OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI MARKAZIY BANKI BOSHQARUVI
OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI DAVLAT MULKI QOʻMITASI HUZURIDAGI QIMMATLI QOGʻOZLAR BOZORI FAOLIYATINI MUVOFIQLASHTIRISH VA NAZORAT QILISH MARKAZINING
OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI DAVLAT MULKI QOʻMITASI HUZURIDAGI QIMMATLI QOGʻOZLAR BOZORI FAOLIYATINI MUVOFIQLASHTIRISH VA NAZORAT QILISH MARKAZINING
QARORI
Banklarning qimmatli qogʻozlar bozorida investitsiya vositachisi, investitsiya aktivlarini boshqaruvchi va investitsiya konsultanti sifatida kasbiy faoliyatni amalga oshirishiga oid talablar toʻgʻrisidagi nizomni tasdiqlash haqida
Keyingi tahrirga qarang.
Oldingi tahrirga qarang.
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2007-yil 12-dekabrdagi “Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2003-yil 9-iyuldagi 308-son qarori bilan tasdiqlangan Qimmatli qogʻozlar bozorida kasbiy faoliyatni (investitsiya institutlarining qimmatli qogʻozlar bozoridagi faoliyatini) litsenziyalash toʻgʻrisidagi nizomga oʻzgartirish kiritish haqida”gi 255-sonli qarorining 2-bandi ijrosini taʼminlash maqsadida Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki Boshqaruvi va Davlat raqobat qoʻmitasi huzuridagi Qimmatli qogʻozlar bozorini muvofiqlashtirish va rivojlantirish markazi qaror qiladilar:
(muqaddima Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy bank Boshqaruvi va Davlat raqobat qoʻmitasi huzuridagi Qimmatli qogʻozlar bozorini muvofiqlashtirish va rivojlantirish markazining 2014-yil 8-fevraldagi 299-V-1, 2014-05-sonli qarori (roʻyxat raqami 1782-1, 26.02.2014-y.) tahririda — OʻR QHT, 2014-y., 9-son, 95-modda)
Keyingi tahrirga qarang.
1. Banklarning qimmatli qogʻozlar bozorida investitsiya vositachisi, investitsiya aktivlarini boshqaruvchi va investitsiya konsultanti sifatida kasbiy faoliyatni amalga oshirishiga oid talablar toʻgʻrisidagi nizom ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
Keyingi tahrirga qarang.
2. Mazkur qaror Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligida davlat roʻyxatidan oʻtkazilgan kundan boshlab oʻn kundan keyin kuchga kiritilsin.
Markaziy bank Boshqaruvi raisi F. MULLAJONOV
Toshkent sh.,
2008-yil 23-fevral,
299-V-son
Davlat mulki qoʻmitasi huzuridagi Qimmatli qogʻozlar bozori faoliyatini muvofiqlashtirish va nazorat qilish Markazi bosh direktori K. TOLIPOV
Toshkent sh.,
2008-yil 23-fevral,
2008-05-son
Markaziy bank Boshqaruvi hamda Davlat mulki qoʻmitasi huzuridagi Qimmatli qogʻozlar bozori faoliyatini muvofiqlashtirish va nazorat qilish Markazining 2008-yil 23-fevraldagi 299-V, 2008-05-son qarori bilan
TASDIQLANGAN
TASDIQLANGAN
Banklarning qimmatli qogʻozlar bozorida investitsiya vositachisi, investitsiya aktivlarini boshqaruvchi va investitsiya konsultanti sifatida kasbiy faoliyatni amalga oshirishiga oid talablar toʻgʻrisida
NIZOM
Keyingi tahrirga qarang.
Oldingi tahrirga qarang.
Ushbu Nizom Oʻzbekiston Respublikasining “Qimmatli qogʻozlar bozori toʻgʻrisida”gi Qonuni va Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2007-yil 7-noyabrdagi PQ-726-sonli “Bank tizimini yanada rivojlantirish va boʻsh pul mablagʻlarini bank aylanmasiga jalb etish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi qaroriga muvofiq banklarning qimmatli qogʻozlar bozorida investitsiya vositachisi, investitsiya aktivlarini boshqaruvchi va investitsiya konsultanti sifatida kasbiy faoliyatni amalga oshirishiga oid talablarni belgilab beradi.
