01.06.2000 yildagi -son
ONLINE TRANSLATE
Norasmiy tarjima
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
PATENT HUQUQI TOʻGʻRISIDA
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Shartnoma
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1-modda
Qisqartirilgan iboralar
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Mazkur Shartnoma maqsadlari uchun, agar boshqa maʼno aniq koʻzda tutilmaganda:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
(i) “idora” patentlarni berish yoki mazkur Shartnoma bilan tartibga solinadigan boshqa masalalar bilan shugʻullanishga Ahdlashuvchi tomonning vakolatlangan organini anglatadi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
(ii) “talabnoma” 3-moddada koʻrsatilganidek patent berish uchun talabnomani anglatadi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
(iii) “patent” 3-moddada koʻrsatilganidek patentni anglatadi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
(iv) “shaxs”ga havolalar jismoniy va yuridik shaxsni qamrab oluvchi deb tushuniladi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
(v) “xabarnoma” idoraga topshirilgan har qanday talabnoma yoki mazkur Shartnoma boʻyicha yoki uning doirasidan tashqarida boʻlgan jarayon bilan bogʻliq talabnoma yoki patentga taalluqli har qanday iltimosnoma, ariza, hujjat, yozishma yoki boshqa maʼlumotlarni anglatadi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
(vi) “idora materiallari” idoraga topshirilgan talabnomalarga taalluqli idora tomonidan saqlanayotgan maʼlumotlarning majmui, shu hisobda ushbu talabnomalarning oʻzlari, hamda ushbu idora yoki tegishli Ahdlashuvchi tomonga nisbatan amal qiluvchi boshqa organ tomonidan berilgan patentlar, shu hisobda ushbu patentlarning oʻzlarini anglatadi, bunday materiallar qanday koʻrinishda saqlanayotganligiga bogʻliq emas;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
(vii) “yozuvlarni kiritish” idora materiallariga maʼlumotlarni kiritish boʻyicha har qanday harakatni anglatadi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
(viii) “talabnoma beruvchi” idora materiallarida amaldagi qonunchilikka muvofiq patent berishni soʻrayotgan shaxsni yoki talabnomani topshirayotgan yoki u boʻyicha ishlarni olib boruvchi shaxsni anglatadi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
(ix) “egasi” idora materiallarida patent egasi sifatida koʻrsatilgan shaxsni anglatadi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
(x) “vakil” amaldagi qonunchilikka muvofiq vakilni anglatadi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
(xi) “imzo” identifikatsiya qilishning har qanday vositasini anglatadi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
(xii) “idorada qabul qilingan til” idoradagi tegishli jarayon uchun idora tomonidan qabul qilingan har qanday til;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
(xiii) “tarjima” idorada qabul qilingan tilga tarjima yoki tegishli hollarda alfavit yoki belgilar toʻlamidan foydalanilgan transliteratsiyani anglatadi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
(xiv) “idoradagi jarayon” talabnoma yoki patent boʻyicha idoradagi ish yuritishning har qanday jarayonini anglatadi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
(xv) birlik sondagi soʻzlar koʻplik sondagi soʻzlarni qamrab oladi, va aksincha, matn maʼnosida boshqa maʼno mavjud boʻlgan hollar bundan mustasno;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
(xvi) “Parij konvensiyasi” qayta koʻrishlar va oʻzgartirishlarni hisobga olgan holda 1883 yil 20-martda imzolangan Sanoat mulki muhofazasi boʻyicha Parij konvensiyasini anglatadi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
(xvii) “Patent hamkorligi toʻgʻrisidagi shartnoma” qayta koʻrishlar, toʻgʻrilashlar va oʻzgartirishlarni hisobga olgan holda1970-yil 19-iyunda imzolangan Patent hamkorligi toʻgʻrisidagi shartnomani (“RST”), unga Yoʻriqnoma va Maʼmuriy yoʻriqnomani anglatadi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
(xviii) “Ahdlashuvchi tomon” mazkur Shartnomaning tomoni boʻlgan har qanday davlat yoki hukumatlararo tashkilotni anglatadi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
(xix) “amaldagi qonunchilik” Ahdlashuvchi tomon davlat boʻlganida ushbu davlat qonunchiligini anglatadi, Ahdlashuvchi tomon hukumatlararo tashkilot boʻlganida ushbu hukumatlararo tashkilot faoliyat yurituvchi maʼmuriy hujjatlarni anglatadi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
(xx) “ratifikatsiya toʻgʻrisidagi hujjat” qabul qilish yoki maʼqullash toʻgʻrisidagi hujjatlar sifatida koʻrib chiqiladi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
(xxi) “Tashkilot” Butunjahon intellektual mulk tashkilotini anglatadi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
(xxii) “Xalqaro byuro” Tashkilotning Xalqaro byurosini anglatadi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
(xxiii) “Bosh direktor” Tashkilotning Bosh direktorini anglatadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2-modda
Umumiy qoidalar
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
(1) [Yanada qulay sharoitlar] Ahdlashuvchi tomon mazkur Shartnomada koʻzda tutilgan talabga nisbatan talabnoma beruvchilar va egalarning nuqtai nazaridan yanada qulay sharoitlarni koʻzda tutish huquqiga ega, 5-modda bundan mustasno.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
(2) [Patent qonunchiligida moddiy meʼyorlarni boshqarishning mavjud emasligi] mazkur Shartnomadagi yoki Yoʻriqnomadagi hech bir narsa Ahdlashuvchi tomonning oʻz xohishiga koʻra patentlarga nisbatan moddiy huquqlarga talablarni belgilash boʻyicha huquqlarni cheklash imkoniyati deb tushunilmasligi kerak.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3-modda
Shartnoma qoʻllanadigan talabnoma va patentlar
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
(1) [Talabnomalar] (a) Mazkur Shartnoma va Yoʻriqnoma qoidalari Ahdlashuvchi tomonning idorasiga yoki idorasi uchun ixtiroga patent uchun milliy va hududiy talabnomalarga nisbatan qoʻllanadi, bunda talabnomalar quyidagi koʻrinishga ega boʻlishi kerak:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
(i) Patent hamkorligi toʻgʻrisidagi shartnomaga muvofiq xalqaro talabnoma sifatida topshirishga ruxsat berilgan talabnoma turlari;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
(ii) 4G(1) modda yoki (2) Parij konvensiyasida koʻrsatilganidek ixtiroga patentlar yoki qoʻshimcha patetlarga alohida talabnomalar, (i) kichik bandda koʻrsatilgan talabnomalar turlari qatoridan.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
(b) Patent hamkorligi toʻgʻrisidagi shartnoma qoidalarini hisobga olgan holda mazkur Shartnoma va Yoʻriqnoma qoidalari ixtiroga patentga va qoʻshimcha patentga xalqaro talabnomalarga Patent hamkorligi toʻgʻrisidagi shartnomaga muvofiq qoʻllanadi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
(i) Patent hamkorligi toʻgʻrisidagi shartnomaning 22 va 39(1) moddalariga muvofiq Ahdlashuvchi tomon idorasida qoʻllanadigan muddatlarga nisbatan;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
(ii) mazkur Shartnomaning 23 yoki 40 moddalari xalqaro talabnomaning koʻrib chiqilishi yoki ekspertizasi boshlanishi mumkin boʻlgan sanaga yoki ushbu sanadan keyingi har qanday jarayonga nisbatan.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
(2) [Patentlar] Mazkur Shartnoma va Yoʻriqnoma qoidalari Ahdlashuvchi tomonda amal qiluvchi ixtiroga berilgan milliy va hududiy patentlarga va milliy va hududiy qoʻshimcha patentlarga nisbatan qoʻllaniladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
4-modda
Xavfsizlikka nisbatan istisnolar
