Hujjat kuchini yo‘qotgan 28.09.2020 18.06.2008 yildagi PQ-892-son
ONLINE TRANSLATE
Hujjat kuchini yo‘qotgan 28.09.2020
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Qarori
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
BOLALIKDAN NOGIRONLAR TUG‘ILIShINING OLDINI OLISh UChUN TUG‘MA VA IRSIY KASALLIKLARNI BARVAQT ANIQLASh DAVLAT DASTURI TO‘G‘RISIDA
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
 LexUZ sharhi
Mazkur qaror O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 27-sentabrdagi PF-6075-sonli “O‘z ahamiyatini yo‘qotgan qonunchilik hujjatlarini qayta ko‘rib chiqish tizimini joriy etish orqali mamlakatda ishbilarmonlik muhitini yaxshilash chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi Farmoniga asosan o‘z kuchini yo‘qotgan.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“Yoshlar yili” Davlat dasturini bajarish yuzasidan hamda onalar va bolalar sog‘lig‘ini har tomonlama mustahkamlashni ta’minlash, sog‘lom avlod tug‘ilishi va tarbiyalanishi uchun zarur shart-sharoitlarni yaratish, homilador ayollar va chaqaloqlar patologiyasini barvaqt aniqlash davlat tizimini yanada rivojlantirish, bolalar nogironligini qisqartirish maqsadida:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1. 2008 — 2012-yillar davrida nogiron bolalar tug‘ilishining oldini olish uchun tug‘ma va irsiy kasalliklarni barvaqt aniqlash Davlat dasturi 1-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligi “Sog‘lom avlod uchun” nohukumat xalqaro xayriya jamg‘armasi bilan birgalikda ushbu qaror bilan tasdiqlangan Davlat dasturi sifatli va o‘z vaqtida ro‘yobga chiqarilishini amaliy ravishda muvofiqlashtirib, nazorat qilib borilishini ta’minlasin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2. Belgilansinki, Davlat dasturida nazarda tutilgan tadbirlarni moliyalashtirish, 2-ilovaga* muvofiq, sog‘liqni saqlash muassasalariga har yili ajratiladigan davlat budjeti mablag‘lari, shuningdek, “Sog‘lom avlod uchun” nohukumat xalqaro xayriya jamg‘armasi mablag‘lari hisobidan amalga oshiriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
* 2-ilova rus tilidagi matnda berilgan.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3. Mazkur Davlat dasturini amalga oshirish doirasida, Vazirlar Mahkamasi tomonidan tasdiqlanadigan ro‘yxatga muvofiq O‘zbekiston Respublikasi hududiga olib kelinadigan reagentlar, sarflash materiallari, shifobaxsh bolalar taomlari, dori-darmonlar va boshqa tovarlar bojxona to‘lovlari (bojxona rasmiylashtiruvi uchun yig‘imlardan tashqari) to‘lashdan ozod qilinsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
O‘zbekiston Respublikasi Tashqi iqtisodiy aloqalar, investitsiyalar va savdo vazirligi Davlat dasturini amalga oshirish doirasida tuzilgan import kontraktlarining belgilangan tartibda ekspertizadan o‘tkazilishini ta’minlasin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
4. Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari “Sog‘lom avlod uchun” nohukumat xalqaro xayriya jamg‘armasi bilan birgalikda Davlat dasturini amalga oshirishga har tomonlama yordam ko‘rsatsinlar va rivojlanishida tug‘ma nuqsonlari bo‘lgan bolalar tug‘ilishining oldini olish ijtimoiy jihatdan muhim ahamiyatga ega ekanligi to‘g‘risida aholi o‘rtasida keng tushuntirish ishlarini tashkil qilsinlar.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
5. Mazkur qarorning ijrosini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining o‘rinbosarlari R.S. Qosimov va F.Sh. Akbarova zimmalariga yuklansin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti I. KARIMOV
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Toshkent sh.,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2008-yil 18-iyun,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
PQ-892-son
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2008-yil 18-iyundagi PQ-892-son qaroriga
1-ILOVA
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2008-2012-yillar davrida bolalikdan nogironlar tug‘ilishining oldini olish uchun tug‘ma va irsiy kasalliklarni barvaqt aniqlash Davlat dasturi
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish

T/r‎

Tadbirlar nomi‎

Bajarish muddati‎

Xarajatlar‎

Moliyalashtirish manbalari‎

Kutilayotgan natija‎

Bajarish uchun mas’ullar‎

‎‎I. Tug‘ma va irsiy kasalliklarning birlamchi profilaktikasini takomillashtirish

1.‎ Mahallalarda, shu jumladan tibbiy-ijtimoiy patronaj tizimi orqali davra suhbatlari, uchrashuvlar va suhbatlar tashkil etish yo‘li bilan tug‘ma va irsiy kasalliklarning oldini olish masalalari bo‘yicha aholi orasida ma’rifiy ishlar olib borish‎ 2008—2012-yillar‎ Bajaruvchilar mablag‘lari‎ Aholining tibbiy savodxonligini oshirish‎ Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi, O‘rta maxsus, kasb-hunar ta’lim markazi, Xalq ta’limi vazirligi, Sog‘liqni saqlash vazirligi, Xotin-qizlar qo‘mitasi, “Sog‘lom avlod uchun” NXXJ, “Mahalla” jamg‘armasi, “Kamolot” yoshlar ijtimoiy harakati, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari‎
2.‎ Yoshlarni jalb etgan holda tug‘ma va irsiy kasalliklarning oldini olish masalalari bo‘yicha maktablar, litseylar, kollejlar va oliy o‘quv yurtlarida seminarlar, treninglar va konferensiyalar tashkil etish‎ 2008—2012-yillar‎ Bajaruvchilar va “Sog‘lom avlod uchun” NXX� mablag‘lari‎ Yoshlarning tibbiy savodxonligini oshirish‎ Xalq ta’limi vazirligi, Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi, O‘rta maxsus, kasb-hunar ta’lim markazi, Sog‘liqni saqlash vazirligi, “Kamolot” yoshlar ijtimoiy harakati‎
3.‎ ‎Tug‘ma nuqsonlari bo‘lgan bolalar tug‘ilishining oldini olish masalalari bo‘yicha broshyuralar, bukletlar, plakat va postyerlar chop etish ‎2008—2012-yillar ‎96,3 mln. so‘m ‎Ajratilgan budjet mablag‘lari doirasida va “Sog‘lom avlod uchun” NXXJ mablag‘lari ‎Aholining tibbiy savodxonligini oshirish ‎Sog‘liqni saqlash vazirligi, Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi, O‘rta maxsus, kasb-hunar ta’lim markazi, Xalq ta’limi vazirligi, Xotin-qizlar qo‘mitasi, “Sog‘lom avlod uchun” NXXJ, “Mahalla” jamg‘armasi
4.‎ ‎Fuqarolik holati dalolatnomalarini yozish (FHDY) organlari xodimlari, jurnalistlar, pedagoglar va boshqa mutaxassislar bilan tug‘ma va irsiy kasalliklar profilaktikasi to‘g‘risida ularning bilimlarini oshirish bo‘yicha seminar-treninglar turkumini tashkil etish ‎2008—2012-yillar ‎Yoshlar orasida ishlayotgan mutaxassislarning tibbiy savodxonligini oshirish ‎Adliya vazirligi, Sog‘liqni saqlash vazirligi, Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi, O‘rta maxsus, kasb-hunar ta’lim markazi, Xalq ta’limi vazirligi, O‘zbekiston milliy teleradiokompaniyasi, O‘zA
