Oʻzbekiston Respublikasi Hukumati bilan Ukraina Hukumati oʻrtasida erkin savdo toʻgʻrisida 1994-yil 29-dekabrdagi bitimga oʻzgartish va toʻldirishlar kiritish toʻgʻrisida
Bayonnoma
Oʻzbekiston Respublikasi Hukumati bilan Ukraina Vazirlar Mahkamasi, bundan keyin “Ahdlashuvchi Tomonlar” deb ataluvchilar,
ikki mamlakat oʻrtasida erkin savdo prinsipi asosida hamkorlikni muvaffaqiyatli kengaytirish uchun mustahkam shartnoma — huquqiy asosni yaratishga qaratilgan choralar muhimligini eʼtirof etib,
shuningdek, Oʻzbekiston Respublikasi Hukumati bilan Ukraina Hukumati oʻrtasida erkin savdo toʻgʻrisida 1994-yil 29-dekabrdagi Bitimning (bundan keyin — Bitim) 1-moddasiga muvofiq,
quyidagilar toʻgʻrisida ahdlashib oldilar:
1-modda
Bitimning 4-moddasi asosida Ahdlashuvchi Tomonlarning, tashqi iqtisodiy aloqalar sohasida davlat tartibot choralarini umum qabul qilingan xalqaro tajribada bir tomonlama qoʻllash tartibiga boʻlgan huquqlariga qarshilik qilmay, Ahdlashuvchi Tomonlar:
1) Bitimning 1-modda 1-bandida “ushbu savdo rejimidan kelishilgan nomenklatura boʻyicha tovarlarni olib tashlash ushbu Bitimning ajralmas qismi hisoblanadigan hujjatlar bilan rasmiylashtiriladi” soʻzlari olib tashlanadi;
2) Bitimning 1-modda 2-bandining amal qilishi toʻxtatiladi va erkin savdo rejimidan olib qoʻyish toʻgʻrisida 1997-yil 18-apreldagi Bitimning Bayonnomasidagi xatti-harakatlar bekor qilinadi.
2-modda
Ushbu Bayonnoma Bitimning ajralmas qismi hisoblanadi va ikkala Ahdlashuvchi Tomon uning kuchga kirishi uchun zarur boʻlgan davlat ichki protseduralarini bajarganliklari toʻgʻrisida xabarnoma almashingan sanadan boshlab kuchga kiradi.
Toshkent shahrida 2004-yil 25-iyunda, ikki asl nusxada, oʻzbek, ukrain va rus tillarida tuzildi, bunda barcha matnlar bir xil kuchga ega.
Ushbu Bayonnomaning qoidalarini talqin qilish maqsadida rus tilidagi matndan foydalaniladi.
(imzolar)
(Oʻzbekiston Respublikasi xalqaro shartnomalari toʻplami, 2007-y., 2-3-son)