Hujjat kuchini yo‘qotgan 01.03.2018 22.04.2008 yilda ro‘yxatdan o‘tgan, ro‘yxat raqami 1797
ONLINE TRANSLATE
Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligining, Oʻzbekiston Respublikasi Davlat arxitektura va qurilish qoʻmitasining, “Oʻzavtoyoʻl” Davlat-aksiyadorlik kompaniyasining qarori, 22.04.2008 yilda ro‘yxatdan o‘tgan, ro‘yxat raqami 1797
Kuchga kirish sanasi
02.05.2008
Hujjat kuchini yo‘qotgan 01.03.2018
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI MOLIYA VAZIRLIGI
OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI DAVLAT ARXITEKTURA VA QURILISh QOʻMITASI
“OʻZAVTOYOʻL” DAVLAT-AKSIYADORLIK KOMPANIYASINING
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
QARORI
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“TRANSYOʻLQURILISh” KOMPANIYASI BAJARGAN MEXANIZATSIYALAShGAN IShLAR UChUN PUDRATChI TAShKILOTLAR TOMONIDAN TOʻLOVLARNI AMALGA OShIRISh TARTIBI TOʻGʻRISIDAGI NIZOMNI TASDIQLASh HAQIDA
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
[Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 2008-yil 22-aprelda 1797-son bilan davlat roʻyxatidan oʻtkazildi]
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
 LexUZ sharhi
Mazkur qaror Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi, Davlat arxitektura va qurilish qoʻmitasi va Avtomobil yoʻllari davlat qoʻmitasining 2018-yil 12-fevraldagi 26, 2, 01-33-sonli “Transyoʻlqurilish” kompaniyasi bajargan mexanizatsiyalashgan ishlar uchun pudratchi tashkilotlar tomonidan toʻlovlarni amalga oshirish tartibi toʻgʻrisidagi nizomni tasdiqlash haqida”gi qarorni oʻz kuchini yoʻqotgan deb topish toʻgʻrisida”gi qaroriga (roʻyxat raqami 1797-1, 01.03.2018-y.) asosan oʻz kuchini yoʻqotgan.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2008-yil 28-fevraldagi PQ-804-sonli “Osiyo taraqqiyot banki ishtirokida “Mintaqaviy avtomobil yoʻllarini rivojlantirish” loyihasini amalga oshirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi qarori (Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2008-yil, 10-11-son, 55-modda) ijrosini taʼminlash maqsadida Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi, Davlat arxitektura va qurilish qoʻmitasi va “Oʻzavtoyoʻl” Davlat-aksiyadorlik kompaniyasi qaror qiladilar:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1. “Transyoʻlqurilish” kompaniyasi bajargan mexanizatsiyalashgan ishlar uchun pudratchi tashkilotlar tomonidan toʻlovlarni amalga oshirish tartibi toʻgʻrisidagi nizom ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2. Mazkur qaror Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligida davlat roʻyxatidan oʻtkazilgan kundan boshlab oʻn kundan keyin kuchga kiradi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Moliya vaziri R. AZIMOV
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Toshkent sh.,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2008-yil 4-aprel,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
33-son
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Davlat arxitektura va qurilish qoʻmitasi raisi N. XANOV
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Toshkent sh.,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2008-yil 4-aprel,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
5-son
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“Oʻzavtoyoʻl” DAK raisi M. ABDULLAYEV
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Toshkent sh.,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2008-yil 4-aprel,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1-mh-son
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Moliya vazirligi, Davlat arxitektura va qurilish qoʻmitasi va “Oʻzavtoyoʻl” Davlat aksionerlik kompaniyasining 2008-yil 4-apreldagi 33, 5, 1-mh-sonli qarori bilan
TASDIQLANGAN
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Mexanizatsiyalashgan ishlarni bajarganligi uchun “Transyoʻlqurilish” kompaniyasi bilan pudrat tashkilotlarining hisob-kitob qilish tartibi toʻgʻrisida
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
NIZOM
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1. Ushbu Nizom Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Osiyo taraqqiyot banki ishtirokidagi “Mintaqaviy avtomobil yoʻllarini rivojlantirish” loyihasini amalga oshirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2008-yil 28-fevraldagi PQ-804-sonli qarorining (Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2008-yil 10-11-son, 55-modda) 5-bandiga asosan mexanizatsiyalashgan yoʻl-qurilish va taʼmirlash ishlarini bajarganligi uchun “Transyoʻlqurilish” kompaniyasi (keyingi oʻrinlarda — Kompaniya deb yuritiladi) bilan pudrat tashkilotlarining hisob-kitob qilish tartibini belgilaydi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2. Kompaniya zimmasiga pudrat tashkilotlari (ishlarning bajaruvchilari) bilan shartnoma asosida umumiy foydalanishdagi avtomobil yoʻllarini qurish, tiklash va taʼmirlashda yoʻl-qurilish texnikasi, uskunalar va ulardan foydalana oladigan malakali mutaxassislardan foydalangan holda mexanizatsiyalashgan ishlarni bajarish yuklatiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3. Pudrat tashkilotlari yoʻl-qurilish va taʼmirlash ishlari uchun pudrat shartnomasi tuzilguncha loyiha hujjatlarida koʻzda tutilgan bajariladigan ishlarning hajmiga muvofiq yoʻl-qurilish texnikasi va uskunalariga boʻlgan ehtiyojni aniqlaydi hamda Kompaniyaga tegishli arizani taqdim qiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