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Mazkur Shartnoma va Yoʻriqnomadagi hech bir narsa xavfsizlik maqsadidagi manfaatlarni taʼminlash uchun zarur boʻlgan har qanday harakatlarni amalga oshirish boʻyicha Ahdlashuvchi tomonning huquqini cheklamaydi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
5-modda
Topshirish sanasi
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
(1) [Talabnoma elementlari] (a) Yoʻriqnomada buning aksi koʻzda tutilmagan boʻlsa, va (2) — (8) bandlar qoidalarini hisobga olgan holda talabnoma beruvchining istagiga koʻra qogʻozda yoki topshirish maqsadlari uchun idora tomonidan yoʻl qoʻyiladigan boshqa usulga quyidagi barcha elementlar idora tomonidan olingan sana talabnomani topshirish sanasi ekanligini koʻzda tutadi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
(i) elementlar talabnoma boʻlishligi yaqqol yoki koʻzda tutilganligi koʻrinib tursa;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
(ii) talabnoma shaxsini aniqlash imkonini beradigan yoki idoraning talabnoma beruvchi bilan bogʻlanish imkoniyatini beradigan maʼlumotlar;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
(iii) tashqi koʻrinishi tavsifga oʻxshaydigan qism.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
(b) topshirish sanasi maqsadlari uchun Ahdlashuvchi tomon chizmani (a)(iii) kichik bandda koʻrsatilgan element sifatida qabul qilishi mumkin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
(s) Topshirish sanasi maqsadlari uchun Ahdlashuvchi tomon talabnoma beruvchining shaxsini aniqlash imkonini beradigan hamda idoraga talabnoma beruvchi bilan bogʻlanish imkonini beradigan maʼlumotlarni taqdim etishni talab qilishi mumkin, yoki u (a)(iii) kichik bandda koʻrsatilgan element sifatida talabnoma beruvchi bilan idoraning bogʻlanishi uchun talabnoma beruvchining shaxsini aniqlashtirish yoki talabnoma beruvchi bilan idoraning bogʻlanishiga imkon beruvchi dalillarni qabul qilishi mumkin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
(2) [Til] (a) Ahdlashuvchi tomon (1)(a)(i) i (ii) bandlardagi maʼlumotlar idorada qabul qilingan tilda taqdim etilishini talab qilishi mumkin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
(b) topshirish sanasi maqsadlari uchun (1)(a)(iii) bandda nazarda tutilgan qism har qanday tilda taqdim qilishini mumkin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
(3) [Bildirishnoma] Ahdlashuvchi tomon (1) va (2) bandlarga binoan qoʻllaydigan talablarning bittasi yoki bir nechtasiga talabnoma javob bermaganda, idora talabnoma beruvchini iloji boricha tezroq xabardor qiladi, bunda Ahdlashuvchi tomon ushbu talabni bajarishga va Yoʻriqnomada belgilangan muddat ichida javob taqdim etish imkonini beradi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
(4) [Talablarni keyinchalik bajarish] (a) Agar dastlabki topshirilgan talabnomada (1) va (2) bandlarga binoan Ahdlashuvchi tomon qoʻllaydigan bitta yoki bir nechta talablar bajarilmagan boʻlsa, talabnoma topshirish sanasi (b) kichik bandi va (6) bandni hisobga olgan holda (1) va (2) bandlarga binoan Ahdlashuvchi tomon qoʻllaydigan barcha talablar bajarilgan sana hisoblanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
(b) (a) kichik bandda nazarda tutilgan bitta yoki bir nechta talablar Yoʻriqnomada belgilangan muddatda bajarilmaganda Ahdlashuvchi tomon talabnoma topshirilmagan deb hisoblanishini koʻzda tutishi mumkin. Agar talabnoma topshirilmagan deb hisoblansa idora tegishli sabalar koʻrsatilgan holda bu haqida talabnoma beruvchini xabardor qiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
(5) [Tavsif yoki chizmaning yetishmayotgan qismiga taalluqli bildirishnoma] Agar topshirish sanasini belgilashda talabnomada tavsifning qismi mavjud boʻlmaganda yoki talabnomada ilova qilinmagan chizmaga havola keltirilsa, idora bu haqida talabnoma beruvchini tezkorlik bilan xabardor qiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
(6) [Tavsifning yetishmayotgan qismi yoki chizma taqdim etilgan hollarda topshirish sanasi] (a) Agar tavsifning yetishmayotgan qismi yoki yetishmayotgan chizma idoraga Yoʻriqnomada belgilangan muddatda taqdim etilsa tavsifning ushbu qismi yoki ushbu chizma (b) va (c) kichik bandlarni hisobga olgan holda talabnoma kiritiladi, bunda talabnomani topshirish sanasi tavsifning ushbu qismi yoki ushbu chizma idoraga topshirilgan sana yoki Ahdlashuvchi tomon (1) va (2) bandlarga binoan qoʻllaydigan barcha talablar bajarilgan sana, ularning qaysi biri keyingi ekanligiga bogʻliq holda, hisoblanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
(b) Agar tavsifning yetishmayotgan qismi yoki yetishmayotgan chizma (a) kichik bandiga binoan talabnomada ular qoldirilib ketganligini toʻgʻrilash uchun taqdim etilsa, ushbu talabnomaga 1(a) bandda keltirilgan bitta yoki bir nechta element idora tomonidan birinchi bor olinganda, Yoʻriqnomada belgilangan muddatda va Yoʻriqnomada belgilangan talablarni hisobga olgan holda talabnoma beruvchining iltimosnomasi boʻyicha oldingi talabnoma boʻyicha ustuvorlik soʻralganda talabnoma topshirilgan sana deb (1) va (2) bandlarga binoan Ahdlashuvchi tomon qoʻllaydigan barcha talablar bajarilgan sana hisoblanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
(c) Agar (a) kichik bandiga binoan taqdim etilgan yetishmayotgan tavsif qismi yoki yetishmayotgan chizma Ahdlashuvchi tomonning belgilagan muddati davomida chiqarib tashlansa talabnoma topshirish sanasi deb (1) va (2) bandlarga binoan Ahdlashuvchi tomon qoʻllaydigan barcha talablar bajarilgan sana hisoblanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
(7) [Tavsif va chizmani oldin topshirilgan talabnomaga havola qilish bilan almashtirish]
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
(a) Yoʻriqnomada belgilangan talablarni hisobga olgan holda talabnoma topshirish sanasi maqsadlari uchun idorada qabul qilingan tilda talabnoma topshirilganda oldin topshirilgan talabnomaga qilingan havola tavsif va har qanday chizmalar oʻrnini bosadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
(b) (a) kichik bandida nazarda tutilgan talablar bajarilmaganda talabnoma topshirilmagan deb hisoblanishi mumkin. Agar talabnoma topshirilmagan deb hisoblansa idora bu haqida talabnoma beruvchini tegishli sabalarni koʻrsatib xabardor qiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
(8) [Istisnolar] Ushbu moddadagi hech bir narsa quyidagilarni cheklamaydi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
(i) talabnoma beruvchining Parij konvensiyasining 4G(1) yoki (2) moddalariga binoan ushbu moddada nazarda tutilgan alohida talabnomani topshirish sanasi sifatida ushbu moddada nazarda tutilgan dastlabki talabnomaning sanasini, va tegishli holatlarda ustuvorlik huquqining ustunligini saqlab qolish huquqi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
(ii) Ahdlashuvchi tomonning Yoʻriqnomada nazarda tutilgan har qanday turdagi talabnomaga nisbatan oldingi talabnoma topshirish sanasiga ustunlik berish uchun zarur boʻlgan har qanday talablarni qoʻllash huquqi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
6-modda
Talabnoma
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
(1) [Talabnoma shakli va mazmuni] Agar boshqacha qoida mazkur Shartnomada nazarda tutilmagan boʻlsa, hech bir Ahdlashuvchi tomon quyidagilarga nisbatan farqli yoki qoʻshimcha boʻlgan talabnoma shakli va mazmuniga aloqador hech bir talabni bajarishni talab qilishi mumkin emas:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
(i) Patent hamkorligi toʻgʻrisidagi shartnomaga muvofiq xalqaro talabnomalarga nisbatan koʻzda tutilgan shakli yoki mazmuniga nisbatan talablarga;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
