Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining
Qarori
XALQARO SHARTNOMANI TASDIQLASH TOʻGʻRISIDA
1. Oʻzbekiston Respublikasi Hukumati bilan Ukraina Hukumati oʻrtasida 1994-yil 29-dekabrda imzolangan erkin savdo toʻgʻrisidagi Bitimga oʻzgartish va qoʻshimchalar kiritish toʻgʻrisida 2004-yil 25-iyunda Toshkent shahrida imzolangan Protokol tasdiqlansin.
2. Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi mazkur xalqaro shartnoma kuchga kirishi uchun Oʻzbekiston Respublikasi zarur boʻlgan ichki davlat tartib-qoidalarini bajargani toʻgʻrisida tegishli bildirishnoma yoʻllasin.
3. Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi hamda tegishli vazirlik va idoralar rahbarlari ushbu xalqaro shartnoma kuchga kirgandan keyin Oʻzbekiston Respublikasining ularda koʻzda tutilgan majburiyatlari bajarilishi ustidan belgilangan tartibda nazoratni taʼminlasinlar.
4. Mazkur qarorning ijrosini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vaziri Sh.M. Mirziyoyev zimmasiga yuklansin.
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti I. KARIMOV
Toshkent sh.,
2007-yil 29-mart,
PQ-611-son
(Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2007-y., 14-son, 137-modda)