Hujjat kuchini yo‘qotgan 25.07.2017 10.06.2008 yilda ro‘yxatdan o‘tgan, ro‘yxat raqami 1819
ONLINE TRANSLATE
Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligining, Oʻzbekiston Respublikasi Davlat mulki qoʻmitasining qarori, 10.06.2008 yilda ro‘yxatdan o‘tgan, ro‘yxat raqami 1819
Kuchga kirish sanasi
20.06.2008
Hujjat kuchini yo‘qotgan 25.07.2017
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI MOLIYA VAZIRLIGI
O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI DAVLAT MULKINI BOShQARISh DAVLAT QO‘MITASINING
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Qarori
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“PAXTASANOAT” HUDUDIY AKSIYADORLIK BIRLAShMALARI USTAV FONDLARIGA BERILGAN DAVLAT AKTIVLARINI SOTIShDAN TUShGAN MABLAG‘LARNI “O‘ZPAXTASANOAT” UYuShMASI TOMONIDAN JAMLANIShI VA IShLATILIShI TARTIBI TO‘G‘RISIDAGI NIZOMNI TASDIQLASh HAQIDA
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
[O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 2008-yil 10-iyunda 1819-son bilan davlat ro‘yxatidan o‘tkazilgan]
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
 LexUZ sharhi
Mazkur qaror O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi va Xususiylashtirilgan korxonalarga ko‘maklashish va raqobatni rivojlantirish davlat qo‘mitasining 2017-yil 11-iyuldagi 99, 01/09-26/16-sonli “Paxtasanoat” hududiy aksiyadorlik birlashmalari ustav fondlariga berilgan davlat aktivlarini sotishdan tushgan mablag‘larni “O‘zpaxtasanoat” uyushmasi tomonidan jamlanishi va ishlatilishi tartibi to‘g‘risidagi nizomni tasdiqlash haqida”gi qarorni o‘z kuchini yo‘qotgan deb topish to‘g‘risida”gi qaroriga (ro‘yxat raqami 1819-1, 17.07.2017-y.) asosan o‘z kuchini yo‘qotgan.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2007-yil 25-sentabrdagi 202-sonli “Davlat aktivlarini sotishdan tushgan, xo‘jalik boshqaruvi ayrim organlari ustav fondini shakllantirish uchun berilgan mablag‘larni taqsimlash tartibi to‘g‘risida”gi (O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari to‘plami, 2007-y., 39-son, 403-modda) qaroriga muvofiq O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi va Davlat mulkini boshqarish davlat qo‘mitasi qaror qiladi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1. “Paxtasanoat” hududiy aksiyadorlik birlashmalari ustav fondlariga berilgan davlat aktivlarini sotishdan tushgan mablag‘larni “O‘zpaxtasanoat” uyushmasi tomonidan jamlanishi va ishlatilishi tartibi to‘g‘risidagi nizom ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2. Mazkur qaror O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligida davlat ro‘yxatidan o‘tkazilgan kundan boshlab o‘n kun o‘tgach kuchga kiradi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Moliya vaziri R.S. AZIMOV
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Toshkent sh.,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2008-yil 28-may,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
55-son
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Davlat mulkini boshqarish davlat qo‘mitasi raisi D. MUSAYEV
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Toshkent sh.,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2008-yil 28-may,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
01/11-18/06-son
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Moliya vazirligi va Davlat mulkini boshqarish davlat qo‘mitasining 2008-yil 28-maydagi 55, 01/11-18/06-son qarori bilan
TASDIQLANGAN
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“Paxtasanoat” hududiy aksiyadorlik birlashmalari ustav fondlariga berilgan davlat aktivlarini sotishdan tushgan mablag‘larni “O‘zpaxtasanoat” uyushmasi tomonidan jamlanishi va ishlatilishi tartibi to‘g‘risida
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
NIZOM