(ii) Patent hamkorligi toʻgʻrisidagi shartnomaning 23-moddasida nazarda tutilganidek xalqaro shartnomani koʻrib chiqish yoki ekspertizasi boshlanishi bilan ushbu Shartnomaga muvofiq ushbu Shartnomaga har qanday ishtirokchi-davlatning idorasi, yoki ushbu davlat uchun amal qiluvchi idora talabiga muvofiq bajarilishi talab qilinishi mumkin boʻlgan shakl va mazmunga aloqador talablarga;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
(iii) Yoʻriqnomada koʻzda tutilgan har qanday talablarga.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
(2) [Ariza blankasi] (a) Talabnoma mazmuni Ahdlashuvchi tomon belgilagan ariza blankasida, u Patent hamkorligi toʻgʻrisidagi Shartnomaga binoan xalqaro talabnoma arizasining mazmuniga mos kelishini Ahdlashuvchi tomon talab qilishi mumkin. Ahdlashuvchi tomon (1)(ii) bandagi yoki (1)(iii) bandga muvofiq Yoʻriqnomada nazarda tutilgan mazmunning boshqa har qanday elementlari ushbu ariza blankasida taqdim etilishini talab qilishi mumkin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
(b) (a) kichik bandi qoidalari va 8(1) moddani hisobga olgan holda Ahdlashuvchi tomon (a) kichik bandida nazarda tutilgan mazmunni Yoʻriqnomada nazarda tutilgan ariza blankasida taqdim etilishiga yoʻl qoʻyishi mumkin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
(3) [Tarjima] Ahdlashuvchi tomon uning idorasida koʻzda tutilgan tildan boshqa tilda tuzilgan talabnomaning har qanday qismining tarjimasini talab qilishi mumkin. Ahdlashuvchi tomon, Yoʻriqnomada belgilanganidek, uning idorasida belgilangan tilda tuzilgan talabnomaning har qanday qismining idora tomonidan yoʻl qoʻyilgan boshqa tillarga tarjimasini talab qilishi mumkin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
(4) [Bojlar] Ahdlashuvchi tomon talabnomaga nisbatan bojlar toʻlanishini talab qilishi mumkin. Ahdlashuvchi tomon talabnomani topshirish uchun boj toʻlanishiga nisbatan Patent hamkorligi toʻgʻrisidagi shartnomaning qoidalarini qoʻllashi mumkin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
(5) [Ustuvorlik hujjati] Agar oldingi talabnoma ustuvorligi soʻralsa, Ahdlashuvchi tomon oldingi talabnoma nusxasini va uning tarjimasini (agar oldingi talabnoma idorada belgilangan tildan boshqa tilda tuzilgan boʻlsa) Yoʻriqnomada belgilangan talablarga muvofiq taqdim etilishini talab qilishi mumkin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
(6) [Dalillar] Ahdlashuvchi tomon talabnoma boʻyicha ish yuritishda (1) yoki (2) bandda aytib oʻtilgan har qanday materialga, (3) yoki (5) bandda aytib oʻtilgan har qanday tarjimaga yoki ustuvorlik toʻgʻrisidagi arizaga nisbatan agar uning idorasida ushbu material haqiqiyligi va ushbu tarjima aniqligiga shubhalanishiga asos boʻlganda idoraga dalillar taqdim etilishini talab qilishi mumkin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
(7) [Bildirishnoma] Ahdlashuvchi tomon (1) — (6) bandlarga binoan qoʻllaydigan bitta yoki bir nechta talab bajarilmaganda, yoki (6) bandga binoan dalil talab qilinganida idora talabnoma beruvchini xabardor qiladi va Yoʻriqnomada belgilangan muddat davomida bunday talabni bajarish yoki izohlar taqdim etish imkoniyatini beradi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
(8) [Talablarni bajarmaslik] (a) Ahdlashuvchi tomon (1) — (6) bandlarga binoan qoʻllaydigan bitta yoki bir nechta talablar Yoʻriqnomada belgilangan muddat davomida bajarilmaganda Ahdlashuvchi tomon (b) kichik bandi va 5 va 10 moddalarni hisobga olgan holda uning qonunchiligida koʻzda tutilgan sanksiyalarni qoʻllashi mumkin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
(b) Agar (1), (5) va (6) bandga binoan ustuvorlikka nisbatan Ahdlashuvchi tomon qoʻllaydigan biron talab Yoʻriqnomada belgilangan muddat davomida bajarilmasa, (13) moddaga binoan v ustuvorlik talabi mavjud emas deb hisoblanishi mumkin. Hech bir sanksiya 5(7)(b) moddani hisobga olgan holda qoʻllanishi mumkin emas.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
7-modda
Vakillik
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
(1) [Vakillar] (a) Idoradagi har qanday jarayon uchun tayinlangan vakilga nisbatan Ahdlashuvchi tomon quyidagilarni talab qilishi mumkin:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
(i) amaldagi qonunchilik asosida idorada talabnomalar va patentlarga nisbatan ish yuritish huquqiga ega boʻlish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
(ii) Ahdlashuvchi tomon belgilagan hududdagi manzilni oʻz manzili sifatida taqdim etish.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
(b) (s) kichik bandini hisobga olgan holda idorada (a) kichik bandiga binoan Ahdlashuvchi tomon qoʻllaydigan talablarga rioya qiladigan vakil yoki vakilga nisbatan amalga oshiriladigan har qanday jarayon talabnoma beruvchi, patent egasi yoki boshqa manfaatdor shaxs yoki ushbu vakilni tayinlagan yuqorida sanab oʻtilgan shaxslarga nisbatan amalga oshiradigan harakat kuchiga ega.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
(c) Qasamyod qilish yoki rasmiy bayonot berish hollarida, yoki ishonchnoma bekor qilinganida vakilning imzosi ushbu vakilni tayinlagan talabnoma beruvchi, patent egasi yoki boshqa manfaatdor shaxs imzosining kuchiga ega emasligini Ahdlashuvchi tomon koʻzda tutishi mumkin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
(2) [Majburiy vakillik] (a) Ahdlashuvchi tomon talabnoma beruvchi, patent egasi yoki boshqa manfaatdor shaxsdan idoradagi har qanday jarayon uchun vakil tayinlashini talab qilishi mumkin, talabnoma vorisi, talabnoma beruvchi, patent egasi yoki boshqa manfaatdor shaxs quyidagi jarayonlarda mustaqil harakat qilishlari mumkin boʻlgan quyidagi holatlar bundan mustasno:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
(i) topshirish sanasi maqsadlari uchun;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
(ii) faqat boj toʻlash;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
(iii) Yoʻriqnomada belgilangan boshqa biron jarayon;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
(iv) (i) — (iii) kichik bandlarda nazarda tutilgan har qanday jarayonga nisbatan idora tomonidan tilxat yoki bildirnoma berilishi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
(b) Kuchda saqlab turish uchun boj har qanday shaxs tomonidan toʻlanishi mumkin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
(3) [Vakilni tayinlash] Vakil tayinlanganligi toʻgʻrisida idoraga Yoʻriqnomada belgilangan usul orqali xabar berilishini Ahdlashuvchi tomon koʻzda tutishi mumkin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
(4) [Boshqa talablarga yoʻl qoʻymaslik] Agar mazkur Shartnoma yoki Yoʻriqnomada koʻzda tutilmagan boʻlsa hech bir Ahdlashuvchi tomon (1) — (3) bandlar bilan tartibga solinadigan masalalarga nisbatan ushbu bandlarda aytib oʻtilgandan boshqa rasmiy talablar bajarilishini talab qilishi mumkin emas.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
(5) [Bildirishnoma] (1) — (3) bandlarga binoan Ahdlashuvchi tomon qoʻllaydigan bitta yoki bir nechta talablar bajarilmaganda, idora talabnoma vorisini, talabnoma beruvchini, patent egasini yoki boshqa manfaatdor shaxsni xabardor qiladi va Yoʻriqnomada belgilangan muddat davomida bunday talabni bajarish yoki izohlar taqdim etish imkoniyatini beradi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
(6) [Talablarni bajarmaslik] Ahdlashuvchi tomon (1) — (3) bandlarga binoan qoʻllaydigan bitta yoki bir nechta talablar Yoʻriqnomada belgilangan muddat davomida bajarilmaganda Ahdlashuvchi tomon uning qonunchiligida koʻzda tutilgan sanksiyalarni qoʻllashi mumkin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
8-modda
Xabarlar; manzillar
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
(1) [Xabarlarni yetkazish shakli va vositalari] (a) 5 (1) moddaga binoan talabnomani topshirish sanasini belgilashdan tashqari, (1) moddani hisobga olgan holda Yoʻriqnoma, (b) — (d) kichik bandlarni inobatga olib, Ahdlashuvchi tomon xabarlarni yetkazish shakllari va vositalariga nisbatan qoʻllashi mumkin boʻlgan talablarni belgilaydi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