Mazkur Nizom davlat qimmatli qogʻozlariga doir operatsiyalarga tatbiq etilmaydi.
(muqaddima Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki Boshqaruvi va Davlat raqobat qoʻmitasi huzuridagi Qimmatli qogʻozlar bozorini muvofiqlashtirish va rivojlantirish markazining 2015-yil 22-avgustdagi 299-V-2, 2015-12-sonli qarori (roʻyxat raqami 1782-2, 22.09.2015-y.) tahririda — OʻR QHT, 2015-y., 38-son, 503-modda)
Keyingi tahrirga qarang.
I. Umumiy qoidalar
1. Mazkur Nizomda quyidagi asosiy tushunchalar qoʻllaniladi:
bank — qonunchilikda bank faoliyati deb hisoblanadigan faoliyat turlari majmuini Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki tomonidan berilgan litsenziyasi asosida amalga oshiradigan tijorat tashkiloti boʻlgan yuridik shaxsdir;
Keyingi tahrirga qarang.
Oldingi tahrirga qarang.
qimmatli qogʻozlar bozorini tartibga solish boʻyicha vakolatli davlat organi — Oʻzbekiston Respublikasining Davlat raqobat qoʻmitasi huzuridagi Qimmatli qogʻozlar bozorini muvofiqlashtirish va rivojlantirish markazi.
(1-bandning uchinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki Boshqaruvi va Davlat raqobat qoʻmitasi huzuridagi Qimmatli qogʻozlar bozorini muvofiqlashtirish va rivojlantirish markazining 2015-yil 22-avgustdagi 299-V-2, 2015-12-sonli qarori (roʻyxat raqami 1782-2, 22.09.2015-y.) tahririda — OʻR QHT, 2015-y., 38-son, 503-modda)
Keyingi tahrirga qarang.
2. Bank Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy bankidan bank faoliyatini amalga oshirish huquqini beruvchi litsenziyani olgan vaqtdan boshlab qimmatli qogʻozlar bozorida investitsiya vositachisi, investitsiya aktivlarini boshqaruvchi va investitsiya konsultanti sifatida kasbiy faoliyatni amalga oshirish huquqiga egadir.
Bunda qimmatli qogʻozlar bozorida yuqorida koʻrsatilgan kasbiy faoliyatni amalga oshirish uchun alohida litsenziya olish talab etilmaydi.
Keyingi tahrirga qarang.
II. Banklarning qimmatli qogʻozlar bozorida investitsiya vositachisi, investitsiya aktivlarini boshqaruvchi va investitsiya konsultanti sifatida kasbiy faoliyatni amalga oshirishiga oid talablar
Keyingi tahrirga qarang.
3. Banklarning qimmatli qogʻozlar bozorida investitsiya vositachisi, investitsiya aktivlarini boshqaruvchi va investitsiya konsultanti sifatida kasbiy faoliyati, agar ushbu Nizomda boshqacha tartib belgilanmagan boʻlsa, qonun hujjatlarida ushbu faoliyat turlariga oʻrnatilgan talablarga rioya qilgan holda amalga oshiriladi.
Keyingi tahrirga qarang.
Oldingi tahrirga qarang.
31. Bank tomonidan qimmatli qogʻozlar bozorida investitsiya vositachisi sifatida kasbiy faoliyatni amalga oshirishda bank har bir mijozning qimmatli qogʻozlari va pul mablagʻlari hisobini yuritishi, qimmatli qogʻozlarga doir bitimlar va operatsiyalarni mijoz bilan tuzilgan shartnomaga muvofiq amalga oshirishi, tuzilgan bitimlar va amalga oshirilgan operatsiyalar toʻgʻrisida unga hisobot berishi shart.
