Hujjat kuchini yo‘qotgan 04.04.2019 09.04.2008 yilda ro‘yxatdan o‘tgan, ro‘yxat raqami 1788
ONLINE TRANSLATE
Oʻzbekiston Respublikasi Davlat soliq qoʻmitasining, Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki Boshqaruvining qarori, 09.04.2008 yilda ro‘yxatdan o‘tgan, ro‘yxat raqami 1788
Kuchga kirish sanasi
19.04.2008
Hujjat kuchini yo‘qotgan 04.04.2019
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI DAVLAT SOLIQ QOʻMITASI
OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI MARKAZIY BANKI BOShQARUVINING
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
QARORI
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
NAQD PUL TUShUMI KELIB TUShIShINING XRONOMETRAJINI OʻTKAZISh TARTIBI TOʻGʻRISIDAGI NIZOMNI TASDIQLASh HAQIDA
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
[Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 2008-yil 9-aprelda 1788-son bilan davlat roʻyxatidan oʻtkazildi]
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
 LexUZ sharhi
Mazkur qaror Oʻzbekiston Respublikasi Davlat soliq qoʻmitasi, Markaziy banki Boshqaruvining 2019-yil 6-martdagi 2019-13, 300-V-5-sonli “Naqd pul tushumi kelib tushishining xronometrajini oʻtkazish tartibi toʻgʻrisidagi nizomni tasdiqlash haqida”gi qaror, shuningdek unga oʻzgartirishlarni oʻz kuchini yoʻqotgan deb topish toʻgʻrisida”gi qaroriga (roʻyxat raqami 1788-5, 03.04.2019-y.) asosan oʻz kuchini yoʻqotgan.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Soliq kodeksining 71-moddasi, Oʻzbekiston Respublikasining “Davlat soliq xizmati toʻgʻrisida”gi va “Oʻzbekiston Respublikasining Markaziy banki toʻgʻrisida” qonunlari, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2007-yil 7-noyabrdagi “Bank tizimini yanada rivojlantirish va boʻsh pul mablagʻlarini bank aylanmasiga jalb etish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi PQ-726-son qarori va Vazirlar Mahkamasining 2002-yil 5-avgustdagi “Pul mablagʻlarining bankdan tashqari muomalasini yanada qisqartirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi 280-son qaroriga muvofiq Oʻzbekiston Respublikasi Davlat soliq qoʻmitasi va Markaziy banki Boshqaruvi qaror qiladi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1. Naqd pul tushumi kelib tushishining xronometrajini oʻtkazish tartibi toʻgʻrisidagi nizom ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2. Mazkur qaror Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligida davlat roʻyxatidan oʻtkazilgan kundan boshlab oʻn kun oʻtgandan keyin kuchga kiradi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Davlat soliq qoʻmitasi raisi B. PARPIYEV
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Toshkent sh.,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2008-yil 10-mart,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2008-16-son
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Markaziy bank Boshqaruvi raisi F. MULLAJONOV
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Toshkent sh.,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2008-yil 10-mart,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
300-V-son
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Davlat soliq qoʻmitasi, Markaziy bank Boshqaruvining 2008-yil 10-martdagi 2008-16, 300-V-son qarori bilan
TASDIQLANGAN
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Naqd pul tushumi kelib tushishining xronometrajini oʻtkazish tartibi toʻgʻrisida
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
NIZOM
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Mazkur Nizom Oʻzbekiston Respublikasi Soliq kodeksining 71-moddasi, Oʻzbekiston Respublikasining “Davlat soliq xizmati toʻgʻrisida” va “Oʻzbekiston Respublikasining Markaziy banki toʻgʻrisida”gi qonunlari, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2007-yil 7-noyabrdagi “Bank tizimini yanada rivojlantirish va boʻsh pul mablagʻlarini bank aylanmasiga jalb etish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi PQ-726-son qarori va Vazirlar Mahkamasining 2002-yil 5-avgustdagi “Pul mablagʻlarining bankdan tashqari muomalasini yanada qisqartirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi 280-son qaroriga muvofiq naqd pul tushumi kelib tushishining xronometrajini (bundan buyon — xronometraj) oʻtkazish tartibini belgilaydi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
