Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Kengashining
Qarori
OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI BILAN QOZOGʻISTON RESPUBLIKASI OʻRTASIDAGI DOʻSTLIK, HAMKORLIK VA OʻZARO YORDAM TOʻGʻRISIDAGI SHARTNOMANI RATIFIKATSIYA QILISH HAQIDA
Oʻzbekiston Respublikasining Oliy Kengashi qaror qiladi:
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti taqdim etgan, 1992-yil 24-iyunda Turkiston shahrida imzolangan Oʻzbekiston Respublikasi bilan Qozogʻiston Respublikasi oʻrtasidagi doʻstlik, hamkorlik va oʻzaro yordam toʻgʻrisidagi Shartnoma ratifikatsiya qilinsin.
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Kengashining Raisi Sh. YOʻLDOSHEV
Toshkent sh.,
1992-yil 2-iyul,
619-XII-son
(Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Kengashining Axborotnomasi, 1992-y., 9-son, 331-modda)