5.‎ ‎Erta va qarindoshlar o‘rtasidagi nikohlar bilan bog‘liq xavf-xatardan ogoh qilish yo‘li bilan nikohga kirayotgan shaxslarning tibbiy madaniyatini oshirish, tug‘ruqlar orasidagi eng maqbul muddatga rioya etish bo‘yicha tavsiyalar berish ‎2008—2012-yillar ‎161,1 mln so‘m ‎Budjetdan ajratilgan mablag‘lar doirasida ‎Yoshlarning tibbiy savodxonligini oshirish ‎Sog‘liqni saqlash vazirligi, Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi, O‘rta maxsus, kasb-hunar ta’lim markazi, Xalq ta’limi vazirligi, Xotin-qizlar qo‘mitasi, “Sog‘lom avlod uchun” NXXJ, “Mahalla” jamg‘armasi
6.‎ ‎Sog‘liqni saqlash birlamchi bo‘g‘ini vrachlari tomonidan tug‘ma patologiyaning oldini olish maqsadlarida tug‘ishga qobil yoshdagi ayollar o‘rtasida profilaktik va tushuntirish ishlari olib borish ‎2009-yil ‎22,5 mln. so‘m ‎Budjetdan ajratilgan mablag‘lar doirasida ‎Aholining tibbiy savodxonligini oshirish ‎Sog‘liqni saqlash vazirligi, “Kamolot” yoshlar ijtimoiy harakati, “Mahalla” jamg‘armasi, Xotin-qizlar qo‘mitasi
7.‎ ‎“Turkiston”, “Molodyoj Uzbekistana”, “Oila va jamiyat” gazetalari, “Yosh kuch”, “Sog‘lom avlod”, “Saodat” jurnallari sahifalarida sog‘lom oilani shakllantirishga, tug‘ma va irsiy kasalliklar profilaktikasiga bag‘ishlangan doimiy rukn tashkil etish ‎2008—2012-yillar ‎Aholining tibbiy savodxonligini oshirish ‎O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi, O‘zA, Sog‘liqni saqlash vazirligi
8.‎ ‎Mintaqaviy skrining markazlari mutaxassislari ishtirokida tug‘ma va irsiy kasalliklar profilaktikasi yo‘llari to‘g‘risida oylik teleko‘rsatuvlar va radioeshittirishlar tashkil etish ‎2008—2012-yillar ‎Aholining tibbiy savodxonligini oshirish ‎O‘zbekiston Milliy teleradiokompaniyasi, O‘zA, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari
9.‎ ‎Internetda Respublika skrining markazi va uning filiallari veb-saytini yaratish, unga ular faoliyati to‘g‘risidagi axborotni joylashtirish ‎2008-yil ‎5,0 mln. so‘m ‎Budjetdan ajratilgan mablag‘lar doirasida Tug‘ma va irsiy kasalliklar profilaktikasi yo‘llari to‘g‘risida aholining xabardorligini oshirish ‎Sog‘liqni saqlash vazirligi, O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi

II. Skrining markazlarining moddiy-texnika bazasini mustahkamlash

10.‎ ‎Skrining o‘tkazish bo‘yicha biomaterial olish uchun maxsus filtrlangan qog‘ozli blankalar bilan ta’minlash ‎2008—2012-yillar ‎339,4 ming AQSh dollari ‎Budjet mablag‘lari ‎TK va FKU, mukovissidozdan bolalar nogironligini pasaytirish ‎“Sog‘lom avlod uchun” nohukumat xalqaro xayriya jamg‘armasi
11.‎ ‎Neonatal skriningni (TK, FKU va mukovissidozga) o‘tkazish uchun reagentlar bilan ta’minlash ‎2008—2012-yillar ‎7779,8 ming AQSh dollari ‎Budjet mablag‘lari ‎TK va FKU, mukovissidozdan bolalar nogironligini pasaytirish ‎“Sog‘lom avlod uchun” nohukumat xalqaro xayriya jamg‘armasi
12.‎ ‎Tug‘ma gipotireozga, fenilkenoturiya va mukovissidozga chalingan bolalarni maxsus shifobaxsh taom va doridarmonlar bilan ta’minlash ‎2008—2012-yillar ‎1683,2 ming AQSh dollari ‎Budjet mablag‘lari ‎Nogironlikning oldini olish maqsadida TK, FKU, mukovissidozga chalingan bolalarni davo?ash ‎“Sog‘lom avlod uchun” nohukumat xalqaro xayriya jamg‘armasi
13.‎ ‎Prenatal skrining o‘tkazish uchun reaktivlar va sarflash materiallari bilan ta’minlash ‎2008—2012-yillar ‎2541,7 ming AQSh dollari ‎Budjet mablag‘lari ‎Rivojlanishida tug‘ma nuqsonlar bo‘lgan bolalar tug‘ilishining oldini olish ‎“Sog‘lom avlod uchun” nohukumat xalqaro xayriya jamg‘armasi
14.‎ ‎Sirdaryo va Jizzax viloyatlarida mintaqaviy skrining markazlari tashkil etish, ularni prenatal va neonatal skrining o‘tkazish uchun biokimyo analizatorlari (2 ta) bilan jihozlash 2009—2011-yillar ‎188,6 mln. so‘m 260,0 ming AQSh dollari ‎Budjet mablag‘lari, “Sog‘lom avlod uchun” NXXJ mablag‘lari ‎Aholining skrining tadqiqotlar bilan qamrab olinishini oshirish ‎Toshkent, Sirdaryo va Jizzax viloyatlari hokimliklari, “Sog‘lom avlod uchun” NXXJ, Sog‘liqni saqlash vazirligi
15.‎ ‎Skrining markazlarini prenatal skrining o‘tkazish uchun yuksak darajada aniqlik bilan ishlaydigan ultratovush skanyerlari (14 ta) bilan jihozlash ‎2008-yil va 2010-yil ‎1830,7 ming AQSh dollari ‎Budjet mablag‘lari ‎Homila rivojlanishining tug‘ma nuqsonlarini aniqlash uchun perenatal skrining qamrovi va sifatini oshirish ‎Sog‘liqni saqlash vazirligi
16.‎ ‎Skri�ing markazlarini biomaterial va reagentlarni yetkazib berish, aholi orasida sanitariya-ma’rifiy ishlar olib borish uchun “Damas” avtomobillari (14 ta) bilan ta’mnilash ‎2009—2010-yillar ‎155,0 mln.so‘m ‎Budjet mablag‘lari ‎Skrining markazlari ish sifatini oshirish ‎Sog‘liqni saqlash vazirligi, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari
17.‎ ‎Skrining markazlarini biomaterial va reagentlarni saqlash uchun sovitish qurilmalari (14 ta) bilan ta’minlash ‎2009-yil ‎9,8 mln.so‘m ‎Budjet mablag‘lari ‎Biomaterial va reagentlarni saqlash sifatini oshirish ‎Sog‘liqni saqlash vazirligi
18.‎ ‎Respublika skrining markazini gaz-suyuqlik xromatografi (1 ta) va butlovchi materiallar bilan jihozlash ‎2009-yil ‎150,0 ming AQSh dollari ‎“Sog‘lom avlod uchun” NXXJning budjetdan tashqari mablag‘lari ‎Irsiy almashinuvchi kasalliklarni aniqlash ‎“Sog‘lom avlod uchun” nohukumat xalqaro xayriya jamg‘armasi
19.‎ ‎Skrining tadqiqotlarini o‘tkazish uchun reaktiv va sarflash materiallari bilan ta’minlash ‎2008—2012-yillar ‎252,0 ming AQSh dollari ‎“Sog‘lom avlod uchun” NXXJning budjetdan tashqari mablag‘lari ‎Irsiy almashinuvchi kasalliklarni aniqlash ‎“Sog‘lom avlod uchun” nohukumat xalqaro xayriya jamg‘armasi
20.‎ ‎Respublika skrining markazini mukovissidoz diagnostikasi uchun apparatlar bilan jihozlash (2 ta) ‎2009-2010-yillar ‎12,0 ming AQSh dollari ‎Budjet mablag‘lari ‎Tug‘ma va irsiy kasalliklardan bolalar nogironligini va o‘limini kamaytirish ‎Sog‘liqni saqlash vazirligi
21.‎ ‎Respublika skrining markazini butlovchi materiallar bilan birga aminokislotali analizator bilan jihozlash (1ta) ‎2010-yil ‎80,0 ming AQSh dollari ‎Budjet mablag‘lari ‎Irsiy almashinuvchi kasalliklarni aniqlash ‎Sog‘liqni saqlash vazirligi
22.‎ ‎Skrining markazlarini biomaterialga ishlov beruvchi elektron uskunalar bilan jihozlash (14 ta) ‎2008-yil ‎69,3 ming AQSh dollari ‎Budjet mablag‘lari ‎Irsiy almashinuvchi kasalliklarni aniqlash ‎Sog‘liqni saqlash vazirligi

