08.07.2008 yildagi PQ-910-son
ONLINE TRANSLATE
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI PREZIDENTINING
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
QARORI
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
BOLALAR MUSIQA VA SAN’AT MAKTABLARINING MODDIY-TEXNIK BAZASINI MUSTAHKAMLASH VA ULARNING FAOLIYATINI YANADA YAXSHILASH BO‘YICHA 2009—2014-YILLARGA MO‘LJALLANGAN DAVLAT DASTURI TO‘G‘RISIDA
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Unib-o‘sib kelayotgan yosh avlodning iste’dodini har tomonlama kamol toptirish va madaniy saviyasini yuksaltirish, yoshlarimizning milliy va jahon musiqalari, tasviriy san’atining yuksak namunalaridan keng bahramand bo‘lishi uchun zarur sharoitlar yaratish, boshlang‘ich musiqiy ta’lim tizimini tubdan takomillashtirish, bolalar musiqa va san’at maktablarini rivojlantirish hamda zamonaviy moddiy-texnik bazasini shakllantirish, ularni musiqiy madaniyat va san’at sohasidagi yuqori malakali pedagog kadrlar va mutaxassislar bilan ta’minlash maqsadida:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1. O‘zbekiston Respublikasi Madaniyat vazirligi zimmasiga quyidagi vazifalar yuklansin:
(1-bandning birinchi va ikkinchi xatboshilari O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 17-maydagi PF–5043-sonli Farmoniga asosan birinchi xatboshiga almashtirilgan— O‘R QHT, 2017-y., 20-son, 354-modda)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
boshlang‘ich musiqiy ta’limni tashkil etish va uning rivojlanishini ta’minlash, ushbu yo‘nalish bo‘yicha mutaxassislar hamda pedagoglarning mahorati va malaka darajasini oshirish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
bolalar musiqa va san’at maktablarida ta’lim tizimini takomillashtirish, o‘sib kelayotgan yosh avlodning madaniy saviyasini yuksaltirish, ular orasida iste’dodlarni har tomonlama rivojlantirish, yoshlarning milliy va jahon san’atining yuksak namunalaridan keng bahramand bo‘lishi uchun zarur shart-sharoitlar yaratish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
R. Glier nomidagi va V. Uspenskiy nomidagi respublika ixtisoslashtirilgan musiqa akademik litseylarining moddiy-texnik hamda umumta’lim o‘quv bazasini rivojlantirish va mustahkamlashni, ularning samarali faoliyat ko‘rsatishi uchun zarur sharoitlar yaratilishini ta’minlash.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
R. Glier nomidagi va V. Uspenskiy nomidagi respublika ixtisoslashtirilgan musiqa akademik litseylarining kasbiy yo‘nalishiga oid faoliyatini o‘quv-metodik jihatdan ta’minlash vazifasi O‘zbekiston davlat konservatoriyasi zimmasiga yuklanishi belgilab qo‘yilsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2008-yil 7-yanvardagi F-2908-sonli farmoyishiga binoan tuzilgan Respublika komissiyasi tomonidan ishlab chiqilgan Bolalar musiqa va san’at maktablarining moddiy-texnik bazasini mustahkamlash va ularning faoliyatini yanada yaxshilash bo‘yicha 2009—2014-yillarga mo‘ljallangan, quyidagi masalalarni o‘z ichiga olgan Davlat dasturi (keyingi o‘rinlarda Davlat dasturi deb yuritiladi) tasdiqlansin:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2009—2014-yillarda bolalar musiqa va san’at maktablarining moddiy-texnik bazasini mustahkamlash, ularning faoliyatini yanada yaxshilash tadbirlari 1-ilovaga muvofiq;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2009—2014-yillarda yangitdan quriladigan hamda kapital rekonstruksiya qilinadigan bolalar musiqa va san’at maktablarining asosiy parametrlari 2 va 3-ilovalarga* muvofiq.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
