekshirish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Chet el investitsiyalari ishtirokidagi korxonalar Oʻzbekiston Respublikasining amaldagi qonunlari talablariga rioya etishini nazorat qilish boʻyicha maxsus vazifalarni bajaruvchi soliq va boshqa davlat idoralari oʻz vakolatlari doirasida tekshiradilar.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Korxonalar mazkur idoralarga nazorat qilish uchun oʻz faoliyatlari toʻgʻrisida zarur axborot beradilar. Nazorat qiluvchi idora tijorat siri saqlanishini taʼminlashi shart. Tijorat sirini oshkor qilish qonun bilan taʼqib etiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Soliq solish maqsadida chet el investitsiyalari ishtirokidagi korxonaning moliya-xoʻjalik faoliyatini tekshirish Oʻzbekiston Respublikasi davlat soliq inspeksiyasi bunday tekshirishni oʻtkazish uchun vakil qilgan auditor tashkilotlar tomonidan amalga oshiriladi.
Keyingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
26-modda. Hisobga olish va hisobot
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Chet el investitsiyalari ishtirokidagi korxona Oʻzbekiston Respublikasining amaldagi qonunlarida belgilangan tartibda hisob va hisobotni olib boradi.
Keyingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
27-modda. Majburiyatlarning taʼminlanishi
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Chet el investitsiyalari ishtirokidagi korxona oʻziga qarashli mol-mulkdan oʻzining barcha turdagi majburiyatlarini, shu jumladan qarz mablagʻlarini jalb etishni taʼminlovchi sifatida foydalanishi mumkin. Uning binolarga, inshootlarga, asbob-uskunalarga nisbatan mulkiy huquqlari, shuningdek boshqa mulkiy huquqlari oʻz majburiyatlarini taʼminlovchi sifatida amal qilishi mumkin, yerga va boshqa tabiat resurslariga egalik qilish hamda ulardan foydalanish huquqi bundan mustasno.
Keyingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
28-modda. Intellektual mulk
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Chet el investitsiyalari ishtirokidagi korxonalar korxona hujjatlari bilan tasdiqlangan topshiriqlarga muvofiq yaratilayotgan intellektual mulk obyektlari xususida oʻz xodimlari bilan shartnomalar tuzadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Chet el korxonalari oʻzlariga qarashli ixtirolar va sanoat namunalariga SSSRda va chet elda patent olish haqida mustaqil, qoʻshma korxonalar esa — Oʻzbekiston Respublikasi qonunlarida belgilangan tartibda qaror qabul qiladilar.
Keyingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
29-modda. Mehnat munosabatlari
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Chet el investitsiyalari ishtirokidagi korxonada ishlab chiqarish va mehnat munosabatlari, shu jumladan ishga yollash va ishdan boʻshatish, mehnat va dam olish rejimi, mehnatga haq toʻlash shartlari, kafolatlar va tovonlar jamoa shartnomasi (bitimi) va (yoki) yakka tartibdagi mehnat shartnomalari (kontraktlari) bilan tartibga solinadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Jamoa va (yoki) yakka tartibdagi mehnat shartnomalarida koʻzda tutilgan shartlar ushbu korxona xodimlarining ahvolini Oʻzbekiston Respublikasi qonunlarida nazarda tutilgan shartlarga qaraganda yomonlashtirish mumkin emas.
Keyingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
30-modda. Ajnabiy xodimlarni jalb etish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Chet el investitsiyalari ishtirokidagi korxonalarning ishchi va xizmatchilari, maʼmuriyati, nazorat kengashi aʼzolari tarkibiga ajnabiy fuqarolar kirishi mumkin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Chet el investitsiyalari ishtirokidagi korxonaning ajnabiy xodimlari mehnatiga haq toʻlashga, ularga otpuskalar berishga, ularning pensiya taʼminotiga doir masalalar har bir xodim bilan yakka tartibda tuzilgan mehnat shartnomalarida (bitimlarida) hal etilishi lozim. Bu xodimlar chet el valyutasida oladigan ish haqlarini chet davlatlarga oʻtkazishlari mumkin.
Keyingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
31-modda. Ijtimoiy sugʻurta va taʼminot
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Chet el investitsiyalari ishtirokidagi korxonalarning xodimlarini ijtimoiy sugʻurta qilish va ularning ijtimoiy taʼminoti (ajnabiy xodimlarning pensiya taʼminotidan tashqari) Oʻzbekiston Respublikasi qonunlari bilan tartibga solinadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Chet el investitsiyalari ishtirokidagi korxona ajnabiy xodimlarning pensiya taʼminoti uchun ana shu xodimlar doimiy istiqomat qiluvchi mamlakatning tegishli fondlariga valyutada toʻlovlar oʻtkazadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Korxona sovet va ajnabiy xodimlarning davlat ijtimoiy sugʻurtasi boʻyicha ajratmalarni hamda sovet xodimlarining pensiya taʼminotiga ajratmalarni Oʻzbekiston Respublikasi qonunlariga muvofiq oʻtkazadi.
Keyingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
32-modda. Qoʻshma korxonaning fondlari
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Qoʻshma korxonalarda ularning faoliyati, jamoani ijtimoiy rivojlantirish, kadrlar tayyorlash va qayta tayyorlash uchun zaxira fondi va boshqa fondlar yaratiladi. Zaxira fondi ustav fondining 25 foizigacha miqdorda tuziladi. Zaxira fondi har yili ham sovet, ham chet el valyutasida pul ajratish hisobiga tashkil etiladi. Zaxira fondiga yillik ajratmalarning miqdori va valyutaning turi qoʻshma korxona tomonidan mustaqil belgilanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Boshqa fondlarning roʻyxati, ularni tuzish va xarajat qilish tartibi qoʻshma korxona tomonidan mustaqil tarzda belgilanadi.
Keyingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
33-modda. Qayta tashkil etish va tugatish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Chet el investitsiyalari ishtirokidagi korxona mustaqil ravishda yoki Oʻzbekiston Respublikasi qonunlarida nazarda tutilgan tartibda qayta tashkil etilishi yoki tugatilishi mumkin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Chet el investitsiyalari ishtirokidagi korxona tugatilgan taqdirda budjetga, banklar va boshqa kreditorlarga qarzlar toʻlanganidan keyin Oʻzbekiston Respublikasi qonunlariga muvofiq korxona xodimlari bilan hisob-kitob qilinadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Chet el investitsiyalari ishtirokidagi korxona toʻplagan aktivlarga korxona tugatilgan vaqtda ularning real qiymati boʻyicha soliq solinishi kerak.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Mol-mulkning qolgan qismi, agar taʼsis hujjatlarida boshqacha tartib koʻzda tutilgan boʻlmasa, chet el investitsiyalari ishtirokidagi korxonaning qatnashchilari oʻrtasida korxona mol-mulkidagi ulushlariga mutanosib ravishda taqsimlanadi.
Keyingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
34-modda. Qoʻshma korxonadan chiqilgan taqdirda mol-mulkning taqsimlanishi
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Chet ellik investor qoʻshma korxonadan chiqqan yoki bu korxona tugatilgan taqdirda korxona mol-mulkidagi oʻz ulushini qaytarib olish huquqiga ega boʻladi. Bunda ulush oʻz majburiyatlarini bajargandan keyin korxonadan chiqish vaqtidagi yoki korxona tugatilgan vaqtdagi qoldiq qiymat boʻyicha pul yoki tovar shaklida olinishi mumkin. Bunda sovet qatnashchisiga qoʻshma korxonadan chiqayotgan ajnabiy qatnashchining ulushini sotib olish huquqi beriladi.
Keyingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
VI boʻlim. ChET ELLIK INVESTORLARNING QIMMATBAHO QOGʻOZLARNI SOTIB OLIShI
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
35-modda. Davlat qimmatbaho qogʻozlarini sotib olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Chet ellik investor davlat qimmatbaho qogʻozlarini Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi belgilaydigan tartibda sotib oladi.
Keyingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
36-modda. Sovet korxonalarining qimmatbaho qogʻozlarini sotib olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Chet ellik investorlar sovet yuridik shaxslarining aksiyalari va boshqa qimmatbaho qogʻozlarni chet el va sovet valyutasiga sotib olishga haqlidirlar. Sovet yuridik shaxslarining qimmatbaho qogʻozlarini sotib olish tartibi va shartlari SSR Ittifoqi hamda Oʻzbekiston Respublikasi qonunlari bilan belgilanadi.
Keyingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
VII boʻlim. ChET ELLIK INVESTORLARNING YERDAN FOYDALANISh HUQUQINI VA BOShQA MULKIY HUQUQLARINI OLIShI
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
37-modda. Yerdan foydalanish huquqini olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Chet ellik investorlarga va chet el investitsiyalari ishtirokidagi korxonalarga foydalanish uchun Oʻzbekiston Respublikasi qonunlariga muvofiq yer berilishi, shu jumladan u ijaraga berilishi mumkin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Binolar va inshootlarga egalik qilish huquqi boshqa shaxsga oʻtgan vaqtda shu obyektlar bilan birga yer uchastkasidan foydalanish huquqi ham Oʻzbekiston Respublikasi qonunlarida belgilanadigan tartibda va shartlar bilan boshqa shaxsga oʻtadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
38-modda. Ijara
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Chet ellik investorlarga mol-mulkni ijaraga berish ijaraga beruvchi tomonidan shartnomalar asosida hamda Oʻzbekiston Respublikasining ijara va ijara munosabatlari toʻgʻrisidagi qonunlariga muvofiq amalga oshiriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Qiymati 10 million soʻmdan ortiq boʻlgan umumrespublika mulkini ijaraga berish ana shu mulkni idora etishga vakil qilingan davlat idorasining ruxsati bilan amalga oshiriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
39-modda. Konsessiya shartnomalari
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Chet ellik investorlarga tiklanadigan va tiklab boʻlmaydigan tabiat resurslarini qidirish, olish va ulardan foydalanish hamda boshqa xoʻjalik faoliyatini amalga oshirish uchun konsessiya berish chet ellik investorlar Oʻzbekiston Respublikasi davlat boshqaruvining vakolatli idoralari bilan Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlarida belgilab qoʻyilgan tartibda tuzadigan konsessiya shartnomalari asosida amalga oshiriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Basharti, shartnomada boshqacha hol qayd etilgan boʻlmasa, konsessiya shartnomasi talablarini bir tomonlama oʻzgartirishga yoʻl qoʻyilmaydi.
Keyingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
VIII boʻlim. YAKUNLOVChI QOIDALAR
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
40-modda. Nizolarni qarab chiqish tartibi
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Chet ellik investorlar bilan Oʻzbekiston Respublikasining davlat idoralari oʻrtasidagi nizolar, agar Oʻzbekiston Respublikasining xalqaro shartnomalarida boshqacha tartib nazarda tutilmagan boʻlsa, Oʻzbekiston Respublikasi sudlarida koʻrilishi kerak.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Chet ellik investorlar va chet el investitsiyalari ishtirokidagi korxonalarning Oʻzbekiston Respublikasi korxonalari, jamoat tashkilotlari hamda yuridik va jismoniy shaxslari bilan nizolari, investorlar bilan chet el investitsiyalari intirokidagi korxonalar oʻrtasidagi ular faoliyati bilan bogʻliq masalalarga doir nizolar Oʻzbekiston Respublikasi sudlarida, shuningdek tomonlarning kelishuviga muvofiq — xolislar tekshiruvi tartibida, shu jumladan chet elda, qarab chiqilishi lozim.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
41-modda. Xalqaro shartnomalar
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Basharti, Oʻzbekiston Respublikasining xalqaro shartnomalarida ushbu Qonundagiga qaraganda boshqacha qoidalar belgilangan boʻlsa, xalqaro shartnomaning qoidalari qoʻllaniladi.
Keyingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasining Prezidenti I. KARIMOV
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Toshkent sh.,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1991-yil 14-iyun,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
287-XII-son
(Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Kengashining Axborotnomasi, 1991-y., 8-son, 184-modda; 11-son, 273-modda; 1992-y., 9-son, 336-modda)