03.04.2008 yildagi 61-son
ONLINE TRANSLATE
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
qarori
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
TIBBIY FAOLIYATNI LITSENZIYALASH TARTIBINI YANADA TAKOMILLASHTIRISH CHORA-TADBIRLARI TOʻGʻRISIDA
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Respublika tibbiyot muassasalari faoliyatini tashkil etishni takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2007-yil 2-oktabrdagi PQ-700-son qaroriga muvofiq hamda tibbiy faoliyatni litsenziyalash tartibini takomillashtirish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1. Quyidagilar:
Oldingi tahrirga qarang.
(1-bandning ikkinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2012-yil 29-martdagi 92-sonli qaroriga asosan chiqarilgan — OʻR QHT, 2012-y., 13-son, 146-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
(1-bandning uchinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2010-yil 26-noyabrdagi 270-sonli qaroriga muvofiq oʻz kuchini yoʻqotgan — OʻR QHT, 2010-y., 48-son, 447-modda)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Sogʻliqni saqlash vazirligining Litsenziyalash va nodavlat tibbiyot muassasalari tomonidan koʻrsatilayotgan tibbiy xizmatlar sifatini nazorat qilish boshqarmasi toʻgʻrisidagi nizom 3-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2. Belgilab qoʻyilsinki, tibbiy faoliyatni amalga oshirish uchun ilgari berilgan litsenziyalar litsenziatlar ushbu qarorda belgilangan yangi litsenziya talablari va shartlariga muvofiq boʻlgan taqdirda ushbu qaror chiqqan kundan boshlab 5 yil mobaynida amal qiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3. Oʻzbekiston Respublikasi Sogʻliqni saqlash vazirligi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
tibbiy faoliyatni amalga oshirish huquqi uchun litsenziyalar qatʼiy ravishda ushbu qarorga muvofiq berilishini taʼminlasin;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
ilgari berilgan litsenziya egalarining ushbu qarorda belgilangan litsenziya talablari va shartlariga muvofiqligini uch oy muddatda koʻrib chiqsin hamda egalari mazkur talablar va shartlarga javob bermaydigan litsenziyalarning amal qilishini belgilangan tartibda toʻxtatish chora-tadbirlarini koʻrsin;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
bir oy muddatda Oʻzbekiston Respublikasi Sogʻliqni saqlash vazirligining Litsenziyalash va nodavlat tibbiyot muassasalari tomonidan koʻrsatilayotgan tibbiy xizmatlar sifatini nazorat qilish boshqarmasi apparatini hamda sogʻliqni saqlashni boshqarish hududiy organlaridagi tegishli boʻlinmalarni yuqori malakali va tajribali mutaxassislar bilan butlasin;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
uch oy muddatda litsenziatlar tomonidan litsenziya talablari va shartlarining, shu jumladan ular tomonidan koʻrsatilayotgan xizmatlar sifatiga qoʻyiladigan talablarning bajarilishi toʻgʻrisidagi axborotlarni oʻz ichiga oladigan markazlashtirilgan maʼlumotlar bazasini yaratsin;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
aholini ommaviy axborot vositalari, shu jumladan Internet tarmogʻi orqali litsenziya talablari va shartlari, shu jumladan koʻrsatilayotgan xizmatlar sifatiga qoʻyiladigan talablar, shuningdek litsenziyasining amal qilishi toʻxtatib qoʻyilgan, toʻxtatilgan yoxud litsenziyasi bekor qilingan litsenziatlar toʻgʻrisida muntazam ravishda xabardor qilib borsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
4. Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining 4-ilovaga muvofiq ayrim qarorlari oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblansin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
5. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosari R.S. Qosimov zimmasiga yuklansin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri Sh. MIRZIYOYEV
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Toshkent sh.,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2008-yil 3-aprel,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
61-son
Oldingi tahrirga qarang.
