OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI DAVLAT STATISTIKA QOʻMITASI
OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI ADLIYA VAZIRLIGINING
OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI ADLIYA VAZIRLIGINING
QARORI
SUDNING HAL QILUV QARORIGA ASOSAN NIKOH BEKOR QILINIShI BOʻYIChA HISOBOT VARAQASINI TOʻLDIRISh TOʻGʻRISIDA YOʻRIQNOMANI OʻZ KUChINI YOʻQOTGAN DEB TOPISh HAQIDA
[Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 2008-yil 21-aprelda 961-1-son bilan davlat roʻyxatidan oʻtkazildi]
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2003-yil 8-yanvardagi 8-sonli qarori bilan tasdiqlangan Oʻzbekiston Respublikasi Davlat statistika qoʻmitasi toʻgʻrisidagi nizomga va Vazirlar Mahkamasining 2003-yil 27-avgustdagi 370-sonli qarori bilan tasdiqlangan Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi toʻgʻrisidagi nizomga muvofiq Oʻzbekiston Respublikasi Davlat statistika qoʻmitasi va Adliya vazirligi qaror qiladi:
1. Makroiqtisodiyot va statistika vazirligi va Adliya vazirligi tomonidan 2000-yil 16-avgustdagi 02-230, 20-15-323-son bilan tasdiqlangan “Sudning hal qiluv qaroriga asosan nikoh bekor qilinishi boʻyicha hisobot varaqasini toʻldirish toʻgʻrisida yoʻriqnoma” (2000-yil 25-avgust, roʻyxat raqami 961 — Meʼyoriy hujjatlar axborotnomasi, 2000-y., 16-son) oʻz kuchini yoʻqotgan deb topilsin.
2. Mazkur qaror Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligida davlat roʻyxatidan oʻtkazilgan kundan boshlab oʻn kun oʻtgandan keyin kuchga kiradi.
Davlat statistika qoʻmitasi raisi Gʻ. QUDRATOV
Toshkent sh.,
2008-yil 14-aprel,
2-son
Adliya vaziri R. MUHITDINOV
Toshkent sh.,
2008-yil 14-aprel,
20-26-6-son
(Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2008-y., 17-son, 136-modda)