(b) Hech bir Ahdlashuvchi tomon qogʻozdan tashqari boshqa koʻrinishda xabarlarni taqdim etilishiga yoʻl qoʻyishga majbur emas.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
(c) Hech bir Ahdlashuvchi tomon xabarlarni qogʻozda taqdim etilishini istisno etishga majbur emas.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
(d) Ahdlashuvchi tomonlar muddatlarga rioya etilishi maqsadlari uchun xabarlarni qogʻozda topshirishga yoʻl qoʻyadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
(2) [Xabarlar tili] Mazkur Shartnoma yoki Yoʻriqnomada boshqa qoida belgilanmagan boʻlsa Ahdlashuvchi tomon xabar idorada qabul qilingan tilda topshirilishini talab qilishi mumkin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
(3) [Namunaviy xalqaro blankalar] (1) (a) bandi qoidalariga qaramasdan, (1)(b) band va 6(2)(b) moddani hisobga olgan holda Ahdlashuvchi tomon Yoʻriqnomada nazarda tutilgan xabarga nisbatan xabarlarni Namunaviy xalqaro blankalarga mos blankada taqdim etilishiga yoʻl qoʻyishi mumkin, agar Yoʻriqnoma buni nazarda tutgan boʻlsa.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
(4) [Xabarlarni imzolash] (a) Agar Ahdlashuvchi tomon har qanday xabar uchun imzo talab qilsa, ushbu Ahdlashuvchi tomon Yoʻriqnomada belgilangan talablarga javob beruvchi har qanday imzoga yoʻl qoʻyadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
(b) Hech bir Ahdlashuvchi tomon har qanday imzoning tasdiqlanishi, notarial tasdiqlanishi, aslining tasdiqlanishi, legalizatsiyasini yoki boshqa tasdiqlanishini talab qilishi mumkin emas, har qanday kvazisud koʻrib chiqishlar yoki Yoʻriqnomada belgilangan holatlar bundan mustasno.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
(c) Ahdlashuvchi tomon (b) kichik bandni hisobga olgan holda idorada har qanday imzoning haqiqiyligiga shubhalanishiga asos boʻlganda idoraga dalillar taqdim etilishini talab qilishi mumkin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
(5) [Xabarlardagi koʻrsatmalar] Ahdlashuvchi tomon har qanday xabar Yoʻriqnomada nazarda tutilgan bitta yoki bir nechta koʻrsatmalardan iborat boʻlishi kerakligini talab qilishi mumkin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
(6) [Yozishmalar uchun manzil, huquqiy hujjatlarni berish uchun manzil va boshqa manzillar] Yoʻriqnomada belgilangan har qanday qoidani hisobga olgan holda Ahdlashuvchi tomon talabnoma beruvchidan, patent egasidan yoki boshqa manfaatdor shaxsdan har qanday xabarda quyidagilar koʻrsatilishini talab qilishi mumkin:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
(i) yozishmal uchun manzil;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
(ii) yuridik hujjatlarni berish uchun manzil;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
(iii) Yoʻriqnomada belgilangan har qanday boshqa manzil.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
(7) [Bildirishnoma] (1) — (6) bandlarga binoan Ahdlashuvchi tomon qoʻllaydigan bitta yoki bir nechta talablar bajarilmaganda, idora talabnoma beruvchini, patent egasini yoki boshqa manfaatdor shaxsni xabardor qiladi va Yoʻriqnomada belgilangan muddat davomida bunday talabni bajarish yoki izohlar taqdim etish imkoniyatini beradi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
(8) [Talablarni bajarmaslik] Ahdlashuvchi tomon (1) — (6) bandlarga binoan qoʻllaydigan bitta yoki bir nechta talablar Yoʻriqnomada belgilangan muddat davomida bajarilmaganda Ahdlashuvchi tomon 5 va 10-moddalarni hisobga olgan holda uning qonunchiligida koʻzda tutilgan sanksiyalarni qoʻllashi mumkin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
9-modda
Bildirishnomalar
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
(1) [Etarli bildirishnoma] Mazkur Shartnoma yoki Yoʻriqnomaga muvofiq har qanday bildirishnoma idora tomonidan 8(6) moddaga muvofiq koʻrsatilgan yozishmalar uchun manzil yoki yuridik hujjatlarni berish uchun manzil yoki ushbu qoida maqsadlari uchun va ushbu bildirishnomaga nisbatan qoidalarga mos keladigan Yoʻriqnomada koʻzda tutilgan boshqa har qanday manzil mazkur Shartnoma va Yoʻriqnoma maqsadlari uchun yetarli bildirishnoma hisoblanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
(2) [Agar bogʻlanish uchun maʼlumotlar koʻrsatilmagan boʻlsa] Mazkur Shartnoma va Yoʻriqnomada hech bir narsa Ahdlashuvchi tomonni talabnoma beruvchiga, patent egasiga yoki boshqa manfaatdor shaxsga bildirishnoma yuborish majburiyatini yuklamaydi, agar idoraga talabnoma beruvchi, patent egasi yoki boshqa manfaatdor shaxs bilan bogʻlanish imkoniyatini beruvchi maʼlumotlar taqdim etilmagan boʻlsa.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
(3) [Xabardor qilmaslik] 10 (1) moddani hisobga olgan holda agar idora talabnoma beruvchi, patent egasi yoki boshqa manfaatdor shaxsni mazkur Shartnoma yoki Yoʻriqnomaga muvofiq biron talabni bajarmaganligi toʻgʻrisida xabardor qilmasa, bunday xabardor qilmaslik talabnoma beruvchi, patent egasi va boshqa manfaatdor shaxsni ushbu talabni bajarishdan ozod qilmaydi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
10-modda
Patentning haqiqiyligi; bekor qilish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
(1) [Patentning haqiqiyligi, ayrim rasmiy talablarni bajarmaslikka bogʻliq boʻlmagan holda] Talabnomaga nisbatan patentni toʻliq yoki qisman haqiqiy emas yoki bekor qilish uchun asos boʻlmaydi, rasmiy talabni bajarmaslik maqsadli aldash natijasi boʻlgan holatlar bundan mustasno.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
(2) [Patentni haqiqiy emas deb topish yoki bekor qilish ehtimolida izohlar, oʻzgartirishlar yoki toʻgʻrilashlar kiritish imkoniyati] Patent toʻliq yoki qisman patent egasiga patentni haqiqiy emas deb topish yoki bekor qilish ehtimoli bilan izohlarni taqdim etish imkoniyatini bermasdan haqiqiy emas deb topilishi yoki bekor qilinishi mumkin emas, bunda amaldagi qonunchilikka muvofiq belgilangan muddatlarda oʻzgartirish va toʻgʻrilash kiritish imkoniyati beriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
(3) [Maxsus jarayonlarga nisbatan majburiyatlarning yoʻqligi] (1) va (2) bandlar umumiy huquqni qoʻllash amaliyotidan boshqa boʻlgan patent huquqlarini himoya qilish uchun sud jarayonlarini boshlash majburiyatini keltirib chiqarmaydi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
11-modda
Muddatlarga nisbatan yengilliklar
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
(1) [Muddatlarni uzaytirish] Ahdlashuvchi tomon talabnoma yoki patentga nisbatan idoradagi jarayon borishida harakatlarni amalga oshirish uchun idora tomonidan belgilangan muddatni Yoʻriqnomada belgilangan davrga uzaytirishni koʻzda tutishi mumkin, agar bu toʻgʻrisidagi iltimosnoma idoraga Yoʻriqnomada belgilangan talablarga muvofiq berilganda va Ahdlashuvchi tomonning tanlovi boʻyicha bunday iltimosnoma quyidagi muddatlarda topshirilgan boʻlsa:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
(i) belgilangan muddat tugashidan oldin; yoki
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
(ii) belgilangan muddat tugagandan soʻng, lekin Yoʻriqnomada belgilangan muddat ichida.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
(2) [Ish yuritishni davom ettirish] Ahdlashuvchi tomon idorasi talabnoma yoki patentga nisbatan idoradagi jarayon borishida harakatlarni amalga oshirish uchun belgilagan muddatga talabnoma beruvchi yoki patent egasi rioya qilmagan holatda, va agar Ahdlashuvchi tomon (1)(ii) bandga binoan muddatni uzaytirishni koʻzda tutmagan boʻlsa, u talabnoma yoki patent boʻyicha ish yuritishni davom ettirishni koʻzda tutadi va, agar zarur boʻlsa, ushbu talabnoma yoki patentga nisbatan talabnoma beruvchi yoki patent egasining huquqlarini tiklaydi, agar:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