(1-ilova Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2012-yil 29-martdagi 92-sonli qaroriga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan — OʻR QHT, 2012-y., 13-son, 146-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
(2-ilova Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2010-yil 26-noyabrdagi 270-sonli qaroriga muvofiq oʻz kuchini yoʻqotgan — OʻR QHT, 2010-y., 48-son, 447-modda)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Vazirlar Mahkamasining 2008-yil 3-apreldagi 61-son qaroriga
3-ILOVA
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Sogʻliqni saqlash vazirligining Litsenziyalash va nodavlat tibbiyot muassasalari tomonidan koʻrsatilayotgan tibbiy xizmatlar sifatini nazorat qilish boshqarmasi toʻgʻrisida
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
NIZOM
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
I. Umumiy qoidalar
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1. Ushbu Nizom Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Sogʻliqni saqlash tizimini isloh qilishni yanada chuqurlashtirish va uni rivojlantirish Davlat dasturini amalga oshirishning asosiy yoʻnalishlari toʻgʻrisida” 2007-yil 19-sentabrdagi PF-3923-son Farmoniga hamda Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Respublika tibbiyot muassasalari faoliyatini tashkil etishni takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2007-yil 2-oktabrdagi PQ-700-son qaroriga muvofiq ishlab chiqilgan va Oʻzbekiston Respublikasi Sogʻliqni saqlash vazirligining Litsenziyalash va nodavlat tibbiyot muassasalari tomonidan koʻrsatilayotgan tibbiy xizmatlar sifatini nazorat qilish boshqarmasining (keyingi oʻrinlarda Litsenziyalash va nazorat qilish boshqarmasi deb ataladi) vazifalari, funksiyalari, huquqlari va javobgarligini belgilaydi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2. Litsenziyalash va nazorat qilish boshqarmasi Oʻzbekiston Respublikasi Sogʻliqni saqlash vazirligi markaziy apparatining tarkibiy boʻlinmasi hisoblanadi.
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3. Litsenziyalash va nazorat qilish boshqarmasi oʻz faoliyatida Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi va qonunlariga, Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining qarorlariga, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining farmonlari, qarorlari va farmoyishlariga, Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarorlari va farmoyishlariga, ushbu Nizomga, boshqa qonunchilik hujjatlariga, shuningdek Oʻzbekiston Respublikasi Sogʻliqni saqlash vazirligining buyruqlari va farmoyishlariga amal qiladi.
(3-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 4-apreldagi 153-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 05.04.2022-y., 09/22/153/0266-son)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
II. Litsenziyalash va nazorat qilish boshqarmasining asosiy vazifalari va funksiyalari
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
4. Quyidagilar Litsenziyalash va nazorat qilish boshqarmasining asosiy vazifalari hisoblanadi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
tibbiy faoliyatni litsenziyalash ishlarini tashkil etish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
litsenziyalar talabgorlarining litsenziya talablari va shartlariga muvofiqligini chuqur oʻrganib chiqish;
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
litsenziatlar tomonidan koʻrsatiladigan tibbiy xizmatlarning qonunchilikda belgilangan tartibda qoʻllanishga ruxsat etilgan profilaktika, diagnostika va davolash vositalariga muvofiqligini nazorat qilish;
(4-bandning toʻrtinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 4-apreldagi 153-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 05.04.2022-y., 09/22/153/0266-son)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
monitoring olib borish davomida va tekshirishlar natijalari boʻyicha olingan litsenziatlarning litsenziya talablari va shartlariga rioya qilishi, litsenziatlarning tibbiy xizmatlari sifati haqidagi axborotlarni umumlashtirish va tahlil qilish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
qoida buzilishlari aniqlangan taqdirda Oʻzbekiston Respublikasi Sogʻliqni saqlash vazirligi rahbariyatiga litsenziyaning amal qilishini toʻxtatib turish, toʻxtatish yoxud litsenziyani bekor qilish toʻgʻrisida belgilangan tartibda takliflar kiritish.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
5. Litsenziyalash va nazorat qilish boshqarmasi oʻziga yuklangan vazifalarga muvofiq quyidagi funksiyalarni amalga oshiradi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
