T/r | Chora-tadbirlar nomlanishi | Amalga oshirish shakli | Ijro muddati | Mas’ul ijrochilar |
I. Innovatsion faoliyatni axboriy ta’minlash hamda ilmiy-tadqiqot va tajriba-konstruktorlik ishlari (ITTKI) natijalarini transfer qilish | ||||
1. | Innovatsion g‘oyalar, texnologiyalar va loyihalar respublika yarmarkasini tashkil etish va o‘tkazish. | Vazirlar Mahkamasining farmoyishi loyihasi, yarmarkani o‘tkazish | Har yili aprel oyida | Innovatsion rivojlanish vazirligi, Iqtisodiy taraqqiyot va kambag‘allikni qisqartirish vazirligi, Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi, Fanlar akademiyasi, Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi, vazirliklar, idoralar, xo‘jalik birlashmalari |
2. | Har yili o‘tkaziladigan Innovatsion g‘oyalar, texnologiyalar va loyihalar respublika yarmarkasida tuzilgan shartnomalar va kelishuvlarning amalga oshirilishini monitoring qilish tizimini ishlab chiqish va joriy etish. | Monitoring olib borish to‘g‘risida nizom | 2008-yil 1-oktabr | Fan va texnologiya agentligi, Fanlar akademiyasi, Adliya vazirligi, Iqtisodiyot vazirligi, Davlat statistika qo‘mitasi |
3. | “Innovatsion g‘oyalar va loyihalar katologi”ni doimiy ravishda nashr qilish. | Katalog | Yarmarka o‘tkazilishidan bir oy oldin (yilda bir marotaba) | Fan va texnologiyalarni rivojlantirishni muvofiqlashtirish qo‘mitasi, Fanlar akademiyasi, Iqtisodiyot vazirligi |
4. | Bajarishga tayyorlanayotgan, bajarilayotgan va yakuniga yetgan innovatsion loyihalar, biznes tomonidan innovatsion yechimlar topish bo‘yicha so‘rovlar haqidagi barcha axborotlarni hamda boshqa ma’lumotlarni jamlagan Internet portalini qo‘llab-quvvatlash va yangilash. | Veb-sayt | Doimiy | O‘zbekiston Respublikasi Innovatsion rivojlanish vazirligi, Fanlar akademiyasi, Iqtisodiy tadqiqotlar markazi, Iqtisodiyot vazirligi, Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi, Adliya vazirligi |
O‘quv, ilmiy, ilmiy tadqiqot muassasalari va tashkilotlarining rasmiy veb-saytlarini qo‘llab-quvvatlash va yangilash. | Veb-sayt | 2008-yil 1-avgustdan boshlab doimiy | Fanlar akademiyasining ilmiy, ilmiy tadqiqot muassasalari va tashkilotlari, vazirliklar va idoralar, oliy ta’lim muassasalari O‘zAAA bilan hamkorlikda | |
5. | Amaldagi patent berish tartibini patent berish tartib-taomillarini soddalashtirish, tezlashtirish va arzonlashtirish maqsadida qayta ko‘rib chiqish. | Normativ-huquqiy hujjatlar loyihalari | 2009-yil 1-yanvar | Fan va texnologiyalarni rivojlantirishni muvofiqlashtirish qo‘mitasi, Fanlar akademiyasi, Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi, Patent idorasi, Iqtisodiyot vazirligi, Moliya vazirligi, Adliya vazirligi |
Mahalliy o‘quv, ilmiy, ilmiy tadqiqot muassasalari va tashkilotlari hamda boshqa subyektlarga ITTKI natijalarini xalqaro va mintaqaviy bazalarda ro‘yxatdan o‘tkazish imkonini berish hamda intellektual mulk huquqlarini respublikadan tashqarida yanada samarali himoya qilish maqsadida dunyo ilmiy hamjamiyati va xalqaro patent idoralari bilan aloqalarni rivojlantirish. | Hamkorlik to‘g‘risida shartnomalar va boshqa xalqaro huquqiy hujjatlar | 2009-yil 1-yanvar | Fanlar akademiyasi, TIV, Fan va texnologiyalarni rivojlantirishni muvofiqlashtirish qo‘mitasi, Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi, Patent idorasi, Monopoliyadan chiqarish davlat qo‘mitasi | |
