20.03.2008 yilda ro‘yxatdan o‘tgan, ro‘yxat raqami 1778
ONLINE TRANSLATE
Oʻzbekiston Respublikasi xalq taʼlimi vazirining buyrugʻi, 20.03.2008 yilda ro‘yxatdan o‘tgan, ro‘yxat raqami 1778
Kuchga kirish sanasi
30.03.2008
Hujjat 30.03.2008 00 sanasi holatiga
Amaldagi versiyaga o‘tish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI XALQ TAʼLIMI VAZIRINING
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
BUYRUGʻI
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
UMUMIY OʻRTA TAʼLIM OLUVCHILARNING YAKUNIY DAVLAT ATTESTATSIYASI TOʻGʻRISIDAGI NIZOMNI TASDIQLASH HAQIDA
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
[Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 2008-yil 20-martda 1778-son bilan davlat roʻyxatidan oʻtkazildi]
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi “Taʼlim toʻgʻrisida”gi Qonuni ijrosini taʼminlash maqsadida, buyuraman:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1. Umumiy oʻrta taʼlim oluvchilarning yakuniy davlat attestatsiyasi toʻgʻrisidagi nizom ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2. Mazkur buyruq Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligida davlat roʻyxatidan oʻtkazilganidan soʻng oʻn kundan keyin kuchga kiradi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Xalq taʼlimi vaziri T. JOʻRAYEV
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Toshkent sh.,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2008-yil 4-mart,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
56-son
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Xalq taʼlimi vazirining 2008-yil 4-martdagi 56-sonli buyrugʻi bilan
TASDIQLANGAN
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Umumiy oʻrta taʼlim oluvchilarning yakuniy davlat attestatsiyasi toʻgʻrisida
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
NIZOM
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Mazkur Nizom Oʻzbekiston Respublikasi “Taʼlim toʻgʻrisida”gi va “Kadrlar tayyorlash milliy dasturi toʻgʻrisida”gi qonunlari hamda Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1998-yil 13-maydagi “Oʻzbekiston Respublikasida umumiy oʻrta taʼlimni tashkil etish toʻgʻrisida”gi 203-son qarori asosida umumiy oʻrta taʼlim oluvchilarning yakuniy davlat attestatsiyasini (keyingi oʻrinlarda yakuniy attestatsiya deb yuritiladi) oʻtkazish jarayonini tartibga soladi.
Keyingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
I. Umumiy qoidalar
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1. Oʻzbekiston Respublikasida umumiy oʻrta taʼlim muassasalarining (bundan keyingi oʻrinlarda maktab deb yuritiladi) bitiruvchilari uchun umumiy oʻrta taʼlim dasturlarini toʻliq oʻzlashtirgandan keyin yakuniy attestatsiyadan oʻtish majburiydir, mazkur Nizomning III-boʻlimida nazarda tutilgan hollar bundan mustasno.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2. Mazkur Nizom Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2003-yil 29-oktabrdagi 473-son qarori bilan tasdiqlangan “2004—2009-yillarda Oʻzbekiston Respublikasi boʻyicha akademik litseylar va kasb-hunar kollejlarini ishga tushirishning aniq yoʻnaltirilgan dasturi”ning ijrosi toʻliq taʼminlangunga qadar oʻtish davrida oʻrta taʼlim bitiruvchilariga (bundan keyingi oʻrinlarda XI-sinf bitiruvchilari deb yuritiladi) ham tatbiq etiladi.
Keyingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3. Maktab bitiruvchilarining bilimi, malaka va koʻnikmalariga qoʻyilgan talablarning bajarilishi boʻyicha yakuniy attestatsiya yozma, ogʻzaki yoki test usulida har bir fanning amaldagi oʻquv dasturi asosida oʻquv yilining yakuni boʻyicha oʻtkaziladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
4. Taʼlim dasturlarini davlat taʼlim standartlari talablari darajasida oʻzlashtirgan va oʻquv fanlaridan yil yakuni boʻyicha ijobiy baholangan, yoki bitta oʻquv fanidan qoniqarsiz baholangan (ushbu fan boʻyicha yakuniy attestatsiyadan oʻtish sharti bilan) bitiruvchilar maktab pedagogik kengashi qaroriga asosan yakuniy attestatsiyaga qoʻyiladilar.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
5. Shartnoma asosida maktablarda tahsil olayotgan chet el fuqarolari hamda fuqaroligi boʻlmagan shaxslar yakuniy attestatsiyaga mazkur Nizomning 4-bandi asosida qoʻyiladilar.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
II. Yakuniy attestatsiyani oʻtkazish tartibi
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
6. Bitiruvchi sinflarda yakuniy attestatsiya oʻtkaziladigan fanlar roʻyxati, shakli va muddatlari har oʻquv yilida Oʻzbekiston Respublikasi Xalq taʼlimi vazirligi tomonidan tasdiqlanadi.
Keyingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
7. Bitiruvchi sinflar uchun yakuniy attestatsiya materiallari (insho mavzulari, matematika boʻyicha topshiriqlar, ogʻzaki imtihon biletlari, test topshiriqlari) Oʻzbekiston Respublikasi Xalq taʼlimi vazirligi qoshidagi Respublika taʼlim markazi tomonidan tayyorlanib, ekspertizadan oʻtkazilib tasdiqlanadi. Test materiallarini ekspertizadan oʻtkazish jarayonida Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Davlat test markazi vakillari qatnashishi mumkin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Fanlarni chuqur oʻqitishga ixtisoslashtirilgan maktablarda pedagogik kengashning qarori bilan ushbu fandan qoʻshimcha yakuniy attestatsiya kiritilishi mumkin. Imtihon biletlari, test topshiriqlari maktab metodik birlashmalari tomonidan tayyorlanadi va maktab direktori tomonidan tasdiqlanadi.
Keyingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
8. Maktab bitiruvchilarining yakuniy attestatsiyasini shu maktab pedagogik kengashi tomonidan tasdiqlangan yakuniy attestatsiya komissiyasi muvofiqlashtiradi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
9. Yakuniy attestatsiyani tashkil etish va oʻtkazish uchun barcha javobgarlik maktab yakuniy attestatsiya komissiya raisi zimmasida boʻladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
10. Yakuniy attestatsiya oʻtkaziladigan har bir fandan maktab direktorining buyrugʻi bilan yakuniy davlat attestatsiya komissiyasi (keyingi oʻrinlarda yakuniy attestatsiya komissiyasi deb yuritiladi) quyidagi tarkibda tayinlanadi:
Keyingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
oʻquv fani boʻyicha yakuniy attestatsiya komissiyasi raisi — maktab direktori, uning oʻrinbosari yoki maktab oʻqituvchisi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
sinfda mazkur fandan dars bergan oʻqituvchi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
mazkur fan yoki ushbu fanga yaqin fan oʻqituvchilaridan iborat bitta (XI-sinflarda ikkita) assistent.
Keyingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Fan boʻyicha yakuniy attestatsiyani tashkil etish va oʻtkazish uchun barcha javobgarlik ushbu komissiya raisi zimmasiga yuklatiladi.
Keyingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Yakuniy attestatsiya oʻtkaziladigan fandan dars bergan oʻqituvchi shu sinfga yakuniy attestatsiya komissiyasining raisi boʻlishi mumkin emas.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Yakuniy attestatsiyada vasiylik kengashi, fuqarolarni oʻzini oʻzi boshqarish organlari va ota-onalar qoʻmitasi vakillari jamoatchilik asosida kuzatuvchi sifatida qatnashishlari mumkin.
Keyingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
11. Xalq taʼlimi vazirligi va joylardagi taʼlimni boshqarish idoralari mazkur Nizom talablarining bajarilishini nazorat qiladi. Bu jarayonda Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Davlat test markazi vakillari ishtirok etishlari mumkin.
Keyingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
12. Oʻquv fani boʻyicha yakuniy attestatsiya komissiyasi aʼzolarining vazifalari Xalq taʼlimi vazirligi tomonidan belgilanadi.
Keyingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
13. Yakuniy attestatsiya maktab direktori tomonidan tasdiqlangan jadval asosida oʻtkaziladi. Jadval yakuniy attestatsiya boshlanishidan kamida 10 kun oldin koʻrinadigan joyga osib qoʻyiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Yakuniy attestatsiya jadvalini tuzishda quyidagilarga eʼtibor beriladi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
oʻquv fanlari boʻyicha oʻtkaziladigan yakuniy attestatsiya oraligʻi ikki kundan kam boʻlmasligi kerak;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
jismoniy tarbiya fanidan avval amaliy, keyin nazariy yakuniy attestatsiya oʻtkaziladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
14. Yakuniy attestatsiya uchun maktabda keng va yorugʻ xonalar ajratiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Yozma yakuniy attestatsiya vaqtida bitiruvchilar partalar (stollar)ga bittadan oʻtqaziladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
15. Barcha maktablarda yakuniy attestatsiya ertalab soat 8.00 dan boshlanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Ogʻzaki yakuniy attestatsiyadan oʻtishda bitiruvchilarning soni 20 nafardan ortiq boʻlsa, yakuniy attestatsiya ikki guruhda ketma-ket bir kunda oʻtkazilishi mumkin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
16. Oʻquvchilarga yozma va ogʻzaki yakuniy attestatsiyada foydalanish uchun maktab shtampi tushirilgan toza varaqlar beriladi.
Keyingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
17. Ona tili va adabiyot fanidan oʻtkaziladigan bayon yoki insho mavzulari hamda matematikadan topshiriqlarni tanlash, yakuniy attestatsiya boshlanishidan oldin, barchaning ishtirokida topshiriq raqami solingan konvertni tanlab olish yoʻli bilan amalga oshiriladi. Insho yoki bayon mavzusi va matematikadan topshiriqlar sinf doskasiga aniq, tushunarli holda yozib qoʻyiladi (topshiriqlar har bir oʻquvchiga alohida variant sifatida berilmagan hollarda).
Keyingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
18. Ona tili va adabiyot fanidan yakuniy attestatsiyada insho yozish davrida bitiruvchilarga yakuniy attestatsiya komissiyasining roziligi bilan oʻz insholariga kiritiladigan parchalarni, ayrim matnlarni aniqlab olishlari uchun badiiy adabiyotlardan foydalanishlariga ruxsat etiladi. Mavzu mazmunini talqin etuvchi manbalardan foydalanishga ruxsat etilmaydi.
Keyingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Boshqa fanlardan yakuniy attestatsiya oʻtkaziladigan paytida bitiruvchilar xarita, globus, turli jadvallar, chizmalar, mulyaj, gerbariylar, preparatlar, laboratoriya asbob-uskunalari va boshqa vositalardan foydalanishlariga ruxsat beriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
19. Yozma ishlarni bajarish paytida bitiruvchilar ehtiyoj tufayli 5—10 daqiqaga sinfdan tashqariga chiqishlariga ruxsat beriladi. Bunday hollarda bitiruvchi yozma ishini yakuniy attestatsiya komissiyasi aʼzolariga topshirib ketadi. Yakuniy attestatsiya komissiyasi aʼzolari tomonidan esa yozma ishga bitiruvchining qancha muddatda sinfdan tashqarida boʻlganligi belgilab qoʻyiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
20. Bitiruvchi oʻz ishining xomaki nusxasini yozma ish bilan birga yakuniy attestatsiya komissiyasiga topshiradi. Belgilangan vaqtda yozma ishni tugallay olmagan bitiruvchilar uni tugatmagan holda topshiradilar.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
21. Yakuniy attestatsiya tugaganidan soʻng yozma ishlar yakuniy attestatsiya komissiyasi raisi tomonidan shifrlanadi va komissiya aʼzolari ularni maktabdan chiqmagan holda tekshiradilar. Tekshirib ulgurilmagan yozma ishlar saqlash uchun maktab direktoriga topshiriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Bitiruvchilarning “2” va “5” bilan baholangan insholari, bayonlari, matematika boʻyicha yozma ishlariga imtihon komissiyasi aʼzolari tomonidan taqriz yoziladi.
Keyingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
22. Bitiruvchi tomonidan yozilgan bayon yoki insho uchun ikkita baho qoʻyiladi:
Keyingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
birinchisi (suratda) adabiyotdan mavzu mazmuni uchun;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
ikkinchisi (maxrajida) ona tilidan savodxonligi uchun.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Ushbu baholar adabiyot va ona tili fanlariga yakuniy attestatsiya bahosi sifatida qoʻyiladi hamda shu fanlardan yakuniy baho chiqarishda asos boʻladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
23. Yozma ishlarning baholari navbatdagi yakuniy attestatsiya oʻtkaziladigan kunga qadar eʼlon qilinadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
24. Maktabni “aʼlo” darajali shahodatnoma bilan bitirishga daʼvogarlik qilayotgan bitiruvchilarning yozma ishlarini imtihon komissiyasi aʼzolari yakuniy attestatsiya yakunlangan kun davomida tekshirib, baholaydilar.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
25. Maktabning IX-sinf bitiruvchilariga ona tilidan inshoga 4 astronomik soat (bayonga 3 astronomik soat), matematikadan yozma ishga 3 astronomik soat, XI sinf bitiruvchilariga insho va matematikadan yozma ish uchun 4 astronomik soatdan, test-sinov topshiriqlari berilishi koʻzda tutilgan boʻlsa, ularni bajarishga beriladigan vaqt ijtimoiy-gumanitar fanlar uchun har bir test savoliga 2 daqiqa, aniq fanlar uchun 3 daqiqa ajratiladi.
Keyingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Bitiruvchilarga ogʻzaki yakuniy attestatsiyada olgan topshiriqlari boʻyicha tayyorlanish uchun 15—20 daqiqa vaqt beriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
26. Yakuniy attestatsiya komissiyasi aʼzolari bitiruvchi oʻquvchining javoblarini diqqat bilan boʻlmasdan tinglaydilar. Bitiruvchiga biletda qoʻyilgan topshiriqlar doirasida qoʻshimcha savollar berilishi mumkin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Bilet savoliga javob bera olmagan bitiruvchiga yakuniy attestatsiya komissiyasi tomonidan ikkinchi marta bilet olishga ruxsat beriladi. Ikkinchi marta bilet olgan bitiruvchiga qanday baho qoʻyishni uning bergan javobiga koʻra komissiya aʼzolari hal etadi. Bitiruvchiga uchinchi marta bilet olishga ruxsat berilmaydi va unga yakuniy attestatsiyaning bahosi sifatida “qoniqarsiz” baho qoʻyiladi.
Keyingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
27. Bitiruvchilarning ogʻzaki yakuniy attestatsiyada olgan baholari shu sinfda yakuniy attestatsiya yakunlanishi bilanoq ularga maʼlum qilinadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
28. Bitiruvchi ogʻzaki yoki yozma yakuniy attestatsiyani topshirish jarayonida belgilangan tartibni buzgan taqdirda, u yakuniy attestatsiyani davom ettirish huquqidan mahrum qilinadi. Bitiruvchi yakuniy attestatsiyani davom ettirish huquqidan mahrum qilinganda yakuniy attestatsiya komissiyasi tomonidan bu haqda yakuniy attestatsiya bayonnomasiga yozib qoʻyiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Maktab pedagogik kengashining qarori asosida unga yakuniy attestatsiya tugagan kundan keyin ikki hafta oʻtgach mazkur fandan qayta yakuniy attestatsiyadan oʻtishga ruxsat berilishi mumkin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
29. Har bir fan boʻyicha ogʻzaki yoki yozma yakuniy attestatsiya oʻtkazilgach, yakuniy attestatsiya komissiyasi barcha bitiruvchilarga yillik va yakuniy attestatsiya baholari asosida yakuniy baholarni qoʻyadilar. Bunda, bitiruvchining yillik va yakuniy attestatsiya bahosining oʻrtachasi olinib yaxlitlanadi. Yakuniy attestatsiyada “qoniqarsiz” baho olgan bitiruvchiga “qoniqarli” yakuniy baho qoʻyilmaydi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Yakuniy attestatsiya komissiyasi bitiruvchilarning baholarini yakuniy attestatsiya bayonnomasiga kiritadi. Yakuniy attestatsiya bayonnomasi ushbu fan boʻyicha belgilangan yakuniy attestatsiya komissiyasi aʼzolari tomonidan imzolanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
30. Bitiruvchilarga yozma yoki ogʻzaki yakuniy attestatsiya boʻyicha baho qoʻyish yakuniy attestatsiya komissiyasi aʼzolari oʻrtasida ovozga qoʻyish asosida hal etiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Ovozlar teng boʻlgan hollarda komissiya raisining ovozi hal qiluvchi ovoz hisoblanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Yakuniy attestatsiya komissiyasi aʼzolarining alohida fikrlari yakuniy attestatsiya bayonnomasiga kiritiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
31. Tibbiy muassasalarda davolangan bitiruvchi sinf oʻquvchilariga yakuniy baho qoʻyishda shifoxona qoshida tashkil etilgan maktab tomonidan qoʻyilgan baholar inobatga olinadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
32. Yakuniy attestatsiyada olgan bahosiga eʼtiroz bildirgan bitiruvchilarning arizalarini koʻrib chiqish uchun tuman (shahar) xalq taʼlimi boʻlimlarida apellyatsiya komissiyalari tuziladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Yakuniy attestatsiya komissiyasi tomonidan tekshirilgan yozma ish bilan tanishish muddati va tartibi hamda apellyatsiya komissiyaning ish muddati va tartibi, uning tarkibi hamda vakolatlari tuman (shahar) xalq taʼlimi boʻlimi tomonidan buyruq bilan rasmiylashtiriladi va bitiruvchilar, ularning ota-onalari, oʻqituvchilar va maktab direktorlari eʼtiboriga yakuniy attestatsiya boshlanishidan kamida ikki hafta oldin yetkaziladi.
Keyingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
33. Yakuniy attestatsiyada olgan bahosidan eʼtirozi boʻlgan bitiruvchilar yakuniy attestatsiya baholari eʼlon qilingan kundan eʼtiboran uch kun muddat ichida tuman (shahar) xalq taʼlimi boʻlimlari qoshida tashkil etilgan apellyatsiya komissiyasiga murojaat qilish huquqiga egadirlar.
Keyingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
34. Chet ellarda vaqtincha bilim olgan (ota-onasi xorijdagi diplomatik korpuslarda ishlayotgan, turli tanlovlar yoki chet mamlakatlarning grantlari hisobiga taʼlim olgan) bitiruvchi oʻquvchilarni yakuniy attestatsiyaga qoʻyish masalasi Qoraqalpogʻiston Respublikasi Xalq taʼlimi vazirligi, viloyatlar xalq taʼlimi boshqarmalari va Toshkent shahar xalq taʼlimi bosh boshqarmasi tomonidan koʻrib chiqiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Bitiruvchi oʻqigan mamlakatda umumiy oʻrta va oʻrta taʼlimni tugatganligi toʻgʻrisida hujjat (shahodatnoma, sertifikat va h. k.) olgan boʻlsa, uni Qoraqalpogʻiston Respublikasi xalq taʼlimi vazirligi, viloyatlar xalq taʼlimi boshqarmalari va Toshkent shahar xalq taʼlimi bosh boshqarmalarida tashkil etilgan komissiya xulosasiga asosan Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Davlat test markazining Kadrlar tayyorlash sifatini nazorat qilish, pedagog kadrlar va taʼlim muassasalari yakuniy attestatsiyasi boshqarmasi tomonidan qonun hujjatlarida belgilangan tartibda nostrifikatsiya qilinadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Bitiruvchiga chet mamlakatlarda berilgan hujjat Oʻzbekiston Respublikasida beriladigan shahodatnoma oʻrnini bosa olmasa, yaʼni oʻquvchi maʼlum bir fanlar yoʻnalishidagina taʼlim olib kelgan boʻlsa, u umumiy tartibda yakuniy attestatsiyaga kiritiladi. Bunday hollarda oʻquvchi oʻziga berilgan hujjatda koʻrsatilgan fanlardan boshqa barcha fanlar boʻyicha yakuniy attestatsiyadan oʻtkaziladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻquvchiga yakuniy bahoni qoʻyishda uning avvalgi sinflarda olgan baholari ham inobatga olinadi.
Keyingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
35. Bir yoki ikki fandan oʻtkazilgan yakuniy attestatsiyada qoniqarsiz baho olgan bitiruvchilarga oxirgi yakuniy attestatsiyadan keyin ikki hafta oʻtgach qoniqarsiz baho olgan fanidan qayta yakuniy attestatsiyadan oʻtish huquqi beriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
36. Yillik baho va yakuniy attestatsiya natijalariga koʻra, umumiy oʻrta taʼlim davlat taʼlim standartlari talablarini bajarmay, “qoniqarsiz” baho olgan IX-sinf bitiruvchilari shu sinfda qayta oʻqishga qoldiriladi, XI sinf bitiruvchilariga esa bunday hollarda oʻqiganligi haqida maʼlumotnoma beriladi.
Keyingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
III. Bitiruvchilarni yakuniy attestatsiyadan ozod etish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
37. Fanlarni ijobiy oʻzlashtirayotgan bitiruvchilar yakuniy attestatsiyadan tuman (shahar) xalq taʼlimi boʻlimlari buyruqlari asosida quyidagi hollarda qisman yoki butunlay ozod etiladilar:
Keyingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Sogʻliqni saqlash va Xalq taʼlimi vazirliklari tomonidan tasdiqlangan yakuniy attestatsiyadan ozod qilish mumkin boʻlgan kasalliklarga asosan;
Keyingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
xalqaro va respublika miqyosida oʻtkaziladigan fan olimpiadalarida, sport musobaqalarida, turli koʻrik-tanlovlarida bitiruvchilarning ishtiroki bevosita yakuniy attestatsiya davriga toʻgʻri kelsa. Bunda bitiruvchi shu kunlardagi yakuniy attestatsiyadan ozod etiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Keyingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
38. Bitiruvchi yillik ijobiy baholarga ega boʻlgan holda sogʻligʻi tufayli yakuniy attestatsiyadan ozod etilgan taqdirda tuman (shahar) xalq taʼlimi boʻlimlari quyidagi hujjatlarga asoslangan holda buyruq qabul qiladi:
Keyingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
maktab joylashgan hududdagi davolanish muassasasi tibbiy-nazorat komissiyasining maktab shifokori, qishloq joylarda esa tuman bosh pediatri bilan kelishgan holdagi tibbiy xulosalari;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
maktab pedagogika kengashining qarori va direktorning rasmiy xati, oʻzlashtirish tabeli (ushbu koʻrsatilgan hujjatlar direktor imzosi va maktab muhri bilan tasdiqlanadi).
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
XI-sinf bitiruvchilari yuqorida aks ettirilgan sabablar va hujjatlar asosida Qoraqalpogʻiston Respublikasi Xalq taʼlimi vazirligi, viloyatlar xalq taʼlimi boshqarmalari va Toshkent shahar xalq taʼlimi bosh boshqarmasi buyruqlari asosida yakuniy attestatsiyadan qisman yoki butunlay ozod etiladilar.
Keyingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
39. Bitiruvchilarning yashash joyi oʻzgarishi (Respublikadan tashqariga chiqish) munosabati bilan shu holatni tasdiqlovchi rasmiy hujjatlari boʻlsa, (bu holat mart-aprel-may oylarida yuzaga kelsa) bunday bitiruvchilarga yakuniy attestatsiyadan muddatidan ilgari oʻtishlariga Qoraqalpogʻiston Respublikasi xalq taʼlimi vazirligi, viloyatlar xalq taʼlimi boshqarmalari va Toshkent shahar xalq taʼlimi bosh boshqarmasining buyrugʻi bilan ruxsat beriladi.
Keyingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Bunday hollarda Xalq taʼlimi vazirligi tomonidan tasdiqlangan fanlardan yakuniy attestatsiya, qolgan fanlardan esa sinovlar mazkur Nizom talablari asosida oʻtkaziladi. Yakuniy attestatsiya va sinovlar maktab direktori tuzgan muvaqqat yakuniy attestatsiya komissiyasi tomonidan va u tasdiqlagan jadval asosida oʻtkaziladi.
Keyingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
40. Yakuniy attestatsiya davrida kasal boʻlgan va yakuniy attestatsiya jarayoni tugashigacha tuzalib kelgan bitiruvchilar maktab direktorining buyrugʻiga koʻra qoldirilgan fanlardan yakuniy attestatsiya tugagandan soʻng ikki hafta oʻtgach yakuniy attestatsiyadan oʻtadilar.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻquvchilarning salomatligi boʻyicha jismoniy tarbiya mashgʻulotlaridan ozod etilishlari, ularning maktabni bitirishlariga taʼsir koʻrsatmaydi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
IV. Yakuniy qoidalar
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
41. Mazkur Nizom talablarini buzgan shaxslarga nisbatan Oʻzbekiston Respublikasi qonunchiligida koʻzda tutilgan javobgarlik choralari qoʻllaniladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
42. Mazkur Nizom Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Davlat test markazi bilan kelishilgan
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Davlat test markazi direktori B. ISMOILOV
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Toshkent sh.,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2008-yil 29-fevral
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
(Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2008-y., 12-13-son, 78-modda; 2015-y., 3-son, 36-modda; Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 06.11.2019-y., 10/19/1778-2/3998-son; Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 27.01.2022-y., 10/22/1778-3/0072-son; 19.08.2024-y., 10/24/3552/0630-son; 22.04.2025-y., 10/25/1778-4/0372-son)