I. Umumiy qoidalar
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1. Soliq toʻlovchining naqd pul tushumi kelib tushishining xronometraji xronometraj oʻtkazilgan davrda haqiqatda kelib tushgan naqd pul tushumini aniqlash maqsadida oʻtkaziladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2. Naqd pul tushumi kelib tushishining xronometraji naqd hisob-kitob asosida tovarlar realizatsiya qiladigan yoki xizmatlar koʻrsatadigan soliq toʻlovchi huzurida bevosita tovarlar realizatsiya qilinadigan, xizmatlar koʻrsatiladigan joyda davlat soliq xizmati organi tomonidan kuzatish va qayd etish orqali oʻtkaziladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3. Naqd pul tushumi kelib tushishining xronometrajini amalga oshirish jarayonida tekshiruv oʻtkazishga, soliq toʻlovchidan biron bir axborot yoki tushuntirishlar talab qilishga, soliq toʻlovchiga nisbatan talablar taqdim etishga yoki uning faoliyatiga boshqacha tarzda aralashishga yoʻl qoʻyilmaydi, bundan fiskal xotirali nazorat-kassa mashinasida saqlanayotgan xronometraj oʻtkazilayotgan vaqtga doir maʼlumotlarni olish mustasno.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
4. Naqd pul tushumi kelib tushishining xronometraji natijalaridan faqat taqdim etilayotgan soliq hisobotining toʻgʻriligini tahlil etish uchun, shuningdek soliq solish obyektlari va soliq solish bilan bogʻliq obyektlar toʻgʻrisidagi maʼlumotlar bazasini yuritish uchun foydalaniladi. Xronometraj natijasi soliq toʻlovchini javobgarlikka tortish uchun asos boʻla olmaydi.
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
5. Xronometraj soliq nazorati tadbiri hisoblanadi va Nazorat qiluvchi organlar faoliyatini muvofiqlashtiruvchi Respublika kengashi bilan kelishish talab etilmaydi.
(5-band Oʻzbekiston Respublikasi Davlat soliq qoʻmitasi va Markaziy banki Boshqaruvining 2010-yil 15-iyundagi 2010-22, 18/13-sonli qarori (roʻyxat raqami 1788-1, 21.07.2010-y.) tahririda — OʻR QHT, 2010-y., 28-29-son, 250-modda)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
II. Naqd pul tushumi kelib tushishining xronometrajini oʻtkazish uchun asos va tadbirga tayyorgarlik koʻrish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
6. Soliq solish obyektlarini va soliq solish bilan bogʻliq obyektlarni hisobga olish jarayonida soliq toʻlovchi tomonidan tushum miqdori kamaytirilganligini taxmin qilish imkonini beradigan tafovutlarning aniqlanishi naqd pul tushumi kelib tushishining xronometrajini oʻtkazish uchun asos boʻladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
7. Xronometraj oʻtkaziladigan soliq toʻlovchilar tanlab olingandan soʻng davlat soliq xizmati organining masʼul xodimi tomonidan xronometraj oʻtkaziladigan soliq toʻlovchilar roʻyxati tuziladi va mazkur roʻyxat asosida xronometraj oʻtkazish toʻgʻrisida buyruq loyihasi tayyorlanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
8. Naqd pul tushumi kelib tushishining xronometrajini oʻtkazish toʻgʻrisidagi buyruq davlat soliq xizmati organining rahbari yoki rahbar oʻrinbosari tomonidan qabul qilinadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
9. Naqd pul tushumi kelib tushishining xronometrajini oʻtkazish toʻgʻrisidagi buyruqda xronometraj oʻtkaziladigan soliq toʻlovchi, xronometrajni oʻtkazish joyi va muddati, xronometraj oʻtkaziladigan davr, xronometraj oʻtkazish toʻgʻrisida qaror qabul qilinishiga sabab boʻlgan tafovut, shuningdek davlat soliq xizmati organining xronometraj oʻtkazadigan mansabdor shaxslari koʻrsatiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
10. Naqd pul tushumi kelib tushishining xronometraji soliq toʻlovchilarda belgilangan ish rejimiga asosan bir ish kuni davomida oʻtkaziladi, ayrim hollarda ushbu tadbir uch ish kuni davomida oʻtkazilishi mumkin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
III. Naqd pul tushumi kelib tushishining xronometrajini oʻtkazish davrida amalga oshiriladigan tadbirlar
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
11. Xronometrajni oʻtkazish jarayoni boshida soliq toʻlovchi davlat soliq xizmati organi masʼul xodimi tomonidan xizmat guvohnomasi koʻrsatilgan holda xronometraj oʻtkazish toʻgʻrisidagi buyruq bilan tanishtiriladi hamda buyruq nusxasi soliq toʻlovchiga taqdim etiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