* 2-3-ilovalar rus tilidagi matnda berilgan.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
O‘zbekiston Respublikasi “Davarxitektqurilish” qo‘mitasi va Xalq ta’limi vazirligi tomonidan bolalar musiqa ta’limi sohasidagi mutaxassis va pedagoglarni jalb etgan holda, bolalar musiqa va san’at maktablarining 1-tipi uchun 200 o‘quvchiga va 2-tipi uchun 150 o‘quvchiga mo‘ljallangan ikkita namunaviy loyiha ishlab chiqilgani ma’lumot uchun qabul qilinsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Bolalar musiqa va san’at maktablarini kapital rekonstruksiya qilish O‘zbekiston Respublikasi “Davarxitektqurilish” qo‘mitasi va Xalq ta’limi vazirligi tomonidan tasdiqlangan 1-va 2-tipdagi namunaviy loyihalarga qat’iy muvofiq ravishda amalga oshirilishi lozimligi belgilab qo‘yilsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3. O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiyot vazirligi, Moliya vazirligi, Xalq ta’limi vazirligi, Xalq ta’limi vazirligi huzuridagi Bolalar sportini rivojlantirish jamg‘armasi, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
ushbu qarorga binoan tasdiqlangan Davlat dasturida nazarda tutilgan chora-tadbirlar belgilangan muddatlarda samarali va sifatli bajarilishini ta’minlasin;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
har yili Investitsiya dasturi loyihasini va qurilishlarning manzilli ro‘yxatlarini shakllantirishida bolalar musiqa va san’at maktablarining aniq soni va ro‘yxatini ko‘rsatgan holda, ularning yangilarini qurish va kapital rekonstruksiya qilish, zarur asboblar, uskunalar va inventarlar bilan jihozlash bo‘yicha ishlarni moliyalashtirish hajmlarini belgilasin;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2009-2010-yillarga mo‘ljallangan Investitsiya dasturi loyihasi va Davlat budjeti parametrlarini shakllantirishda R. Glier nomidagi va V. Uspenskiy nomidagi akademik litseylarni kengaytirish va rekonstruksiya qilish uchun zarur budjet mablag‘lari, shuningdek, ularning moddiy-texnik bazasini mustahkamlash uchun mablag‘larni nazarda tutsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
4. Bolalar musiqa va san’at maktablarini yangitdan qurish uchun maydonlarni tanlashda tasdiqlangan normativ va parametrlarga muvofiq ularning, qoida tariqasida, albatta respublika tuman va shaharlarining turar-joy massivlarida joylashtirilishi hisobga olinsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
5. Quyidagilar belgilansin:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
bolalar musiqa va san’at maktablarini qurish va kapital rekonstruksiya qilish bo‘yicha buyurtmachi vazifasi O‘zbekiston Respublikasi Xalq ta’limi vazirligi huzuridagi Bolalar sportini rivojlantirish jamg‘armasi va uning joylardagi tuzilmalari zimmasiga yuklatiladi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
mahalliy shart-sharoitlarni hisobga olgan holda tasdiqlangan namunaviy loyihalar va loyihaga tegishli qarorlardan har qanday chetga chiqishlarga faqat bosh loyiha instituti bilan kelishilgan va O‘zbekiston Respublikasi “Davarxitektqurilish” qo‘mitasi tomonidan tasdiqlangan taqdirdagina yo‘l qo‘yiladi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