(i) bu toʻgʻrisidagi iltimosnoma idoraga Yoʻriqnomada belgilangan talablarga muvofiq berilganda;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
(ii) iltimosnoma berilganda, va tegishli harakatni amalga oshirish uchun muddat qoʻllanadigan talablar Yoʻriqnomada belgilangan muddat davomida bajarilganda.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
(3) [Istisnolar] Hech bir Ahdlashuvchi tomondan (1) yoki (2) bandlarda belgilangan, Yoʻriqnomada belgilangan istisnolarga nisbatan yengilliklarni koʻzda tutishi kerakligi talab qilinmaydi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
(4) [Bojlar] Ahdlashuvchi tomon (1) yoki (2) bandlarga binoan iltimosnomaga nisbatan boj toʻlanishini talab qilishi mumkin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
(5) [Boshqa talablarni taqiqlash] Hech bir Ahdlashuvchi tomon (1) yoki (2) bandga koʻzda tutilgan yengillikka nisbatan (1) — (4) bandlarda aytib oʻtilgandan boshqa talablarning bajarilishini talab qilishi mumkin emas, agar boshqa qoida mazkur Shartnoma yoki Yoʻriqnomadan belgilanmagan boʻlsa.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
(6) [Rad etish ehtimolida izoh berish imkoniyati] (1) yoki (2) bandga binoan iltimosnoma rad etish ehtimoli munosabati bilan belgilangan muddatda talabnoma beruvchi yoki patent egasiga izoh berish imkonisiz rad etilishi mumkin emas.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
12-modda
Tegishli choralarni qabul qilishdan yoki bexosdanlik holatlarini idora aniqlaganidan soʻng huquqlarni tiklash
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
(1) [Iltimosnoma] Ahdlashuvchi tomon idorasi talabnoma yoki patentga nisbatan idoradagi jarayon borishida harakatlarni amalga oshirish uchun belgilagan muddatga talabnoma beruvchi yoki patent egasi rioya qilmagan holatda, va bunday rioya qilmaslik talabnomaga yoki patentga nisbatan huquqlarni yoʻqotishga bevosita olib kelsa idora talabnoma yoki patentga nisbatan talabnoma beruvchining yoki patent egasining huquqlarini tiklaydi, agar:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
(i) iltimosnoma idoraga Yoʻriqnomada belgilangan talablarga muvofiq topshirilsa;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
(ii) iltimosnoma berilganda, va tegishli harakatni amalga oshirish uchun muddat qoʻllanadigan talablar Yoʻriqnomada belgilangan muddat davomida bajarilganda.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
(iii) iltimosnomada muddatlarga rioya qilinmaganlik sabablari koʻrsatilganda, va
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
(iv) idoraning fikricha muddatlarga rioya qilmaslik tegishli holatlarda kerakli choralar koʻrilganiga qaramasdan vujudga kelganda yoki, Ahdlashuvchi tomonning tanlovi boʻyicha, har qanday kechikish bexosdan boʻlganida.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
(2) [Istisnolar] Hech bir Ahdlashuvchi tomondan (1) bandda belgilangan, Yoʻriqnomada belgilangan istisnolarga nisbatan huquqlarni tiklashni koʻzda tutishi kerakligi talab qilinmaydi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
(3) [Bojlar] Ahdlashuvchi tomon (1) bandga binoan iltimosnomaga nisbatan boj toʻlanishini talab qilishi mumkin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
(4) [Dalillar] Ahdlashuvchi tomon (1)(iii) bandda koʻrsatilgan sabablarni tasdiqlovchi ariza yoki boshqa dalillarni idora tomonidan belgilangan muddatda idoraga taqdim qilinishini talab qilishi mumkin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
(5) [Rad etish ehtimolida izoh berish imkoniyati] (1) bandga binoan iltimosnoma rad etish ehtimoli munosabati bilan belgilangan muddatda talabnoma beruvchi yoki patent egasiga izoh berish imkonisiz toʻliq yoki qisman rad etilishi mumkin emas.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
13-modda
Ustuvorlik talabini toʻgʻrilash yoki toʻldirish; ustuvorlik huquqini tiklash
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
(1) [Ustuvorlik talabini toʻgʻrilash va toʻldirish] Yoʻriqnomada boshqacha qoida koʻzda tutilmaganda Ahdlashuvchi tomon talabnomaga (“keyingi talabnoma”) nisbatan ustuvorlik talabini toʻgʻrilash yoki toʻldirish imkoniyatini koʻzda tutadi, agar:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
(i) bu haqidagi iltimosnoma idoraga Yoʻriqnomada belgilangan talablarga muvofiq topshirilsa;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
(ii) iltimosnoma Yoʻriqnomada belgilangan muddat davomida topshirilsa; va
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
(iii) keyingi talabnomani topshirish sanasi asosida ustuvorlik soʻralayotgan oldingi talabnomani topshirish sanasidan hisoblanadigan ustuvorlik muddati tugaydigan sanadan keyin boʻlmaganda.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
(2) [Keyingi talabnomani kechiktirib topshirish] 15-moddani hisobga olgan holda Ahdlashuvchi tomon, agar talabnomaning (“keyingi talabnoma”), oldingi talabnoma boʻyicha ustuvorlik soʻralganda yoki soʻralishi mumkin boʻlganida, topshirish sanasi ustuvorlik muddati soʻralishi mumkin boʻlgan sanadan keyin boʻlsa, lekin Yoʻriqnomada belgilangan muddatda boʻlsa idora ustuvorlik huquqini tiklaydi, agar:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
(i) bu haqidagi iltimosnoma idoraga Yoʻriqnomada belgilangan talablarga muvofiq topshirilsa;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
(ii) iltimosnoma Yoʻriqnomada belgilangan muddat davomida topshirilsa;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
(iii) iltimosnomada ustuvorlik muddatiga rioya qilmaslik sabablari koʻrsatilsa; va
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
(iv) idoraning fikricha keyingi talabnomani topshirmaslik tegishli holatlarda kerakli choralar koʻrilganiga qaramasdan vujudga kelganda yoki, Ahdlashuvchi tomonning tanlovi boʻyicha, har qanday kechikish bexosdan boʻlganida.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
(3) [Oldingi talabnomaning nusxasini taqdim etmaslik] 6(5)-moddaga muvofiq talab qilinadigan oldingi talabnoma nusxasi Yoʻriqnomaning 6-moddasiga binoan belgilangan muddatda idoraga taqdim etilmaganda idora ustuvorlik huquqini tiklashini Ahdlashuvchi tomon koʻzda tutadi, agar:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
(i) bu haqidagi iltimosnoma idoraga Yoʻriqnomada belgilangan talablarga muvofiq topshirilsa;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
(ii) iltimosnoma 6(5)-moddaga binoan Yoʻriqnomada belgilangan oldingi talabnoma nusxasini topshirish uchun muddat davomida topshirilsa;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
(iii) idoraning fikricha nusxani taqdim etish toʻgʻrisidagi iltimosnoma oldingi talabnoma topshirilgan idoraga Yoʻriqnomada belgilangan muddat davomida topshirilsa; va
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
(iv) oldingi talabnoma nusxasi Yoʻriqnomada belgilangan muddat davomida taqdim etilganda.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
(4) [Bojlar] Ahdlashuvchi tomon (1) — (3) bandlarga binoan iltimosnomaga nisbatan boj toʻlanishini talab qilishi mumkin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
(5) [Dalillar] Ahdlashuvchi tomon (2)(iii) bandda koʻrsatilgan sabablarni tasdiqlovchi ariza yoki boshqa dalillarni idora tomonidan belgilangan muddatda idoraga taqdim qilinishini talab qilishi mumkin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
(6) [Rad etish ehtimolida izoh berish imkoniyati] (1) — (3) bandlarga binoan iltimosnoma rad etish ehtimoli munosabati bilan belgilangan muddatda talabnoma beruvchi yoki patent egasiga izoh berish imkonisiz toʻliq yoki qisman rad etilishi mumkin emas.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