12. Davlat soliq xizmati organi xodimi xronometraj boshlangan va tugagan vaqtda fiskal xotirali nazorat-kassa mashinasida saqlanayotgan xronometraj oʻtkazilayotgan vaqtga doir maʼlumotlarni oladi.
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
13. Davlat soliq xizmati organi masʼul xodimi oʻtkazilayotgan xronometraj tadbiri jarayonida fiskal xotirali nazorat-kassa mashinasi bilan jihozlanganligini koʻzdan kechiradi.
(13-band Oʻzbekiston Respublikasi Davlat soliq qoʻmitasi va Markaziy banki Boshqaruvining 2010-yil 15-iyundagi 2010-22, 18/13-sonli qarori (roʻyxat raqami 1788-1, 21.07.2010-y.) tahririda — OʻR QHT, 2010-y., 28-29-son, 250-modda)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
14. Xronometraj oʻtkazilayotgan soliq toʻlovchida kassa qoldigʻi limiti belgilanganligi hamda ushbu belgilangan kassa qoldigʻi limitining amaldagi ijrosi tahlil qilinadi.
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
15. Xronometraj oʻtkazilayotgan soliq toʻlovchining xaridor (isteʼmolchi)lar bilan hisob-kitob qilishda fiskal xotirali nazorat-kassa mashinasi va hisob-kitob terminallaridan toʻliq foydalanishi yoki kvitansiyalar, cheklar va boshqa unga tenglashtirilgan hujjatlarning toʻliq toʻldirilishi yuzasidan kuzatuv oʻtkazilib, kunlik tushumlar qayd qilib boriladi.
(15-band Oʻzbekiston Respublikasi Davlat soliq qoʻmitasi va Markaziy banki Boshqaruvining 2010-yil 15-iyundagi 2010-22, 18/13-sonli qarori (roʻyxat raqami 1788-1, 21.07.2010-y.) tahririda — OʻR QHT, 2010-y., 28-29-son, 250-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
(16-band Oʻzbekiston Respublikasi Davlat soliq qoʻmitasi va Markaziy banki Boshqaruvining 2010-yil 15-iyundagi 2010-22, 18/13-sonli qaroriga (roʻyxat raqami 1788-1, 21.07.2010-y.) muvofiq oʻz kuchini yoʻqotgan — OʻR QHT, 2010-y., 28-29-son, 250-modda)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
17. Xronometraj oʻtkazilayotgan soliq toʻlovchi tomonidan soliq xizmati organlariga topshirilgan hisobotlarda koʻrsatilgan chakana tovar aylanmasining real chakana tovar aylanmasiga mos kelishi tahlil qilinadi.
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
18. Xronometraj oʻtkazilayotgan soliq toʻlovchining ishi yakunida davlat soliq xizmati organining masʼul xodimi amaldagi kunlik naqd pul tushumlari boʻyicha ushbu Nizomning 1-ilovasiga muvofiq maʼlumotnomani tayyorlaydi va ushbu Nizomning 2-ilovasida keltirilgan shakldagi jadvalni toʻldiradi hamda ularning koʻchirma nusxalarini xronometraj oʻtkazilayotgan soliq toʻlovchiga taqdim etadi. Davlat soliq xizmati organining masʼul xodimi oʻtkazilgan xronometraj natijalarini ushbu Nizomning 3-ilovasida keltirilgan shakldagi kitobga kiritadi
(18-band Oʻzbekiston Respublikasi Davlat soliq qoʻmitasi va Markaziy banki Boshqaruvining 2010-yil 15-iyundagi 2010-22, 18/13-sonli qarori (roʻyxat raqami 1788-1, 21.07.2010-y.) tahririda — OʻR QHT, 2010-y., 28-29-son, 250-modda)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
19. Xronometraj natijalari yuzasidan tuzilgan maʼlumotnoma davlat soliq xizmati organi rahbari yoki rahbar oʻrinbosarining koʻrsatmasiga asosan Davlat soliq inspeksiyasining “Chakana savdo va xizmat koʻrsatish sohasida huquqbuzarliklarni profilaktika qilish boʻlimiga” topshiriladi va umumlashtirilib, alohida yigʻma jildga tikilib boriladi. Xronometraj natijalari boʻyicha tuzilgan maʼlumotnomalar maxsus kitobda qayd etib boriladi.
(19-band Oʻzbekiston Respublikasi Davlat soliq qoʻmitasi, Markaziy banki Boshqaruvining 2017-yil 11-sentabrdagi 2017-49, 23/10-sonli (roʻyxat raqami 1788-4, 27.09.2017-y.) qarori tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 2017-y.)
Oldingi tahrirga qarang.
(IV-boʻlim Oʻzbekiston Respublikasi Davlat soliq qoʻmitasi va Markaziy banki Boshqaruvining 2010-yil 15-iyundagi 2010-22, 18/13-sonli qaroriga (roʻyxat raqami 1788-1, 21.07.2010-y.) muvofiq oʻz kuchini yoʻqotgan — OʻR QHT, 2010-y., 28-29-son, 250-modda)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Naqd pul tushumi kelib tushishining xronometrajini oʻtkazish tartibi toʻgʻrisidagi nizomga
1-ILOVA
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
‎‎___________________________________ soliq toʻlovchi (yoki unga qarashli shoxobcha)da _________________________________________________________

