Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining
Qarori
XALQARO SHARTNOMANI TASDIQLASH TOʻGʻRISIDA
1. Oʻzbekiston Respublikasi Hukumati bilan Rossiya Federatsiyasi Hukumati oʻrtasida 2007-yil 28-noyabr kuni Toshkent shahrida imzolangan ikki tomonlama harbiy-texnikaviy hamkorlik davrida foydalaniladigan va olingan intellektual faoliyat natijalariga nisbatan oʻzaro huquqni muhofaza qilish toʻgʻrisidagi Bitim tasdiqlansin.
2. Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi Oʻzbekiston Respublikasi mazkur xalqaro shartnoma kuchga kirishi uchun zarur boʻlgan ichki davlat tartib-qoidalarini bajargani toʻgʻrisida tegishli bildirishnoma yoʻllasin.
3. Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi hamda tegishli vazirlik va idoralar rahbarlari ushbu xalqaro shartnoma kuchga kirgandan keyin belgilangan tartibda Oʻzbekiston Respublikasining majburiyatlari bajarilishi ustidan nazoratni taʼminlasinlar.
4. Mazkur qarorning ijrosini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vaziri Sh.M. Mirziyoyev zimmasiga yuklansin.
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti I. KARIMOV
Toshkent sh.,
2008-yil 19-avgust,
PQ-946-son
(Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2008-y., 34-son, 331-modda)