14-modda
Yoʻriqnoma
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
(1) [Mazmuni] (a) Mazkur Shartnomaga ilova qilinadigan Yoʻriqnoma quyidagilarga taalluqli qoidalardan iborat:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
(i) mazkur Shartnomada Yoʻriqnomada belgilanganligi koʻzda tutilgan masalalar;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
(ii) mazkur Shartnoma qoidalarini bajarishda foydali boʻlgan batafsilliklar;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
(iii) maʼmuriy talablar, masalalar yoki jarayonlar.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
(b) Yoʻriqnomada Ahdlashuvchi tomon iltimosnomalarga nisbatan qoʻllashi mumkin boʻlgan rasmiy talablarga taalluqli qoidalar koʻzda tutilgan:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
(i) nomi yoki manzilini oʻzgartirish toʻgʻrisidagi yozuvlarni kiritish toʻgʻrisida;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
(ii) talabnoma beruvchi yoki patent egasi oʻzgarishi toʻgʻrisidagi yozuvlarni kiritishi toʻgʻrisidagi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
(iii) litsenziya yoki garov toʻgʻrisidagi yozuvni kiritish toʻgʻrisidagi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
(iv) xatolarni toʻgʻrilash toʻgʻrisidagi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
(c) Yoʻriqnomada Xalqaro byuro koʻmagida Assambleya tomonidan Namunaviy xalqaro blankalarni qabul qilish, hamda 6(2)(b)-modda maqsadlari uchun ariza blankasini qabul qilishni koʻzda tutadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
(2) [Yoʻriqnomaga toʻgʻrilashlarni kiritish] (3) bandni hisobga olgan holda Yoʻriqnomaga har qanday toʻgʻrilashlarni kiritish ovozlarning toʻrtdan uch qismiga teng koʻpchilikni talab etadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
(3) [Bir ovozlik talabi] (a) Yoʻriqnoma Yoʻriqnomaga kiritilishi mumkin boʻlgan tuzatishlar faqat bir ovozdan qabul qilingan qaror bilan kiritilishi mumkin boʻlgan qoidalarni aniqlashi mumkin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
(b) Yoʻriqnomada belgilangan qoidalarga biron qoidani qoʻshish yoki chiqarib tashlashga olib keladigan Yoʻriqnomaga toʻgʻrilashlar (a) kichik bandga binoan bir ovozdan qabul qilingan qarorni talab etadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
(c) Bir ovozga erishganlikni aniqlashda ovoz berishda berilgan haqiqiy ovozlar hisobga olinadi. Betaraflar ovozlari hisobga olinmaydi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
(4) [Shartnoma va Yoʻriqnoma oʻrtasidagi kelishmovchiliklar] Mazkur Shartnoma va Yoʻriqnoma qoidalari oʻrtasidagi kelishmovchiliklar yuzaga kelganda Shartnoma qoidalari qoʻllaniladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
15-modda
Parij konvensiyasi bilan aloqadorlik
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
(1) [Parij konvensiyasiga rioya qilish majburiyati] Har bir Ahdlashuvchi tomon patentlarga nisbatan Parij konvensiyasining qoidalariga rioya qiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
(2) [Parij konvensiyasiga muvofiq majburiyatlar va huquqlar] (a) Mazkur Shartnomadagi hech bir narsa Ahdlashuvchi tomonlarning Parij konvensiyasiga muvofiq bir biriga nisbatan olgan majburiyatlarini bekor qilmaydi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
(b) Mazkur Shartnomadagi hech bir narsa talabnoma beruvchilar va patent egalarining Parij konvensiyasiga muvofiq foydalanadigan huquqlarini kamsitmaydi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
16-modda
Patent hamkorligi toʻgʻrisidagi shartnomaning qayta koʻrilishi, toʻgʻrilanishi va oʻzgartirishining amal qilishi
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
(1) [Patent hamkorligi toʻgʻrisidagi shartnomaning qayta koʻrilishi, toʻgʻrilanishi va oʻzgartirishining qoʻllanishi] (2) bandni hisobga olgan holda Patent hamkorligi toʻgʻrisidagi shartnoma 2000-yil 2-iyundan keyin qilingan va mazkur Shartnoma moddalariga mos keladigan qayta koʻrilish, toʻgʻrilanish va oʻzgartirishlar mazkur Shartnoma va Yoʻriqnoma maqsadlari uchun Assambleya har bir holat uchun alohida ovozlarning toʻrtdan uch qismiga teng koʻpchiligi bilan tegishli qaror qabul qilganda qoʻllaniladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
(2) [Patent hamkorligi toʻgʻrisidagi shartnomaning oʻtish qoidalarining qoʻllanmasligi] Patent hamkorligi toʻgʻrisidagi shartnomaning har qanday qoidasi va shu sababdan mazkur Shartnomaning toʻgʻrilangan va oʻzgartirilgan qoidasi mazkur Shartnomaning ishtirokchi-davlatiga nisbatan, yoki bunday davlat idorasiga nisbatan yoki bunday davlat nomidan ish yurituvchi idoraga nisbatan davlat yoki idora qonunchiligi qoʻllaydigan qonunchilikka zid boʻlgan davrda mazkur Shartnoma va Yoʻriqnoma maqsadlarida qoʻllanilmaydi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
17-modda
Assambleya
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
(1) [Tarkib] (a) Ahdlashuvchi tomonlar Assambleyaga ega.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
(b) Har bir Ahdlashuvchi tomon Assambleyada bitta vakilga ega, u oʻrinbosarlarga, maslahatchilarga va ekspertlarga ega boʻlishi mumkin. Har bir vakil bitta Ahdlashuvchi tomonning vakili boʻlishi mumkin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
(2) [Vazifalar] Assambleya:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
(i) mazkur Shartnomani saqlash va rivojlantirish va uni qoʻllashga taalluqli masalalarni qoʻrib chiqadi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
(ii) Xalqaro byuro koʻmagida 14(1)(c)-moddada koʻzda tutilgan Namunaviy xalqaro blankalar va ariza blankasini ishlab chiqadi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
(iii) Yoʻriqnomaga toʻgʻrilashlar kiritadi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
(iv) (ii) koʻzda tutilgan va (iii) koʻzda tutilgan har bir toʻgʻrilash uchun har bir Namunaviy xalqaro blank va ariza blankasini qoʻllash sanasi uchun shartlarni aniqlaydi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
(v) 16(1)-moddaga muvofiq Patent hamkorligi toʻgʻrisidagi shartnomani har qanday qayta koʻrib chiqish, uni toʻgʻrilash va oʻzgartirish mazkur Shartnoma va Yoʻriqnoma maqsadlari uchun qoʻllanishini hal qiladi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
(vi) mazkur Shartnomadan kelib chiquvchi barcha boshqa vazifalarni bajaradi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
(3) [Kvorum] (a) Davlat boʻlgan Assambleya aʼzolarining yarmi kvorumni tashkil qiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
(b) (a) kichik bandining qoidalariga qaramasdan, agar biron-bir sessiyada Assambleya aʼzolarining soni yarmidan kam boʻlsa, lekin davlat boʻlgan Assambleya aʼzolarining uchdan biriga teng yoki undan ortiq boʻlsa Assambleya qaror qabul qilishi mumkin, ammo Assambleyaning barcha qarorlari, uning oʻz jarayoni qoidalari taalluqli qarorlar bundan mustasno, quyidagi shartlar bajarilganda majburiy boʻladi. Ushbu qarorlarni Xalqaro byuro vakili ishtirok etmagan davlat boʻlgan Assambleya aʼzolariga yuboradi va qaror joʻnatilgan sanadan oʻn oy ichida yozma ravishda ushbu qarorlarga ovoz berishi, qarshi boʻlishi yoki betaraf boʻlishi toʻgʻrisida xabar berishini taklif qiladi. Agar ushbu muddat oʻtgandan soʻng bunday tarzda ovoz bergan yoki betaraf boʻlgan aʼzolarning soni sessiyadagi kvorum uchun yetmayotgan songa yetganida bunday qarorlar zarur boʻlgan koʻpchilik saqlanib qolganda kuchga kiradi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
(4) [Assambleyada qarorlarni qabul qilish] (a) Assambleya oʻz qarorlarini konsensus asosida qabul qilishga intiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
