OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI MOLIYA VAZIRLIGI
OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI DAVLAT SOLIQ QOʻMITASINING
OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI DAVLAT SOLIQ QOʻMITASINING
QARORI
OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI MOLIYA VAZIRLIGI VA DAVLAT SOLIQ QOʻMITASINING AYRIM NORMATIV-HUQUQIY HUJJATLARINI OʻZ KUChINI YOʻQOTGAN DEB TOPISh TOʻGʻRISIDA
[Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 2008-yil 9-iyulda 1833-son bilan davlat roʻyxatidan oʻtkazildi]
Oʻzbekiston Respublikasi Soliq kodeksi (Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2007-y., 52 (I)-son), Oʻzbekiston Respublikasi “Davlat soliq xizmati toʻgʻrisida”gi Qonunining 7-moddasi (Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 1997-y., 9-son, 232-modda) va Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2007-yil 12-dekabrdagi “Oʻzbekiston Respublikasining 2008-yilgi asosiy makroiqtisodiy koʻrsatkichlari va Davlat budjeti parametrlari toʻgʻrisida”gi PQ-744-son qaroriga (Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2007-yil, 52-son, 534-modda) muvofiq qaror qilamiz:
1. Quyidagilar oʻz kuchini yoʻqotgan deb topilsin:
Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi va Davlat soliq qoʻmitasi tomonidan 1998-yil 28-yanvarda 04-02-08/50, 98-09-son bilan tasdiqlangan Qoʻshilgan qiymat soligʻi boʻyicha soliq imtiyozlarini qoʻllash toʻgʻrisida tushuntirish xati (1998-yil 28-fevral, roʻyxat raqami 409);
Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi va Davlat soliq qoʻmitasi tomonidan 1998-yil 12-iyunda 04-02-05, 98-80-son bilan tasdiqlangan Gazeta va jurnallar tahririyatlari, nashriyotlar, matbaa korxonalarining asosiy faoliyatiga soliq solishning baʼzi masalalari toʻgʻrisida tushuntirish (1999-yil 9-yanvar, roʻyxat raqami 590 — Meʼyoriy hujjatlar axborotnomasi, 1999-y., 2-son);
Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi va Davlat soliq qoʻmitasi tomonidan 1999-yil 28-yanvarda EG/04-03-03/269, 99-13-son bilan tasdiqlangan Budjet korxonalarga soliq solishning baʼzi masalalari toʻgʻrisidagi tushuntirish xati (1999-yil 5-fevral, roʻyxat raqami 620 — Meʼyoriy hujjatlar axborotnomasi, 1999-y., 2-son);
Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi va Davlat soliq qoʻmitasi tomonidan 1999-yil 31-may EG/04-02-05/1172, 99-72-son bilan tasdiqlangan Oʻzbekiston Respublikasi hududida xorijiy sarmoya ishtirokidagi korxonalar tomonidan ishlab chiqariladigan va ichki bozorda sotiladigan video va audio apparaturalari uchun aksiz soligʻini hisoblab chiqarish va toʻlashning vaqtinchalik tartibi (1999-yil 1-iyun, roʻyxat raqami 737);
Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi va Davlat soliq qoʻmitasi tomonidan 1999-yil 1-iyunda EG/04-02-05/1178, 99-71-son bilan tasdiqlangan Yogʻni isteʼmol idishiga qadoqlashda aksiz soligʻini qoʻllash toʻgʻrisidagi tushuntirish xati (1999-yil 8-iyun, roʻyxat raqami 742 — Meʼyoriy hujjatlar axborotnomasi, 1999-y., 9-son);
Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi va Davlat soliq qoʻmitasi tomonidan 1999-yil 19-avgustda EG/04-02-05/1741, 99-97-son bilan tasdiqlangan Shoʻrtan gazkimyo kompleksining qurilishida soliq va bojxona imtiyozlarini qoʻllash tartibi (1999-yil 14-sentabr, roʻyxat raqami 819).
2. Mazkur qaror Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligida davlat roʻyxatidan oʻtkazilgan kundan boshlab oʻn kun oʻtgach kuchga kiradi.
Moliya vaziri R. AZIMOV
Toshkent sh.,
2008-yil 3-iyul,
67-son
Davlat soliq qoʻmitasi raisi B. PARPIYEV
Toshkent sh.,
2008-yil 3-iyul,
2008-29-son
(Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2008-y., 28-son, 274-modda)