talabgorlar tomonidan tibbiy faoliyatni amalga oshirish huquqiga litsenziya olish uchun taqdim etilgan hujjatlarni ekspertizadan oʻtkazadi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
ekspertlar guruhini shakllantiradi, litsenziyalar talabgorlari tomonidan tibbiy faoliyatni amalga oshirish sharoitlarining dastlabki, zarurat boʻlganda esa qoʻshimcha ekspertizasini tashkil qiladi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
oʻz vakolatlari doirasida litsenziyalar talabgorlariga zarur axborotlarni taqdim etadi, ularga konsultativ-metodik yordam koʻrsatadi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
litsenziyalar blankalarini rasmiylashtiradi, litsenziya talabgorlarini Oʻzbekiston Respublikasi Sogʻliqni saqlash vazirligi tomonidan litsenziyalar berish bilan bogʻliq masalalar boʻyicha qabul qilinadigan qarorlar toʻgʻrisida xabardor qiladi, litsenziya bitimlarini rasmiylashtiradi, litsenziatlarga litsenziyalar beradi, litsenziyalarni belgilangan tartibda qayta rasmiylashtiradi yoki ularning dublikatlarini beradi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
litsenziatlar tomonidan litsenziya talablari va shartlarining, shu jumladan ular tomonidan koʻrsatiladigan xizmatlar sifatiga qoʻyiladigan talablarning bajarilishi toʻgʻrisidagi axborotlardan iborat boʻlgan reyestrni va markazlashtirilgan maʼlumotlar bazasini yuritadi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Sogʻliqni saqlash vazirligi tomonidan litsenziatlarning litsenziya talablari va shartlariga rioya etishlarini tekshirishlarda (nazorat tartibidagi tekshirishlarda) belgilangan tartibda qatnashadi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
litsenziatlar tomonidan litsenziya talablari va shartlarining, shuningdek ular tomonidan koʻrsatiladigan xizmatlar sifatiga qoʻyiladigan talablarning buzilishi hollari aniqlangan hollarda bajarilishi majburiy boʻlgan koʻrsatmalar beradi;
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
qonunchilikda belgilangan tartibda tibbiy faoliyatni amalga oshirish huquqi uchun litsenziyalarning amal qilishini toʻxtatib turish, toʻxtatish yoxud litsenziyalarni bekor qilish haqida taqdimnoma taqdim etgan holda qaror qabul qilish yoki sudga murojaat qilish uchun zarur hujjatlarni rasmiylashtiradi;
(5-bandning toʻqqizinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 4-apreldagi 153-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 05.04.2022-y., 09/22/153/0266-son)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
tibbiy faoliyatni litsenziyalash sohasidagi normativ-huquqiy hujjatlar loyihalarini ishlab chiqishda qatnashadi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
litsenziatlar tomonidan koʻrsatiladigan tibbiy xizmatlarning sifati toʻgʻrisida monitoring oʻtkazish davomida va tekshirishlar natijalari boʻyicha olingan axborotlarni umumlashtiradi va tahlil qiladi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Sogʻliqni saqlash vazirligining tegishli boʻlinmalari bilan birgalikda diagnostika va davolash standartlarini, klinik protokollar va tavsiyalarni ishlab chiqishda hamda tibbiy amaliyotga joriy qilishda qatnashadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
6. Litsenziyalash va nazorat qilish boshqarmasi litsenziatlar tomonidan litsenziya talablari va shartlariga rioya qilinishi yuzasidan quyidagi yoʻllar bilan doimiy monitoringni amalga oshiradi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
aholi oʻrtasida, shu jumladan savolnoma-anketalardan foydalangan holda soʻrovlar oʻtkazish;
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
jismoniy shaxslarni va yuridik shaxslarning vakillarini belgilangan tartibda qabul qilish va ularning murojaatlarini oʻrganish;
(6-bandning uchinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2015-yil 31-martdagi 74-sonli qarori tahririda — OʻR QHT, 2015-y., 13-son, 155-modda)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Sogʻliqni saqlash vazirligining markaziy apparatida va sogʻliqni saqlashni boshqarish hududiy organlarida oʻrnatilgan “ishonch telefonlari” orqali axborotlar olish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
boshqa nazorat qiluvchi organlar tomonidan oʻtkazilgan litsenziatlar faoliyatini tekshirishlar yakunlari boʻyicha tushadigan axborotlarni toʻplash, umumlashtirish va tahlil qilish;
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
joyning oʻzida, moliyaviy-xoʻjalik faoliyatga aralashmasdan, litsenziyalanadigan faoliyatni amalga oshirishning holati va shart-sharoitlari bilan tanishish.