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Mazkur Nizom O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2007-yil 25-sentabrdagi 202-sonli “Davlat aktivlarini sotishdan tushgan, xo‘jalik boshqaruvi ayrim organlari ustav fondini shakllantirish uchun berilgan mablag‘larni taqsimlash tartibi to‘g‘risida”gi (O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari to‘plami, 2007-y., 39-son, 403-modda) qaroriga muvofiq “Paxtasanoat” hududiy aksiyadorlik birlashmalari ustav fondlariga berilgan davlat aktivlari (keyingi o‘rinlarda — davlat aktivlari) sotilishidan “O‘zpaxtasanoat” uyushmasi (keyingi o‘rinlarda — Uyushma) ixtiyoriga kelib tushadigan mablag‘larni jamlash va ishlatish tartibini belgilaydi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
I. Umumiy qoidalar
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1. O‘zbekiston Respublikasi Davlat mulkini boshqarish davlat qo‘mitasi (keyingi o‘rinlarda — Davlat mulki qo‘mitasi) davlat aktivlarini qonunchilikda belgilangan tartibda sotishni amalga oshiradi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2. Davlat aktivlarini sotishdan tushadigan mablag‘lar Davlat mulki qo‘mitasining maxsus hisob raqamida jamlanadi va davlat aktivlarini oldi-sotdi shartnomasiga muvofiq sotib oluvchi tomonidan sotib olish to‘lovlari to‘liq amalga oshirilgandan keyin quyidagi tartibda taqsimlanadi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“Paxtasanoat” XABning (keyingi o‘rinlarda — Birlashma) yozma murojaati, shuningdek Qimmatli qog‘ozlarning Davlat Markaziy depozitariysi tasdiqlovchi ma’lumoti asosida Birlashmalar ustav fondlariga kiritilgan davlat aktivlarining qiymatiga teng bo‘lgan mablag‘lar ularning hisob raqamiga o‘tkazib beriladi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
mablag‘larning qolgan qismi 100 foiz deb qabul qilinadi va qonunchilikda belgilangan tartibda Davlat mulki qo‘mitasi ixtiyorida qoldiriladigan mablag‘lar chegirilgandan so‘ng, Uyushmaning tijorat banklarida ochilgan “22626 — korxona va tashkilotlarning maqsadli mablag‘lari” maxsus hisob raqamiga o‘tkazib beriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3. Uyushma Davlat mulki qo‘mitasidan tegishli shartnoma asosida kelib tushgan mablag‘larni keyinchalik paxta tozalash korxonalarini modernizatsiyalash va rekonstruksiya qilish bo‘yicha aniq loyihalarni amalga oshirish bo‘yicha maqsadli ishlatilish uchun muddatli, qaytarish va to‘lash sharti bilan yo‘naltiradi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Davlat mulki qo‘mitasi va Uyushma o‘rtasida har bir sotilgan davlat aktivi bo‘yicha alohida shartnoma tuziladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
II. Mablag‘larni jamlash, ishlatish va qaytarish tartibi
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
4. Mazkur Nizomga asosan mablag‘larni jamlash va ishlatish bo‘yicha alohida hisob yuritish maqsadida Uyushma va paxta tozalash korxonalari, xizmat ko‘rsatuvchi bankda “22626-korxona va tashkilotlarning maqsadli mablag‘lari” maxsus hisob raqami ochadilar.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
5. Sotib olish to‘lovlarining to‘liq miqdori Davlat mulki qo‘mitasining maxsus hisob raqamiga kelib tushgan sanadan keyingi oyning 15-sanasigacha Davlat mulki qo‘mitasi va Uyushma o‘rtasida tegishli shartnoma tuziladi va shartnomada ko‘rsatilgan mablag‘lar ushbu shartnoma kuchga kirgan kundan boshlab 3 (uch) bank kunidan ko‘p bo‘lmagan muddatda Uyushmaning maxsus hisob raqamiga o‘tkazilishi lozim.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
6. Davlat mulki qo‘mitasi tomonidan Uyushmaga berilgan mablag‘larga Uyushma maxsus hisob raqamiga kelib tushgan kundan boshlab Davlat mulki qo‘mitasiga qaytarilish kuniga qadar O‘zbekiston Respublikasi Markaziy bankining qayta moliyalashtirish yillik stavkasining 50 foizi miqdorida kunlik foizlar hisoblanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
7. Uyushma unga berilgan mablag‘larni (asosiy qarzni) va ularga hisoblangan foizlarni alohida tarzda 2012-yilning 1-yanvaridan boshlab 3 yil davomida shartnomaga ilova qilinadigan jadval asosida teng yillik ulushlarda Davlat mulki qo‘mitasiga qaytaradi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
