OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI MARKAZIY BANKI BOShQARUVINING
QARORI
BANK KASSALARIDAGI NAQD PUL QOLDIQLARIGA LIMITLAR BELGILASh VA ULARGA RIOYA ETILIShINI NAZORAT QILISh TARTIBI TOʻGʻRISIDAGI NIZOMGA QOʻShIMChA VA OʻZGARTIRIShLAR KIRITISh HAQIDA
[Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 2008-yil 23-aprelda 1598-1-son bilan davlat roʻyxatidan oʻtkazildi]
Mazkur qaror Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki Boshqaruvining 2018-yil 24-fevraldagi 7/15-sonli “Bank kassalaridagi naqd pul qoldiqlariga limitlar belgilash va ularga rioya etilishini nazorat qilish tartibi toʻgʻrisida nizomni tasdiqlash haqida”gi qaror, shuningdek unga oʻzgartirishlar va qoʻshimchani oʻz kuchini yoʻqotgan deb topish haqida”gi qaroriga (roʻyxat raqami 1598-3, 01.05.2018-y.) asosan oʻz kuchini yoʻqotgan.
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Naqd pul mablagʻlarini jalb qilish va unga boʻlgan ehtiyojni taʼminlash borasidagi qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida”gi 2008-yil 27-martdagi PQ-822-sonli qaroriga muvofiq Markaziy bank Boshqaruvi qaror qiladi:
2. Ushbu qaror Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligida davlat roʻyxatidan oʻtkazilgan kundan oʻn kun oʻtgandan keyin kuchga kiradi.
Markaziy bank Boshqaruvi raisi F. MULLAJONOV
Toshkent sh.,
2008-yil 12-aprel,
9/2-son
Markaziy bank Boshqaruvining 2008-yil 12-apreldagi 9/2-sonli qarori bilan
TASDIQLANGAN
TASDIQLANGAN
Bank kassalaridagi naqd pul qoldiqlariga limitlar belgilash va ularga rioya etilishini nazorat qilish tartibi toʻgʻrisidagi nizomga kiritilayotgan qoʻshimcha va oʻzgartirishlar
1. 1-bandning uchinchi xatboshidagi “bank kassalaridan qilinadigan oʻrtacha bir kunlik naqd puldagi chiqimlar” soʻzlari, “banklar mijozlarining naqd pul mablagʻlariga boʻlgan ikki kunlik ehtiyojlari darajasi” soʻzlari bilan almashtirilsin.
2. 3-band quyidagi tahrirdagi ikkinchi xatboshi bilan toʻldirilsin:
“Markaziy bank belgilangan naqd pul zaxiralarining eng kam miqdorini ish haqi, pensiya, stipendiya va ijtimoiy nafaqalar miqdorining oʻzgarishidan kelib chiqqan holda, mutanosib ravishda oʻzgartirish boʻyicha tezkor choralarni koʻrib boradi”;
3. 14-banddagi “qonunchilikda belgilangan tartibda tegishli choralar koʻriladi” soʻzlari “Oʻzbekiston Respublikasi Mehnat kodeksining 181 va 182-moddalariga muvofiq intizomiy choralar qoʻllaniladi” soʻzlari bilan almashtirilsin.
(Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2008-y., 17-son, 142-modda)