yangitdan qurilgan hamda kapital rekonstruksiya qilingan bolalar musiqa va san’at maktablari obyektlarini foydalanishga qabul qilish 4-ilovaga muvofiq tarkibdagi Davlat komissiyasi tomonidan tasdiqlangan sifat standartlari va namunaviy loyihalarga qat’iy muvofiq ravishda amalga oshiriladi;
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
bolalar musiqa va san’at maktablarining samarali faoliyat ko‘rsatishi, ularning har tomonlama to‘liq ishlashini ta’minlash hamda malakali pedagog kadrlar bilan to‘ldirish mas’uliyati O‘zbekiston Respublikasi Madaniyat vazirligi zimmasiga yuklatiladi.
(5-bandning beshinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 17-maydagi PF–5043-sonli Farmoni tahririda — O‘R QHT, 2017-y., 20-son, 354-modda)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
6. Quyidagilar:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
moliyalashtirish manbalaridan qat’i nazar, namunaviy loyihalarga asoslanmagan hamda tasdiqlangan qurilish normalari va standartlariga mos kelmaydigan yangi bolalar musiqa va san’at maktablari qurish va ularni kapital rekonstruksiya qilish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
yangitdan quriladigan va kapital rekonstruksiya qilinadigan bolalar musiqa va san’at maktablarida tiklash ishlarini amalga oshirishda 2 va 3-ilovalarda ko‘rsatilgan parametrlarga qattiq rioya qilinsin va ularni bir toifadan boshqa toifaga o‘tkazish qat’iyan taqiqlansin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
7. O‘zbekiston Respublikasi “Davarxitektqurilish” qo‘mitasi Xalq ta’limi vazirligi, Xalq ta’limi vazirligi huzuridagi Bolalar sportini rivojlantirish jamg‘armasi bilan birgalikda:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
bolalar musiqa va san’at maktablarini qurish va kapital rekonstruksiya qilish uchun tasdiqlangan namunaviy loyihalar bo‘yicha ishlarni batamom tugatib topshirish sharti bilan tanlov pudrat tender savdolarini o‘tkazish o‘z vaqtida va aniq tashkil qilinishini ta’minlasin;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
buyurtmachi va pudratchi o‘rtasidagi shartnoma majburiyatlari bajarilishi ustidan, jumladan, tasdiqlangan namunaviy loyihalarga, qurilish normalari va qoidalariga muvofiq bajarilgan loyiha va qurilish ishlarining sifatiga qat’iy rioya etilishi ustidan qattiq monitoring o‘rnatsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
8. O‘zbekiston Respublikasi Xalq ta’limi vazirligi huzuridagi Bolalar sportini rivojlantirish jamg‘armasi, “Davarxitektqurilish” qo‘mitasi rahbarlari, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi raisi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimlari zimmasiga:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
bolalar musiqa va san’at maktablari obyektlarini qurish hamda kapital rekonstruksiya qilish manzilli dasturiga kiritilgan obyektlar bo‘yicha tanlov pudrat tender savdolari o‘z vaqtida o‘tkazilishi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
bolalar musiqa va san’at maktablari obyektlaridagi qurilish-montaj ishlarini amalga oshirishda namunaviy loyihalarga, shuningdek, tasdiqlangan qurilish norma va qoidalariga qat’iy rioya etilishi bo‘yicha shaxsiy mas’uliyat yuklansin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