‎‎(joylashgan manzili, shoxobcha nomi)

‎‎200_ yil “___” ______ da oʻtkazilgan xronometraj toʻgʻrisida

‎‎
‎MAʼLUMOTNOMA

‎‎Soliq toʻlovchining ish vaqti ________, tushlik ______, dam olish kuni ____

‎‎Xronometraj boshlangan vaqt ________ tugagan vaqt _______

‎Oʻrnatilgan nazorat-kassa mashinasi rusumi _________________ ____________

‎zavod raqami ‎

‎‎____________________________________________________________________

‎‎davlat soliq xizmati organida roʻyxatga olingan sana, raqami

‎‎(№ va sanasi)‎

‎‎Ixtisoslashishi _________________________________

‎‎(mahsulot yoki xizmat turi)‎

Davlat soliq xizmati organi xodimi


‎_____________________


‎______________________

‎‎‎imzo

‎‎‎F.I.Sh.

Soliq toʻlovchi ‎

_____________________

______________________

‎‎‎imzo

‎‎F.I.Sh.

(1-ilova matni Oʻzbekiston Respublikasi Davlat soliq qoʻmitasi va Markaziy banki Boshqaruvining 2010-yil 15-iyundagi 2010-22, 18/13-sonli qarori (roʻyxat raqami 1788-1, 21.07.2010-y.) tahririda — OʻR QHT, 2010-y., 28-29-son, 250-modda)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Naqd pul tushumi kelib tushishining xronometrajini oʻtkazish tartibi toʻgʻrisidagi nizomga
2-ILOVA
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish

‎‎__________ manzildagi ________________________ nomli soliq toʻlovchida oʻtkazilgan xronometrajlar toʻgʻrisida