8. Paxta tozalash korxonalaridan mablag‘larga buyurtma bo‘lmaganda, ularni ko‘rib chiqish davrida va Uyushma maxsus hisob raqamidagi mablag‘lar qoldig‘i, buyurtmalarda ko‘rsatilgan mablag‘lar miqdoridan ko‘p bo‘lgan hollarda, Uyushma maxsus hisob raqamidagi vaqtinchalik bo‘sh mablag‘lar O‘zbekiston Respublikasining tijorat banklaridagi depozitlarga joylashtirilishi mumkin. Ulardan olingan daromadlar mablag‘larning Uyushma maxsus hisob raqamida turgan davriga hisoblangan foizlarni to‘lash uchun maqsadli yo‘naltiriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Davlat mulki qo‘mitasi tomonidan mablag‘larning Uyushma maxsus hisob raqamida bo‘lgan davri uchun hisoblangan foizlar, to‘lovlar kechiktirilganligi uchun hisoblangan ustamalar va jarimalar (hisoblangan taqdirda), asosiy qarz, bank xizmatlari uchun to‘lovlar va berilgan mablag‘larni boshqarish xarajatlarini to‘lash uchun mablag‘larning yetmagan qismini Uyushma o‘z mablag‘lari hisobidan to‘lab beradi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
9. Modernizatsiyalash va rekonstruksiya qilish uchun mablag‘larga ehtiyoji bor paxta tozalash korxonalari, korxona tegishli boshqaruv organining qarz mablag‘larni jalb qilish to‘g‘risidagi qaroriga asosan unga tegishli hujjatlar va hisob-kitoblarni (paxta tozalash korxonalari tomonidan ishlab chiqilgan va o‘rnatilgan tartibda tasdiqlangan rekonstruksiya va modernizatsiya loyiha-smeta hujjatlarini va texnik-iqtisodiy hisob-kitoblarni hamda Uyushma tomonidan belgilangan boshqa hujjatlarni) ilova qilgan holda Uyushmaga yozma murojaat yuboradilar.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
10. Uyushma tushgan murojaatlarning alohida hisobini yuritadi, paxta tozalash korxonalari tomonidan taqdim etilgan hujjatlarni malakali mutaxassislarni jalb qilgan holda ko‘rib chiqadi va ularni ko‘rib chiqish natijalari bo‘yicha murojaat etuvchiga murojaatni olgan kundan boshlab 20 ish kuni ichida mablag‘ ajratish yoki ajratmaslik (rad etishni asoslovchi dalillarni ko‘rsatgan holda) to‘g‘risida qabul qilingan qaror yuzasidan yozma bildirishnoma yuboradi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
11. Paxta tozalash korxonalarini modernizatsiyalash va rekonstruksiya qilish bo‘yicha barcha loyihalarni Uyushma tomonidan tuzilgan Komissiya tomonidan ekspertiza qilinishi, so‘ngra loyihalar O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiyot vazirligi va Moliya vazirligida ekspertizadan o‘tkazilishi lozim. Komissiyani tuzish va uning ishini tashkil qilish tartibi Uyushma tomonidan belgilanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
12. Loyihalarni ekspertizadan o‘tkazishda ishlab chiqarishning texnik darajasini oshirishga, birinchi navbatda, korxonalarning texnik paxta chigiti tejalishini, sifatli, raqobatga bardoshli paxta mahsulotlari ishlab chiqarilishini ta’minlaydigan zamonaviy asbob-uskunalar bilan jihozlanishiga alohida e’tibor qaratiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Paxta tozalash korxonalarini modernizatsiyalash va rekonstruksiya qilish dasturini amalga oshirishda qatnashuvchi pudrat tashkilotlari belgilangan tartibda tanlov (tender) asosida aniqlanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
13. Agarda Uyushma tomonidan mablag‘ ajratish to‘g‘risida rad etish qarori qabul qilingan taqdirda, rad etish sabablarini to‘g‘rilash imkoniyati mavjud bo‘lsa, paxta tozalash korxonasi ularni bartaraf etgandan so‘ng, takroran Uyushmaga murojaat qilishga haqli. Takroran taqdim etilgan hujjatlar Uyushma tomonidan mazkur Nizomning 10-bandida qayd etilgan muddatda ko‘rib chiqiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