9. O‘zbekiston Respublikasi Xalq ta’limi vazirligi Tashqi iqtisodiy aloqalar, investitsiyalar va savdo vazirligi, Iqtisodiyot vazirligi, Moliya vazirligi bilan birgalikda tasdiqlangan Davlat dasturiga kiritilgan bolalar musiqa va san’at maktablarini rivojlantirish va moddiy-texnik bazasini yaxshilash, shu jumladan, ularni jihozlash uchun imtiyozli shartlar asosidagi xorijiy kreditlar va grantlarni jalb etish borasidagi ishlarni faollashtirsin.
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
10. Vazirlar Mahkamasi tomonidan tasdiqlanadigan ro‘yxat bo‘yicha Davlat dasturi doirasida bolalar musiqa va san’at maktablarining moddiy-texnika bazasini mustahkamlash uchun olib kelinadigan musiqa asboblari va maxsus uskunalar 2015-yil 1-yanvargacha bo‘lgan muddatda bojxona to‘lovlaridan ozod qilinsin (bojxona rasmiylashtiruvi yig‘imlari bundan mustasno).
(10-band O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2011-yil 30-dekabrdagi PQ-1675-sonli qarori tahririda— O‘R QHT, 2011-y., 52-son, 561-modda)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
11. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2008-yil 7-yanvardagi F-2908-sonli farmoyishi asosida tuzilgan Respublika komissiyasiga O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiyot vazirligi, Xalq ta’limi vazirligi, Moliya vazirligining taqdimnomasiga binoan yangitdan quriladigan hamda kapital rekonstruksiya qilinadigan bolalar musiqa va san’at maktablarining har yili tasdiqlanadigan manzilli ro‘yxatiga tasdiqlangan umumiy parametrlar doirasida o‘zgartirishlar kiritish huquqi berilsin.
Oldingi tahrirga qarang.
(12-band O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 17-maydagi PF–5043-sonli Farmoniga asosan o‘z kuchini yo‘qotgan — O‘R QHT, 2017-y., 20-son, 354-modda)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
13. Respublika komissiyasi (Sh.M. Mirziyoyev):
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
bolalar musiqa va san’at maktablarining moddiy-texnik bazasini mustahkamlash va ularning faoliyatini yanada yaxshilash bo‘yicha 2009—2014-yillarga mo‘ljallangan Davlat dasturining amalga oshirilishi ustidan tizimli monitoring olib borsin;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
har yili yarim yil va kalendar yili yakunlari bo‘yicha Vazirlar Mahkamasining majlislarida tasdiqlangan Davlat dasturini amalga oshirish natijalarini muhokama qilib borsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
14. O‘zbekiston Respublikasi Xalq ta’limi vazirligi boshqa manfaatdor vazirliklar va idoralar bilan birgalikda bir oy muddatda qonun hujjatlariga ushbu qarordan kelib chiqadigan o‘zgartish va qo‘shimchalar to‘g‘risida Vazirlar Mahkamasiga takliflar kiritsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
15. Mazkur qarorning ijrosini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasi Bosh vaziri Sh.M. Mirziyoyev zimmasiga yuklansin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti I. KARIMOV
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Toshkent sh.,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2008-yil 8-iyul,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
PQ-910-son
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2008-yil 8-iyuldagi PQ-910-son qaroriga
1-ILOVA
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Bolalar musiqa va san’at maktablarining moddiy-texnik bazasini mustahkamlash va ularning faoliyatini yanada yaxshilash bo‘yicha 2009—2014-yillarga mo‘ljallangan tadbirlar
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
№‎ Tadbirlar Ijro etish muddatlari Mas’ul ijrochilar

