28.08.2008 yildagi 529-I-son
ONLINE TRANSLATE
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Qarori

OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI MUSTAQILLIGI EʼLON QILINGANLIGINING OʻN ETTI YILLIGI MUNOSABATI BILAN AMNISTIYA TOʻGʻRISIDA
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi mustaqilligi eʼlon qilinganligining oʻn yetti yilligi munosabati bilan Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining taqdimnomasiga muvofiq, insonparvarlik tamoyiliga amal qilib, Oʻzbekiston Respublikasining Konstitutsiyasi 80-moddasi 10-bandiga va 93-moddasi 23-bandiga asosan Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Senati qaror qiladi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1. Birinchi marta sodir etgan jinoyatlari uchun sudlanganlar jazodan ozod qilinsin (mazkur Qarorning 7-bandida nazarda tutilgan cheklashlarni hisobga olgan holda):
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
a) ayollar;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
b) jinoyat sodir etgan vaqtda 18 yoshga toʻlmagan shaxslar;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
v) 60 yoshga toʻlgan erkaklar;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
g) chet el fuqarolari.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2. Ehtiyotsizlik orqasida jinoyat sodir etganlar, shuningdek birinchi marta hukm qilingan shaxslar, basharti ular ijtimoiy xavfi katta boʻlmagan yoki uncha ogʻir boʻlmagan jinoyat sodir etgan boʻlsalar, jazodan ozod qilinsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3. Mazkur Qaror kuchga kirgunga qadar bir yildan oshmagan muddat ichida qonunda belgilangan tartibda jazoni oʻtashga toʻsqinlik qiladigan ogʻir kasallikka chalingan yoki birinchi va ikkinchi guruh nogironlari deb topilgan shaxslar (javobgarlikni ogʻirlashtiradigan holatlarda qasddan odam oʻldirish jinoyatini sodir etganlar bundan mustasno) jazodan ozod qilinsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
4. Ozodlikdan mahrum etish jazosiga hukm qilinib, oʻtalmay qolgan jazo muddati ikki yildan koʻp boʻlmagan, hukmi mazkur Qaror eʼlon qilingan kunga qadar qonuniy kuchga kirgan mahkumlar (javobgarlikni ogʻirlashtiradigan holatlarda qasddan odam oʻldirish jinoyatini sodir etganlar bundan mustasno) jazodan ozod qilinsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
5. Ozodlikdan mahrum etish jazosiga hukm qilinib, mazkur Qaror eʼlon qilingan kunga oʻtalmay qolgan jazo muddati uch yildan koʻp boʻlmagan shaxslar manzil-koloniyaga oʻtkazilsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
6. Ushbu Qarorning 1 va 2-bandlarida qayd etilgan shaxslar tomonidan sodir etilgan jinoyatlar yuzasidan olib borilayotgan barcha ishlar tugatilsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
7. Tatbiq etilmasin:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
a) mazkur Qaror — uzoq muddatga yoki umrbod ozodlikdan mahrum qilish jazosiga hukm qilingan; oʻta xavfli retsidivist deb topilgan; jinoiy uyushma tarkibida jinoyat sodir etgan; jazoni oʻtash tartibini muntazam ravishda buzayotgan; muqaddam amnistiya tartibida jazodan ozod boʻlgach, yana qasddan jinoyat sodir etgan shaxslarga; shuningdek oʻlim jazosi afv etish tartibida ozodlikdan mahrum qilish jazosiga almashtirilgan shaxslarga;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
b) mazkur Qarorning 1-bandi — oʻta ogʻir jinoyat sodir etgan shaxslarga;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
v) mazkur Qarorning 1, 2, 5 va 6-bandlari — taqiqlangan tashkilotlar faoliyatidagi ishtiroki, ular tarkibida tinchlik va xavfsizlikka qarshi yoki jamoat xavfsizligiga qarshi jinoyatlar sodir qilganligi uchun sudlanganlarga.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
8. Belgilab qoʻyilsinki, mazkur Qarorning 3 va 4-bandlari taqiqlangan tashkilotlar faoliyatidagi ishtiroki, ular tarkibida tinchlik va xavfsizlikka qarshi yoki jamoat xavfsizligiga qarshi jinoyatlar sodir etganligi uchun birinchi marta ozodlikdan mahrum qilishga hukm etilib, tuzalish yoʻliga qatʼiy oʻtgan shaxslarga nisbatan tatbiq etilishi mumkin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
9. Senatning tegishli Qoʻmita va Komissiyalari mazkur amnistiya akti qoʻllanilishi tartib-taomillarida jamoatchilik nazorati va ochiq-oshkoralik amalga oshirilishida deputatlar korpusining bevosita ishtirokini taʼminlasin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
10. Senatning ushbu Qarori amalga oshirilishi yuzasidan masʼuliyat Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi zimmasiga yuklatilsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
11. Ushbu Qaror eʼlon qilingan kundan eʼtiboran kuchga kiradi va uch oy mobaynida ijro etilishi lozim.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining Raisi I. SOBIROV
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Toshkent sh.,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2008-yil 28-avgust,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
529-I-son
(Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2008-y., 35-36-son, 344-modda)