Hujjat kuchini yo‘qotgan 05.06.2025 16.05.2008 yilda ro‘yxatdan o‘tgan, ro‘yxat raqami 1808
ONLINE TRANSLATE
Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirining buyrugʻi, 16.05.2008 yilda ro‘yxatdan o‘tgan, ro‘yxat raqami 1808
Kuchga kirish sanasi
26.05.2008
Hujjat kuchini yo‘qotgan 05.06.2025
Hujjat 26.05.2008 00 sanasi holatiga
Amaldagi versiyaga o‘tish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI MOLIYA VAZIRINING
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
BUYRUGʻI
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
SHAHAR VA BOSHQA AHOLI PUNKTLARI KOʻCHALARINI, SHUNINGDEK XOʻJALIKLARARO QISHLOQ AVTOMOBIL YOʻLLARINI TAʼMIRLASH MANZILLI ROʻYXATLARINI SHAKLLANTIRISH HAMDA XARAJATLARINI MAHALLIY BUDJET MABLAGʻLARI HISOBIDAN MOLIYALASHTIRISH (TOʻLOVLARNI AMALGA OSHIRISH) TARTIBI BOʻYICHA NIZOMNI TASDIQLASH TOʻGʻRISIDAGI
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
[Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 2008-yil 16-mayda 1808-son bilan davlat roʻyxatidan oʻtkazildi]
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
 LexUZ sharhi
Mazkur buyruq Oʻzbekiston Respublikasi iqtisodiyot va moliya vazirining 2025-yil 20-maydagi 258-sonli ““Shahar va boshqa aholi punktlari koʻchalarini, shuningdek xoʻjaliklararo qishloq avtomobil yoʻllarini taʼmirlash manzilli roʻyxatlarini shakllantirish hamda xarajatlarini mahalliy budjet mablagʻlari hisobidan moliyalashtirish (toʻlovlarni amalga oshirish) tartibi boʻyicha nizomni tasdiqlash toʻgʻrisida”gi buyruq, shuningdek unga oʻzgartirish va qoʻshimchalarni oʻz kuchini yoʻqotgan deb topish toʻgʻrisida”gi buyrugʻiga (roʻyxat raqami 1808-3, 04.06.2025-y.) asosan oʻz kuchini yoʻqotgan.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasining “Avtomobil yoʻllari toʻgʻrisida”gi Qonuni (Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2007-yil, 40-son, 410-modda), Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2006-yil 20-dekabrdagi PQ-535-sonli “2007-2010-yillarda umumiy foydalaniladigan avtomobil yoʻllari qurilishini rivojlantirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi qaroriga (Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2006-yil, 51-52-son, 508-modda) muvofiq buyuraman:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1. Ilova qilinayotgan Shahar va boshqa aholi punktlari koʻchalarini, shuningdek xoʻjaliklararo qishloq avtomobil yoʻllarini taʼmirlash manzilli roʻyxatlarini shakllantirish hamda xarajatlarini mahalliy budjet mablagʻlari hisobidan moliyalashtirish (toʻlovlarni amalga oshirish) tartibi boʻyicha Nizom tasdiqlansin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2. Ushbu Nizom Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligida roʻyxatga olingan kundan oʻn kun oʻtgandan keyin kuchga kiradi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Moliya vaziri R. AZIMOV
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Toshkent sh.,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2008-yil 7-may,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
49-son
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Moliya vazirining 2008-yil 7-maydagi 49-son buyrugʻi bilan
TASDIQLANGAN
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Shahar va boshqa aholi punktlari koʻchalarini, shuningdek xoʻjaliklararo qishloq avtomobil yoʻllarini taʼmirlash manzilli roʻyxatlarini shakllantirish hamda xarajatlarini mahalliy budjet mablagʻlari hisobidan moliyalashtirish (toʻlovlarni amalga oshirish) tartibi boʻyicha
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
NIZOM