6. | Intellektual mulkni baholashning milliy standartlarini xalqaro talab va me’yorlardan kelib chiqib rivojlantirish. | Intellektual mulkni baholashning milliy standartlari | 2009-yil 1-mart | Fan va texnologiyalarni rivojlantirishni muvofiqlashtirish qo‘mitasi, Fanlar akademiyasi, Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi, Patent idorasi, Davlat mulki qo‘mitasi, Iqtisodiy tadqiqotlar markazi |
7. | O‘quv, ilmiy, ilmiy tadqiqot muassasalari va tashkilotlari boshqaruv xodimlari uchun ITTKIni tijoratlashtirish bo‘yicha malaka oshirish kurslari tashkil qilish. | Malaka oshirish kurslari | 2008-yil 1 noyabr | Davlat va jamiyat qurilishi akademiyasi, Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi |
Respublikaning yetakchi oliy ta’lim muassasalarida ITTKIni boshqarish bo‘yicha yangi yo‘nalishlar va fanlar, shu jumladan “Innovatsion menejment”, “Innovatsiya jarayonlarini boshqarish” va boshqa mutaxassisliklarni ochish. | Fanlar va o‘quv dasturlari | 2009/2010 o‘quv yilidan boshlab | Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi, Fan va texnologiyalarni rivojlantirishni muvofiqlashtirish qo‘mitasi, Fanlar akademiyasi | |
8. | Ilmiy faoliyatni ommalashtirish maqsadida yurtimiz ilm-fani yutuqlari to‘g‘risida muntazam haftalik teleko‘rsatuvlarni tashkil qilish. | Teleko‘rsatuv | 2008-yil sentyabrdan boshlab | O‘zbekiston Milliy teleradiokompaniyasi, Fan va texno�ogiyalarni rivojlantirishni muvofiqlashtirish qo‘mitasi, Fanlar akademiyasi, Savdo-sanoat palatasi |
II. Ilmiy-tadqiqot va tajriba-konstruktorlik ishlari (ITTKI)ni rag‘batlantirish | ||||
9. | Innovatsion ishlarning ilmiy-texnik dasturlari to‘g‘risidagi Nizomga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish bo‘yicha takliflar ishlab chiqish. | Nizomga o‘zgartirish va qo‘shimcha kiritish bo‘yicha loyiha | 2008-yil 1-sentabrgacha | Fan va texnologiyalarni rivojlantirishni muvofiqlashtirish qo‘mitasi, Moliya vazirligi, Iqtisodiyot vazirligi, Fanlar akademiyasi, Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi, Adliya vazirligi, vazirliklar va idoralar |
10. | Ilmiy, ilmiy-tadqiqot muassasalari va tashkilotlari moddiy-texnika bazasini xatlovdan o‘tkazish. | Tahliliy ma’lumotnoma, jadvalli materiallar | 2008-yil 1-sentabr | Fanlar akademiyasi, Sog‘liqni saqlash vazirligi, Qishloq va suv xo‘jaligi vazirligi, Moliya vazirligi, Iqtisodiyot vazirligi |
Xatlov natijalari bo‘yicha ilmiy, ilmiy-tadqiqot muassasalari va tashkilotlari moddiy-texnika bazasini mustahkamlash, xususan ilmiy, texnologik va laboratoriya uskunalari bilan qayta jihozlash va qo‘shimcha jihozlash bo‘yicha takliflar kiritish. | Hukumat qarori loyihasi | 2008-yil 1-oktabr | ||
