OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI MOLIYA VAZIRLIGI
OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI DAVLAT BOJXONA QOʻMITASINING
OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI DAVLAT BOJXONA QOʻMITASINING
QARORI
1997-YIL 1 NOYABRGAChA OLIB KIRILGAN TOVARLARGA IMPORT BOJXONA BOJI STAVKALARINI QOʻLLASh YuZASIDAN TUShUNTIRIShNI OʻZ KUChINI YOʻQOTGAN DEB TOPISh HAQIDA
[Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 2008-yil 26-iyunda 374-1-son bilan davlat roʻyxatidan oʻtkazildi]
Oʻzbekiston Respublikasining Bojxona kodeksi, Oʻzbekiston Respublikasi “Davlat bojxona xizmati toʻgʻrisida”gi Qonunining 7-moddasi va Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2008-yil 27-martdagi “Oʻzbekiston Respublikasining tashqi iqtisodiy faoliyatini yanada tartibga solish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi PQ-823-son qaroriga (Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2008-yil, 14-15-son, 98-modda) muvofiq qaror qilamiz:
1. Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi va Davlat bojxona qoʻmitasining 1997-yil 3-noyabrdagi 04-02-08/485, 05/8-29-son qarori bilan tasdiqlangan “1997-yil 1-noyabrgacha olib kirilgan tovarlarga import bojxona boji stavkalarini qoʻllash yuzasidan tushuntirish” (1997-yil 24-noyabr, roʻyxat raqami 374 — Meʼyoriy hujjatlar axborotnomasi, 1998-yil, 1-son) oʻz kuchini yoʻqotgan deb topilsin.
2. Mazkur qaror Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligida davlat roʻyxatidan oʻtkazilgan kundan boshlab oʻn kun oʻtgach kuchga kiradi.
Moliya vaziri R. AZIMOV
Toshkent sh.,
2008-yil 23-iyun,
63-son
Davlat bojxona qoʻmitasi raisi S. NOSIROV
Toshkent sh.,
2008-yil 23-iyun,
01-02/8-42-son
(Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2008-y., 26-27-son, 256-modda)