I. Bolalar musiqa va san’at maktablarining moddiy-texnik bazasini mustahkamlash va rivojlantirish

1.‎ Bolalar musiqa va san’at maktablarining yangi qurilishlari va kapital rekonstruksiya qilishning hududiy dasturlarini ishlab chiqish va tasdiqlash. 2008-yilning 1-sentabrigacha Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari, Xalq ta’limi vazirligi, Madaniyat va sport ishlari vazirligi, Iqtisodiyot vazirligi, Moliya vazirligi
2.‎ Bolalar musiqa va san’at maktablari kapital rekonstruksiya qilinishi davrida boshqa binolarda o‘quv jarayoni tashkil etilishining vaqtinchalik aniq jadvalini ishlab chiqish. har yili 1-sentabrgacha Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari, Xalq ta’limi vazirligi
3.‎ Bolalar musiqa va san’at maktablarini musiqa asboblari, texnika vositalari, inventar va zamonaviy uskunalar bilan jihozlash bo‘yicha normativlarni ishlab chiqish va tasdiqlash. 2008-yilning 1-sentabrigacha Xalq ta’limi vazirligi, Madaniyat va sport ishlari vazirligi, Iqtisodiyot vazirligi, Moliya vazirligi, Badiiy akademiya
4.‎ V.Uspenskiy nomidagi va R.Glier nomidagi respublika ixtisoslashtirilgan musiqa akademik litseylarining binolari va inshootlarini ekspertizadan o‘tkazish, uning yakunlariga ko‘ra ularni kengaytirish va rekonstruksiya qilish ishlarini olib borish uchun loyiha-smeta hujjatlarini ishlab chiqish. 2008-yilning 1-sentabrigacha Xalq ta’limi vazirligi, Toshkent shahar hokimligi, “Davarxitektqurilish” qo‘mitasi, Madaniyat va sport ishlari vazirligi
5.‎ V.Uspenskiy nomidagi va R.Glier nomidagi respublika ixtisoslashtirilgan musiqa akademik litseylaridagi mavjud musiqa asboblari, maxsus uskunalar, inventar hamda o‘quv mebellarini inventarizatsiyadan o‘tkazish va uning yakunlariga ko‘ra ularning moddiy-texnik bazasini mustahkamlash bo‘yicha takliflar kiritish. 2008-yilning 1-sentabrigacha Xalq ta’limi vazirligi, Moliya vazirligi,Madaniyat va sport ishlari vazirligi
6.‎ Bolalar musiqa va san’at maktablaridagi mashg‘ulotlar uchun zarur bo‘lgan, mamlakatimizda va xorijda ishlab chiqarilayotgan musiqa asboblari, jihozlari hamda o‘quv qurollari ko‘rgazmalarini tashkil etish. har yili 1-oktabrgacha Xalq ta’limi vazirligi, Madaniyat va sport ishlari vazirligi,Tashqi iqtisodiy aloqalar, investitsiyalar va savdo vazirligi
7.‎ Toshkent, Nukus shaharlari va viloyat markazlarida 2007—2010-yillarda xizmat ko‘rsatish va servis sohasini rivojlantirish Dasturi tadbirlarini amalga oshirish doirasida o‘z faoliyatini xo‘jalik hisobi asosida olib boruvchi musiqa asboblarini ta’mirlash va xizmat ko‘rsatish ustaxonalarini tashkil etish. 2009-yilning 1-yanvarigacha Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari, Iqtisodiyot vazirligi, Xalq ta’limi vazirligi, Madaniyat va sport ishlari vazirligi, Respublika “Hunarmand” birlashmasi
8.‎ Bolalar musiqa va san’at maktablariga musiqa asboblarini xarid qilish uchun tanlov savdolarini o‘tkazish. har yili 1-noyabrgacha Iqtisodiyot vazirligi, Moliya vazirligi, Xalq ta’limi vazirligi, Madaniyat va sport ishlari vazirligi
9.‎ Umumta’lim maktablarining “Musiqa madaniyati va san’at” fani xonalarini 2004—2009-yillarda amalga oshirilayotgan maktab ta’limini rivojlantirish Davlat umumta’lim dasturi parametrlariga muvofiq zarur texnik vositalar, musiqa asboblari bilan jihozlash chora-tadbirlari dasturini ishlab chiqish. 2008-2009-yillar Xalq ta’limi vazirligi
P. Bolalar musiqa va san’at maktablarini zamonaviy darsliklar, o‘quv-metodik qo‘llanmalar va materiallar bilan ta’minlash
1.‎ Bolalar musiqa va san’at maktablari faoliyati bilan bog‘liq mavjud o‘quv rejalari, namunaviy nizomlar va shtatlar, shuningdek normativ hujjatlarni qayta ko‘rib chiqish, ularni takomillashtirish va belgilangan tartibda tasdiqlash. 2008-yilning 1-sentabrigacha Xalq ta’limi vazirligi, Madaniyat va sport ishlari vazirligi, Moliya vazirligi, Adliya vazirligi
2.‎ Umumta’lim maktablarida “Musiqa madaniyati va san’at” fani bo‘yicha davlat ta’lim standartini, bolalar musiqa va san’at maktablari yo‘nalishlari, o‘quv dasturlari bo‘yicha davlat talablarini takomillashtirish.