11. | Ishlab chiqarishni modernizatsiyalash, texnik va texnologik qayta jihozlash, ishlab chiqarishni yangi qurilish shaklida kengaytirish, ishlab chiqarish ehtiyojlari uchun foydalaniladigan binolar va inshootlarni rekonstruksiya qilishni amalga oshiruvchi xo‘jalik yurituvchi subyektlar tomonidan imtiyozlarni qo‘llash tartibi to‘g‘risidagi nizomga (Adliya vazirligidan 2007-yil 11-iyunda 1688-raqam bilan ro‘yxatdan o‘tkazilgan) o‘zgartirishlar kiritish. | Nizomga o‘zgartirish kiritish bo‘yicha loyiha | 2008-yil 1-sentabr | Moliya vazirligi, Davlat soliq qo‘mitasi, Iqtisodiyot vazirligi, Davlat bojxona qo‘mitasi, Adliya vazirligi |
12. | Ilmiy, ilmiy-tadqiqot muassasalari va tashkilotlari faoliyatini rivojlantirish hamda ITTKIni joriy qilishga to‘sqinlik qiluvchi ziddiyatlarni va kamchiliklarni aniqlash maqsadida normativ-huquqiy hujjatlarni xatlovdan o‘tkazish. | Normativ-huquqiy hujjatlarga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish | 2009-yil 1-yanvar | Fan va texnologiyalarni rivojlantirishni muvofiqlashtirish qo‘mitasi, Fanlar akademiyasi, Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi, Sog‘liqni saqlash vazirligi, Qishloq va suv xo‘jaligi vazirligi, Iqtisodiyot vazirligi, Adliya vazirligi |
13. | Texnologiyalar transferi agentligini O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiyot vazirligi bo‘ysunuviga o‘tkazish hamda yuqori texnologiyalarni o‘rganish, mustaqil ekspertizadan o‘tkazish, mahalliy amaliyotga moslashtirish va joriy etishni uning asosiy vazifalari etib belgilash yuzasidan takliflar ishlab chiqish. | Hukumat qarori loyihasi | 2008-yil 1-oktabr | Iqtisodiyot vazirligi, Fan va texnologiyalarni rivojlantirishni muvofiqlashtirish qo‘mitasi |
14. | Quyidagilar bo‘yicha takliflarni kiritish: | |||
Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar hokimliklari huzurida faoliyat yuritayotgan Fan va texnika markazlarini Innovatsion faoliyat, mahalliy va xorijiy texnologiyalar transferi hududiy markazlari etib qaytadan tashkil etish; | Hududiy markazlar to‘g‘risidagi namunaviy nizom | 2008-yil 1-oktabr | Fan va texnologiyalarni rivojlantirishni muvofiqlashtirish qo‘mitasi, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimligi | |
Fanlar akademiyasi, Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi, Sog‘liqni saqlash vazirligi, Qishloq va suv xo‘jaligi vazirligi huzurida, shuningdek, tasarrufida o‘quv, ilmiy-tadqiqot muassasalari va tashkilotlari mavjud boshqa vazirlik va idoralar huzurida texnologiyalarni qo‘llab-quvvatlash va transfer qilish xizmatlarini tashkil etish. | Texnologiyalarni qo‘llab-quvvatlash va transfer qilish xizmatlari to‘g‘risida namunaviy nizom | 2008-yil 1-oktabr | Fanlar akademiyasi, Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi, Sog‘liqni saqlash vazirligi, Qishloq va suv xo‘jaligi vazirligi | |
15. | Har bir oliy ta’lim muassasasida talabalarning ITTKIda ishtirok etishi, kelgusida ushbu tajribadan diplom va dissertatsiya ishlarini tayyorlashda foydalanishini nazarda tutuvchi tizim yaratish. | Talabalarni ITTKIga jalb qilish va ularni rag‘batlantirish bo‘yicha namunaviy tartib | 2008 yil 1-sentabr | Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi, Fanlar akademiyasi, oliy ta’lim muassasalari |