‎‎III. Skrining markazlari mutaxassislari malakasini yanada oshirish

23.‎ ‎Skrining markazlari mutaxassislarining malakasini yetakchi xorij mamlakatlarida har yili oshirish (har yili 8-10 tadan vrach) ‎2008—2012-yillar ‎30,0 mln. so‘m ‎Ajratilgan budjet mablag‘lari va grant mablag‘lari doirasida ‎Mutaxassislar malakasini oshirish ‎Sog‘liqni saqlash vazirligi
24.‎ ‎“Nogiron bolalar tug‘ilishining oldini olish uchun tug‘ma va irsiy kasalliklarni barvaqt aniqlash Davlat dasturini amalga oshirishga oid vazifalar to‘g‘risida” mavzusida respublika ilmiy-amaliy konferensiyasini o‘tkazish ‎2008-yil ‎6,0 mln so‘m ‎Bajaruvchilar mablag‘lari ‎Dastur chora-tadbirlarini amalga oshirish vazifalari va yo‘llarini belgilash ‎Sog‘liqni saqlash vazirligi, Fanlar akademiyasi
25.‎ ‎‎Respublika skrining markazi va Toshkent vrachlar malakasini oshirish instituti negizida umumiy amaliyot vrachlari uchun tibbiyot genetikasi bo‘yicha ixtisoslashuvniig doimiy ishlaydigan turkumini tashkil etish (3 oy) 2008—2012-yillar 5,0 mln so‘m‎ ‎Ajratilgan budjet mablag‘lari doirasida ‎Mutaxassislar malakasini oshirish ‎Sog‘liqni saqlash vazirligi
26.‎ ‎Respublika skrining markazi va Toshkent vrachlar malakasini oshirish instituti negizida ultratovush diagnostikasi vrachlari uchun trening va vrach-laborantlar uchun ilmiy-amaliy seminarlar tashkil etish ‎2008—2012-yillar ‎17,0 mln so‘m ‎Ajratilgan budjet mablag‘lari doirasida ‎Mutaxassislar malakasini oshirish ‎Sog‘liqni saqlash vazirligi

IV. Xalqaro hamkorlikni rivojlantirish

‎27. ‎Bolalarda tug‘ma va irsiy kasalliklarning oldini olish, tashxis qo‘yish va davolash masalalari bo‘yicha yetakchi xorij mutaxassislarini jalb etgan holda ilmiy seminarlar va konferensiyalar tashkil etish ‎2009—2012-yillar ‎20,0 mln. so‘m ‎Bajaruvchilar mablag‘la�i ‎Mutaxassislar malakasini oshirish ‎Sog‘liqni saqlash vazirligi, “Sog‘lom avlod uchun” NXXJ, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari
‎28. ‎Nogiron bolalar tug‘ilishining oldini olish uchun tug‘ma va irsiy kasalliklarni barvaqt aniqlash sohasidagi ilg‘or tajribani joriy etish masalalari bo‘yicha xalqaro konferensiya o‘tkazish ‎2010-yil ‎20,0 mln.so‘m ‎Ajratilgan budjet mablag‘lari doirasida ‎Mutaxassislarning tajriba almashuvi, tibbiyot xodimlari malakasini oshirish ‎Sog‘liqni saqlash vazirligi, Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi, Fanlar akademiyasi
‎29. ‎Etakchi xorijiy markazlarda Respublika va viloyat skrining-markazlari mutaxassislarini o‘quv treninglarida qatnashishini tashkil etish ‎2009—2012-yillar ‎Bajaruvchilar va homiylar mablag‘lari ‎Mutaxassislar malakasini oshirish ‎Sog‘liqni saqlash vazirligi, “Sog‘lom avlod uchun” NXXJ
‎30. ‎Etakchi xorijiy skrining-markazlari bilan hamkorlik munosabatlarini rivojlantirish va tajriba almashish. ‎2009—2012-yillar ‎Bajaruvchilar mablag‘lari ‎Mutaxassislar malakasini oshirish ‎Sog‘liqni saqlash vazirligi, “Sog‘lom avlod uchun” NXXJ
(O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari to‘plami, 2008-y., 24-25-son, 222-modda)