O‘ZBEKISTON ALOQA VA AXBOROTLAShTIRISh AGENTLIGI BOSh DIREKTORINING
BUYRUG‘I
POChTA ALOQASI XIZMATLARINI KO‘RSATISh QOIDALARIGA O‘ZGARTIRISh VA QO‘ShIMChALAR KIRITISh TO‘G‘RISIDA
[O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 2008-yil 16-avgustda 1256-2-son bilan davlat ro‘yxatidan o‘tkazildi]
Mazkur buyruq O‘zbekiston aloqa va axborotlashtirish agentligi bosh direktorining 2011-yil 22-fevraldagi 1-yu sonli “Pochta aloqasi xizmatlarini ko‘rsatish qoidalarini tasdiqlash to‘g‘risida”gi buyrug‘iga (ro‘yxat raqami 2219, 18.04.2011-y.) muvofiq o‘z kuchini yo‘qotgan.
O‘zbekiston Respublikasining “O‘zbekiston Respublikasining Pochta to‘lovlari xizmatlari to‘g‘risidagi Bitimga (Buxarest, 2004-yil 5-oktabr) qo‘shilishi haqida”gi Qonunini amalga oshirish maqsadida, buyuraman:
1. O‘zbekiston aloqa va axborotlashtirish agentligining 2003-yil 3-iyundagi 151-son buyrug‘i bilan tasdiqlangan Pochta aloqasi xizmatlarini ko‘rsatish qoidalariga (ro‘yxat raqami 1256, 2003-yil 16-iyulda — O‘zbekiston Respublikasi vazirliklari, davlat qo‘mitalari va idoralari me’yoriy hujjatlarining axborotnomasi, 2003-y., 13-14-son) ilovaga* muvofiq o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritilsin (ilova qilinadi).
* Ilova rus tilidagi matnda berilgan.
2. Mazkur buyruq O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligida davlat ro‘yxatidan o‘tkazilgan sanadan o‘n kun o‘tgandan keyin amalga kiritilsin.
3. Ushbu buyruq ijrosini nazorat qilish Agentlik Bosh direktorining o‘rinbosari A.A. Xodjayev zimmasiga yuklansin.
O‘zbekiston aloqa va axborotlashtirish agentligi Bosh direktori A. ARIPOV
Toshkent sh.,
2008-yil 17-iyul,
210-son
(O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari to‘plami, 2008-y., 34-son, 340-modda)