‎MAʼLUMOT

Xronometraj oʻtkazilgan sana, boshlangan va tugallangan vaqti‎‏ Xodimlar soni‎‎ Umumiy ovqatlanish tashkiloti boʻyicha‎‎ Haqiqatda xronometraj kunigacha topshirilgan summa (ming soʻm) ‎‏ Xronometraj oʻtkazilgan kundan bir kun oldingi topshirilgan summa (ming soʻm)‎‏ Xronometraj kunlari topshirilgan naqd pul summasi (ming soʻm)‎‏ Oʻtgan haftaning shu kuni topshirilgan naqd pul summasi (ming soʻm)‎‏ Bir kun oldingi tushumga nisbatan farqi (+ yoki -)‎‏ Oʻtgan haftaning shu kuniga nisbatan farqi (+ yoki -)‎‏
rahbar‎ hisobchi‎ asosiy ishchi (xizmatchi) lar soni‎ yordamchi ishchi (xizmatchi) lar ‎ boshqa ishchilar‎ umumiy ovqatlanish tashkilotining shakli (turi)* 4 ta oʻringa moʻljallangan xizmat koʻrsatadigan stollar soni** Haftalik ish rejimi (haftasiga jami soatlarda)‎
1‎ 2‎ 3‎ 4‎ 5‎ 6‎ 7‎ 8‎ 9‎ 10‎ 11‎ 12‎ 13‎ 14‎ 15‎

‎‎Xronometraj oʻtkazgan xodimlar‎‎ ______________________________________________‎

‎‎F.I.Sh.

Soliq toʻlovchi‎‎ ______________________________________________‎ ‎

��

‎‎F.I.Sh.

Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
‎‎Izoh:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
‎* Umumiy ovqatlanish tashkilotining shakli (turi) restoran, kafe, oʻziga oʻzi xizmat koʻrsatish yoʻnalishi mavjud boʻlgan kafe, choyxona, oshxona, kafeteriy, kichik oshxona, bufet va boshqa turdagi tashkilot (oshxona mavjud boʻlmaganda) boʻlishi mumkin;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
‎**Agar umumiy ovqatlanish tashkiloti 4 ta oʻrindan ortiq oʻtirish joyiga moʻljallangan stollarga ega boʻlsa, 8-ustun koʻrsatkichi barcha oʻrinlar sonini qoʻshish va olingan summani 4 ga boʻlish yoʻli bilan hisoblab toʻldiriladi. Masalan, tashkilot 10 oʻringa moʻljallangan 6 ta stolga ega boʻlsa, 8-ustunda 15 (6*10/4) koʻrsatiladi.
(2-ilova Oʻzbekiston Respublikasi Davlat soliq qoʻmitasi va Markaziy banki Boshqaruvining 2015-yil 7-maydagi 2015-15,300-1-3-sonli qarori (roʻyxat raqami 1788-3, 27.05.2015-y.) tahririda — OʻR QHT, 2015-y., 21-son, 283-modda)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Naqd pul tushumi kelib tushishining xronometrajini oʻtkazish tartibi toʻgʻrisidagi nizomga
3-ILOVA
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
________ tuman (shahar)dagi soliq toʻlovchilarda davlat soliq xizmati organi xodimlari tomonidan oʻtkazilgan xronometraj natijalarini qayd etish
KITOBI
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
T/r‎ Soliq toʻlovchining nomi va manzili‎ Xronometraj oʻtkazilgan sana‎ Xronometraj oʻtkazgan xodimlar familiyasi, ismi, sharifi‎ Davlat soliq xizmati organi xodimlarining ish joyi‎ Xronometraj oʻtkazilgan kundagi tushum (ming soʻm)‎ Bir kun oldingi tushum (ming soʻm)‎ Farqi‎
(3-ilova matni Oʻzbekiston Respublikasi Davlat soliq qoʻmitasi va Markaziy banki Boshqaruvining 2010-yil 15-iyundagi 2010-22, 18/13-sonli qarori (roʻyxat raqami 1788-1, 21.07.2010-y.) tahririda — OʻR QHT, 2010-y., 28-29-son, 250-modda)
(Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2008-y., 14-15-son, 112-modda; 2010-y., 28-29-son, 250-modda; 2013-y., 11-son, 149-modda; 2015-y., 21-son, 283-modda)