(b) Konsensus asosida qaror qabul qilish imkoniyati boʻlmagan holatda muhokamadagi masala boʻyicha qaror ovoz berish orqali qabul qilinadi. Bunda:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
(i) davlat boʻlgan har bir Ahdlashuvchi tomon bitta ovozga ega va faqat oʻz nomidan ovoz beradi; va
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
(ii) hukumatlararo tashkilot boʻlgan har qanday Ahdlashuvchi tomon oʻz aʼzo-davlatlari uchun ovoz berishda qatnashishi mumkin, bunda ovozlar soni mazkur Shartnomaning ishtirokchisi boʻlgan unga aʼzo-davlatlar soniga teng boʻlishi kerak. Bunday hukumatlararo tashkilotning hech biri agar unga aʼzo-davlatlarning biron-biri ovoz berishda qatnashishda oʻz huquqidan foydalansa, va aksincha. Bundan tashqari, hech bir bunday hukumatlararo tashkilot ovoz berishda qatnashmaydi, agar unga aʼzo-davlat, mazkur Shartnomada ishtirok etganda, biron-biri boshqa hukumatlararo tashkilotga aʼzo-davlat boʻlganida, va ushbu hukumatlararo tashkilot ovoz berishda qatnashganida.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
(5) [Koʻpchilik] (a) 14(2) va (3), 16(1)-moddalar, hamda 19(3)-modda qoidalariini hisobga olgan holda Assambleya ovoz berganlarning uchdan ikki qismidagi koʻpchilik bilan oʻz qarorlarini qabul qiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
(b) Kerakli koʻpchilikka erishilganligini aniqlashda ovoz berishda haqiqatdan berilgan ovozlar inobatga olinadi. Betaraf ovozlar inobatga olinmaydi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
(6) [Sessiyalar] Assambleya navbatdagi sessiyaga ikki yilda bir marta Bosh direktor chaqirigʻi bilan yigʻiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
(7) [Jarayon qoidalari] Assambleya oʻz jarayon qoidalarini qabul qiladi, shu hisobda favqulodda sessiyalarni chaqirish qoidalari.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
18-modda
Xalqaro byuro
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
(1) [Maʼmuriy vazifalar] (a) Xalqaro byuro mazkur Shartnomaga taalluqli maʼmuriy vazifalarni amalga oshiradi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
(b) Xususan, Xalqaro byuro yigʻilishlarni tayyorlaydi, Assambleya kotibiyati va Assambleya taʼsis etishi mumkin boʻlgan ekspertlar qoʻmitalari va ishchi guruhlar vazifalarini bajaradi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
(2) [Assambleya sessiyalaridan tashqari boshqa yigʻilishlar] Bosh direktor Assambleya tashkil etgan har qanday qoʻmita va ishchi guruh yigʻilishlarini chaqiradi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
(3) [Assambleya va boshqa yigʻilishlarda Xalqaro byuroning roli] (a) Bosh direktor va Bosh direktor tomonidan tayinlangan shaxslar Assambleya, Assambleya tomonidan taʼsis etilgan qoʻmitalar va ishchi guruhlarning barcha yigʻilishlarida ovoz berish huquqisiz qatnashadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
(b) Bosh direktor va Bosh direktor tomonidan tayinlangan shtat xodimi Assambleyaning va (a) kichik bandida aytib oʻtilgan qoʻmitalar va ishchi guruhlarning exofficio kotibi hisoblanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
(4) [Anjumanlar] (a) Xalqaro byuro Assambleya koʻrsatmasiga muvofiq qayta koʻrish boʻyicha har qanday anjumanni tayyorlash ishlarini amalga oshiradi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
(b) Xalqaro byuro Tashkilotga aʼzo-davlatlar, hukumatlararo va xalqaro tashkilotlar bilan aytib oʻtilgan tayyorlash ishlariga taalluqli masalalar boʻyicha maslahatlashishi mumkin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
(c) Bosh direktor va Bosh direktor tomonidan tayinlangan shaxslar anjumanlardagi muhokamalarda ovoz berish huquqisiz qatnashadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
(5) [Boshqa vazifalar] Xalqaro byuro mazkur Shartnoma bilan bogʻliq unga yuklatilgan har qanday vazifalarni bajaradi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
19-modda
Qayta koʻrib chiqishlar
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
(1) [Shartnomani qayta koʻrib chiqish] (2) band qoidalarini hisobga olgan holda mazkur Shartnoma Ahdlashuvchi tomonlarning anjumanida qayta koʻrib chiqilishi mumkin. Qayta koʻrib chiqish boʻyicha anjumanni chaqirish boʻyicha qaror Assambleya tomonidan qabul qilinadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
(2) [Shartnomaning ayrim qoidalarini qayta koʻrib chiqish va toʻgʻrilash] 17(2) va (6)-moddaga toʻgʻrilashlar qayta koʻrib chiqish boʻyicha anjuman yoki (3) band qoidalariga muvofiq Assambleya tomonidan kiritilishi mumkin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
(3) [Shartnomaning ayrim qoidalariga Assambleya tomonidan kiritiladigan toʻgʻrilashalar] (a) 17(2) va (6)-moddaga Assambleya tomonidan toʻgʻrilashlar kiritish toʻgʻrisidagi takliflar biron bir Ahdlashuvchi tomon yoki Bosh direktor tomonidan berilishi mumkin. Bunday takliflarni Bosh direktor ularni Assambleyada koʻrib chiqishdan kamida 6 oy oldin Ahdlashuvchi tomonlarga joʻnatadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
(b) (a) kichik bandda koʻzda tutilgan qoidalarga har qanday toʻgʻrilashlarni qabul qilish ovozlarning koʻpchilik toʻrtdan uch qismini talab etadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
(c) (a) kichik bandida koʻzda tutilgan qoidalarga har qanday toʻgʻrilashlar Assambleya ularni qabul qilgan sanaga unga aʼzo boʻlgan Ahdlashuvchi tomonlarning toʻrtdan uch qismidan Bosh direktor tomonidan Ahdlashuvchi tomonlarning konstitutsion jarayonlariga muvofiq yozma bildirishnomalarni qabul qilganidan soʻng 6 oydan keyin kuchga kiradi. Bunday tarzda qabul qilingan aytib oʻtilgan qoidalarga har qanday toʻgʻrilash barcha Ahdlashuvchi tomonlar uchun toʻgʻrilash kuchga kirgan sanaga majburiydir, ushbu toʻgʻrilashlar keyinroq Ahdlashuvchi tomon boʻladigan davlatlar va hukumatlararo tashkilotlar uchun ham majburiydir.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
20-modda
Shartnomada ishtirok etish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
(1) [Davlatlar] Parij konvensiyasiga yoki Tashkilotga aʼzo boʻlgan har qanday davlat va unga nisbatan ushbu davlat idorasi, yoki boshqa davlat idorasi yoki hukumatlararo tashkilot tomonidan patentlar berilishi mumkin boʻlgan davlat mazkur Shartnomaning ishtirokchisi boʻlishi mumkin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
(2) [Hukumatlararo tashkilotlar] Har qanday hukumatlararo tashkilot mazkur Shartnoma ishtirokchisi boʻlishi mumkin, agar ushbu hukumatlararo tashkilotning kamida bitta aʼzosi — davlat Parij konvensiyasi yoki Tashkilot aʼzosi boʻlsa, va ushbu hukumatlararo tashkilot uning ichki jarayonlariga muvofiq mazkur Shartnoma aʼzo boʻlishga vakolatlangan boʻlsa va quyidagilarni maʼlum qilsa:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
(i) u unga aʼzo-davlatlarga nisbatan amal qiluvchi patentlarni berishga vakolatlarga egaligini; yoki
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
(ii) u mazkur Shartnoma bilan tartibga solinadigan masalalarga nisbatan vakolatga egaligini, unga aʼzo-davlatlar uchun majburiy boʻlgan tegishli oʻz qonunchiligiga egaligini va u ushbu qonunchilikka muvofiq uning hududida amal qiluvchi patentlarni berish maqsadida hududiy idoraga egaligini yoki vakolatlarni berganligini.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
(3) bandni hisobga olib bunday bayonot ratifikatsiya qilish yoki qoʻshilish toʻgʻrisidagi hujjatni topshirayotgan vaqtda amalga oshiriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
(3) [Hududiy patent tashkilotlari] Yevropa patent tashkiloti, Yevrosiyo patent tashkiloti va Afrika hududiy sanoat mulki tashkiloti (2)(i) yoki (ii) banddagi bayonotni mazkur Shartnomani qabul qilgan Diplomatik anjumanda amalga oshirish, mazkur Shartnomada hukumatlararo tashkilot sifatida ishtirok etishlari mumkin, agar ratifikatsiya ilish yoki qoʻshilish toʻgʻrisidagi hujjatni saqlash uchun topshirida uning ichki jarayonlariga muvofiq mazkur Shartnomaning ishtirokchisi boʻlishga vakolatlanganligini bayonot qilsa.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
