OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI MOLIYA VAZIRINING
BUYRUGʻI
“MEBEL MAHSULOTLARINI IShLAB ChIQARUVChI “FAYZ” XOLDING KOMPANIYASI KORXONALARI TOMONIDAN “FAYZ” XOLDING KOMPANIYASI MAXSUS HISOBVARAGʻIGA OʻTKAZILADIGAN IKKI FOIZLI AKSIZ SOLIGʻINI HISOBLAB ChIQARISh TOʻGʻRISIDAGI NIZOMNI TASDIQLASh HAQIDA”GI BUYRUQNI OʻZ KUChINI YOʻQOTGAN DEB TOPISh TOʻGʻRISIDA
[Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 2008-yil 9-iyulda 1143-1-son bilan davlat roʻyxatidan oʻtkazildi]
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Oʻzbekiston Respublikasining 2008-yilgi asosiy makroiqtisodiy koʻrsatkichlari va davlat budjeti parametrlari toʻgʻrisida” 2007-yil 12-dekabrdagi PQ-744-sonli qarorining (Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2007-yil, 52-son, 534-modda) 12-1-sonli ilovasiga muvofiq buyuraman:
1. Oʻzbekiston Respublikasi moliya vazirining “Mebel mahsulotlarini ishlab chiqaruvchi “Fayz” xolding kompaniyasi korxonalari tomonidan “Fayz” xolding kompaniyasi maxsus hisobvaragʻiga oʻtkaziladigan ikki foizli aksiz soligʻini hisoblab chiqarish toʻgʻrisidagi nizomni tasdiqlash haqida” 2002-yil 21-maydagi 60-son buyrugʻi (2002-yil 24-may, roʻyxat raqami 1143 — Meʼyoriy hujjatlar axborotnomasi, 2002-y., 10-son) oʻz kuchini yoʻqotgan deb topilsin.
2. Mazkur buyruq Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligida davlat roʻyxatidan oʻtkazilgan kundan boshlab oʻn kun oʻtgach kuchga kiradi.
Moliya vaziri R. AZIMOV
Toshkent sh.,
2008-yil 3-iyul,
66-son
(Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2008-y., 28-son, 275-modda)