(6-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2010-yil 26-noyabrdagi 270-sonli qaroriga muvofiq oltinchi xatboshi bilan toʻldirilgan — OʻR QHT, 2010-y., 48-son, 447-modda)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
III. Litsenziyalash va nazorat qilish boshqarmasining huquqlari va javobgarligi
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
7. Litsenziyalash va nazorat qilish boshqarmasi oʻziga yuklangan vazifalar va funksiyalarni bajarish uchun oʻz vakolatlari doirasida quyidagi huquqlarga ega:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
litsenziatlardan tekshirishlar oʻtkazish chogʻida zarur hujjatlarni va tekshirish bilan bevosita bogʻliq boʻlgan boshqa axborotlarni soʻrash va olish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
litsenziatlarga aniqlangan qoida buzilishlarini bartaraf etish toʻgʻrisida bajarilishi majburiy boʻlgan koʻrsatmalar berish, bunday qoida buzishlarni bartaraf etish zarur boʻlgan muddatlarni belgilash;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
boshqa nazorat qiluvchi organlardan ular tomonidan oʻtkazilgan litsenziatlar faoliyatini tekshirishlar natijalari toʻgʻrisidagi ular tomonidan koʻrsatiladigan tibbiy xizmatlar sifati masalalariga taalluqli axborotlarni soʻrash va olish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Sogʻliqni saqlash vazirligi rahbariyatiga tibbiy faoliyatni litsenziyalash, litsenziatlar tomonidan litsenziya talablari va shartlariga, shuningdek tibbiy xizmatlar sifatiga rioya qilinishini nazorat qilish bilan bogʻliq boʻlgan ishlarni takomillashtirish boʻyicha takliflar kiritish.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
8. Litsenziyalash va nazorat qilish boshqarmasi oʻziga yuklangan vazifalar va funksiyalarning samarali bajarilishi, taqdim etiladigan tahliliy hujjatlarning xolisonaligi va toʻliqligi uchun javob beradi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
IV. Litsenziyalash va nazorat qilish boshqarmasi faoliyatini tashkil etish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
9. Litsenziyalash va nazorat qilish boshqarmasi oliy tibbiy, farmatsevtika va yuridik maʼlumotga ega boʻlgan yuqori malakali mutaxassislar bilan butlanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Litsenziyalash va nazorat qilish boshqarmasi bevosita Oʻzbekiston Respublikasi Sogʻliqni saqlash vaziriga boʻysunadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
10. Litsenziyalash va nazorat qilish boshqarmasiga Oʻzbekiston Respublikasi Sogʻliqni saqlash vaziri tomonidan lavozimga tayinlanadigan va lavozimdan ozod qilinadigan boshliq rahbarlik qiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Litsenziyalash va nazorat qilish boshqarmasi boshligʻining bir nafar oʻrinbosari boʻladi. Litsenziyalash va nazorat qilish boshqarmasi boshligʻi boʻlmagan taqdirda uning funksiyasini boshliqning oʻrinbosari bajaradi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
11. Litsenziyalash va nazorat qilish boshqarmasi boshligʻi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Litsenziyalash va nazorat qilish boshqarmasiga umumiy rahbarlikni amalga oshiradi, boshqarma ishlarini tashkil etadi va nazorat qiladi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Litsenziyalash va nazorat qilish boshqarmasiga yuklangan vazifalar va funksiyalarning samarali bajarilishi, taqdim etiladigan tahliliy materiallar va hujjatlarning toʻliqligi uchun shaxsan javob beradi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Litsenziyalash va nazorat qilish boshqarmasi boʻlimlari faoliyatini muvofiqlashtiradi, boʻlimlar xodimlari oʻrtasida funksional vazifalarni taqsimlaydi, har bir xodimning aniq topshiriqlarning bajarilishi uchun javobgarligi darajasini belgilaydi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Sogʻliqni saqlash vaziriga boshqarma xodimlarini lavozimga tayinlash va lavozimdan ozod qilish, shuningdek Litsenziyalash va nazorat qilish boshqarmasi xodimlarini ragʻbatlantirish yoki ularni intizomiy javobgarlikka tortish toʻgʻrisida takliflar kiritadi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Litsenziyalash va nazorat qilish boshqarmasi faoliyatini takomillashtirish boʻyicha takliflarni ishlab chiqadi va vazirlik rahbariyatiga kiritadi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Sogʻliqni saqlash vazirini Litsenziyalash va nazorat qilish boshqarmasi faoliyati toʻgʻrisida muntazam ravishda xabardor qiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
12. Litsenziyalash va nazorat qilish boshqarmasi quyidagi ikkita boʻlimdan iborat boʻladi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
tibbiy faoliyatni litsenziyalash boʻlimi;
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Xususiy tibbiy faoliyat bilan shugʻullanuvchi nodavlat tibbiyot muassasalari tomonidan koʻrsatiladigan tibbiy xizmatlar sifatini nazorat qilish boʻlimi.
