O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining
Qarori
“BUXOROTEKS” OAJNI MODERNIZATSIYA QILISH VA TEXNIKAVIY QAYTA JIHOZLASH CHORA-TADBIRLARI TO‘G‘RISIDA
[Ko‘chirma]
“Buxoroteks” OAJ ishlab chiqarish maydonlarini modernizatsiya qilish va texnikaviy qayta jihozlash jarayoniga to‘g‘ridan-to‘g‘ri xorijiy investitsiyalarni jalb etishni rag‘batlantirish maqsadida:
1. Ta’kidlab o‘tilsinki, Buxoro viloyati xo‘jalik sudining 2007-yil 3-avgustdagi qarori bilan “Buxoroteks” OAJ bankrot deb e’tirof etildi.
“Buxoroteks” OAJ kreditorlari yig‘ilishining Buxoro shahridagi “Buxoroteks” OAJ 1-sonli yigiruv-to‘quv fabrikasining binolar va inshootlardan iborat mulkiy kompleksini, “DEU Interneyshnl” (Koreya Respublikasi) kompaniyasiga sotish, uning negizida paxta tolasini qayta ishlash bo‘yicha xorijiy korxona bunyod etish to‘g‘risidagi qaroriga rozilik berilsin.
2. Ma’lumot uchun qabul qilinsinki, “DEU Interneyshnl” kompaniyasi o‘z zimmasiga quyidagi majburiyatlarni oldi:
“Buxoroteks” OAJ 1-sonli yigiruv-to‘quv fabrikasining umumiy miqdori 7 mlrd. so‘mlik mulkiy kompleksini 10 yil muddat ichida 1-ilovadagi jadvalga muvofiq to‘lab borish sharti bilan sotib olishni ta’minlash;
mazkur fabrika negizida yangi zamonaviy uskunalar bilan jihozlangan, quvvati yiliga 19,5 ming tonna paxta tolasini qayta ishlaydigan korxonani barpo etish uchun, 2-ilovadagi jadvalga muvofiq, 43 mln. AQSh dollari miqdorida to‘g‘ridan-to‘g‘ri investitsiyalar kiritish;
* Ilovalar rus tilidagi matnda berilgan.
ishlab chiqariladigan mahsulotning kamida 80 foizini eksportga yetkazib berish.
Oldingi tahrirga qarang.
3. O‘zbekiston Respublikasi Davlat raqobat qo‘mitasi:
(3-bandning birinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2013-yil 28-avgustdagi PF-4561-sonli Farmoni tahririda — O‘R QHT, 2013-y., 36-son, 477-modda)
O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi bilan birgalikda xorijiy investorning majburiyatlari va ularning bajarilish jadvali aniq aks ettirilgan holda “Buxoroteks” OAJ 1-sonli yigiruv-to‘quv fabrikasining mulkiy kompleksi sotilishi yuzasidan shartnoma tuzishda “Buxoroteks” OAJni tugatish boshqaruvchisiga ko‘maklashsin;
xorijiy investor o‘z zimmasiga olgan investitsiya majburiyatlarini albatta bajarishi ustidan qat’iy nazoratni ta’minlasin.
5. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “To‘g‘ridan-to‘g‘ri xususiy xorijiy investitsiyalarni jalb etishni rag‘batlantirish borasidagi qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida” 2005-yil 11-apreldagi PF-3594-sonli Farmoni 1-bandining birinchi xatboshida nazarda tutilgan imtiyozlar “Buxoroteks” OAJ 1-sonli yigiruv-to‘quv fabrikasi negizida “DEU Interneyshnl” kompaniyasi tomonidan tashkil etilayotgan yangi xorijiy korxonaga tatbiq etilsin.
6. “Buxoroteks” OAJning 1-sonli yigiruv-to‘quv fabrikasi negizida yangitdan tashkil etilayotgan xorijiy korxona o‘zining ishlab chiqarish ehtiyojlari uchun keltiradigan texnologik uskuna, ehtiyot qism, texnik jihoz, butlovchi buyumlar, materiallar va boshqa moddiy resurslar O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi qarorlari bilan tasdiqlanadigan ro‘yxatga muvofiq bojxona to‘lovlari (bojxona rasmiylashtiruvi yig‘imlaridan tashqari) to‘lashdan ozod etilsin.
10. Mazkur Qarorning ijrosini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasi Bosh vaziri Sh.M. Mirziyoyev zimmasiga yuklansin.
O‘zbekiston Respublikasining Prezidenti I. KARIMOV
Toshkent sh.,
2008-yil 18-fevral,
PQ-798-son
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2008-yil 18-fevraldagi PQ-798-son qaroriga
1-ILOVA
1-ILOVA
“DEU Interneyshnl” kompaniyasi tomonidan “Buxoroteks” OAJ 1-sonli yigiruv-to‘quv fabrikasining mulkiy kompleksi uchun to‘lovlarni amalga oshirish
JADVALI
|
|
(mlrd so‘m) | |
|
T/r |
To‘lov amalga oshiriladigan yil |
To‘lov summasi |
|
1. |
2008-yil |
0,5 |
|
2. |
2009-yil |
0,5 |
|
3. |
2010-yil |
0,7 |
|
4. |
2011-yil |
0,7 |
|
5. |
2012-yil |
0,7 |
|
6. |
2013-yil |
0,7 |
|
7. |
2014-yil |
0,7 |
|
8. |
2015-yil |
0,8 |
|
9. |
2016-yil |
0,8 |
|
10. |
2017-yil |
0,9 |
|
Jami: |
7,0 |
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2008-yil 18-fevraldagi PQ-798-son qaroriga
2-ILOVA
2-ILOVA
“DEU Interneyshnl” kompaniyasi tomonidan to‘g‘ridan-to‘g‘ri investitsiyalar kiritish
JADVALI
|
|
(mln AQSh dollari) |
|
Investitsiya kiritish yili |
Investitsiya summasi |
|
2008-yil |
20,0 |
|
2009-yil |
23,0 |
|
Jami: |
43,0 |
(O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining Axborotnomasi, 2008-y., 2-son, 104-modda; O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari to‘plami, 2013-y., 36-son, 477-modda)