(31-band Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki Boshqaruvi va Davlat raqobat qoʻmitasi huzuridagi Qimmatli qogʻozlar bozorini muvofiqlashtirish va rivojlantirish markazining 2015-yil 22-avgustdagi 299-V-2, 2015-12-sonli qaroriga (roʻyxat raqami 1782-2, 22.09.2015-y.) asosan kiritilgan — OʻR QHT, 2015-y., 38-son, 503-modda)
Keyingi tahrirga qarang.
4. Bankda investitsiya vositachisi, investitsiya aktivlarini boshqaruvchi va investitsiya konsultanti sifatida kasbiy faoliyatni amalga oshirish bilan bogʻliq bank operatsiyalari boʻyicha javobgarlik yuklatilgan tarkibiy boʻlinma (keyingi oʻrinda — boʻlinma) boʻlishi lozim.
Keyingi tahrirga qarang.
5. Boʻlinmaning xodimlari oʻrnatilgan tartibda bank (filial) rahbarining tegishli qarori (buyrugʻi) asosida tayinlanadilar.
Oldingi tahrirga qarang.
6. Boʻlinmaning xodimlari qonunchilikda belgilangan tartibda qimmatli qogʻozlar bozorini tartibga solish boʻyicha vakolatli davlat organi tomonidan berilgan qimmatli qogʻozlar bilan operatsiyalarni amalga oshirish huquqini beruvchi malaka attestatiga ega boʻlishi lozim. Bunda, mazkur boʻlinma rahbari boʻlgan xodim qimmatli qogʻozlar bilan operatsiyalarni amalga oshirish huquqini beruvchi I toifali malaka attestatiga egalik qilishi lozim.
(6-band Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki Boshqaruvi va Davlat raqobat qoʻmitasi huzuridagi Qimmatli qogʻozlar bozorini muvofiqlashtirish va rivojlantirish markazining 2015-yil 22-avgustdagi 299-V-2, 2015-12-sonli qarori (roʻyxat raqami 1782-2, 22.09.2015-y.) tahririda — OʻR QHT, 2015-y., 38-son, 503-modda)
Keyingi tahrirga qarang.
Oldingi tahrirga qarang.
7. Qimmatli qogʻozlar bilan operatsiyalarni amalga oshirish huquqini beruvchi malaka attestatini olish uchun oʻtkaziladigan attestatsiya tartibi qimmatli qogʻozlar bozorini tartibga solish boʻyicha vakolatli davlat organi tomonidan qonunchilikda belgilangan tartibda oʻrnatiladi.
(7-band Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki Boshqaruvi va Davlat raqobat qoʻmitasi huzuridagi Qimmatli qogʻozlar bozorini muvofiqlashtirish va rivojlantirish markazining 2015-yil 22-avgustdagi 299-V-2, 2015-12-sonli qarori (roʻyxat raqami 1782-2, 22.09.2015-y.) tahririda — OʻR QHT, 2015-y., 38-son, 503-modda)
Keyingi tahrirga qarang.
8. Bank tomonidan investitsiya vositachisi, investitsiya aktivlarini boshqaruvchi va investitsiya konsultanti sifatida qimmatli qogʻozlar bilan amalga oshirilgan bitimlar boʻyicha hujjatlarni boʻlinma xodimlari imzolashlari (viza qoʻyishlari) lozim.
Keyingi tahrirga qarang.
Oldingi tahrirga qarang.
9. Ishonchli boshqaruvdagi investitsiya aktivlarining oʻrtacha yillik qiymati miqdorini hisoblash bank tomonidan Boshqaruvchi kompaniyalar oʻz mablagʻlari miqdorining hisobi va investitsiya aktivlarining oʻrtacha yillik qiymatini aniqlash tartibi toʻgʻrisidagi nizom (roʻyxat raqami 1322, 2004-yil 5-mart) qoidalariga oʻxshash tartibda amalga oshiriladi.