14. Mablag‘ ajratish to‘g‘risida qaror qabul qilingan taqdirda, Uyushma ushbu qaror qabul qilingan kundan boshlab 10 ish kuni ichida paxta tozalash korxonasi bilan mazkur Nizomda belgilangan shartlar asosida tegishli shartnoma tuzadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Uyushma maxsus hisob raqamida jamlangan mablag‘lar hisobidan moliyalashtirish korxonalarga modernizatsiyalash va rekonstruksiya qilish uchun bosqichma-bosqich avans berish bilan, keyingi hisob-kitoblar esa o‘rnatilgan tartibda haqiqatda bajarilgan ish hajmlari uchun paxta tozalash korxonalari tegishli hujjatlarni taqdim etgan kundan boshlab 3 bank kuni ichida amalga oshiriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Shu bilan birga, avans to‘lovlari tegishli shartnoma tuzilgan kundan keyin 3 bank kuni ichida amalga oshiriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
15. Uyushma tomonidan ajratilgan mablag‘larga ushbu mablag‘lar paxta tozalash korxonasining maxsus hisob raqamiga kelib tushgan kundan boshlab va Uyushmaning maxsus hisob raqamiga qaytariladigan kunga qadar O‘zbekiston Respublikasi Markaziy bankining qayta moliyalashtirish yillik stavkasining 50 foizi miqdorida kunlik foizlar hisoblanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
16. Paxta tozalash korxonasi Uyushma tomonidan berilgan mablag‘larni va ularga hisoblangan foizlarni 2012-yil 1-yanvardan boshlab 3 yil davomida shartnomaga ilova qilinadigan jadval asosida teng yillik ulushlarda Uyushmaga qaytaradi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
17. Mablag‘ olgan paxta tozalash korxonalari ushbu mablag‘larni Uyushmaga o‘rnatilgan tartibda muddatidan oldin qaytarishga haqlidirlar.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
18. Uyushmadan Davlat mulki qo‘mitasiga kelib tushgan asosiy qarz, foizlar, ustamalar va jarimalar (hisoblangan taqdirda) qaytarilgan vaqtda amal qiladigan qonunchilikda belgilangan tartibda taqsimlanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Bunda asosiy qarz, foizlar, ustamalar va jarimalar (hisoblangan taqdirda) 100 foiz deb qabul qilinadi va Davlat mulki qo‘mitasiga tegishli qismi hisoblanmaydi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Birlashmalar ustav fondiga berilgan davlat aktivlarini sotishdan tushadigan mablag‘lar va Uyushma tomonidan Davlat mulki qo‘mitasiga o‘tkazilgan asosiy qarz, foizlar, ustamalar va jarimalar (hisoblangan taqdirda) taqsimoti mazkur Nizomning ilovasidagi misolda keltirilgan.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
19. Ushbu Nizomga asosan Davlat mulki qo‘mitasi o‘zining maxsus hisob raqamiga kelib tushayotgan mablag‘larni o‘z vaqtida va to‘g‘ri taqsimlanishiga javob beradi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
20. Uyushma:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Davlat mulki qo‘mitasiga mablag‘larni o‘z vaqtida va to‘liq qaytarilishi uchun;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
paxta tozalash korxonalari tomonidan mablag‘larni maqsadli ishlatilishi, o‘z vaqtida va to‘liq qaytarilishi uchun javob beradi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
III. Berilgan mablag‘larning ishlatilishini nazorat qilish tartibi
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
21. Shartnoma asosida Davlat mulki qo‘mitasi tomonidan Uyushmaga berilgan pul mablag‘larining maqsadli va samarali ishlatilishi ustidan nazorat qonunchilik va shartnomalarga muvofiq O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi tomonidan Davlat mulki qo‘mitasi bilan birgalikda amalga oshiriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
22. Shartnoma asosida Uyushma tomonidan paxta tozalash korxonalariga berilgan pul mablag‘larining maqsadli va samarali ishlatilishi ustidan nazorat qonunchilik va shartnomalarga muvofiq Uyushma tomonidan hamda o‘rnatilgan tartibda O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi tomonidan amalga oshiriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