III. Ilmiy-tadqiqot va tajriba-konstruktorlik ishlariga talabni rag‘batlantirish | ||||
16. | Davlat ulushi bo‘lgan har bir xo‘jalik birlashmasi va yirik korxonalarda quyidagilarni tashkil etish: | |||
tarmoqni innovatsion rivojlantirishga javob beruvchi bo‘linma, zarur hollarda — loyiha-konstruktorlik byurosini ham; | Namunaviy nizom | 2009-yil 1-yanvargacha | Vazirlar Mahkamasi axborot-tahlil departamentlari, xo‘jalik boshqaruvi organlari va korxonalar | |
modernizatsiya va yangi texnologiyalar jamg‘armasi. | Namunaviy nizom | |||
17. | Tarmoq vazirliklar va idoralarida ichki tizim (tarmoq), shu jumladan innovatsion texnologiyalar va ITTKIni joriy etish bo‘yicha texnologik siyosatni ishlab chiqish, tasdiqlash va ijro uchun qabul qilish. | Idoraviy hujjat | 2008-yil 1-oktabr | Vazirlar Mahkamasi axborot-tahlil departamentlari, xo‘jalik boshqaruvi organlari va korxonalar |
Tarmoq korxonalaridagi ishlab chiqarish bilan bog‘liq texnologik muammolarning innovatsion yechimlariga bo‘lgan ehtiyojni yig‘ish va tahlil qilish tartibini ishlab chiqish va tasdiqlash. | Idoraviy hujjat | |||
18. | Tarmoq vazirliklar, idoralar va xo‘jalik birlashmalari ishlab chiqarish faoliyati samaradorligi mezonlarining tarmoq tizimlarini shakllantirish, bunda texnologik jarayonlarni takomillashtirish, yangi texnologiyalarni joriy qilish, ishlab chiqarishda resurs sarfini kamaytirish, mehnat unumdorligini oshirish, fondlar samaradorligi bo‘yicha faoliyatni baholash mezonlarini tizimga kiritish. | Mezonlar tizimi, korxonalarning innovatsion faoliyat ko‘rsatkichlarining statistik hisobini yuritishni tashkil qilish | 2009-yil 1-yanvar | Iqtisodiyot vazirligi, Davlat statistika qo‘mitasi, Fan va texnologiyalarni rivojlantirishni muvofiqlashtirish qo‘mitasi, davlat va xo‘jalik boshqaruvi organlari |
19. | Mahalliy xomashyodan foydalangan holda ishlab chiqarishga joriy qilinayotgan innovatsion loyihalarni o‘rnatilgan tartibda Mahalliylashtirish dasturiga kiritish. | Mahalliylashtirish dasturiga taklif | Arizalar kelib tushishiga qarab | Iqtisodiyot vazirligi, TIAISV, vazirlik va idoralar, xo‘jalik birlashmalari, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari |
IV. Ilmiy-tadqiqot va innovatsion faoliyatni venchur moliyalashtirishni rivojlantirish | ||||
20. | Venchur kompaniyalar, fondlar, venchur fondlarni boshqaruvchi kompaniyalar, innovatsion korxonalar faoliyatini muvofiqlashtiruvchi normativ-huquqiy hujjatlar loyihalarini tayyorlash. | Hukumat qarori loyihasi | 2008-yil 1-oktabr | Fan va texnologiyalarni rivojlantirishni muvofiqlashtirish qo‘mitasi, Fanlar akademiyasi, TIAISV, Iqtisodiyot vazirligi |
21. | Venchur fondlar va kompaniyalar uchun malakali boshqaruv va ekspert kadrlarni tayyorlash. | O‘quv kurslari | 2008 �il va keyingi yillar | Davlat va jamiyat boshqaruvi akademiyasi, Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi, Bank-moliya akademiyasi |
