OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI MOLIYA VAZIRINING
BUYRUGʻI
AVIAKEROSIN YoQILGʻISI UChUN QATʼIY MIQDORDA BELGILANGAN AKSIZ SOLIGʻI STAVKASINI QAYTA KOʻRIB ChIQISh TOʻGʻRISIDA
[Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 2008-yil 21-aprelda 1796-son bilan davlat roʻyxatidan oʻtkazildi]
Mazkur buyruq Oʻzbekiston Respublikasi moliya vazirining 2008-yil 13-oktabrdagi 100-sonli “Aviakerosin yoqilgʻisi uchun qatʼiy miqdorda belgilangan aksiz soligʻi stavkalarini qayta koʻrib chiqish toʻgʻrisida”gi buyrugʻi (roʻyxat raqami 1866,16.10.2008-y.) bilan oʻz kuchini yoʻqotgan.
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2007-yil 12-dekabrdagi PQ-744-son “Oʻzbekiston Respublikasining 2008-yilgi asosiy makroiqtisodiy koʻrsatkichlari va Davlat budjeti parametrlari toʻgʻrisida”gi qarorining (Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2007-yil, 52-son, 534-modda) 12-1-sonli ilovasiga asosan buyuraman:
1. Aviakerosin yoqilgʻisi uchun belgilangan aksiz soligʻi stavkasi qayta koʻrib chiqilib, 25 250 soʻm/tonnaga miqdorida belgilansin.
2. Mazkur buyruq Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligida davlat roʻyxatidan oʻtkazilgan kundan boshlab oʻn kun oʻtgandan keyin kuchga kiradi.
Moliya vaziri R. AZIMOV
Toshkent sh.,
2008-yil 17-aprel,
38-son
(Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2008-y., 17-son, 131-modda)