2008-yilning 10-avgustigacha

Xalq ta’limi vazirligi, Madaniyat va sport ishlari vazirligi
3.‎ Bolalar musiqa va san’at maktablari uchun yangi avlod darsliklari, o‘quv-metodik qo‘llanmalar, notalar va materiallarni bosqichma-bosqich tayyorlash hamda chop etish dasturi loyihasini ishlab chiqish va Vazirlar Mahkamasiga kiritish. 2008-yilning 1-noyabrigacha Xalq ta’limi vazirligi, Madaniyat va sport ishlari vazirligi, Badiiy akademiya, Matbuot va axborot agentligi, Moliya vazirligi
III. Bolalar musiqa va san’at maktablarini mutaxassislar hamda pedagog kadrlar bilan ta’minlash, ularni qayta tayyorlash, malakasini oshirish va moddiy rag‘batlantirish
1.‎ Madaniyat, san’at, musiqa yo‘nalishlari bo‘yicha mavjud oliy o‘quv yurtlarida kadrlar tayyorlash, qayta tayyorlash va malakasini oshirishni tahlil qilish hamda uni tubdan yaxshilash, shuningdek bitiruvchilarni, ayniqsa qishloq joylardagi bolalar musiqa va san’at maktablariga jalb etish mexanizmini shakllantirish bo‘yicha takliflar ishlab chiqish. 2008-yilning 1-sentabrigacha Xalq ta’limi vazirligi, Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi, Madaniyat va sport ishlari vazirligi, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari
2.‎ Respublika oliy o‘quv yurtlarining malaka oshirish markazlari va fakultetlarida, Xalq ta’limi vazirligi tizimidagi malaka oshirish institutlarida bolalar musiqa va san’at maktablari o‘qituvchilari hamda konsertmeysterlarini, “Musiqiy madaniyat va san’at” fani bo‘yicha umumta’lim maktablari o‘qituvchilarini tayyorlash va malakasini oshirish tizimini takomillashtirish va kengaytirish. 2008-yilning 15-avgustigacha Madaniyat va sport ishlari vazirligi, Xalq ta’limi vazirligi, Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi
3.‎ Bolalar musiqa va san’at maktablari, shuningdek umumta’lim maktablarini malakali kadrlar bilan ta’minlash maqsadida 2009-2010 o‘quv yilidan boshlab musiqa yo‘nalishlari bo‘yicha oliy o‘quv yurtlariga qabul kvotalarini qayta ko‘rib chiqish yuzasidan takliflar tayyorlash va O‘zbekiston Respublikasi ta’lim muassasalariga qabul qilish Davlat komissiyasiga kiritish. 2009-yilning 1-mayigacha Xalq ta’limi vazirligi, Madaniyat va sport ishlari vazirligi, Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi
4.‎ 2009-2010 o‘quv yilidan boshlab o‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi muassasalari (kasb-hunar kollejlari)da musiqa asboblarini ta’mirlovchi va xizmat ko‘rsatuvchi mutaxassislar tayyorlashni tashkil qilish. 2009-yilning 1-mayigacha Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi, O‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi markazi, Xalq ta’limi vazirligi
5.‎ Bolalar musiqa va san’at maktablari pedagoglari, konsertmeysterlari va rahbar xodimlarini ma’naviy va moddiy rag‘batlantirishni kuchaytirish bo‘yicha takliflar tayyorlash va Vazirlar Mahkamasiga kiritish. 2008-yilning 1-oktabrigacha Xalq ta’limi vazirligi, Moliya vazirligi, Mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish vazirligi
IV. Bolalar musiqa va san’at maktablarining iqtidorli o‘quvchilarini ma’naviy va moddiy rag‘batlantirish
1.‎ Ijtimoiy muhofazaga muhtoj hamda kam tahminlangan va ko‘p bolali oilalardagi iqtidorli bolalarni to‘liq qamrab olish maqsadida bolalar musiqa va san’at maktablarida o‘qishi uchun ota-onalar tomonidan tabaqalashtirilgan to‘lov mexanizmini tadbiq etish bo‘yicha takliflar tayyorlash va Vazirlar Mahkamasiga kiritish. 2008-yilning 1-sentabrigacha Xalq ta’limi vazirligi, Moliya vazirligi
2.‎ Muntazam ravishda Respublika bolalar musiqa festivalini o‘tkazish to‘g‘risida Nizomni ishlab chiqish va belgilangan tartibda tasdiqlash. 2008-yilning 10-avgustigacha Xalq ta’limi vazirligi, Madaniyat va sport ishlari vazirligi
3.‎ Bolalar musiqa va san’at maktablari o‘quvchilari ishtirokida Respublika bolalar musiqa festivallari va tanlovlarini tashkil etish va o‘tkazish. muntazam Xalq ta’limi vazirligi, Madaniyat va sport ishlari vazirligi Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari
4.‎ Davlat dasturi doirasida chora-tadbirlarni amalga oshirish bo‘yicha bolalarda musiqa madaniyati va san’atga nisbatan kuchli qiziqishni shakllantira oladigan materiallarning OAVda chop etilishini tashkil etish. Ularning ijodiy muvaffaqiyatlari va yutuqlarini targ‘ib qilish, shuningdek milliy va jahon musiqa san’atining yuksak namunalaridan bahramand etish. muntazam Xalq ta’limi vazirligi, O‘zbekiston Milliy teleradiokompaniyasi, O‘zbekiston Milliy axborot agentligi
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2008-yil 8-iyuldagi PQ-910-son qaroriga
4-ILOVA
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Yangitdan qurilgan hamda kapital rekonstruksiya qilingan bolalar musiqa va san’at maktablari obyektlarini foydalanishga qabul qilish bo‘yicha Davlat komissiyasi
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
TARKIBI
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish

G‘. Shoumarov

xalq ta’limi vaziri, komissiya raisi

A.R. Toxtayev

Davlat arxitektura va qurilish qo‘mitasi raisi o‘rinbosari

A.M. Achilov

Bolalar sportini rivojlantirish jamg‘armasi ijrochi direktori, xalq ta’limi vaziri o‘rinbosari

J.A. Qo‘chqorov

moliya vaziri o‘rinbosari

R.Sh. Shoabduraxmanov

iqtisodiyot vaziri o‘rinbosari

A.X. Xaydarov

madaniyat va sport ishlari vaziri o‘rinbosari

B.I. Niyazmatov

O‘zbekiston Respublikasi Bosh davlat sanitariya vrachi, sog‘liqni saqlash vaziri o‘rinbosari

A.X. Kuldashev

ichki ishlar vaziri o‘rinbosari

Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Komissiya tarkibiga lavozimi bo‘yicha Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi raisi o‘rinbosari, viloyatlar va Toshkent shahar hokimlarining qurilish masalalari bo‘yicha o‘rinbosarlari, Qoraqalpog‘iston Respublikasi xalq ta’limi vaziri, viloyatlar va Toshkent shahar xalq ta’limi boshqarmalari boshliqlari, bosh loyiha institutlari rahbarlari — cheklangan normativ xarajatlar va bolalar musiqa va san’at maktablarining namunaviy loyihalarini ishlab chiquvchilar kiradi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Izoh: Komissiya a’zolari boshqa ishga o‘tgan taqdirda uning tarkibiga ushbu lavozimga yangidan tayinlangan shaxslar kiritiladi.
(O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari to‘plami, 2008-y., 28-son, 267-modda; 2011-y., 52-son, 561-modda; 2017-y., 20-son, 354-modda)