22. | Venchur loyihalarni sug‘urtalash bo‘yicha chora-tadbirlar kompleksini ishlab chiqish va amalga oshirish. | Venchur loyihalarni sug‘urtalash tartibi | 2009-yil 1-yanvar | Moliya vazirligi, Sug‘urta kompaniyalari assotsiatsiyasi, “O‘zsug‘urta” SK, “O‘zagrosug‘urta” MSK, sug‘urta kompaniyalari, TIAISV |
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining qarori, 15.07.2008 yildagi PQ-916-son
Kuchga kirish sanasi
15.07.2008
Рус
Ўзб
O’zb
O‘zb|Рус
Ilmiy-amaliy tadqiqotlar va innovatsion ishlanmalar rivojlantirilishi hamda ishlab chiqarishni modernizatsiya qilish, texnik va texnologik yangilash jarayonlariga tatbiq etishni rag‘batlantirish bo‘yicha amaliy mexanizmlar yaratish, fan va ishlab chiqarishning yanada mustahkam aloqasini ta’minlash maqsadida, shuningdek, ilmiy-tadqiqot tashkilotlari hamda real iqtisodiyot tarmoqlari korxonalari o‘rtasida uzviy hamkorlik aloqalarini o‘rnatishda innovatsion g‘oyalar va loyihalar Respublika yarmarkasining ahamiyatini hisobga olgan holda:
1. Shunday tartib o‘rnatilsinki, unga muvofiq Innovatsion g‘oyalar, texnologiyalar va loyihalar Respublika yarmarkasi har yili o‘tkaziladi.
Oldingi tahrirga qarang.
Innovatsion g‘oyalar, texnologiyalar va loyihalar Respublika yarmarkasining har yili o‘tkazilishini tashkil qilish O‘zbekiston Respublikasi Innovatsion rivojlanish vazirligi, Iqtisodiy taraqqiyot va kambag‘allikni qisqartirish vazirligi, Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi zimmasiga yuklansin.
(1-bandning ikkinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 27-sentabrdagi PF-6075-sonli Farmoni tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 28.09.2020-y., 06/20/6075/1330-son)
2. O‘rta muddatli istiqbolda innovatsion mahsulotlar va texnologiyalarni rivojlantirish chora-tadbirlari kompleksi 1-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
Oldingi tahrirga qarang.
3. Innovatsion g‘oyalar, texnologiyalar va loyihalar Respublika yarmarkasini yuqori saviyada o‘tkazish va tasdiqlangan kompleks chora-tadbirlarni amalga oshirish bo‘yicha ishlarni muvofiqlashtirish O‘zbekiston Respublikasi Innovatsion rivojlanish vazirligi zimmasiga yuklansin.
(3-band O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 5-apreldagi PF-5399-sonli Farmoni tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 06.04.2018-y., 06/18/5399/1018-son)
4. Amaliy ilmiy ishlanmalar va innovatsion texnologiyalar ishlab chiqarishga keng tatbiq etilishini ta’minlash uchun vazirliklar, idoralar, uyushmalar, kompaniyalar va boshqa xo‘jalik birlashmalari quyidagilarni:
xo‘jalik yurituvchi subyektlarning amortizatsion ajratmalari va sof foydasi, shuningdek buyurtmachilarning maqsadli tushumlari shakllantirish manbalaridan iborat bo‘lgan modernizatsiya va yangi texnologiyalar jamg‘armalarini;
tarmoq va korxonani innovatsion rivojlantirishga javobgar bo‘lgan tarkibiy bo‘linmalar, zarur hollarda esa — loyiha-konstruktorlik byurolarini tashkil etishda xo‘jalik boshqaruvi organlari hamda korxonalarga ko‘maklashsin.
