O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
qarori
“O‘ZMAXSUSTA’MINOT” AGENTLIGINI TUGATISh TO‘G‘RISIDA
[Ko‘chirma]
Mazkur qaror O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 22-fevraldagi 87-sonli “O‘zbekiston Respublikasi Hukumatining o‘z ahamiyatini yo‘qotgan ayrim qarorlarini o‘z kuchini yo‘qotgan deb hisoblash to‘g‘risida (O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “O‘z ahamiyatini yo‘qotgan qonunchilik hujjatlarini qayta ko‘rib chiqish tizimini joriy etish orqali mamlakatda ishbilarmonlik muhitini yaxshilash chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2020-yil 27-sentabrdagi PF-6075-son Farmoni)”gi qaroriga asosan o‘z kuchini yo‘qotgan.
Davlat zaxiralari tizimini boshqarishni yanada takomillashtirish va ishlari samaradorligini oshirish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
1. O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Davlat zaxiralarini boshqarish qo‘mitasi (“O‘zdavzaxira” qo‘mitasi)ning “O‘zmaxsusta’minot” agentligini tugatish to‘g‘risidagi taklifi qabul qilinsin.
2. “O‘zdavzaxira” qo‘mitasi:
bir hafta muddatda O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi va Moliya vazirligi vakillari ishtirokida tugatish komissiyasini tashkil etsin;
amaldagi qonun hujjatlariga muvofiq “O‘zmaxsusta’minot” agentligini tugatish tadbirlarini amalga oshirsin;
tugatilayotgan Agentlikning pul mablag‘lari, mol-mulki, arxiv hujjatlari va boshqa hujjatlarining o‘z balansiga qabul qilinishini ta’minlasin;
Agentlikning bo‘shab qolayotgan xodimlariga belgilangan tartibga muvofiq ishga joylashishda ko‘maklashsin;
“O‘zmaxsusta’minot” agentligini tugatish tadbirlarining bir oy muddatda tugallanishini ta’minlasin.
3. “O‘zdavzaxira” qo‘mitasi markaziy apparati tuzilmasida shtatdagi xodimlari soni 6 nafar bo‘lgan Xaridlar va maxsus iste’molchilar bilan ishlash boshqarmasi tashkil etilsin.
Belgilab qo‘yilsinki, Xaridlar va maxsus iste’molchilar bilan ishlash boshqarmasining ta’minoti har yili “O‘zdavzaxira” qo‘mitasiga ajratiladigan budjet mablag‘lari hisobiga amalga oshiriladi.
5. “O‘zdavzaxira” qo‘mitasi tugatilayotgan “O‘zmaxsusta’minot” agentligining maxsus iste’molchilarni va ijtimoiy soha muassasalarini davlat zaxirasi mahsulotlari bilan ta’minlash hamda davlat zaxiralari tizimi korxonalari uchun mahsulotlar yetkazib berish yuzasidan 2008-yilga tuzilgan shartnomalar bo‘yicha huquqiy vorisi etib belgilansin.
7. Vazirlar Mahkamasining “O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Davlat zaxiralarini boshqarish qo‘mitasi faoliyatini tashkil etish to‘g‘risida” 2004-yil 9-martdagi 113-son qarorida (O‘zbekiston Respublikasi QT, 2004-y., 3-son, 26-modda):
3-ilovaning 2-bandidagi “O‘zmaxsusta’minot” agentligi (Toshkent shahri)” so‘zlari chiqarib tashlansin.
8. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining o‘rinbosari U.U. Rozuqulov zimmasiga yuklansin.
O‘zbekiston Respublikasining Bosh vaziri Sh. MIRZIYOYEV
Toshkent sh.,
2008-yil 25-avgust,
193-son
Vazirlar Mahkamasining 2008-yil 25-avgustdagi 193-son qaroriga
1-ILOVA
1-ILOVA
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Davlat zaxiralarini boshqarish qo‘mitasining tashkiliy tuzilmasi
(1-ilova O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2012-yil 11-iyuldagi 208-sonli qarori tahririda — O‘R QHT, 2012-y., 28-son, 321-modda)
Vazirlar Mahkamasining 2008-yil 25-avgustdagi 193-son qaroriga
2-ILOVA
2-ILOVA
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Davlat zaxiralarini boshqarish qo‘mitasi markaziy apparati tuzilmasi