4. Kompaniya yoʻl-qurilish texnikasi, uskunalar va ulardan foydalana oladigan malakali mutaxassislardan foydalangan holda mexanizatsiyalashgan yoʻl-qurilish va taʼmirlash ishlarini bajarish uchun pudrat tashkilotlarining arizalarini qabul qiladi va umumlashtiradi, texnika, uskunalar va ulardan foydalana oladigan malakali mutaxassislar bilan taʼminlay olish imkoniyatlarining mavjudligidan kelib chiqib, pudrat tashkilotlari bilan shartnomalar tuzadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
5. Kompaniya tomonidan bajarilgan mexanizatsiyalashgan ishlar uchun hisob-kitoblar pudrat tashkilotlari bilan tuzilgan shartnoma talablariga muvofiq, mexanizatsiyalashgan ishlar hajmiga bogʻliq holda amalga oshiriladi. Bunda pudrat tashkiloti Kompaniya tomonidan bajarilgan mexanizatsiyalashgan ishlarning toʻlovini amalga oshiradi, avtomobil yoʻllarini qurish, tiklash va taʼmirlash boʻyicha bajarilgan ishlarning umumiy hajmi esa belgilangan tartibda pudrat tashkilotining hisobiga kiritiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
6. Mexanizatsiyalashgan yoʻl-qurilish va taʼmirlash ishlarining qiymati pudrat ishlari bozori konyunkturasi va Kompaniya xoʻjalik faoliyatining yuzaga kelgan koʻrsatgichlaridan kelib chiqqan zaruriy rentabellik darajasini hisobga olgan holda, jumladan, texnika va uskunalardan foydalanish boʻyicha bevosita va boshqa xarajatlarni hisobga olib aniqlanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
7. Texnika va uskunalardan foydalanish va xizmat koʻrsatish boʻyicha bevosita xarajatlar tegishli texnika va uskunalardan foydalanish uchun qilinadigan joriy xarajatlardan, shuningdek, ishlarning joydan-joyga koʻchishini hisobga olgan holda ulardan foydalanadigan shaxsning ish haqi uchun qilinadigan xarajatlardan tashkil topadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
8. Texnika va uskunalardan foydalanish uchun qilinadigan xarajatlar texnika va uskunalarning har bir turi va xili uchun joriy narxlarda mashina-soatlarda bajarilgan ishlarning hajmlariga muvofiq aniqlanadi. Mashina va mexanizmlardan foydalanishning joriy narxlari Oʻzbekiston Respublikasi Davlat arxitektura va qurilish qoʻmitasi tomonidan chiqarilgan Narxlar katalogi asosida yoki tegishli hududda yuzaga kelgan narxlarga muvofiq aniqlanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
9. Yoʻl-qurilish va taʼmirlash texnikasidan foydalanadigan shaxsning ish haqi uchun qilinadigan xarajatlar ishlarning mehnat sarfi normasini bir kishi-soat narxiga va ijtimoiy sugʻurta ushlab qolish miqdorini hisobga oluvchi koeffitsiyentga koʻpaytirish yoʻli bilan aniqlanadi. Ishlarning mehnat sarfi normasi va texnika va uskunalardan foydalanadigan shaxsning oʻrtacha bir soatlik ish haqi qonunda belgilangan tartibda hisoblanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
10. Boshqa xarajatlar tarkibiga qonunchilikka muvofiq zaruriy foyda, majburiy toʻlovlar va ajratmalar kiradi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
11. Kompaniya bilan tuzilgan shartnomaga muvofiq, pudrat tashkiloti Kompaniya hisob raqamiga mexanizatsiyalashgan yoʻl-qurilish va taʼmirlash ishlari qiymatining 15 foizidan kam boʻlmagan miqdorda boʻnak toʻlovini oʻtkazadi, shundan keyingina Kompaniya belgilangan muddatlarda texnika, uskunalar va ulardan foydalanadigan shaxslarni safarbar qiladi hamda shartnomada moʻljallangan mexanizatsiyalashgan ishlarni bajarishga kirishadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
12. Amalda bajarilgan mexanizatsiyalashgan yoʻl-qurilish va taʼmirlash ishlari uchun hisob-kitoblar belgilangan tartibda rasmiylashtirilgan hisob-fakturalar asosida, ajratilgan boʻnakni mutanosib chegirib qolishni hisobga olgan holda bajarilgan ishlarning umumiy qiymatidan 95 foizgacha miqdorda har oyda amalga oshiriladi. Mexanizatsiyalashgan yoʻl-qurilish va taʼmirlash ishlari qiymatining qolgan 5 foiz toʻlovini pudrat tashkiloti shartnomada nazarda tutilgan kafolat muddati tugagandan keyin 3 bank ish kuni mobaynida amalga oshiradi.
(Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2008-y., 17-son, 139-modda)