(12-bandning uchinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2010-yil 26-noyabrdagi 270-sonli qarori tahririda — OʻR QHT, 2010-y., 48-son, 447-modda)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
13. Litsenziyalash va nazorat qilish boshqarmasi xodimlari Litsenziyalash va nazorat qilish boshqarmasi boshligʻi taqdimnomasiga binoan Oʻzbekiston Respublikasi Sogʻliqni saqlash vaziri tomonidan lavozimga tayinlanadi va lavozimdan ozod qilinadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Litsenziyalash va nazorat qilish boshqarmasi xodimlari oʻz faoliyatini boshqarma boshligʻi tomonidan tasdiqlanadigan funksional vazifalarga muvofiq amalga oshiradilar.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
14. Sogʻliqni saqlashni boshqarish hududiy organlarida litsenziatlar tomonidan koʻrsatiladigan tibbiy xizmatlar sifati ustidan nazorat Qoraqalpogʻiston Respublikasi Sogʻliqni saqlash vazirligi, viloyatlar va Toshkent shahar sogʻliqni saqlash boshqarmalarining tibbiyot xizmatlari sifatini nazorat qilish boʻyicha bosh mutaxassislar (keyingi oʻrinlarda bosh mutaxassislar deb ataladi) tomonidan amalga oshiriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Bosh mutaxassislar Qoraqalpogʻiston Respublikasi Sogʻliqni saqlash vaziri, viloyatlar va Toshkent shahar sogʻliqni saqlash boshqarmalari boshliqlari tomonidan, Oʻzbekiston Respublikasi Sogʻliqni saqlash vazirligining Litsenziyalash va nazorat qilish boshqarmasi bilan kelishgan holda lavozimga tayinlanadi va lavozimdan ozod qilinadi.
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
15. Litsenziyalash va nazorat qilish boshqarmasi xodimlarini, shuningdek bosh mutaxassislarni attestatsiyadan oʻtkazish qonunchilikda belgilangan tartibda amalga oshiriladi.
(15-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 4-apreldagi 153-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 05.04.2022-y., 09/22/153/0266-son)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Vazirlar Mahkamasining 2008-yil 3-apreldagi 61-son qaroriga
4-ILOVA
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining oʻz kuchini yoʻqotgan qarorlari roʻyxati
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oldingi tahrirga qarang.
(1-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 21-iyuldagi 396-sonli qaroriga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 22.07.2022-y., 09/22/396/0656-son)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2. Vazirlar Mahkamasining “Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish toʻgʻrisida” (Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Tadbirkorlik faoliyati yuritish uchun ruxsatnoma turlarini qisqartirish va ularni berish tartib-qoidalarini soddalashtirish toʻgʻrisida” 2005-yil 21-sentabrdagi PQ-186-son qarori) 2006-yil 22-maydagi 92-son qaroriga ilova 28-bandining “a” kichik bandi (Oʻzbekiston Respublikasi QT, 2006-y., 5-son, 34-modda).
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3. Vazirlar Mahkamasining “Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish, shuningdek baʼzilarini oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblash toʻgʻrisida” (“Tadbirkorlik subyektlarini huquqiy himoya qilish tizimi takomillashtirilganligi hamda ularning moliyaviy javobgarligi erkinlashtirilganligi munosabati bilan Oʻzbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga oʻzgartish va qoʻshimchalar kiritish toʻgʻrisida” Oʻzbekiston Respublikasining 2006-yil 10-oktabrdagi OʻRQ-59-son Qonuni) 2006-yil 10-noyabrdagi 235-son qaroriga 1-ilova 50-bandining “a” kichik bandi (Oʻzbekiston Respublikasi QT, 2006-y., 11-son, 86-modda).
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
4. Vazirlar Mahkamasining “Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish toʻgʻrisida” 2007-yil 18-maydagi 104-son qaroriga ilovaning 1-bandi (Oʻzbekiston Respublikasi QT, 2007-y., 5-son, 30-modda).
(Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2008-y., 14-15-son, 102-modda; 2010-y., 48-son, 447-modda; 2012-y., 13-son, 146-modda; 2015-y., 13-son, 155-modda; Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 05.04.2022-y., 09/22/153/0266-son; 22.07.2022-y., 09/22/396/0656-son)