(4) [Ratifikatsiya yoki qoʻshilish] (1), (2) yoki (3) bandlarning talablariga javob beruvchi har qanday davlat yoki hukumatlararo tashkilot quyidagilarni saqlash uchun topshirishi mumkin:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
(i) ushbu davlat yoki tashkilot mazkur Shartnomani imzolaganda ratifikatsiya qilishi toʻgʻrisidagi hujjat; yoki
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
(ii) ushbu davlat yoki tashkilot mazkur Shartnomani imzolamaganda qoʻshilish toʻgʻrisidagi hujjat.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
21-modda
Shartnomaning kuchga kirishi; Ratifikatsiyalar va qoʻshilishlarning kuchga kirish sanasi
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
(1) [Mazkur Shartnomaning kuchga kirishi] Mazkur Shartnoma oʻnta davlat Bosh direktorga ratifikatsiya yoki qoʻshilish toʻgʻrisidagi hujjatlarini topshirgandan soʻng uch oydan keyin kuchga kiradi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
(2) [Ratifikatsiyalar va qoʻshilishlarning kuchga kirish sanasi] Mazkur Shartnoma quyidagilarni oʻz qoidalari bilan bogʻlaydi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
(i) (1) bandda aytib oʻtilgan oʻnta davlat mazkur Shartnoma kuchga kirgan sanadan boshlab;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
(ii) har qanday boshqa davlat oʻzining ratifikatsiya qilish yoki qoʻshilish toʻgʻrisidagi hujjatni Bosh direktorga saqlash uchun topshirgandan keyin uch oydan soʻng, yoki ushbu hujjatda koʻrsatilgan kechroq sanaga, lekin saqlash uchun topshirilgandan soʻng olti oydan kechikmasdan;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
(iii) Yevropa patent tashkiloti, Yevrosiyo patent tashkiloti va Afrika hududiy sanoat mulki tashkilotining har birini ratifikatsiya qilish yoki qoʻshilish toʻgʻrisidagi hujjatlarni topshirgandan soʻng uch oy oʻtgandan keyin, yoki ushbu hujjatda koʻrsatilgan kechroq sanaga, lekin saqlash uchun topshirilgandan soʻng olti oydan kechikmasdan, agar bunday hujjat saqlash uchun (1) bandga binoan mazkur Shartnoma kuchga kirgandan keyin, yoki mazkur Shartnoma kuchga kirgandan keyin uch oydan soʻng, agar saqlash uchun bunday hujjat mazkur Shartnoma kuchga kirishidan oldin topshirilgan boʻlsa;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
(iv) mazkur Shartnomaga aʼzo boʻlish huquqiga ega har qanday boshqa hukumatlararo tashkilotni ratifikatsiya qilish yoki qoʻshilish toʻgʻrisidagi hujjatlarni topshirgandan soʻng uch oy oʻtgandan keyin, yoki ushbu hujjatda koʻrsatilgan kechroq sanaga, lekin saqlash uchun topshirilgandan soʻng olti oydan kechikmasdan.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
22-modda
Shartnomani mavjud talabnomalar va patentlarga qoʻllash
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
(1) [Tamoyil] (2) bandni hisobga olgan holda Ahdlashuvchi tomon mazkur Shartnoma va Yoʻriqnomani, 5-modda va 6(1) va (2)-modda va ularga aloqador Yoʻriqnoma bundan mustasno, ushbu Ahdlashuvchi tomon mazkur Shartnoma qoidalari bilan 21-moddaga muvofiq bogʻliq boʻladigan sanaga koʻrib chiqilayotgan va ushbu sanaga amal qiladigan patentlarga nisbatan qoʻllaydi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
(2) [Jarayonlar] Hech bir Ahdlashuvchi tomon mazkur Shartnoma va Yoʻriqnomani (1) bandda koʻzda tutilgan talabnomalar va patentlar boʻyicha ish yuritishga qoʻllashga majbur emas, agar ushbu jarayon 21-moddaga muvofiq mazkur Shartnomaning qoidalari bilan bogʻliq boʻlgan sanadan oldin boshlansa.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
23-modda
Alohida shartlar
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
(1) [Alohida shart] Har qanday davlat yoki hukumatlararo tashkilot alohida shart sifatida 6(1)-modda qoidalari xalqaro talabnomaga Patent hamkorligi toʻgʻrisidagi Shartnomaga muvofiq qoʻllanadigan ixtironing birligiga nisbatan hech bir talabga qoʻllanilmasligini bayonot qilishi mumkin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
(2) [Alohida shartlarni topshirish usuli] Har qanday alohida shart (1) bandga muvofiq bayonot qiluvchi tegishli davlat yoki hukumatlararo tashkilotning mazkur Shartnomani ratifikatsiya qilishi yoki unga qoʻshilishi toʻgʻrisidagi hujjatga ilova qilinadigan bayonotda keltiriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
(3) [Chaqirib olish] (1) bandga muvofiq har qanday alohida shart istalgan vaqtda chaqirib olinishi mumkin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
(4) [Boshqa alohida shartlarni taqiqlash] (1) bandda koʻzda tutilgan holatdan tashqari mazkur Shartnomaga boshqa hech qanday alohida shartlar yoʻl qoʻyilmaydi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
24-modda
Shartnomani denonsatsiya qilish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
(1) [Bildirishnoma] Har qanday Ahdlashuvchi tomon Bosh direktorga joʻnatiladigan bildirishnoma orqali mazkur Shartnomani denonsatsiya qilishi mumkin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
(2) [Kuchga kirish sanasi] Har qanday denonsatsiya Bosh direktor bildirishnomani olgandan soʻng bir yildan keyin kuchga kiradi, yoki bildirishnomada koʻrsatilgan istalgan keyingiroq sanadan kuchga kiradi. Denonsatsiya mazkur Shartnoma denonsatsiyasi kuchga kiruvchi sanaga denonsatsiya qiluvchi Ahdlashuvchi tomonda koʻrib chiqilayotgan talabnoma yoki amal qilayotgan patentga nisbatan qoʻllanmaydi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
25-modda
Shartnoma tillari
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
(1) [Haqiqiy matnlar] Mazkur Shartnoma bitta nusxada ingliz, arab, ispan, xitoy, rus va fransuz tillarida imzolanadi, faqat ushbu matnlar haqiqiydir.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
(2) [Rasmiy matnlar] (1) bandda aytib oʻtilgan har qanday tildagi rasmiy matn Bosh direktor tomonidan manfaatdor tomonlar bilan maslahatlardan soʻng tasdiqlanadi. Ushbu band maqsadlari uchun manfaatdor tomon mazkur Shartnomaga aʼzo boʻlgan har qanday davlat yoki 20(1)-moddaga binoan Shartnoma ishtirokchisi boʻlish huquqiga ega har qanday davlatni anglatadi, bunda gap borayotgan til uning rasmiy tili yoki rasmiy tillardan biri boʻlsa va Yevropa patent tashkiloti, Yevrosiyo patent tashkiloti va Afrika hududiy sanoat mulki tashkiloti hamda Shartnoma ishtirokchisi boʻlgan yoki ishtirokchisi boʻlishi mumkin boʻlgan har qanday boshqa hukumatlararo tashkilot, agar gap borayotgan til uning rasmiy tillaridan biri boʻlsa.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
(3) [Haqiqiy matnlarning ustuvorligi] Haqiqiy va rasmiy matnlar asosida izohlardan farqli fikrlar mavjudligida haqiqiy matnlar qoʻllaniladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
26-modda
Shartnomani imzolash
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Mazkur Shartnoma 20(1)-moddaga binoan Tashkilotning bosh qarorgohida uni qabul qilgandan soʻng bir yildan soʻng Shartnoma ishtirokchisi boʻlish huquqiga ega har qanday davlat uchun imzolash uchun ochiq hamda Yevropa patent tashkiloti, Yevrosiyo patent tashkiloti va Afrika hududiy sanoat mulki tashkiloti uchun.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
27-modda
Depozitariy; roʻyxatdan oʻtkazish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
(1) [Depozitariy] Bosh direktor mazkur Shartnomaning depozitariysidir.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
(2) [Roʻyxatdan oʻtkazish] Bosh direktor mazkur Shartnomani Birlashgan Millatlar Tashkilotining Kotibiyatida roʻyxatdan oʻtkazadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
(imzolar)