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Ushbu Nizom Oʻzbekiston Respublikasining “Avtomobil yoʻllari toʻgʻrisida”gi Qonuni (Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2007-yil, 40-son, 410-modda), Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2007-yil 12-dekabrdagi PQ-744-sonli “Oʻzbekiston Respublikasining 2008-yilgi asosiy makroiqtisodiy koʻrsatkichlari va davlat budjeti parametrlari toʻgʻrisida”gi qarori (Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2007-yil, 52-son, 534-modda), 2006-yil 20-dekabrdagi PQ-535-sonli “2007—2010-yillarda umumiy foydalaniladigan avtomobil yoʻllari qurilishini rivojlantirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi qaroriga (Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2006-yil, 51-52-son, 508-modda) va Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2006-yil 1-noyabrdagi 226-sonli “Umumiy foydalaniladigan avtomobil yoʻllarini qurish va ulardan foydalanishni tashkil etishni hamda sifatini nazorat qilishni takomillashtirish toʻgʻrisida”gi qaroriga (Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2006-yil, 45-son, 442-modda) muvofiq tegishli shahar va tuman hokimliklari tasarrufida boʻlgan shahar va boshqa aholi punktlari koʻchalarini, shuningdek xoʻjaliklararo qishloq avtomobil yoʻllarini taʼmirlash manzilli roʻyxatlarini shakllantirish hamda xarajatlarini mahalliy budjet mablagʻlari hisobidan moliyalashtirish (toʻlovlarni amalga oshirish) tartibini belgilaydi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
I. Umumiy qoidalar
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1. Shahar va boshqa aholi punktlari koʻchalarini, shuningdek xoʻjaliklararo qishloq avtomobil yoʻllarini (bundan keyin matnda — avtoyoʻllar) saqlash va taʼmirlash tegishli shahar va tuman obodonlashtirish boshqarmalari yoki avtoyoʻllar balansida boʻlgan boshqa tashkilotlar (bundan keyin matnda — Buyurtmachi yoki Budjet mablagʻlarini oluvchi) tomonidan amalga oshiriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2. Avtoyoʻllarni taʼmirlash quyidagi turga boʻlinadi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
mukammal taʼmirlash;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
oʻrta taʼmirlash;
Keyingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
joriy taʼmirlash.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3. Muayyan avtoyoʻl (avtoyoʻl uchastkasi) boʻyicha amalga oshiriladigan taʼmirlash ishlari turi va hajmini aniqlash Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2006-yil 1-noyabrdagi 226-sonli “Umumiy foydalaniladigan avtomobil yoʻllarini qurish va ulardan foydalanishni tashkil etishni hamda sifatini nazorat qilishni takomillashtirish toʻgʻrisida”gi qarori bilan tasdiqlangan Umumiy foydalaniladigan avtomobil yoʻllarini taʼmirlash va saqlash ishlari tasnifiga asosan amalga oshiriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
4. Avtoyoʻllarni mukammal taʼmirlash ishlab chiqilgan, davlat ekspertizasidan oʻtkazilgan va oʻrnatilgan tartibda tasdiqlangan loyiha-smeta hujjatlariga asosan amalga oshiriladi hamda taʼmirlanayotgan avtoyoʻl uchastkasining toʻla uzunligida avtoyoʻlning barcha qurilmalari va tarkibiy qismlari boʻyicha keng qamrovli bajarilishi shart.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Avtoyoʻlni transport-foydalanish holatini texnik tekshirish natijasi boʻyicha aniqlangan quyidagi holatlar mukammal taʼmirlash uchun mezon hisoblanadi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
yoʻl qoplamasining mustahkamlilik darajasi yoʻl qoʻyilishi mumkin boʻlgan darajagacha kamayib ketishi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
avtoyoʻl va yoʻl qurilmalarining boshqa tarkibiy qism parametrlari hamda tavsiflari ortib borayotgan yoʻl harakati talablarini qoniqtirmay qolishi va ushbu holatlarni avtoyoʻllarni oddiy saqlash ishlari yordami bilan talab darajasiga keltirishning imkoniyati boʻlmasa yoki iqtisodiy jihatdan maqsadga muvofiq emas deb topilsa.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
5. Avtoyoʻllarni oʻrta taʼmirlash texnik tekshirish va texnik koʻrikdan oʻtkazish natijasi asosida ishlab chiqilgan, davlat ekspertizasidan oʻtkazilgan va oʻrnatilgan tartibda tasdiqlangan loyiha-smeta hujjatlariga asosan amaldagi taʼmirlash ishlari oraligʻi muddatlariga rioya etgan holda amalga oshiriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Texnik hisob-kitob va muhandislik izlanishlar olib borishni talab etmaydigan alohida turdagi ishlarni bajarishda oʻrta taʼmirlash ishlarini texnik tekshirish va texnik koʻrikdan oʻtkazish natijasi yoki nuqson dalolatnomalari hamda oʻrnatilgan tartibda tasdiqlangan loyiha-smeta hujjatlari asosida amalga oshirishga yoʻl qoʻyiladi.
Keyingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
6. Avtoyoʻllarni joriy taʼmirlash vaqti-vaqti bilan olib boriladigan texnik koʻrikdan oʻtkazish (bahorgi va kuzgi) natijasi asosida smetalarda joriy taʼmirlash ishlari uchun koʻzda tutilgan mablagʻlar hisobidan amalga oshiriladi. Avtoyoʻl qoplamasi va yoʻl qurilmalari holatini texnik koʻrikdan oʻtkazish natijasida aniqlangan ahamiyatsiz va oson bartaraf etilishi mumkin boʻlgan shikastlanish holatlari shu avtoyoʻlni joriy taʼmirlash uchun mezon hisoblanadi.
Keyingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
II. Avtoyoʻllarni taʼmirlash boʻyicha manzilli roʻyxatlarni shakllantirish tartibi
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
7. Buyurtmachi tomonidan har yili avtoyoʻllarning holatini texnik koʻrikdan oʻtkazish va baholash amalga oshiriladi. Buning natijasida nuqson dalolatnomalari va mukammal, oʻrta hamda joriy taʼmirlash (bundan keyin matnda — avtoyoʻllarni taʼmirlash) manzilli roʻyxatlari tuziladi.
Keyingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
8. Avtoyoʻllarni taʼmirlash manzilli roʻyxatlarini shakllantirishda Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligining 2001-yil 19-sentabrda 107-sonli buyrugʻi bilan tasdiqlangan Davlat budjeti mablagʻlari hisobiga amalga oshirilayotgan binolar va inshootlarni mukammal taʼmirlashni mablagʻ bilan taʼminlash va manzilli roʻyxatlarni shakllantirish tartibi toʻgʻrisidagi Nizomga (qayd etilgan sana va raqami 2001-yil 3-oktabr, 1073-son, Oʻzbekiston Respublikasi vazirliklari, davlat qoʻmitalari va idoralarining meʼyoriy hujjatlari byulleteni, 2001-yil, 19-son, Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2004-yil, 1-2-son, 23-modda) asosan amalga oshiriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
9. Mahalliy budjet mablagʻlari hisobidan moliyalashtiriladigan avtoyoʻllarni taʼmirlash manzilli roʻyxatlari buyurtmachi tomonidan, moliya idoralarida roʻyxatga olingan xarajatlar smetasida koʻzda tutilgan mablagʻlar doirasida, har yili shakllantiriladi.
Keyingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
10. Avtoyoʻllarni taʼmirlash manzilli roʻyxatlarini tuzishda quyidagilar hisobga olinadi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
moliyalashtirish manbai mavjudligi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
oʻrnatilgan tartibda tasdiqlangan loyiha hujjatlari, resurs smetasini inobatga olgan holda, yoki nuqson dalolatnomalariga asosan taʼmirlanadigan avtoyoʻllar boʻyicha bajariladigan ishlar roʻyxati;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
avtoyoʻllarni taʼmirlash ishlarini asosan hisobot yili davomida amalga oshirilishi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Manzilli roʻyxatga quyidagilar ham kiritilishi lozim:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
oʻtgan yil manzilli roʻyxatiga kiritilgan va taʼmirlanishi yakunlanmagan avtoyoʻl obyektlari;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
oʻtgan yil manzilli roʻyxatiga kiritilgan hamda bajarilgan ishlar, xizmatlar, yetkazib berilgan material va jihozlar uchun kreditor qarzdorlik mavjud boʻlgan obyektlar.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
11. Mukammal va oʻrta taʼmirlanadigan avtoyoʻllar boʻyicha loyiha hujjatlari, resurs smetasini inobatga olgan holda, oʻrnatilgan tartibda tasdiqlanadi.
Keyingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Joriy taʼmirlanadigan avtoyoʻllar boʻyicha bajariladigan ishlar roʻyxati nuqson dalolatnomalari asosida tuziladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Keyingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
12. Avtoyoʻlni taʼmirlash uchun loyiha hujjatlarini ishlab chiqish va ularni tarkibi qonun hujjatlarida oʻrnatilgan tartibda, Oʻzbekiston Respublikasi Davlat arxitektura va qurilish qoʻmitasining 2003-yil 29-dekabrdagi 89-sonli buyrugʻi bilan tasdiqlangan Shaharsozlik normalari va qoidalari “Korxona, bino va inshoatlarni kapital qurishda loyiha hujjatlarining tarkibi hamda ishlab chiqish, kelishish va tasdiqlash tartibi”ga (SHNQ 1.03.01-03) muvofiq aniqlanadi.
Keyingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Loyiha-smeta hujjati va loyihada qabul qilingan yechimning detallashtirilganlik darajasi qabul qilinayotgan texnik yechimlarni, loyihaning hajmi va qiymatini asoslash uchun yetarli boʻlishi hamda yoʻl-taʼmir ishlarini lozim darajadagi sifatda, harakat xavfsizligini taʼminlagan holda bajarishni taʼminlashi lozim.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
13. Avtoyoʻllarni taʼmirlash boʻyicha loyiha hujjatlarini, resurs smetasini hisobga olgan holda, yoki bajariladigan ishlar roʻyxatini oʻrnatilgan tartibda ishlab chiqish va tasdiqlatish Buyurtmachi tomonidan joriy yilning 1-martigacha amalga oshiriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
14. Budjet mablagʻlarini oluvchilar (Buyurtmachilar) tomonidan tuman va shahar hokimliklari moliya boʻlimlari bilan kelishilgan holda shakllantirilgan, mahalliy budjet mablagʻlari hisobidan moliyalashtiriladigan avtoyoʻllarni taʼmirlash manzilli roʻyxatlari joriy yil 15-martgacha tuman va shahar hokimliklariga koʻrib chiqish uchun kiritiladi hamda ularning qarorlari bilan tasdiqlanadi.
Keyingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
15. Avtoyoʻllarni taʼmirlashning tasdiqlangan manzilli roʻyxatlari oʻn kun muddatda Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklariga taqdim etiladi. Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari Moliya vazirligi bilan kelishgan holda hudud boʻyicha (tuman va shaharlar kesimida) umumlashtirilgan manzilli roʻyxatni tuzadi. Kommunal xizmat koʻrsatish sohasini rivojlantirish ishlariga masʼul hokim oʻrinbosari kotibiyatlari ushbu manzilli roʻyxat ijrosini monitoring qilib boradi.
Keyingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
16. Taʼmirlash manzilli roʻyxatini shakllantirishda budjet mablagʻlariga boʻlgan ehtiyoj oʻtgan yilda ishlatilmagan avans boʻyicha debitor qarzdorlik va buyurtmachi tomonidan sotib olingan material-texnik resurslar qiymatini ayirib tashlagan holda koʻrsatiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
17. Avtoyoʻllarni mukammal va oʻrta taʼmirlashni bajaruvchi pudratchi tashkilotni tanlash Buyurtmachi tomonidan tender savdosi asosida, joriy taʼmirlashni amalga oshirishda esa mustaqil ravishda pudratchilarning takliflarini tanlov asosida tanlash orqali amalga oshiriladi.
Keyingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
18. Tender savdosini tashkil etish va oʻtkazish Buyurtmachining mablagʻlari hisobidan amalga oshiriladi hamda bu xarajatlar savdo predmeti qiymatiga olib boriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
19. Yil davomida manzilli roʻyxatga qoʻshimcha obyektlarni kiritishga avariya holatlari yuzaga kelganda, hamda ushbu ishlar uchun qoʻshimcha moliyalashtirish manbai mavjudligi tasdiqlanganda yoʻl qoʻyiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Agar qoʻshimcha moliyalashtirish manbai mavjud boʻlmasa, avtoyoʻllarni taʼmirlash manzilli roʻyxatiga, qoʻshimcha kiritilayotgan obyektni hisobga olgan holda, ushbu maqsadlar uchun koʻzda tutilgan mablagʻlar doirasida aniqlik kiritiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
III. Avtoyoʻllarni taʼmirlash ishlarini moliyalashtirish (toʻlovlarini amalga oshirish) tartibi
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
20. Mukammal va oʻrta taʼmirlash ishlarini moliyalashtirish (toʻlovlarini amalga oshirish) tartibi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2003-yil 12-sentabrdagi 395-sonli “Kapital qurilishda xoʻjalik munosabatlari mexanizmini takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi qaroriga (Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2003-yil, 17-18-son, 146-modda. Oʻzbekiston Respublikasi Hukumati qarorlari toʻplami, 2003-yil, 9-son, 83-modda) asosan amalga oshiriladi.
Keyingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
21. Avtoyoʻllarni taʼmirlash ishlarini moliyalashtirish (toʻlovlarini amalga oshirish) manbalari mahalliy budjet mablagʻlari va qonunchilikda taʼqiqlanmagan boshqa manbalar hisoblanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
22. Davlat budjetining gʻaznachilik ijrosi sharoitida Buyurtmachilar oʻrnatilgan tartibda xarajatlar uchun toʻlovlarni Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi Gʻaznachiligining (bundan keyin matnda — Gʻaznachilik) tegishli hududiy boʻlinmalari orqali amalga oshiradi. Bunda Buyurtmachilar taʼmirlash xarajatlariga toʻlovni amalga oshirish uchun talab etiladigan barcha hujjatlarni oʻrnatilgan tartibda Gʻaznachilik boʻlinmasiga taqdim etadilar.
Keyingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
23. Avtoyoʻllarni taʼmirlash xarajatlarini moliyalashtirish (toʻlovlarini amalga oshirish), qatʼiy ravishda tasdiqlangan budjet (Buyurtmachi xarajatlar smetasining 4-guruhida shu maqsadlar uchun koʻzda tutilgan) mablagʻlari doirasida, Davlat budjeti xarajatlari iqtisodiy tasnifining 100-boʻlim, 110-bobi quyidagi paragraflari orqali amalga oshiriladi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
§ 90 — Shahar obodonlashtirish boshqarmalarining shahardagi yoʻllarini taʼmirlash xarajatlari;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
§ 91 — Shahar obodonlashtirish boshqarmalarining xoʻjaliklararo qishloq avtomobil yoʻllarini taʼmirlash xarajatlari;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
§ 92 — Tuman obodonlashtirish boshqarmalarining tuman markazlaridagi yoʻllarini taʼmirlash xarajatlari;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
§ 93 — Tuman obodonlashtirish boshqarmalarining xoʻjaliklararo qishloq avtomobil yoʻllarini taʼmirlash xarajatlari.
Keyingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
24. Manzilli roʻyxatga kiritilgan, lekin oʻrnatilgan tartibda loyiha hujjatlarini, resurs smetalarini inobatga olgan holda, yoki bajariladigan ishlar roʻyxatini tasdiqlanishi taʼminlanmagan avtoyoʻllar boʻyicha bajarilgan ishlarni moliyalashtirishga (toʻlovlarini amalga oshirishga) yoʻl qoʻyilmaydi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
25. Tasdiqlangan va kelishilgan avtoyoʻllarni taʼmirlash manzilli roʻyxatlari, shuningdek, oyma-oy taqsimlangan xarajatlar smetalari Buyurtmachilar tomonidan Gʻaznachilikning tegishli hududiy boʻlimlariga va xizmat koʻrsatuvchi banklarga taqdim qilinadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
26. Pudrat tashkilotlari tomonidan bajarilgan mukammal va oʻrta taʼmirlash ishlarini moliyalashtirish (toʻlovlarini amalga oshirish) Buyurtmachi tomonidan amalga oshiriladi:
Keyingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
boʻnak toʻlovlar — birinchi ikki oy davomida joriy yilda bajariladigan ishlar qiymatining 30 foiz miqdorini teng ulushlarga boʻlgan holda;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
joriy moliyalashtirish (toʻlovlarni amalga oshirish) — ajratilgan boʻnak toʻlovlarini oyma-oy mutanosib ravishda chegirib qolishni hisobga olgan holda, haqiqatda bajarilgan ish hajmining 95 foizidan kam boʻlmagan qismi. Qolgan 5 foiz miqdordagi qismi, shartnomada koʻrsatilgan, kafolat muddati tugaganidan soʻng amalga oshiriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
27. Avtoyoʻllarni joriy taʼmirlash boʻyicha moliyalashtirish (toʻlovlarni amalga oshirish) joriy yil ish hajmining 15 foiz miqdorida boʻnak berish yoʻli bilan keyinchalik, ajratilgan boʻnak toʻlovlarini mutanosib ravishda hisobga olgan holda, oyma-oy moliyalashtirish (toʻlovlarni amalga oshirish) amalga oshiriladi.
Keyingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
28. Avtoyoʻllarni taʼmirlash boʻyicha bajarilgan ish uchun Buyurtmachining pudrat tashkilotlari bilan hisob-kitoblari, oʻrnatilgan tartibda rasmiylashtirilgan bir oyda bajarilgan ishlarni qabul qilish dalolatnomalari asosida, bajarilgan ish miqdori (qilingan xarajatlar) toʻgʻrisidagi oʻrnatilgan tartibda rasmiylashtirilgan hisobvaraq-fakturalar (maʼlumotnomalar) boʻyicha amalga oshirilishi lozim.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
29. Buyurtmachilar har chorakda avtoyoʻllarni taʼmirlash manzilli roʻyxatlarini kelishgan tegishli hududiy moliya idoralariga shartnomaviy narxlarda mablagʻlarni oʻzlashtirishning borishi, shuningdek manzilli roʻyxatga muvofiq obyektlar kesimida moliyalashtirish toʻgʻrisida hisobot topshiradi.
Keyingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
IV. Avtoyoʻllarni taʼmirlashda bajarilayotgan ishlar sifatini hamda ajratilayotgan mablagʻlarning maqsadli sarflanishi ustidan nazorat
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
30. Manzilli roʻyxatga kiritilgan avtoyoʻllar boʻyicha loyiha hujjatlarini, ishlar roʻyxatini tasdiqlanishi hamda tender savdolarini oʻtkazilishi toʻgʻriligini, budjet mablagʻlarini maqsadli sarflanganligi, tasdiqlangan loyiha hujjatlari asosida olib borilayotgan taʼmirlash ishlari hajmi va sifati ustidan nazorat qilish davlat boshqaruvi mahalliy organlari va Buyurtmachilar tomonidan amalga oshiriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
31. Avtoyoʻllarini taʼmirlashga ajratilayotgan budjet mablagʻlarini maqsadli sarflanishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi Nazorat-taftish bosh boshqarmasining hududiy boʻlimlari tomonidan amalga oshiriladi.
Keyingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
32. Avtoyoʻllarni mukammal va oʻrta taʼmirlashda bajarilgan ish sifati, qurilish meʼyori va qoidalariga rioya qilinishi ustidan nazorat Buyurtmachilar, loyiha tashkilotlari va Davarxqurilishnazoratning hududiy inspeksiyalari tomonidan, joriy taʼmirlash ishlari bajarilganda esa davlat boshqaruvi mahalliy organlari va Buyurtmachilar tomonidan amalga oshiriladi.
Keyingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
33. Nazorat oʻlchovi va hisob-kitob hujjatlarini tekshirish natijasida bajarilgan ishlar hajmi va qiymatini qoʻshib yozish holati aniqlanganda, shu holat ortiqcha mablagʻ olinishiga olib kelgan boʻlsa, ortiqcha olingan mablagʻ pudrat tashkilotidan oʻrnatilgan ketma-ketlik tartibida undirib olinadi. Fosh qilingan qoʻshib yozish holati uchun javobgarlik qonun hujjatlarida oʻrnatilgan tartibda aniqlanadi.
Keyingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
34. Mazkur Nizom talablariga rioya qilinmaganligi uchun obyektlarni balansda saqlovchi korxona rahbarlari javobgar hisoblanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
V. Yakuniy qoidalar
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
35. Ushbu Nizom Oʻzbekiston Respublikasi Davlat arxitektura va qurilish qoʻmitasi va “Oʻzavtoyoʻl” DAK bilan kelishilgan.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Davlat arxitektura va qurilish qoʻmitasi raisi N. XANOV
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Toshkent sh.,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2008-yil 7-may
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“Oʻzavtoyoʻl” DAK raisi M. ABDULLAYEV
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Toshkent sh.,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2008-yil 7-may
(Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2008-y., 20-21-son, 181-modda; 2012-y., 11-son, 123-modda; Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 30.11.2021-y., 10/21/3338/1117-son; 26.07.2023-y., 10/23/3448/0539-son; 06.01.2025-y., 10/25/1808-2/0013-son)