(9-band Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki Boshqaruvi va Davlat raqobat qoʻmitasi huzuridagi Qimmatli qogʻozlar bozorini muvofiqlashtirish va rivojlantirish markazining 2015-yil 22-avgustdagi 299-V-2, 2015-12-sonli qarori (roʻyxat raqami 1782-2, 22.09.2015-y.) tahririda — OʻR QHT, 2015-y., 38-son, 503-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
(10-band Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki Boshqaruvi va Davlat raqobat qoʻmitasi huzuridagi Qimmatli qogʻozlar bozorini muvofiqlashtirish va rivojlantirish markazining 2015-yil 22-avgustdagi 299-V-2, 2015-12-sonli qaroriga (roʻyxat raqami 1782-2, 22.09.2015-y.) asosan oʻz kuchini yoʻqotgan — OʻR QHT, 2015-y., 38-son, 503-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
11. Banklar qimmatli qogʻozlarga doir birjadan tashqari bitimlarni roʻyxatga olishda birjadan tashqari bitimlarning roʻyxatini yuritish talablariga rioya qilishlari hamda roʻyxatga olingan bitimlar yuzasidan qimmatli qogʻozlar bozorini tartibga solish boʻyicha vakolatli davlat organiga qonunchilikda belgilangan tartibda axborot taqdim etishlari lozim.
(11-band Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki Boshqaruvi va Davlat raqobat qoʻmitasi huzuridagi Qimmatli qogʻozlar bozorini muvofiqlashtirish va rivojlantirish markazining 2015-yil 22-avgustdagi 299-V-2, 2015-12-sonli qarori (roʻyxat raqami 1782-2, 22.09.2015-y.) tahririda — OʻR QHT, 2015-y., 38-son, 503-modda)
III. Qimmatli qogʻozlar bozorida investitsiya vositachisi, investitsiya aktivlarini boshqaruvchi va investitsiya konsultanti sifatida faoliyat yurituvchi bank tomonidan axborotni oshkor qilish
Keyingi tahrirga qarang.
12. Investitsiya vositachisi, investitsiya aktivlarini boshqaruvchi va investitsiya konsultanti sifatida qimmatli qogʻozlar bozorida professional faoliyat toʻgʻrisidagi axborotni oshkor qilish bank tomonidan qonunchilikda oʻrnatilgan tartibda amalga oshiriladi.
Keyingi tahrirga qarang.
13. Banklar investitsiya vositachisi, investitsiya aktivlarini boshqaruvchi va investitsiya konsultanti sifatida kasbiy faoliyatni amalga oshirish jarayonida bank siri toʻgʻrisidagi qonunchilikka rioya qilishlari lozim hamda xizmatda foydalaniladigan axborotga ega boʻlib, bu axborotdan bitimlar tuzish uchun foydalanish va ushbu axborotni bitimlar tuzish uchun uchinchi shaxslarga berilishi taqiqlanadi.
Keyingi tahrirga qarang.
Oldingi tahrirga qarang.
14. Qimmatli qogʻozlar bozorini tartibga solish boʻyicha vakolatli davlat organi qimmatli qogʻozlar bozorida investitsiya vositachisi, investitsiya aktivlarini boshqaruvchi va investitsiya konsultanti sifatida faoliyat yurituvchi bankdan, ular tomonidan amalga oshirilgan qimmatli qogʻozlar bilan operatsiyalar va bitimlar boʻyicha axborotni qonunchilikda belgilangan tartibda talab qilish va olish huquqiga ega.
(14-band Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki Boshqaruvi va Davlat raqobat qoʻmitasi huzuridagi Qimmatli qogʻozlar bozorini muvofiqlashtirish va rivojlantirish markazining 2015-yil 22-avgustdagi 299-V-2, 2015-12-sonli qarori (roʻyxat raqami 1782-2, 22.09.2015-y.) tahririda — OʻR QHT, 2015-y., 38-son, 503-modda)
Keyingi tahrirga qarang.
Oldingi tahrirga qarang.