5. Quyidagilar tashkil etilayotgan xo‘jalik yurituvchi subyektlarni innovatsion rivojlantirish tarkibiy bo‘linmalarining asosiy vazifalari etib belgilansin:
zamonaviy uskunalar va texnologiyalarning xalqaro va mahalliy ishlanmalarini o‘rganish, shu asosda zamonaviy texnologiyalarni ishlab chiqarishga tatbiq etishning har yilgi va o‘rta muddatli dasturlarini shakllantirish;
mahalliy amaliy ilmiy tadqiqotlar va ishlanmalarga buyurtmalar jamlamasini shakllantirish, shuningdek ularni joylashtirish;
Mazkur tarkibiy tuzilmalar faoliyatiga tatbiq etilgan loyihalar va ishlanmalar soni, shuningdek ulardan olingan iqtisodiy samaraga qarab baho berilsin.
6. O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi, Iqtisodiyot vazirligi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Fan va texnologiyalarni rivojlantirishni muvofiqlashtirish qo‘mitasi bilan birgalikda bir oy muddatda Xo‘jalik boshqaruvi organlari va korxonalarning modernizatsiya va yangi texnologiyalar jamg‘armasi to‘g‘risidagi nizomni belgilangan tartibda ishlab chiqsin va tasdiqlasin.
7. Belgilansinki, modernizatsiya va yangi texnologiyalar jamg‘armasiga yo‘naltiriladigan mablag‘lar xo‘jalik yurituvchi subyektlar tomonidan ilmiy amaliy tadqiqotlarni, innovatsion loyihalarni, tajriba-konstruktorlik ishlanmalarini hamda ularni ishlab chiqarish jarayoniga tatbiq etishni moliyalashtirishda foydalaniladi.
8. 2013-yilning 1-yanvarigacha bo‘lgan davrda o‘quv va ilmiy-tadqiqot muassasalari hamda tashkilotlari, loyiha-konstruktorlik tashkilotlari xo‘jalik yurituvchi subyektlar bilan tuzilgan shartnomalar bo‘yicha amalga oshiriladigan amaliy ilmiy-tadqiqot va tajriba-konstruktorlik ishlarini bajarish qismida daromad solig‘i, yagona soliq to‘lovi, qo‘shilgan qiymat solig‘i va davlatning maqsadli jamg‘armalariga majburiy to‘lovlar (yagona ijtimoiy to‘lovdan tashqari) to‘lashdan ozod etilsin.
Oldingi tahrirga qarang.
9. Ilmiy-tadqiqot muassasalari va tashkilotlarini qayta jihozlash va qo‘shimcha jihozlash uchun belgilangan tartibda tasdiqlanadigan ro‘yxatlar bo‘yicha modernizatsiya qilish doirasida olib kelinadigan uskunalar bojxona to‘lovlaridan (qo‘shilgan qiymat solig‘i va bojxona rasmiylashtiruvi yig‘imlaridan tashqari) ozod etilsin.
(9-band O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 19-iyundagi PF-6011-sonli Farmoni tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 19.06.2020-y., 06/20/6011/0780-son — 2020-yil 1-oktabrdan kuchga kiradi)
10. O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi 2009—2012-yillar mobaynida davlat ilmiy-texnikaviy dasturlari doirasida ilmiy-tadqiqot va tajriba-konstruktorlik ishlarini olib borayotgan ilmiy-tadqiqot muassasalari va tashkilotlarining ilmiy, texnologik va laboratoriya uskunalarini modernizatsiya qilishga mablag‘lar ajratilishini nazarda tutsin.
11. O‘zbekiston Respublikasi Tashqi iqtisodiy aloqalar, investitsiyalar va savdo vazirligi, Iqtisodiyot vazirligi, Moliya vazirligi 2009-yilning 1-yanvarigacha bo‘lgan muddatda ilmiy-tadqiqot muassasalari va tashkilotlarining ilmiy, texnologik va laboratoriya uskunalarini modernizatsiya qilishga xalqaro moliya institutlarining maqsadli grant mablag‘larini jalb etish masalalarini ishlab chiqsin.
12. Mazkur qarorning ijrosini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining birinchi o‘rinbosari R.S. Azimov zimmasiga yuklansin.
LexUZ sharhi