23. Paxta tozalash korxonasi Uyushma tomonidan shartnomaga muvofiq berilgan pul mablag‘larni maqsadsiz ishlatgan taqdirda, paxta tozalash korxonasi maqsadsiz ishlatilgan mablag‘lar qiymatining 10 foizi miqdorida Uyushmaga jarima to‘laydi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Paxta tozalash korxonalari tomonidan maqsadsiz ishlatilgan pul mablag‘lari Uyushma tomonidan undiriladi va keyinchalik ularni ishlatish uchun Uyushmaning maxsus hisob raqamiga o‘tkaziladi yoki Davlat mulki qo‘mitasiga o‘rnatilgan tartibda qaytariladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
24. Uyushma Davlat mulki qo‘mitasi tomonidan shartnomaga muvofiq berilgan pul mablag‘larni maqsadsiz ishlatgan taqdirda, Uyushma maqsadsiz ishlatilgan mablag‘lar qiymatining 10 foizi miqdorida Davlat mulki qo‘mitasiga jarima to‘laydi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Uyushma tomonidan maqsadsiz ishlatilgan pul mablag‘lari Davlat mulki qo‘mitasi tomonidan undiriladi va amaldagi qonunchilikka asosan taqsimlash uchun Davlat mulki qo‘mitasining maxsus hisob raqamiga o‘tkaziladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
25. Shartnomalar asosida berilgan pul mablag‘lari asosiy qarzi va foizlari o‘z vaqtida qaytarilmagan taqdirda, Uyushma Davlat mulki qo‘mitasiga, paxta tozalash korxonalari esa Uyushmaga to‘lov muddati kechiktirilgan har bir kun uchun mablag‘lar qiymatining 0,4 foiz miqdorida ustama to‘laydilar, lekin bu ustama miqdori kechiktirilgan to‘lovlar qiymatining 50 foizidan oshmasligi kerak.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
26. Ushbu Nizomga asosan Davlat mulki qo‘mitasiga qaytarilishi lozim bo‘lgan barcha mablag‘lar, shu jumladan foizlar, hisoblangan ustamalar va jarimalar davlat tasarrufidan chiqarish va xususiylashtirish mablag‘larining qismi hisoblanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
27. Uyushma va paxta tozalash korxonalarini ustama va jarima to‘lashi, shartnoma bo‘yicha to‘lanadigan asosiy qarz va foiz to‘lovi majburiyatlaridan ozod etmaydi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
IV. Yakuniy qoidalar
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
28. Sotib oluvchi o‘z zimmasiga olgan investitsion majburiyatlarni bajarmasligi va/yoki shartnoma bekor qilinishiga olib keladigan shartnomani boshqa shartlari bajarilmagan taqdirda, sotib oluvchi tomonidan to‘langan mablag‘larni qaytarish Davlat mulki qo‘mitasi tomonidan qonunchilik bilan belgilangan tartibda amalga oshiriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
29. Mazkur Nizom O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiyot vazirligi, Markaziy banki Boshqaruvi va “O‘zpaxtasanoat” uyushmasi bilan kelishilgan.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Iqtisodiyot vaziri B. XO‘JAYEV
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Toshkent sh.,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2008-yil 28-may
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Markaziy bank Boshqaruvi raisi F. MULLAJONOV
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Toshkent sh.,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2008-yil 28-may
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“O‘zpaxtasanoat” uyushmasi raisi F. OMONOV
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Toshkent sh.,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2008-yil 28-may
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“Paxtasanoat” hududiy aksiyadorlik birlashmalari ustav fondlariga berilgan davlat aktivlarini sotishdan tushgan mablag‘larni “O‘zpaxtasanoat” uyushmasi tomonidan jamlanishi va ishlatilishi tartibi to‘g‘risidagi nizomga
ILOVA
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Birlashmalar ustav fondlariga berilgan davlat aktivlarini sotishdan tushgan mablag‘lar va Uyushma tomonidan Davlat mulki qo‘mitasiga o‘tkazilgan asosiy qarz, foiz, ustama va jarimalarning taqsimoti
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
MISOL
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish

T/r‎‏
‎‏

‎‏Oluvchilar
‎‏

Birlashmalarning
‎ ustav fondlariga
‎kiritilgan davlat
‎aktivlari qiymatidan
‎ tashqari
‎ mablag‘larning
‎taqsimoti‎‎‎‏
‎‎‎

“O‘zpaxtasanoat” uyushmasi tomonidan qaytarilgan mablag‘larning taqsimoti*‎‎

jami‎‎

shu jumladan:‎‎

summa‎

%‎

summa‎

%‎

asosiy qarz‎

foizlar‎

ustama‎

jarima‎

1‎ Moliya vazirligi‎ -‎ 0%‎ ‎ 4 144 587,6‎ 67,01%‎ 3 250 000,0‎ 502 577,3‎ 67 010,3‎ 325 000,0‎
2‎ QQR Vazirlar Kengashi va hokimiyatlar‎ -‎ 0%‎ ‎ 1 594 072,2‎ 25,77%‎ 1 250 000,0‎ 193 299,0‎ 25 773,2‎ 125 000,0‎
3‎ Savdo-sanoat palatasi‎ -‎ 0%‎ ‎ 318 814,4‎ 5,15%‎ 250 000,0‎ 38 659,8‎ 5 154,6‎ 25 000,0‎
4‎ Davlat mulki qo‘mitasi (1%)‎ 50 000,0‎ 1%‎ ‎ 0%‎ ‎‎ -‎ -‎ -‎ -‎
5‎ Davlat mulki qo‘mitasi (2%)‎ 100 000,0‎ 2%‎ ‎ 0%‎ ‎‎ -‎ -‎ -‎ -‎
6‎ Monopoliyadan chiqarish davlat qo‘mitasi‎ -‎ 0%‎ ‎ 127 525,8‎ 2,06%‎ 100 000,0‎ 15 463,9‎ 2 061,9‎ 10 000,0‎
7‎ “O‘zpaxtasanoat” uyushmasi‎ 4 850 000,0‎ 97%‎ ‎ 0%‎ ‎‎‎ -‎ -‎ -‎ -‎
JAMI‎ 5000000,0‎ 100%‎ ‎ 6185000,0‎ 100%‎ 4850000,0‎ 750000,0‎ 100000,0‎ 485000,0
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
* Shu bilan birga, asosiy qarz summasi, foizlar va ustamalar mablag‘lar qaytariladigan vaqtdagi amaldagi qonunchilikda belgilangan tartibda taqsimlanadi.
(O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari to‘plami, 2008-y., 24-25-son, 228-modda)