15. Respublika hududlarida joylashgan qimmatli qogʻozlar bozorida investitsiya vositachisi, investitsiya aktivlarni boshqaruvchi va investitsiya konsultanti sifatida faoliyat yurituvchi bank filiallari qonunchilikda koʻzda tutilgan axborotni qimmatli qogʻozlar bozorini tartibga solish boʻyicha vakolatli davlat organining joylardagi tegishli hududiy boʻlimlariga qonunchilikda belgilangan tartibda taqdim etadi.
(15-band Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki Boshqaruvi va Davlat raqobat qoʻmitasi huzuridagi Qimmatli qogʻozlar bozorini muvofiqlashtirish va rivojlantirish markazining 2015-yil 22-avgustdagi 299-V-2, 2015-12-sonli qarori (roʻyxat raqami 1782-2, 22.09.2015-y.) tahririda — OʻR QHT, 2015-y., 38-son, 503-modda)
Keyingi tahrirga qarang.
IV. Qimmatli qogʻozlar bozorida investitsiya vositachisi, investitsiya aktivlarini boshqaruvchi va investitsiya konsultanti sifatida faoliyat yurituvchi banklarning faoliyatini tartibga solish va nazorat qilish
Keyingi tahrirga qarang.
Oldingi tahrirga qarang.
16. Banklarning qimmatli qogʻozlar bozorida investitsiya vositachisi, investitsiya aktivlarini boshqaruvchisi va investitsiya konsultanti sifatidagi kasbiy faoliyatini nazorat qilish va tartibga solish funksiyasi Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki tomonidan qimmatli qogʻozlar bozorini tartibga solish boʻyicha vakolatli davlat organi bilan birgalikda amalga oshiriladi.
(16-band Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki Boshqaruvi va Davlat raqobat qoʻmitasi huzuridagi Qimmatli qogʻozlar bozorini muvofiqlashtirish va rivojlantirish markazining 2015-yil 22-avgustdagi 299-V-2, 2015-12-sonli qarori (roʻyxat raqami 1782-2, 22.09.2015-y.) tahririda — OʻR QHT, 2015-y., 38-son, 503-modda)
Keyingi tahrirga qarang.
Oldingi tahrirga qarang.
17. Qimmatli qogʻozlar bozorini tartibga solish boʻyicha vakolatli davlat organiga investitsiya vositachisi, investitsiya aktivlarini boshqaruvchi va investitsiya konsultanti sifatida faoliyat yurituvchi bank tomonidan qimmatli qogʻozlar bozori toʻgʻrisidagi qonun hujjatlarini buzganligi haqida axborot kelib tushganda qimmatli qogʻozlar bozorini tartibga solish boʻyicha vakolatli davlat organi qonun hujjatlariga muvofiq choralar koʻrishga, shuningdek Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy bankiga choralar koʻrish uchun maʼlumotlar yuborish huquqiga ega.
(17-band Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki Boshqaruvi va Davlat raqobat qoʻmitasi huzuridagi Qimmatli qogʻozlar bozorini muvofiqlashtirish va rivojlantirish markazining 2015-yil 22-avgustdagi 299-V-2, 2015-12-sonli qarori (roʻyxat raqami 1782-2, 22.09.2015-y.) tahririda — OʻR QHT, 2015-y., 38-son, 503-modda)
Keyingi tahrirga qarang.
V. Yakuniy qoidalar
Oldingi tahrirga qarang.
18. Mazkur Nizom talablari ijrosi boʻyicha nazorat Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki va qimmatli qogʻozlar bozorini tartibga solish boʻyicha vakolatli davlat organi tomonidan amalga oshiriladi.
(18-band Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki Boshqaruvi va Davlat raqobat qoʻmitasi huzuridagi Qimmatli qogʻozlar bozorini muvofiqlashtirish va rivojlantirish markazining 2015-yil 22-avgustdagi 299-V-2, 2015-12-sonli qarori (roʻyxat raqami 1782-2, 22.09.2015-y.) tahririda — OʻR QHT, 2015-y., 38-son, 503-modda)
19. Mazkur Nizom talablarini buzgan shaxslar qonunchilikka muvofiq javobgar boʻladilar.